Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


Xulq-atvor  organizmi — поведенческий



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Xulq-atvor 
organizmi — поведенческий 
организм -
behavioral organism 
- Parsonsga ko‘ra, moslasha turib va tashqi 
olamni o‘zgartirib adaptatsiya funksiyasini bajaruvchi harakat 
tizimidir.
Shaxs (quyi) tizimi - личностная (под)система - personality
(sub)system 
- Parsonsga ko‘ra, tizimiy maqsadlami aniqlab va 
resursiardan ularga erishish y o iid a foydalangan holda maqsadga 
erishish funksiyasini bajaradi.
Yagona harakat - единичный акт (элементарное действие)
- unit act 
- Parsonsga ko‘ra, to‘rtta komponentdan iborat tizim: 
aktyor - harakat qiluvchi organizm; aktoming harakati yo‘naltirilgan 
maqsadning mavjudligi, narsalaming kelajakdagi taxminiy holati; 
harakat amalga oshayotgan vaziyat holati; 
m e 'y o r iy
yo‘nalishning 
(orientatsiya) 
mavjudligi, 
ya’ni 
xulq-atvor 
standartlarining 
o‘ zlashtirilganligi.
0 ‘zini o‘zi ta’minlash - самодостаточность - self-sufficiency
/ self-maintenance -
Parsonsga ko‘ar, murakkab sotsial tizimga xos 
xususiyat bo‘lib, nafaqat uning ichki jarayonlarini, balki boshqa 
tizimlar bilan o‘zaro munosabatlarini ham nazorat qila olish 
imkoniyatini anglatadi.
4 2 8


R. MERTON VA UNING STRUKTURAVIY
FUNKSIONAL1ZMI
Reja:
1. Robert Merton hayoti va ijodi
2. Merton ta’limotida strukturalizm va funksionalizm
3. 0 ‘rta darajadagi nazariya
4. Sotsial anomiya nazariyasi
5. Strukturaviy funksionalizm tanqidi
“Strukturaviy funksionalizm” tushunchasi XX asrda paydo 
bo‘lgan, nazariy paradigma sifatida esa uning 2-yarmida shakllangan 
bo‘lsa ham, bu tushunchaning ildizlari sotsiologik nazariya asoschilari
O.Kont, G.Spenser va E.Dyurkgeym nomi bilan bog‘liq. Masala 
shundaki, strukturaviy funksionalizm jamiyat haqidagi tasavvurlardan 
kelib chiqib, sotsiologiyaning shakllanishi va mustaqil fan sifatida 
aniqlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Ular jamiyatni bir-biri bilan 
o‘zaro bogiiq va bir-birini o‘zaro taqazo etadigan qismlardan tarkib 
topgan ob'ektiv voqyelik sifatida olib qaraydi, uning rivojianishi va 
funksionallashuvi faqatgina “ichkari”dan tushuntirilishi mumkin. 
Strukturaviy funksionalizm usuli mumtoz sotsiologiyaning tarixiy- 
xiyosiy usuli hisoblanadi.
Shu sababli, bu yondoshuvning tarafdorlari ham unga gohida 
nazariya sifatida emas, balki sotsiologik muammolar yechimi uchun 
•arur, lekin ularning barchasini yechishga qodir bo‘lmagan tahlil usuli 
ufatida qarashni afzal biladilar. Ushbu paradigmaning yorqin vakili 
:I.Merton haqida T.Parsons shunday yozgan edi: “U ayniqsa o'zining 
ondoshuviga “izm” qo‘shib ishlatishni yoqtirmasdi va uni oddiy 
unksional tahlil” tushunchasini ishlatish qulayroq, deb hisoblardi”.1
Biroq, shunga qaramay, stukturaviy funsionalizm tarafdorlari va 
ayniqsa uning raqiblari tomonidan o‘z an'ana va tahlil yo‘nalishiga 
ega yagona nazariy paradigma sifatida qabul qilindi. Biz quyida ushbu 
■aradigmaning yirik vakili R.Mertonning konsepsiyasini ko‘rib 
chiqamiz. U strukturaviy funksional yondoshuvni shakllantirishga
1 Parsons T. Structural-Functional A nalysis in Sociology // The Idea o f Social Structure. — N.Y.: 
arcourt, Brace, Jovanovich, 1972. — P. 67.
429


ulkan hissa qo‘shdi, uning ilmiy va metodologik imkoniyatlarini 
isbotlab berdi.
R.Mertonni 
XX 
asr 
sotsiologiyasida 
strukturaviy 
funksionalizmning eng yorqin vakili, desak ham bo‘ladi. Uning ulkan 
zakovati, sotsiologiya mumtozlarining ishlarini chuqur bilganligi va 
o‘zining noyob tadqiqotchiligi XX asr 60-70- yillarda funksional tahlil 
paradigmasini keskin tanqid ostiga olingan sharoitida himoyalashga 
yordam 
berdi. 

funksionalizmni jamiyatning 
ob'ektivHgini 
isbotlovchi nazariy qarashlaming asosiy shakli sifatida olib qarar edi. 
Va shu ma’noda, funksionalizm sotsiologiyaga mustaqil fan sifatida 
eng qulay asosiy, hatto yagona deyish mumkin bo‘lgan tafakkur tarzi 
hisoblanadi.
Robert King Merton (Meyer R. Schkolnick) 1910-yil 4-iyulda 
Filadelfiyada Rossiyalik yahudiy ishchi emigrantlar oilasida dunyoga 
kelgan. U 1927-1931-yillarda Tempelsk Universitetida, 1931-1936- 
yillarda esa Garvardda tahsil oladi. 0 ‘sha davrda sotsiologiya 
fakultetining dekani Pitirim Sorokin edi va ushbu fakultetda T.Parsons 
ham faoliyat yuritgan. Aynan Garvard Universitetida Robert Merton 
doktorlik dissertatsiyasini yozish uchun stipendiya olib, 1936-yilda 
“XVII asrda Angliyada fan, texnika va jamiyat” mavzusidagi 
dissertatsiya ishini yoqladi, va 1938 yilda ushbu dissertatsiya ishi 
alohida kitob shaklida nashr etildi. Ushbu asar M.Veber qarashlarining 
Mertonga kuchli ta’siri bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Robert Merton dissertatsiya ishini yoqlayotgan bir paytda Pitirim 
Sorokin, 
Talkott Parsons, 
Karl 
Simmerman, 
Jorj 
Sartonlar 
dissertatsiya qo‘mitasining a’zolari boiishgan.
Garvard universitetida uch yil (u yerda uning o‘qituvchilari
Il.Sorokin va T.Parsons edi) va Tulan universitetida (Nyu-Orlean 
shtati) ikki yil o‘qigach, 1941-yildan Nyu-Yorkdagi Kolumbiya 
Universitetida dars bera boshlaydi. 1979-yilgacha u Kolumbiya 
Universitetining professori sifatida faoliyat yuritadi.
Kolumbiya universitetida ishlay turib, R.Merton P.Lazarsfeld 
bilan birgalikda Amaliy tadqiqotlar byurosining asoschisi va direktori 
bo‘ldi. 1930-yillaming oxiri - 1940-yillarda u ommaviy axborot 
vositalari, shaxslararo munosabatlar, fan sotsiologiyasi, deviant xulq- 
atvor sotsiologiyasi, tibbiyot sotsiologiyasi va hokazolami o'rganish 
sohasida aniq tadqiqotlami o‘tkazishda faol ishtirok etdi. Masalan,
430


Garvard universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagach, chetga 
ig‘uvchi xulq-atvor nazariyasini ishlab chiqdi.
D o‘sti Lazarsfeld bilan ko‘pgina empirik tadqiqotlarda ishtirok 
itishi esa, kelgusida nazariy va empirik izlanishiami birlashtirish 
гагипуайш anglashda muhim o‘rin tutdi. Agar Lazarsfeldning roli 
Mertonni aniq loyihalami amalga oshirishga jalb etishdan iborat 
boisa, 
Merton esa o‘z do‘sti 
va hamkasbini 
sotsiologiya 
nazariyalarini tuzish vositasi sifatida aniq sotsiologik tadqiqot 
usullarini ishlab chiqishga undadi.
1957-yildan Amerika Sotsiologiya Assotsiatsiyasining prezidenti 
lavozimida ishlaydi. 1968-yilda и Milliy fanlar akademiyasining 
a’zosiga 
aylandi. 
1971-1979-yillarda 
J.S.Gugenxeym 
jamg'armasining T aiim bo‘yicha maslahat kengashining raisi boidi. 
Jahon bo‘yicha turli xil mamlakatlar tomonidan 21 ta faxrli darajalar 
bilan taqdirlangan.
R.Merton bir so‘z bilan aytganda, XX asming klassik 
sotsiologlaridan hisoblanadi. Uning davrida и bilan tenglashtirish 
numkin boigan atigi ikkita sotsiolog T.Parsons hamda I.Goffman 
boigan.
R.Merton 2003-yilning 23-fevralida Nyu-Yorkda 92 yoshida 
vafot etgan.
R.Merton o‘ndan ortiq kitoblar muallifi, xuddi shuncha kitoblarga 
nuharrilik qilgan.
Asosiy asarlari:
“Sotsial nazariya va sotsial struktura”( 1949);
«Daholar merosi» (1965);
“Nazariy sotsiologiya haqida” (1967);
«Sotsial nazariya va funksional tahlil» (1969);
“Fan sotsiologiyasi”(1973);
“Sotsial ambivalentlik”( 1976);
«Sifatiy va miqdoriy 
sotsiologik tadqiqotlar» (R.Merton 
P.F.Lazarsfeld ijodiga bagishlangan ushbu kitobning muliarriri 
boigan).
Uning ishlari umumiy sotsiologiya nazariyasi, fan sotsiologiyasi, 
chetga og'uvchi xulq-atvor sotsiologiyasi, kasblar sotsiologiyasi va 
boshqa sohalami qamrab oladi. Merton tahriri ostidagi jamoaviy 
fundamental asar hisoblangan «Sotsial nazariya va sotsial struktura»da 
(1949) umumiy sotsiologiya nazariyasi va empirik tadqiqotlar
431


o‘rtasidagi o‘zaro aloqa muammosi muhokama etilgan bo‘lib, unda 
o‘rta darajadagi nazariyalarining shakllari belgilangan, shuningdek ilk 
marotaba yaqqol va latent fonksiyalar va disfunksiyalar tushunchalari 
ishlab chiqilgan.
R.Merton 1942-yildayoq sotsial institutlar ichida fanning o‘ziga 
yarasha qirralarini 
ochib 
berishga 
intildi. 
Fan 
me'yorlarini 
identifikatsiyalashtirib, “fan etosi”ni («universalizm», «jamoaviylik», 
«beg‘arazlik» va «uyushgan skeptitsizm») yoritib berishga harakat 
qildi. Bu konsepsiya keyinchalik keng tarqaldi.
Umuman olganda, asosan “XVII asrda Angliyada fan, texnika va 
jamiyat” va “Fan sotsiologiyasi” kabi asarlari Mertonni dunyoviy 
mashhurlikka yetakladi, desak mubolag‘a boimaydi.
R.Merton qarashlariga ta ’sir ko‘rsatgan olimlar, shuningdek, ijodi 
bosqichlari haqida to‘liq tasaw ur hosil qilish uchun uning 
avtobiografisidan parcha keltirishni lozim, deb topdik:
Qaerda bo‘lishidan qat'iy nazar, menga yaqin bo‘lgan, menga 
hammadan ko‘p narsa bergan asosiy ustozlarimni belgilash juda 
oddiydir. Mening aspiranturadagi o ‘qish davrimda bular: meni 
yevropacha sotsiologik fikrga keng tarzda yo‘naltirgan va men u bilan, 
o‘sha vaqtning boshqa talabalaridan farqli o‘laroq, garchi u 1930- 
yillaming oxiridan buy on izdosh b o iib kelayotgan tadqiqotlarning bu 
yo‘nalishida ishlay olmagan boisam ham, hyech qachon aloqalami 
uzmagan P.A.Sorokin; o‘sha vaqtda deyarli yosh boigan, ilk bor 
o‘zining «Sotsial harakat strukturasi» magistrlik dissertatsiyasida 
ancha to iiq ifodalangan g‘oyalami yoygan Talkott Parsons; bioximik 
va qisman sotsiolog boigan, menga dastlab shunchaki qiziq fikr, deb 
ta’riflangan narsaning intizomli tadqiqotini qaysidir darajada 
o‘rgatgan L.J.Genderson; 
iqtisodiyot tarixchisi, 
menga arxiv 
manbalari bo‘yicha tiklanadigan iqtisodiy taraqqiyot tadqiqotini 
o‘rgatgan E.F.Gey; va eng muhimi, o‘sha vaqtdagi tarix fakulteti 
dekani, menga bir necha yillar davomida o‘z rahbarligi ostida uning 
Garvarddagi mashhur (muqaddas deb aytmaslik uchun) Vaydner 
kutubxonasida ishlash imkonini yaratgan Jorj Sarton boiishgan. Men 
bevosita bilim olgan ushbu ustozlardan tashqari, ikkita sotsiologdan 
hammadan ham ko‘p narsalami bilib oldim: awalambor, meni faqat 
o‘zlaridan qolgan kuchli ishlari yordamida o ‘qitgan Emil Dyurkgeym 
va Georg Zimmel; shuningdek sotsiologiyaga zehni o‘tkir boigan 
gumanist Gilbert Marrey. Hayotimning yaqin davrida men o‘z
4 3 2


hamkasbim Pol F.Lazarsfelddan ko‘p narsalami bilib oldim, bizning 
asming uchdan bir qismidan ortiq vaqt davom etgan hisobsiz 
suhbatlarimiz va hamkorligimiz davomida qanchalik ko‘p narsa 
o‘rgatganligini u tasavvur ham qila olmasligi mumkin.
0 ‘zimning ko‘p yillik ishimga nazar tashlasam, men u yerda 
o‘zim faraz qilganimdan ham ortiq bama’nilikni ko‘raman. Gap 
shundaki, o‘qishning aspirantlik yillaridan keyingi shaxsiy ishimning 
boshidanoq men oldindan belgilangan hayotiy rejaga amal qilib emas, 
balki ularning rivojianishi darajasida o‘z zakovatli qiziqishlarim 
izidan borishga qat'iy qaror qildim. Men yaqindagi ustozim Sarton 
kabi emas, balki uzoqdagi ustozim Dyurkgeym kabi yo‘l tutishga 
qaror qildim. Dyurkgeym ko‘p marotaba o‘z tadqiqotlari predmetini 
o‘zgartirgan. Ijtimoiy mehnat taqsimotini o‘rganishdan boshlab, u 
sotsiologik tadqiqot usullarini ko‘rib chiqqan, so‘ngra, uning nazarida 
jamiyatdagi hayotning turli jihatlari bilan shug‘ullanib, samarali 
ravishda rivojlantirish mumkin boigan nazariy yo‘nalishni ishlab 
chiqishni davom ettirgan holda muvaffaqiyat bilan 0 ‘z joniga qasd 
qilish, din, axloqiy tarbiya va sotsializmga aloqador boim agan 
predmetlarga murojaat qilgan. Sarton esa umuman boshqacha ish 
tutgan: o‘z ilmiy martabasining boshlarida u o‘zining besh jildli 
monumental «Fan tarixiga kirish [sic]» (XIV asming oxirigacha 
boigan tarixni kuzatgan) asarida toiaqonli aksini topgan fan 
tarixidagi tadqiqot dasturini ishlab chiqqan.
Birinchi misol menga ko‘proq qulay tuyuldi. Men sotsiologik 
nazariya va sotsial strukturalar hamda bizga nega sotsial institutlar va 
jamiyatdagi hayot xarakteri aynan shunday ekanligini tushunishga 
yordam beradigan madaniy o‘zgarishlami kuchaytirishni niyat 
qilganman va hozirga qadar 
shuning istagidaman. 
Nazariy 
sotsiologiyaga 
boigan 
bu 
qiziqish 
sotsiologiya 
va 
boshqa 
rivojlanayotgan fanlarda keng tarqalgan holat b o iib qolgan (va, 
nazarimda, ko‘p jihatdan to‘g‘ri kelgan) predmetli ixtisoslashtirishdan 
qochishimga yordam bergan. Mening maqsadlarim uchun turli 
sotsiologik fanlami o‘rganish muhim edi.
Bu predmetli xilma-xillikda faqat bitta maxsus soha — fan 
sotsiologiyasi — o‘jarlik bilan mening qiziqishimni o‘ziga jalb qilgan. 
1930-yillarda men deyarli to iiq ravishda o‘zimni fan va texnologiya 
taraqqiyotining, ayniqsa Angliyada XVII asrdagi, ijtimoiy sharoitlarini 
o‘rganishga bagishladim va diqqatimni maqsadga yo‘naltirilgan
4 3 3


ijtimoiy harakatning kutilmagan oqibatlariga jamladim. Nazariy 
qiziqishlarim kengayishiga qarab, 1940-yillarda va keyinroq men 
nonkonformisik va deviant xulqning ijtimoiy manbalari, zamonaviy 
murakkab 
jamiyatda 
byurokratiya, 
ommaviy 
e'tiqod, 
kommunikatsiyaning amal 
qilishi, 
shuningdek 
intellektualning 
byurokratiya ichidagi va undan tashqaridagi rolini o ‘rganishga 
murojaat qildim. 1950-yillarda men sotsiologik nazariya va sotsial 
strukturaning asosiy birliklarini ishlab chiqishga berilib ketdim: rolli 
va maqomli to‘plam va roli andazalar odamlar tomonidan nafaqat 
musobaqa uchun, balki o‘ziga baho berish asosi deb qabul qilinadigan 
qadriyatlar sifatida ham tanlanadi (so‘nggi holatda «referent guruhlar 
nazariyasi» ko‘zda tutilmoqda). Bundan tashqari, Jorj Rider va 
Patrisiya Kendallar bilan birgalikda men, asosiy maqsadimdan 
tashqari, shifokorlaming turli tiplari bitta va o‘sha tibbiyot 
maktablarida sotsializatsiya jarayonidan o‘tishini aniqlash maqsadida 
o‘zimning ilk yirik ko‘lamli tibbiy ta’limning sotsiologik tadqiqotini 
boshladim, 
vaholanki 
bu 
professional 
faoliyat turi 
sifatida 
mutaxassisliklaming ajralib turuvchi xususiyatlari bilan bogiiq. 1960- 
va 1970-yillarda men fanning sotsial strukturalari va uning kognitiv 
struktura bilan o ‘zaro munosabatini jadal ravishda o‘rganishga 
qaytdim, zero bu ikki o‘n yillik fan sotsiologiyasi, nihoyat, o‘tmish 
faqat uning debochasi b o igan yetuklik davriga yetgan davr boidi. Bu 
ish davomida asosiy e'tibomi men sotsiologik nazariya, tadqiqot 
usullari va asosli empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlar o ‘rtasidagi 
aloqalarga qaratdim.
Men faqat qulaylik uchun o‘z qiziqishlarim rivojlanishini o‘n 
yilliklar bo‘yicha guruhlarga ajrataman. Ular, albatta, rasm b o iib
qolgan kalendar davrlariga uncha muvofiq boim agan ravishda paydo 
boiardi va zaiflashardi. Ulaming hammasi ham mazkur yo‘nalishdagi 
jadal ishlashning ilk davri o‘tishi bilan zaiflashmagan. Hozirda men 
maqsadga yo‘naltirilgan sotsial harakatning kutilmagan oqibatlariga 
bagishlangan ish ustida ishlayapman, shu tarzda deyarli yarim asr 
ilgari ilk bor chop etilgan va o‘shandan beri davriy ravishda taraqqiy 
etayotgan ishni davom ettirmoqdaman. Boshqa chop etilgan, « 0 ‘zini 
o‘zi yaratadigan bashorat» deb nomlangan ishim ijtimoiy hayotning 
oltita sohasida kamida o‘ttiz yil ilgari mening xuddi shu nomdagi 
ishimda ilk bor eslatib o‘tilgan andozani ishlab chiqishni mantiqiy 
yakuniga yetkazadi. Agarda vaqt, bardosh va kuch imkon bersa,
4 3 4


asosiy e'tibomi maqomli va rolli to‘plamlarga, shuningdek strukturalar 
nuqtai nazaridan strukturaviy shart-sharoitlarga va yaqqoi hamda 
latent 
(yashirin) 
funksiyalarga, 
disfunksiyalarga, 
funksional 
muqobilliklarga va vazifalar nuqtai nazaridan ijtimoiy mexanizmlarga 
qaratgan holda tahlil u sotsial strukturaning tahlili bo‘yicha ishni 
yakunlash qoladi, xolos.
Biz hammamiz o‘limga mahkumligimizni, mening yozuvchiligim 
esa odatda juda past darajali ekanligini inobatga olgan holda, bu 
ishlaming ro‘yxati kelgusida davom ettirilmasa kerak.1
2. Agarda Talkott Parsons — strukturaviy funksionalizmning eng
nufuzli nazariyotchisi bo‘lsa, uning talabasi Robert Merton
sotsiologiyada strukturaviy funksionalizmning eng muhim iboralari 
muallifi bo‘lgan. Merton strukturaviy funksionalizmning ayrim keskin 
va isbotlab boimaydigan jihatlarini tanqid qilgan. Lekin, shunisi ham 
muhimki, Merton tomonidan ilgari surilgan yangi konseptual 
qarashlar strukturaviy funksionalizm dolzarbligini saqlab qolishga 
yordam bergan.
Mertonning 
ijodi 
ham, Parsonsniki 
kabi 
strukturaviy
funksionalizm bilan bogiiq bo‘lsada, ular o‘rtasida sezilarli tafovutlar 
mavjud. Birinchidan, agar Parsons yirik keng qamrovli nazariyalami 
yaratishni yoqlab chiqqan bo‘lsa, Merton ko‘proq chegaralangan, 
o‘rtacha darajadagi nazariyani afzal ko‘rgan. Bundan tashqari, Merton 
Parsonsga 
nisbatan 
ortiqroq darajada 
marksistik 
nazariyani
quwatlagan. Haqiqatda esa, Merton va uning ayrim talabalari 
(ayniqsa 
Alvin 
Gouldner) 
siyosiy 
m a’noda 
strukturaviy 
funksionalizmga ko‘proq s o i tus baxsh etishgan deb hisoblash 
mumkin.2
Merton antropolog Malinovskiy va Radkliff-Braunlar tomonidan 
ilgari surilgan funksional tahlilning uchta asosiy postulatlari deb 
hisoblangan qoidalami tanqid ostiga olgan va ularga boshqacha ko‘z 
bilan qarash lozimligini ta’kidlagan.
Birinchi postulat jamiyatning funksional yaxlitligi hisoblanib, 
unga ko‘ra, barcha standartlashtirilgan sotsial hamda madaniy e'tiqod 
va udumlar jamiyat uchun yaxlit tarzda va individlar uchun xususiy 
tarzda funksional ahamiyatga egadir, ya’ni sotsial tizimning har bir 
qismi umuiy tizim uchun funksionaldir. Bu sotsial tizimning turli
1 Qarang: G eorge Ritzer. SocioIogicaJ Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hilf. 2010. - P. 254-255.
2 George Ritzer. Sociological Theory E ighth Edition. M e Graw-HilL 2010. - P. 252.
435


elementlari (unsurlari) yuqori darajadagi integratsiyaga ega bo‘lishlari 
lozimligini bildiradi. Biroq Merton, garchi bu uncha katta bo‘lmagan, 
ibtidoiy jamiyatlarga nisbatan to‘g‘ri bo‘lsa ham, ancha yirik va 
murakkab jamiyatlarga nisbatan umumlashtirish mumkin emasligini 
ta’kidlagan.
Ikkinchi postulat universal funksionalizm hisoblanib, unga ko‘ra 
barcha standartlashtirilgan sotsial hamda madaniy shakl 
va 
strukturalaming barchasi ijobiy funksiyalarni bajaradi, ya’ni har 
qanday amaliyot ijobiy ahamiyat kasb etadi. Merton voqelikda 
ko‘rayotganlarimiz unga zid ekanligini isbotladi. Aniqki, har qanday 
struktura, udum, g‘oya, e'tiqod kabilar ham ijobiy funksiyani 
bajaravermaydi. U funksional, disfunksional va nofunksional ham 
bo‘lishi mumkin. Masalan, jazavadagi millatchilik tez tarqalayotgan 
yadroviy qurol olamida nihoyatda disfunksional boiishi mumkin.
Yana bir misol tariqasida qimor biznesini ham olish mumkin. U 
alohida struktura sifatida funksiya bajaradi, lekin boshqa sohalaming 
yoki 
umuman 
butun 
bir 
tizimning 
(madaniy-ko’ngilochar) 
disfunksiyasiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun Merton bu postulatni boshqa bir mezon bilan 
almashtirish taklifini beradi, unga ko‘ra mavjud madaniy shakllar 
funksional oqibatlarining tarmoqli balansi mavjud hisoblanadi. 
Mertonning ta’kidlashicha, 
u yoki 
bu 
madaniy 
hodisaning 
funksionalligi faqat tadqiqot jarayonida hal etiladi.
Uchinchi postulat - zaruriyat postulati boiib, unga ko‘ra, 
jamiyatda shunday “universal” sotsial va madaniy shakllar mavjudki, 
ular almashtirib boimaydigan, umum jamiyat mavjudligi uchun o ‘ta 
zarur komponentlar hisoblanadi. Ushbu postulat barcha strukturalar va 
funksiyalar jamiyat uchun funksional ravishda zarur, degan g‘oyaga 
olib keladi.
Odatda, «sotsial universaliya»laming uch guruhi ajratilar edi:
- obyektiv qator: olam, o‘zgarish, sabab, yaxlitlik, vaqt va h.k.;
- subyektiv qator: inson, baxt, adolat va h.k.;
- subyekt-obyekt qatori: faoliyat, bilish, haqiqat va h.k.
Parsons sotsiomadaniy taraqqiyotning umumiy omillari sifatida 
«madaniy universaliya»laming o‘nta turini ajratgan: kommunikatsiya 
tizimi; qon-qarindoshlik tizimi; din; ilg‘or texnologiyalar; sotsial 
stratifikatsiya; 
sotsiumning 
o‘zini 
o‘zi 
identifikatsiyalashi; 
boshqaruvchi qatlamlaming shakllanishi; pul va bozoming paydo
4 3 6


boiishi; umumlashgan me'yorlar; demokratik strukturalar1. Merton 
esa oila, din, sotsial stratifikatsiya kabi institutlar har qanday 
jamiyatda ham mavjud boiavermaydi, deb o‘ylaydi.
Parsons shuningdek, «evolyutsion universaliyalar»ni ham ajratib, 
alar sotsial tizimlaming evolyutsiyasi davomida paydo boiadigan 
xususiyatlami aks ettirib, moslashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi 
deb hisoblaydi.
Merton bulaming barchasini tanqid ostiga olib, bu yerda gap 
aynan 
“funksional 
universaliyalar” 
haqida 
borayotganligini 
ta’kidlaydi. Hech qanday boshqa strukturalar va funksiyalar ayni 
vaqtda jamiyatda namoyon boiayotgan funksiyalarchalik samarali 
ishlaydi. Parsonsni tanqid qila turib, Merton biz, hech boimaganda, 
jamiyatda strukturaviy va funksionalmuqobillar mavjud ekanligini tan 
olishga tayyor boiishimiz zarurligini ta’kidlaydi. Shunday qilib, 
Merton bu postulatni funksional muqobillar bilan almashtirish taklifini 
beradi.
Umuman, Mertonning fikricha, bu funksional postulatlaming 
hammasi 
mavhum 
nazariy 
tizimlarga 
asoslangan 
noempirik 
da’volarga tayanadi. Sotsiologning vazifasi - kamida ulaming har 
hirini empirik (tajriba asosida) tarzda o‘rganishdir. Nazariy fikrlar 
emas, balki empirik tekshirish funksional tahlil uchun hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligiga b o igan ishonchi Mertonni nazariya va 
tajribalami birlashtiruvchi fuknsional tahlil «paradigma»sini ishlab 
chiqishga yetakladi.
Merton boshdanoq, strukturaviy funksional tahlil guruhlar, 
tashkilotlar, jamiyatlar va madaniyatlami ko‘rib chiqadi. U shuni 
ta’kidlaydiki, «strukturaviy funksional tahlil qilinishi mumkin boigan 
har qanday ob'ekt standartlashtirilgan (ya’ni, qolipli va takrorlanuvchi 
ko‘rinish) ifoda etishi lozim». U hissiyot madaniyati, sotsial me'yorlar, 
guruhli 
tashkilotchilik, 
sotsial 
nazorat 
vositasining 
sotsial 
strukturasi ga asoslangan sotsial rollar, institutsional andozalar, sotsial 
jarayonlar, madaniy namunalar va h.k.ni nazarda tutgan.
Ilk strukturaviy funksionalistlar, umuman olganda, o‘zlarini 
deyarli butunlay bir sotsial struktura yoki institutning boshqasiga 
nisbatan 
vazifalarini 
ko‘rib 
chiqishga 
bagishlagan. 
Bunda, 
Mertonning hisoblashicha, ular ko’pincha individlaming sub'ektiv
1 Parsons, T. Evolutionary U niversals in Society // A m erican Sociological Review. — 1964. - V. 29. - №


sabablarini 
strukturalar 
yoki 
institutlaming 
vazifalari 
bilan 
aralashtirgan. Strukturaviy funksionalist o‘z diqqat-e'tibori markaziga, 
awalambor yakka sabablami emas, balki sotsial funksiyalami 
joylashtirishi zarur. Funks iyalar, Mertonga ko‘ra, «kuzatilayotgan, 
mazkur tizimning moslashuvi yoki muvofiqlashuviga yordam 
bemvchi oqibatlar» deb ta ’riflanadi1. Biroq, kimdir diqqatini faqat 
moslashuv yoki muvofiqlashuvga jalb qilsa, unda yaqqol mafkuraviy 
og‘machilik mavjud, zero doimo ijobiy oqibatlar mavjud bo‘ladi. 
Shuni ta’kidlash muhimki, bir ijtimoiy holat boshqasi uchun salbiy 
oqibatlar olib kelishi mumkin.
Bu dastlabki strukturaviy funksionalizmda yo‘l qo‘yilgan jiddiy 
xatolami to‘g‘irlash uchun, Merton, yuqorida ta’kidlaganimizdek, 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish