Yangi yil senariysi o‘rta guruh uchun
1.Boshlovchi:
2.She‘rlar:Bunyod, Shohjahon, Yo‘lchi
3.Boshlovchi:
4.She‘rlar: Mubina, Fayzbek, Rayxona
5.Qorodam. Ramziddin
Men qorodam pochtachi
Tabriklash uchun keldim
O‘rmondan sizga bir qop
Posyolka olib keldim.
6. Boshlovchi: Nega buncha kech qolding.
7.Qorodam: Bog‘changizni axtardim
8.Boshlovchi: Bu yerda bolalar ko‘p ular seni o‘yinga chorlaydi.
9.Qorodam: oyoqlarim o‘z -o‘zidan raqsga tushyapti.
10.Raqs:Qorbobolar raqsi (Davlat, Shahzod, Javohir, Ramiddin, Azamat, Zafar)
11.Qorodam:Ox-ox isib ketdim.
Hozir erib ketaman
Olib chiqing sovuqqa
Men o‘rmonga ketaman.
12. Boshlovchi: Tezroq sovuqqa olib chiqaklik unda
13.She‘r: Ulug‘bek, Davlat, Mohinur, E‘zoza
14.Quyonchalar raqsi (Shukurullo, Yo‘lchi, Dilbar)
15.She‘r: Diyora, Ravshan.
16. Qorqiz:
Men qorqizman, qorqizman
Osmondagi yulduzman.
Uchib keldim davraga
Salom berdim hammaga.
Men yolg‘iz kelganim yo‘q, dugonalarim bilan kelganman.
17.Qozqizlar she‘ri: Sabrina, Sevinch
18.Qoqrizlar raqsi: Gavhar, Sabrina, Dilso‘z, Sevinch, Diyora
19.She‘r: Shavkat, Jasur, Gavhar, Dilshod. Shahro‘z.
20.Kuchuk: (Bunyod) Bog‘cha bo‘ylab yuraman. Archani qo‘riqlayman, Begonani yo‘latmay. Bayramgacha asrayman.
21.Bo‘ri: (Javohir) Men bo‘riman, bo‘ri. O‘rmonning eng zo‘riman. Chang‘itsam gar ko‘chani, Tezda taniysiz mani. Tezlikni oshirsam gar. Yo‘l berar hatto yo‘lbars.
22.Tulki:(Samandar) O‘lgudayin ayyorman, O‘rmon ichra sayyorman. Dumim supurgi sifat, Na do‘stim bor, na ulfat.
Bo‘ri: Tulkijon yur yangi yil bayram dasturxonini tuzaymiz. Yomonlikdan yiroqman hamma bilan inoqman.
Tulki: Voy-voy nima deyapsan qanaqa bayram, qanaqa dasturxon hech vaqoimiz bo‘lamasa. Undan ko‘ra yur qorboboni sovg‘asini o‘g‘irlaymiz.
23. Ayiqchalar: (Shohjahon, Jasur)
Biz umbaloqvoy va dumbaloqvoy
Birga doim o‘ynaymiz
O‘rmonni har joyini
Besh panjaday bilamiz.
24. Quyonchalar(Shukurullo, Dilshod)
Kulib qoldi omadim
Bayramga tushib qoldim
Keling shalpang quloqlar
Sovg‘alar olib qoling.
25.Buratinolar raqsi:(Shahro‘z, E‘zoza, Mohinur, Fayzbek, Ulug‘bek, Temur)
26. Qarg‘a:(Ravshan)
Qor-qor hali biroz vaqt bor
Qorbobo va qorqizniyoplin to‘sguvchilar bor
To‘ni yamoq, beli bukri
Yalmog‘iz kampir bor
27. Yalmog‘iz kampir:(Mubina)
Kishsh-kishsh
Ha yer yutgur balo qarg‘a
Miyasi yo‘q balo qarg‘a
Men yalmog‘iz-yalmog‘iz
Ishim juda ko‘p tig‘iz
G‘ashimga hech tegmangiz
Kampir dema oy qizman
Go‘zalikka boy qizman
Keling -keling qaroqchi
Bir maslahat qilaylik
Bayramni buzaylik.
28. Qaroqchi:(Azamat)
Men qaroqchi, qaroqchi
Tunda yurarzo‘r soqchi
Yaxshini yoqtirmayman
Ko‘zimga boqtirmayman
Xo‘sh-xo‘sh o‘zi nima gap
Nima deyapsan vaysap
29. Yalmog‘iz: Dupur-dupur ot kelyapti, Qorbobo qorqiz kelyapti
30. Qarg‘a: Qor-qor. Bugun bayram bo‘larmish. Hamma o‘ynab kularmish
31. Qaroqchi: Nima-nima bayram bo‘lmaydi, tamom boshqa gap yo‘q vassalom.
32. Yalmog‘iz kampir raqsi:( Azamat ,Mubina)
33.She‘r: Shukurullo, Sabrina, Dilbar, Dilso‘z
34. She‘r: Zafar, Samandar.
35. Hayvonchalar raqsi: Javohir, Samandar, Bunyod, Ravshan, Shukurullo, Shohjahon, Dilshod, Jasur
36. Yangi yil salomi: Azamat, Ramziddin, Javohir,
37. Shlyapa raqsi: Bunyod, Samandar, Shavkat, Ravshan, Dilshod, Shohjahon.
Do'stlaringiz bilan baham: |