5-rasm
Tayanchda gavdani oldinga va orqaga ikki nafar shug‘ullanuvchilar yordamida egish. Tayanchda bukilmasdan turishni bilish.
Tayanchdan, turnik atrofida tayanchdan tayanchga ikki nafar
shug‘ullanuvchilar yordamida passiv aylanish. Aylanish vaqtida gavdani to‘g‘ri ushlashni bilish.
O ‘ q u v t o p s h i r i q l a r i n i n g t o ‘ r t i n c h i v a b e s h i n c h i s e r i y a l a r i :
Tayanchda orqaga siltanish va dastlabki holatga qaytish, dastlabki holatga qaytish paytida bukilmasdan.
Yordam bilan orqaga aylanish (tez aylanish).
Xuddi shuning o‘zi mustaqil tarzda.
Mashqlar har bir seriyada 3 martadan takrorlanadi.
Tayanchdan yoysimon sapchib tushish.
Tayanchdan yoysimon sapchib tushish xuddi tayanchdan orqaga aylanish kabi boshlanadi, lekin gimnastikachini tanasi bilan orqaga harakatlanishi paytida yengil bukiladi va oyoqlarini oldinga-yuqoriga yo‘naltirish orqali turnikdan chekinadi. U harakatning ikkinchi yarmida rostlanadi va qo‘llari bilan snaryaddan itariladi. Uchish paytida gavda egilgan, qo‘llar yuqoriga-tashqariga, bosh orqaga egilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |