“Chumchuqlar va mushuk” o’yini
Bolalar maydonning bir tomoniga polga bir qator qilib qо’yilgan о’rindiqlarda yoki katta kublarda tikka turadilar. Bular tomdagi chumchuqlarni ifoda etishadi. Ulardan nariroqda mushuk (biror bola) uxlab yotgan bо’ladi. Chumchuqlar sakrab pastga tushadilar, qanotlarini rostlab, har tomonga uchib ketadilar. Biroq shu payt mushuk uyg’onib qoladi. U «miyov-miyov» deydi-da, tutgan chumchuqlarini о’z uyiga olib ketadi. О’yin 5-6 marta takrorlanadi.
Bolalar tizzalarini bukib oyoq uchida, yengil sakrashlarini kuzatib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |