Kuch va tezkorlikni rivojlantirish uchun mashqlar:
Osilib turgan holatda qo‘llarni tez sur’atda bukish va rostlash:
osilib yotgan holatda (osilgan arqonda, har xil balandlikdagi qo‘shpoyada, yakkacho‘pda) qo‘llarni tez sur’atda 6-8 marta bukish va rostlash;
osilib turgan holatda qo‘llarni bukish bilan sakrab osilish va qo‘llarni sekin rostlash (ketma-ket 6-8 marta). Takrorlashlar 3 marta har bir 30 sekundlik
dam olishdan keyin;
v) osilib turgan holatda tortilish, sekin sur’atda 3-4 marta (har biri 5-6 sek. bo‘lgan 3 ta to‘xtashlar bilan).
Yotgan holatda tayanchda qo‘llarni bukish va rostlash (qo‘llar gimnastika o‘rindiqda, oyoqlar gimnastika devorning 4-5-reykalarida):
yotgan holatda tayanchda (qo‘llar gimnastika o‘rindiqda, ichi to‘ldirilgan to‘pda, bir-birining ustiga qo‘yilgan 3-4 ta matda) qo‘llarni bukish va rostlash (tez va sekin) 5 martadan. Takrorlashlar 3-4 marta. Dam olish 30-40 sek.;
xuddi shuning o‘zi, faqat polda yotgan holatda tayanchdan;
v) ichi to‘ldirilgan to‘p bilan turgan holatda qo‘llarni bukish va yuqoriga rostlash;
g) xuddi shuning o‘zi, faqat to‘pni yuqoriga otib ushlab olish bilan;
chalqancha yotgan holatda tayanchdan (qo‘llar gimnastika o‘rindiqda) qo‘llarni bukish va rostlash;
tayanchda qo‘llarni bukish va rostlash.
Gimnastika devorida osilgan holatda, to‘g‘rilangan oyoqlarni oldinga 90°ga ko‘tarish.
Tayyorgarlik mashqlari:
chalqancha yotgan holatda ichi to‘ldirilgan to‘pni oyoq kaftlari bilan ushlab, to‘g‘rilangan oyoqlarni ko‘tarish. Mashq tez va sekin bajariladi;
xuddi shuning o‘zi o‘tirgan holatda;
v) gimnastika o‘rindig’ida o‘tirgan holatda oyoqlar qayd qilingan, qo‘llar bosh ortida, orqaga egilish va rostlanish. Mashq tez va sekin 3-4 martalik seriyalar bilan bajariladi, takrorlashlar har bir seriyada 8 marta;
g) osilib turgan holatda oyoqlarni rad etilguniga qadar tez ko‘tarish;
d) osilib turgan holatda oyoqlarni ko‘tarish va 3-4 sek. ushlab turish. Takrorlashlar 2-3 marta.
Gimnastika devorda orqa bilan osilib, oyoqlar to‘g‘rilangan holda kuch bilan egilib osilish:
gimnastika otda sonlarni tekkizgan holatda yotib tanani bukish va
rostlash, oyoqlar qayd qilingan, qo‘llar bosh ortida. Ketma-ket 10-12 marta sekin va tez bajariladi;
tik turish holati, ichi to‘ldirilgan to‘p bosh ortida, sekin va tez egilishlar va tanani orqani to‘g‘ri ushlagan holda rostlash. Takrorlash 6-8 martadan;
v) qorinda yotgan holatda qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan, tanani bukish, bukilgan holat 3-5 sek. ushlab turiladi;
g) sonlarni tekkizgan holatda tayanchda yotib, oyoqlar gimnastika devori reykasiga qayd qilingan, ichi to‘ldirilgan to‘pni ko‘tarish bilan egilish. Takrorlash 5-7 marta;
d) gimnastika devorida orqasi bilan osilgan holat, ichi to‘ldirilgan to‘p to‘piq bo‘g‘inlarida siqib ushlanadi, to‘pni oyoqlar bilan ko‘tarib, egilib osilish holatiga o‘tish.
Yosh gimnastikachilarni birinchi bosqichdagi texnik tayyorgarligi, ularni texnikaning asoslariga o‘rgatishdan, to‘g‘ri qaddi-qomatni va mashqlarni bajarish paytidagi gimnastika stilni shakllantirishdan iborat.
Texnik tayyorgarlikning ushbu barcha komponentlari osilib turgan va tayanch holatlaridagi, akrobatik, xoreografik va sakrash mashqlariga o‘rgatish paytida shakllanadi.
Har bir mashug‘ulotda texnik tayyorgarlikka vaqtning 20-30% ajratiladi.
Yosh gimnastikachilar mazkur bosqichda gimnastika mashqlar texnikasining asoslarini o‘rganishadi. Ular, osilib turgan va tayanch holatidagi asosiy pozalarni hamda birinchi bosqichda o‘zlashtirilgan gavdaning alohida qismlarini va tana og‘irligi bilan harakatlarni takrorlashadi hamda takomillashtirishadi va asosiy siltash mashqlarini har xil strukturaviy guruhlarda o‘zlashtirishga o‘tishadi. Ushbu mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlari mashqlar bajarilayotgan gimnastika snaryadlarning konstruksiyasi bilan belgilanadi.
Harakatlarning xarakteri gimnastikachiga tashqi va ichki kuchlarning ta’siriga, inersiya kuchlarini qo‘llashga, o‘zgaruvchan tezlik va tezlashish bilan harakatlanishlarga ham bog‘liq.
Tananing harakatlanishi vaqtidagi tezlashish gimnastikachiga ta’sir qilayotgan tashqi kuchlarga va uning tanasi og‘irligiga bog‘liq. Gimnastika uchun tipik bo‘lgan, gimnastikachi tanasining holatiga va harakatlariga, gavdaning umumiy og‘irlik markazini aylanish o‘qiga yaqinlashishiga yoki uzoqlashishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan aylanma harakatlar paytida inersiya lahzasi mavjud. Inersiya lahzasini o‘zgarishi tananing aylanishi tezligini (burchak tezligini) o‘zgarishi bilan bog‘liq. Burchak tezligi inersiya lahzasidan qaytar aloqaga ega: u qanchalik kichik bo‘lsa, burchak tezligi shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. Gimnastika mashqlarni bajarishdagi ahamiyatli mexanizmlardan biri – gavda inersiyasi lahzasini o‘zgarishi hisobiga erishiladigan gavda aylanishi tezligini kattalashtirish yoki kamaytirish malakasi hisoblanadi.
Texnikaning asoslarini o‘qitish, nisbatan oddiy va oson bajariladigan
mashqlar yordamida 10-12 yashar bolalarni ushbu harakat amallarini tejamkor va ratsional bajarishga o‘rgatishdan iborat.
Bolalarga tayyorgarlikning dastlabki bosqichida o‘rgatilishi kerak bo‘lgan mashqlarni bayon qilishdan oldin, ularni zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalangan holda qanday o‘rgatish kerakligida to‘xtaymiz. Faqat, o‘rganilayotgan material va kontingentning xususiyatlari bilan mos keladigan turli xildagi o‘qitish usullari va uslubiyotlarini mohirona qo‘llashgina ijobiy natijalar beradi.
Bolalarga qisqa va mantiqiy tushuntirish kerak. Ular, ma’lum bir harakat tajribasiga ega bo‘lib, o‘ziga tanish bo‘lgan yoki eshitgani bo‘yicha ularga o‘xshash bo‘lgan mashqlarni bajara olishadi, o‘rganayotgan mashqlarni tahlil qila oladilar, atamalarni tushunishga va trenerning ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘quv vazifalarini bajarishga qobiliyatlidirlar.
Aytilganlarni hisobga olgan holda, quyida harakat amallariga o‘rgatishning yangi usullaridan biri – algoritmik tipdagi ko‘rsatmalar usuli taklif qilinadi. Professor L.N.Landning (1966 y.) fikriga ko‘ra, bu usul bilan nafaqat aqliy muolajalarga, balki harakat amallariga ham o‘rgatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |