yaqqol
va
latent (yashirin)
funksiyalar tushunchalarini ham fanga kiritgan. Bu
ikki atama shuningdek funksional tahlilning muhim hissasi boidi.
Yaqqol funksiyalar
obyektiv va oldindan moijallangan,
latent
funksiyalar esa -
oldindan moijallanmagan va anglanmaganlik
xususiyatiga ega. Qullikning yaqqol funksiyasi, masalan, Janubning
iqtisodiy unumdorligini oshirish boigan boiib, lekin u ham boy, ham
qashshoq oq tanli janubliklaming sotsial maqomini oshirish uchun
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 256.
4 3 9
xizmat qilgan ko‘p sonli past tabaqalami jalb qilish latent funksiyasiga
ega boigan.
Merton qayd etishicha, «sotsial harakatning ongli motivatsiyasini
uning obyektiv natijalari bilan aralashtirishga (bu esa sotsiologiya
adabiyotida ko‘p uchraydigan hoi) yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, yaqqol
va latent funksiyalar o‘rtasidagi tafovut kiritilgan»1. Amerikalik
sotsiolog motivlar va funksiyalami bir-biriga tenglashtirish xato
ekanligi haqida ogohlantiradi, chunki motivlar subyektiv kategoriyalar
boigani kabi, funksiyalar obyektiv kategoriyalar sifatida namoyon
boiadi. Motivlar va funksiyalar bir-biridan mustaqil holda o‘zgarib
boradi.
Olim yaqqol va latent funksiyalar ahamiyatini ko‘rsatish uchun
Xotom tajribasini misol qilib keltiradi. Sotsiologlar faqat yaqqol
funksiyani hisobga olib, latent funksiyaga e'tibor qaratmagan. Ular
tajriba boshlanganda, uning nazorat va tajriba guruhlari a’zolari
o‘rtasidagi munosabatlar uchun ehtimolli sotsial oqibatlariga ahamiyat
bermadi. Oxir-oqibat vujudga kelgan vaziyat sotsiologlami odamlar
o‘rtasidagi munosabatlar bilan bogiiq yashirin, yaqqol ko‘rinmay
turgan narsalar haqida o‘ylashga majbur etdi. Shu tariqa Merton,
sotsiologiyaning bosh vazifasi -yaqqoldan ko‘ra yashirin, latent
funksiyalami o‘rganishdan iborat boiishi lozimligini ta’kidlaydi.
Bunday yondashuv sotsiologik bilim ufqlarini sezilarli darajada
kengaytiradi. «Shuning uchun deb hisoblaydi Merton - yashirin
funksiyalar sohasidagi ixtirolar yaqqol funksiyalar sohasidagi
ixtirolardan ko‘ra, sotsiologik bilimlaming yanada ko‘payishiga olib
keldi. Binobarin, yaqqol funksiyalar ijtimoiy hayot haqida sogiom
fikrga asoslangan bilimlardan kuchli og‘ishni anglatadi»2.
Bu fikr Mertonning boshqa konsepsiyasi -
kutilmagan oqibatlar
konsepsiyasi bilan bogiiq. Harakatlar, xiiddi kutilgan kabi,
kutilmagan oqibatlarga ham ega. Garchi hamma kutilgan oqibatlami
anglab tursa ham, kutilmagan oqibatlami aniqlash uchun sotsiologik
tahlil talab qilinadi. Haqiqatdan, ba’zilar uchun bu sotsiologiya
mohiyatining
o‘zi
b o iib
hisoblanadi.
Piter
Berger
buni
1 М ертон P. Явные и латентные функции
И
Американская социологическая мысль. Т екста. - М.,
1 9 % .- С . 414.
2 М ергон Р, Явные и латентные функции
Н
Американская социологическая мысль. Тексты. - М.,
1996. - С . 447
440
bro‘sizlanish», yoki aniq natijalarga qilingan maqsadlardan tashqari
: goh deb ataydi1.
Merton kutilmagan oqibatlar va latent funksiyalar aynan
nasligini bayon qiladi. Latent funksiya kutilmagan oqibatlarning
iaium tizim uchun funksional xarakterga ega bo‘lgan turidir. Biroq,
utilmagan oqibatlarning boshqa ikki turi: «ma’lum tizim uchun latent
:isfunksional va latent disfunksiyani o‘z ichiga olgan oqibatlar» va
• j‘zlari na funksional, na disfunksional tarzda ta’sir ko‘rsatmaydigan
szimga kirmaydigan nonfunksional oqibatlar» ham mavjud2.
Funksional nazariyani yanada oydinlashtirish sifatida Merton,
truktura tizimga nisbatan umumiy disfunksional xarakterga ega
ooiishi va shunga qaramay mavjudlikni davom ettirishi mumkinligini
■
'kidlaydi. yetarli darajadagi asoslar bilan aytish mumkinki, qora
anlilar, ayollar va boshqa ozchiliklami kamsitish Amerika jamiyati
ichun disfunksionaldir, bunda u mavjudlikda davom etadi, zero
itimoiy tizimning bir qismi uchun funksionaldir; masalan, ayollami
imsitish, odatda, erkaklar uchun funksionaldir. Lekin kamsitishning
u shakllari, hatto o‘zlari funksional boigan guruh uchun ham
lisfunksiyalardan
xoli
emas.
Erkaklar
0
‘zlarining
ayollami
kamsitishlaridan qiynaladilar; xuddi shunday oq tanlilarga ham qora
ianlilarga nisbatan kamsituvchi xulq zararlidir. Ta’kidlash mumkinki,
.umsitishning bu shakllari kamsituvchi tarafga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
chunki ko‘p sonli kishilar o‘z mavqyeidan qoniqmay qoladilar, buning
oqibatida ijtimoiy ziddiyat ehtimoli kuchayadi.
Merton sotsial tizim yashovchanligi uchun hamma strukturalar
ham zarur emas, deb hisoblagan. Sotsial tizimning ayrim elementlarini
istisno qilish mumkin. Bu funksional nazariyaga uning mutaassib
(konservativ) ogishlaridan yana birini yengishga yordam beradi.
Ayrim strukturalami tugatish mumkinligini tan olgan holda,
funksionalizm muhim ahamiyatli ijtimoiy
0
‘zgarishlar uchun y o i
ochadi. Masalan, turli ozchiliklar kamsitilishini bartaraf etish bilan
jamiyatimiz yashovchanligi davom etishi (hatto yaxshilanishi)
mumkin.
Ko'rinib turganidek, Mertonning izohlari stmkturaviy funksional
lahlil o‘tkazishni istovchi sotsiologlar uchun nihoyatda foydalidir.
Zero, uning bu tahlili Prasons taqdim etgan sub'ektiv “falsafiy”
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-HilL 2010. - P. 256.
2 George R itzer Sociological Theory. E ighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 256.
441
nazariyadan ko‘ra ko‘proq obyektiv bo‘lib, amaliy ahamiyat kasb
etadi.
3.
Merton o‘z asarlarida nazariy va empirik, makro- va
mikrosotsiologiya bilim darajalarini birlashtirish g‘oyasini ilgari
surgan edi. 1950-yillaming o ‘rtalaridayoq, Merton ular birligining
“oltin asri” boshlandi, deb hisoblagan edi. Ammo u vaqtlarda Merton
orzuni ro‘yo deb qabul qilardi. Empirik va nazariy sotsiologiyaning
parallel tarzda rivojlanishiga hali ancha vaqt bor edi. Olimning o‘zi bu
parallelizmni, vujudga kelgan bu o‘ziga xos sotsiologik dixotomiyani
yengib o‘tishga katta hissa qo‘shdi va u bu ishni, awalambor, o‘zining
o‘rta darajadagi, yoki o‘rta rang nazariyasi (The theory of the middle
range) yordamida bajardi. Bu nazariya uning funksional tahlil
konsepsiyasiga asoslangan edi.
Funksional tahlil konsepsiyasi Merton ijodida «yarim empirik»
xususiyatga ega edi: u mazkur tahlilni avval operatsional tomonga,
keyin esa - aniq sotsiologik tadqiqot tomoniga o‘tkazish imkonini
berardi. Funksional tahlilning konsepsiya sifatidagi muhim xususiyati
shundaki. u empirik ma’lumotlami interpretatsiya qilishga, ulami
umumlashtiruvchi nazariyalami yaratish uchun qo‘llashga imkon
beradi. Bu xususiyatni Merton o‘rta darajadagi nazariyasini ishlab
chiqish chog‘ida juda yaxshi angladi va qo‘lladi. Uning shakllari
Mertonning 1940— 1950-yillarda yozgan ishlarida ko‘zga tashlandi,
ammo bu xususiyatni yaratish tamoyillari « 0 ‘rta darajadagi
sotsiologik nazariyalar haqida» nomli tadqiqotida batafsil yoritildi va
tartibga solindi. Bu tadqiqot amerikalik sotsiologning «Nazariy
sotsiologiya» kitobida chop etildi.
Mertonning o‘rta darajadagi nazariyalari ustida ishlashi ikki
yoqlama xususiyatga ega edi. Bir tomondan, u nazariyalaming o‘ziga
xos turi, maxsus tahliliy faoliyat zaruriyatini asoslashni o‘z ichiga
olgan edi. U esa, boshqa nazariyotchilik turlaridan (birinchi navbatda
o‘ta mavhum nazariyotchilikdan) sezilarli farq qilishi kerak edi. Bu
metodologik ish edi, chunki umumiy nazariy orientatsiyaga,
tushunchalar tahliliga, ulami tuzish mantig‘iga, olinadigan empirik
ma’lumotlaming interpretatsiyasi bilan bog‘liqligiga taalluqli edi.
Boshqa tomondan esa, Merton sotsiologiya fanining turli sohalarida,
aniqrog‘i, tarmoqlarida aniq o‘rta darajadagi nazariyalarini yaratish
ustida mehnat qilardi.
44 2
Mertonning tahlil etiluvchi nazariyasiga muvofiq, sotsiologiya
bilimlarining uch darajasi mavjud:
- keng sotsiologik nazariyalar;
- o‘rta darajadagi nazariyalar;
- kundalik tadqiqotlarda talay uchraydigan kichik ishchi
taxminlar.
O lrta darajadagi nazariyalar birinchi va uchinchi darajalar
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in, ko‘prikcha vazifasini o‘taydi. Shu
nazariyalarga tayangan holda,
Merton voqyelikning empirik
tadqiqotlari
va
sotsial
xulq-atvor
qonuniyatlarini
nazariy
umumlashtirmalari o‘rtasida “vositachi” zarur, degan xulosaga keladi.
0 ‘rta darajadagi nazariyalar esa, ham sotsial faktlaming katta guruhini
umumlashtirish natijasi, ham sotsiologiyaning alohida sohalarini
aniqlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Merton bu nazariyalami haqiqatdan mavjud va e'tiborga loyiq deb
hisoblardi. Mertonga ko‘ra, sotsiologiya nazariyasi oddiy ma’noda
aynan o‘rta darajadagi nazariyadir. Aynan shunday nazariya empirik
tadqiqot tilini “yaratishga” imkon beradi. Hamma narsani qamrab
oluvchi “yuqori daraja” tizimli nazariyalari Mertonga birmuncha
mavhum, “quyi daraja” ishchi taxminlari esa - haqiqiy sotsiologik
ahamiyatga ega boim agan ikkinchi darajali bo iib ko‘rinardi. 0 ‘rta
darajadagi nazariyalarida tahlilning dastlabki kategoriyasi sifatida
Merton sotsial guruhlami olgan, chunki aynan ular orqali individ va
sotsial strukturalar o‘rtasida aloqa amalga oshiriladi.
Merton sotsiologiyada, boshqa istalgan fandagi kabi turli
darajadagi
nazariyalar
mavjud
boiishini
kerakligini
yaxshi
tushunardi. Bir nazariyalar keng ijtimoiy jarayonlami izohlash uchun
qoilanadi, boshqalari birmuncha lokal, aniq jarayonlarga “xizmat
ko‘rsatadi”.
Merton
tomonidan
1960-1970-yillarda
turli
nazariyalaming batafsil tavsiflanishi va tahlil etilishi sharofati bilan,
sotsiologiya bilimlarining uch darajali konsepsiyasi eng mukammal
ishlab chiqilgan, deb hisoblanardi. Bu konsepsiya rivojlangani sayin,
awalambor sotsiologiya bilimlarining ikkinchi darajasi haqidagi
tasaw ur boyirdi. U esa, o ‘z navbatida, umumiy sotsiologiya
nazariyalarini ishlab chiqishni va aniq sotsiologik tadqiqotlami
rivojlantirishni tezlashtirdi. 0 ‘rta darajadagi nazariyalar umumiy
sotsiologiya nazariyasi bilan qiyoslaganda tor sohalarda qoilaniladi.
Ulaming har biri o ‘z predmeti sohasida jamiyat hayotining nisbatan
4 4 3
avtonom sohalarini, ular rivojlanishining tendensiyalarini, harakat
mexanizmlarini o‘rganish bilan cheklangan.
Shu bilan birga, olim sotsiologiya bilimlarining barcha uch
darajasi o‘zaro uzviy bogiiqligini ko‘rsatdi. Boz ustiga, biridan
boshqasiga o‘tish sotsiolog qarshisida har safar yangi imkoniyatlar
ochadi. Umumnazariy darajadan operatsional darajaga o‘tish alohida
ahamiyatga ega, uning natijasi empirik tadqiqotda aniqlashtiriladi.
Darajalaming nisbatan mustaqilligi va ulaming muhimligi esa,
sotsiologiya rivojlangani sari ulardan har birini ishlab chiqadigan
sotsiologlaming o‘zaro faoliyati kuchayishidan Mertonga umidvor
boiish uchun asos berardi.
U sotsiologiya bilimlarining eng turli sohalarida: ommaviy
kommunikatsiyalar va fan sotsiologiyasi, harbiy sotsiologiya va
tibbiyot
sotsiologiyasi,
hokimiyat
sotsiologiyasi
va
siyosat
sotsiologiyasi yo‘nalishlarida o‘rta darajadagi nazariyalarini ishlab
chiqdi. Ammo, aftidan, uning chetga og‘uvchi xulq-atvomi o ‘rganish
sohasidagi o‘rta darajadagi nazariyasi eng chuqur iz qoldirdi. Bunda
unga anomiya, o‘z joniga qasd qilish, deviant xulq-atvoming boshqa
shakllarini o‘rgangan E.Dyurkgeymning qarashlari katta ta’sir
o‘tkazdi.
4.
Mertonning strukturaviy funksionalizm va sotsiologiyaga
qo‘shgan eng mashhur umumiy hissalardan biri — madaniyat, struktura
va anomiya o‘rtasidagi munosabatlar tahliliga murojaat qilish joiz.
Merton sotsial strukturaning holatini tahlil qilishda ikki
o'zgaruvchiga murojaat qilishni lozim deb topadi:
- madaniyat tomonidan tasdiqlangan qanday maqsadlar mavjud;
- ushbu maqsadlarga erishishning qanday institutsional vositalari
mavjud.
Merton
Do'stlaringiz bilan baham: |