Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


Individual adaptatsiya usullari tipologiyasi



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Individual adaptatsiya usullari tipologiyasi
M oslashuv
u su lla ri
J a m iy a t ta q d im etgan 
m a q s a d la r
J a m iy a t ta q d im etg an
v o sita la r
Konformizm
+
+
Innovatsiya
+
-
Ritualizm
-
+
Retritizm
-

Isyon
+ -
+ -
Keltirilgan tipologiya ba’zi adabiyotlarda “Mertonning deviatsiya 
turlari tasnifi” deb ham ta’riflanadi. Ammo Mertonning o‘zi uni biroz 
boshqacharoq - “individual adaptatsiya usullari tipologiyasi”, deb 
ataydi.
Konformizm shaxsning ham sotsial maqsadlar hamda ularga 
erishishning sotsial tasdiqlangan vositalari bilan to‘liq birdamligini 
anglatadi. Shaxs xulq-atvorining bu tipi deviant xulq-atvorga qarama- 
qarshidir. U insonning o‘z jonini, xavfsizligini saqlab qolish 
maqsadida hukmron standartlar, fikrlar, stereotiplar va ko‘rsatmalarga 
bog‘liqligiga 
asoslangan. 
Konformistik 
xulq-atvorsiz 
jamiyat 
taraqqiyotida barqarorlik, sotsial tartib va vorisiylikka erishib bo‘lmas 
edi. Konformistik moslashuv turi qanchalik keng tarqalgan bo‘lsa, 
sotsial tartib ham shunchalik barqaror va tinch (ishonchli) bo'ladi.
Barcha qolgan xulq-atvor turlari u yoki bu darajada deviant deb 
qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, ularning barchasi, shu 
jumladan, konformistik xulq-atvor mazkur jamiyat uchun xos bo‘lgan 
ularga erishish maqsad va vositalariga moslashuv usullari bo‘lib 
xizmat qiladi. Merton ulami bir-biriga qarshi qo‘ymaydi, xuddi shu 
tariqa u deviatsiyani favqulodda salbiy hodisa, deb hisoblamaydi 
(ammo ko‘pchilik shunday fikrda).
Innovatsion adaptatsiya usuli jamiyat ma’qullaydigan maqsadlar 
bilan birdamlikni va ayni damda ularga erishishning yangi vositalarini 
izlashni nazarda tutadi. Rossiya sotsiologiyasiga xos bo‘lgan 
innovatsion xulq-atvor turining favqulodda ijobiy ta’riflanishidan 
farqli o ‘laroq, G ‘arbning chetga og‘uvchi xulq-atvor nazariyalari va 
tipologiyalarida u maqsadga erishishning yaqqol ifodalangan salbiy 
vositalarini ham o‘z ichiga olgan holda, ancha keng va turli-tuman 
talqin etiladi.
4 4 7


Merton, masalan, boyib ketish uchun (jamiyat m a’qullaydigan 
maqsad) firibgarlik, reket, shantajdan foydalanish kabi salbiy vositalar 
haqida yozadi. 0 ‘zining chetga og‘uvchi xulq-atvoming innovatsion 
usuli tahlilini u quyidagi fikr bilan yakunlaydi: «Biznikiga o‘xshash 
jamiyatlarda (rivojlangan kapitalistik mamlakatlar, birinchi navbatda, 
AQSh nazarda tutilmoqda), barcha uchun pul muvaffaqiyatiga 
madaniy e'tibor berish va m a’qullanadigan vositalaming ko‘pchilik 
tomonidan judayam kuchli cheklanadigan amaliy qoilanilishi 
institutsional me'yorlardan chetga chiquvchi innovatsion faoliyat bilan 
shug‘ullanish istagini uyg‘otadi. Ammo bunday moslashuv shakli 
faqat individlaming sotsializatsiyasi nomukammalligida mavjud 
bo‘lishi mumkin, bu esa individlarga muvaffaqiyatga erishish 
maqsadini saqlab qolgan holda, institutsional vositalami pisand 
qilmaslikka imkon beradi»1.
Adaptatsiyaning keyingi usuli - ritualizm. U maqsadlarga 
erishishning jamiyat m a’qullaydigan, institutsional vositalarini qabul 
qilish, ammo ba’zi maqsadlardan voz kechish bilan ifodalanadi. 
Xususan, bu muvaffaqiyat tomon tiyiqsiz intilishga taalluqli. 
Ko‘pchilik «ritualistlar» uchun «Baland uchsang - yomon qulaysan» 
iborasi xos, shu tufayli, Merton fikricha, «Men bumimni har ishga 
tiqmaslikka harakat qilaman», «Bizning ishimiz emas», «Men 
ehtiyotkorman» va hokazo mulohazalar ularga xosdir. Merton qayd 
etishicha, «bu individning shunday moslashuv turiki, individ asosiy 
madaniy maqsadlardan voz kechish hamda xavfsizlikni va’da qiluvchi 
istalgan eskicha tartib va institutsional me'yorlarga berilish orqali, 
xavf-xatar va omadsizliklardan shaxsan qochishga intiladi»2.
Retritizm adaptatsiya usuli sifatida ikki xil voz kechish - ham 
jamiyat ma’qullaydigan maqsadlardan, ham ularga erishishning 
institutsional vositalaridan voz kechish bilan ifodalanadi. Bu 
adaptatsiyaning shunday usuli va birvarakayiga chetga og‘uvchi xulq- 
atvor turiki, u hayot voqyeligidan uzoqlashish yoki hatto qochish bilan 
bogiiq («retritizm» atamasi inglizcha retreat - qochish so‘zidan 
olingan). Bu, awalambor, quyidagilarga xos: marginallar - daydilar, 
giyohvandlar, boshpanasizlar, ruhiy kasallar, ichkilikbozlar va h.k. 
Ular o‘zlarining yopiq submadaniyatini yaratadilar, u o‘z tabiatiga 
ko‘ra o‘ta sust va jamiyatga qarshi ochiq qaratilmagan. Holbuki
1 М ертон P. Социальная теория и социальная структура // Социс, 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish