Jizzax davlat pedagogika institui


Yosh gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarlik ta’rifi



Download 208,5 Kb.
bet2/7
Sana29.05.2022
Hajmi208,5 Kb.
#616915
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

Yosh gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarlik ta’rifi


Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiya bilan organik tarzda bog‘liq va uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlarda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish, ularning uyg‘un rivojlanishi, salomatligini yaxshilash, to‘g‘ri qaddi-qomatni shakllantirish uchun zarur. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik jarayonida odamning barcha fiziologik funksiyalari va ayniqsa, uning harakat funksiyasi qayta quriladi, bu, umuman jismonan tarbiyalash uchun va xususan, sport harakatlari ko‘nikmalarini o‘zlashtirish uchun juda muxim.
Fiziologlar tomonidan odamning vegetativ va harakat funksiyalari o‘rtasida bog‘liklik aniqlangan.
Jismoniy sifatlar izolyasiyalangan holatda mavjud bo‘lmaydi, ular odamning mushak faoliyati bilan doimiy o‘zaro harakatda bo‘ladi. Bir jismoniy sifatlar boshqalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanishi yosh gimnastikachilarni sport gimnastikasidagi harakat amallariga o‘rgatishga qay darajada ko‘maklashishini tekshirib ko‘rish qaroriga kelindi.
Uch yil davom etgan eksperimental tekshirishda 80 nafar yosh gimnastika chilar ishtirok etishdi. Ishning barcha davri davomida mashg‘ulotlar xaftasiga 3 marta o‘tkazildi: birinchi yili ikki soatdan, ikkinchi va uchinchi yillari esa, har biri 3 soatdan.
Birinchi yili mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan mashqlarning 40-50% yosh gimnastikachilarni yoshiga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning harakat faoliyatlarini sifat tomonlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Vaqtning ko‘p qismi tezkorlik va chaqqonlikni, kamroq qismi esa – egiluvchanlikni va tezkor- kuch sifatlarni rivojlantirishga sarflandi. Qolgan vaqtning 50-60% 10-12 yashar bolalar uchun oddiy bo‘lgan harakat amallariga (xoreografik mashqlarga, akrobatikaga, sakrashlarga, gimnastika asboblardagi mashqlarga) o‘rgatishga sarflandi.
O‘qishning birinchi yilida mashg‘ulotlarning yillik sikli bosqichlarga
ajratilmadi. U ikkinchi yil uchun tayyorgarlik hisoblandi. Shunga qaramasdan, shu yil davomida jismoniy tayyorgarlik normativlari bo‘yicha hamda akrobatika, sakrashlar va gimnastika asboblardagi alohida mashqlar bo‘yicha musobaqalar ko‘rinishidagi nazorat sinovlari ikki marta o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar uchun tanlangan mashqlar har tomonlama jismoniy rivojlanishni va shartli reflektorli aloqalarning zahirasini to‘plashni ta’minlashi kerak edi.
O‘qitishning ikkinchi yili mashg‘ulotlar yillik sikl bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, u, tayyorgarlik (8-9 oy), musobaqa (1 oy) va o‘tish (2oy) bosqichlariga ajratildi.
Tayyorgarlik bosqichida har bir mashg‘ulot vaqtining 40-50% umumiy va maxsus tayyorgarlikka sarflandi. Bosqichning yakunida jismoniy tayyorgarlik normativlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqa bosqichida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish xajmi 20-30 foizgacha kamaytirildi. Vaqtning ko‘p qismi texnik tayyorgarlikka sarflandi. Nazorat sinovlari natijalarini hisobga olgan holda, har bir o‘quvchi uchun individual tarzda, mazkur davrda yetarlicha rivojlanmagan jismoniy sifatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vaqt aniqlandi.
O‘tish bosqichida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bo‘lishgan. Vaqtning 50-60% umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka (uchdan ikki qismi umumiy va uchdan bir qismi maxsus tayyorgarlikka), qolgan qismi esa, akrobatik va gimnastika mashqlarni o‘zlashtirishga ajratildi. O‘quv yilining yakunida jismoniy tayyorgarlik normativlari bo‘yicha nazorat sinovlari o‘tkazildi.
O‘qitishning uchinchi yili jismoniy va texnik tayyorgarlikning nisbati bo‘yicha ikkinchi yildagi o‘qishdan farq qilmadi. Jismoniy tayyorgarlikka ajratilgan vaqt quyidagi tarzda sarflandi: kuch mashqlari – 30%, tezkor-kuch mashqlari – 30%, egiluvchanlikka qaratilgan mashqlar – 20% va maxsus chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlar – 20%. Bunda, o‘quvchilarning individual morfologik xususiyatlari hisobga olindi, trenirovkaning u yoki bu bosqichida ortda qolgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Tajriba tekshiruvining butun bosqichi davomida jismoniy tayyorgarlik me’yorlari bo‘yicha 6 ta sinov va o‘quv dasturining mashqlari bo‘yicha 5 ta
musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqalar va sinovlar natijalarining nisbati har bir o‘quvchining jismoniy tayyorgarligi, uning texnik tayyorgarligiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini berdi. Harakat amallarini o‘zlashtirilganligi bo‘yicha davomat va jismoniy tayyorgarlik ma’lumotlari besh ballik tizim bilan baholandi.
Agarda, birinchi yili harakat amallariga o‘rgatish natijalari bilan jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi aloqa kuchsiz ifodalangan bo‘lsa, o‘qitishning ikkinchi va uchinchi yillarida u ancha aniq ifodalanadi.
A’lo va yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan ko‘pchilik o‘quvchilar sport gimnastikasi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishganligi aniqlandi.
Harakat amallarining shakllanishi jarayonini harakat sifatlariga bog‘liqligi, jismoniy tayyorgarlik me’yorlarini ishlab chiqishga undadi. Ularni yosh gimnastikachilarni tayyorlash tizimida qo‘llanilishi harakat faolligini yaxshilashga va jismoniy faoliyatini o‘qish yillari bo‘yicha yaxshilanishiga hamda jismoniy tayyorgarlikni yosh gimnastikachilarning o‘qish yillari va tayyorgarligini alohida bosqichlari bo‘yicha yaxshilanishiga yordamlashadi (1-jadval).
Yosh gimnastikachilar normativ talablarini o‘zlashtirishga tayyorgarligi vaqtida, quyida bayon qilingan maxsus mashqlarni muntazam bajarishlari kerak:

Download 208,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish