O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA
HARBIY INSTITUTI
AXBOROT - KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI OFITSERLAR MALAKASINI OSHIRISH, ZAHIRA VA REZERVDAGI OFITSERLARNI TAYYORLASH FAKULTETI
NORBOYEV MAHMUDJONNING “JISMONIY TAYYORGARLIK” FANIDAN
DAFTARI
Toshkent-2022
1-MAVZU: Gimnastika.
1-Mashg‘ulot. Majmuaviy mashqlar, trenajyorlar va ko‘p pog‘onali sport snaryadlarida bajariladigan mashqlar.
Amaliy mashg‘ulot
REJA
Erkin mashqlar kompleksi
Mashq № 9 Turnikda tortilish mashqi.
Tayanch so‘z va iboralar: gimnastika, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik mazmuni, jismoniy sifatlar, tezlik, chidamlilik, kuchlilik, chaqqonlik, egilvuchanlik, turnikda tortilish, me’yorlar, majmuaviy mashqlar, trenajyorlar va ko‘p pog‘onali sport snaryadlarida bajariladigan mashqlar.
1-o‘quv savoli. Erkin mashqlar kompleksi
Jismoniy tayyorgarlik O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida olib boriladigan jangovar tayyorgarlikning asosiy fanlaridan biri bo‘lib, shaxsiy tarkibga beriladigan harbiy ta’lim va tarbiya jarayonining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad – harbiy xizmatchilarning jangovar va o‘z ixtisosligiga oid vazifalarni o‘z vaqtida muvofaqiyatli bajarish uchun jismoniy jihatdan doimo shay turish va yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir.
Jismoniy sifatlar – kishining jismoniy shayligini belgilovchi faol harakatlanish faoliyatini ta’minlaydigan organizmning funksional xususiyatidir.
Jismoniy sifatlarga quyidagilar kiradi: tezlik; chidamlilik; kuchlilik; chaqqonlik; egiluvchanlik.
Bir joydan boshqa joyga o‘tish, umumiy rivojlantirish mashqlarini bajarish uchun safning bir turidan boshqa turiga qayta tizilish amallari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomida bayon etilgan talablarga muvofiq bajariladi.
Joyda turib va harakat davomida bajariladigan jismoniy mashqlar ijrosi mashqni nomi aytilib, namunali ko‘rsatib berilgandan so‘ng dastlabki holat qabul qilinishidan boshlanadi. Buning uchun “Dastlabki holatni QABUL QIL” komandasi beriladi. Mashq ijrosiga “Mashqni BOSHLA” komandasi bo‘yicha kirishiladi. Mashq ijrosini yakuniga etkazish uchun so‘nggi hisob o‘rniga, agar mashq:
joyda turib bajarilayotgan bo‘lsa – “TO‘XTA” komandasi;
harakat davomida bajarilayotgan bo‘lsa – “Mashq TAMOM” komandasi beriladi.
Jismoniy mashqlar o‘quv joylarida guruhlarga bo‘linib ijro etish usuli qo‘llanilib bajariladigan bo‘lsa, mashg‘ulotning tayyorlov qismi nihoyasiga etgach, bo‘linma guruhlar (seksiyalar) tarkibida ikki sherengaga saf tortadi. Mashg‘ulot rahbari har bir seksiyaning o‘quv joyini tayinlab o‘tgach: «Mashg‘ulot o‘tkazish joyiga qadam BOS (YUGUR)» komandasini beradi. Ushbu komanda bo‘yicha seksiyalar tayinlangan joy tomon qisqa yo‘l bilan borib (yugurib), o‘quv joyi (gimnastik snaryadning) safning chap tomonida joylashgan holatda joyda qadam bosib (yugurib) turadi. Shundan so‘ng, umumiy komandaga binoan to‘xtab, chapga buriladi.
Mashg‘ulot rahbari: “Mashqni bajarishga KIRISHILSIN” komandasini beradi. Mazkur komandaga binoan seksiya komandiri saf o‘rtasiga chiqib, bo‘linmaga yuzlangancha, buriladi. Bajariladigan mashq nomini e’lon qilib: “ERKIN” komandasini, gimnastika mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan bo‘lsa: “Gimnastik holatni QABUL QIL” komandasini beradi. Shaxsiy tarkib o‘ng oyog‘ini yarim qadam yonga tashlab, qo‘lini orqa tomonda qovushtiradi, tana vaznini ikkala oyoqqa teng taqsimlaydi.
Shundan so‘ng seksiya komandiri mashqni namunali tarzda ko‘rsatib beradi va shaxsiy tarkibni yakka yoki guruh tarkibida mashq qildiradi.
Shaxsiy tarkib mashq ijrosi uchun seksiya komandirining komandasiga binoan safdan chiqadi. Masalan: “Oddiy askar Mo‘minov dastlabki holatga, oddiy askar Mahkamov yordam berish va xavfsizlikni ta’minlash uchun qadam BOS”. O‘z familiyasini eshitgan harbiy xizmatchilar qad rostlangan holatni qabul qilib: “Men”, deya javob qaytaradi. Ijro komandasini eshitgach esa: “Xo‘p bo‘ladi”, deb javob berib, shaxdam qadam tashlab yoki yugurib borib, dastlabki marrani egallaydi va gimnastik holatni qabul qiladi (o‘ng oyog‘ini yarim qadam yonga tashlab, qo‘lini orqa tomonda qovushtiradi, tana vaznini ikkala oyoqqa teng taqsimlaydi). Mashq ijrosi uchun SNARYADGA”'>“SNARYADGA” komandasi (sakrash va akrobatik mashqlar bajarilayotganida esa “OLG‘A”) komandasi berilganidan so‘ng kirishiladi. Agar mashq nazorat tariqasida bajarilayotgan bo‘lsa, harbiy xizmatchi dastlab qad rostlangan holatni qabul qilib, boshini tekshiruvchi yoki mashg‘ulot rahbari tomon burgancha, o‘z harbiy unvoni va familiyasini aytadi va shundan so‘nggina, qo‘shimcha ko‘rsatmasiz mashq ijrosiga kirishadi. Mashq ijrosini yakuniga etkazgan harbiy xizmatchi mashg‘ulot rahbariga (tekshiruvchiga) yuzlanib burilgancha, qad rostlangan holatni qabul qilib, mashq ijrosi haqida bildiruv beradi. Gimnastik mashqlar ijrosining boshlanishi «sakrab chiqish», yakuniga etkazilishi esa «sakrab tushish» holatlarining qisqa vaqt saqlab turilishi bilan kechadi. “SNARYADGA” (“OLG‘A”) komandasi berilganida navbatdagi harbiy xizmatchi dastlabki holatni, mashqni bajargan harbiy xizmatchi yordam berish va xavfsizlikni ta’minlash joyini, yordam berish va xavfsizlikni ta’minlagan harbiy xizmatchi safdagi o‘rnini egallaydi.
Mashg‘ulot joyini almashtirish uchun mashg‘ulot rahbari: “Guruh, mashq TAMOM” komandasini beradi. Ushbu komandaga binoan shaxsiy tarkib mashq ijrosini to‘xtatib, bir sherengaga saf tortadi. Mashg‘ulot joyini almashtirish amali “O‘ng-GA”, “Mashg‘ulot joyini almashtirish uchun qadam BOS (YUGUR)”komandalariga ko‘ra bajariladi. O‘quv joylari birinchi bor almashtirilayotganda yangi o‘quv joyiga o‘tish tartibi ko‘rsatib o‘tiladi.
Jismoniy mashqni juftliklarga bo‘linib bajarish uchun harbiy xizmatchilar ikki sherengali safda «birinchi» va «ikkinchi» raqamlarga ajratiladi. Misol uchun: “Turnikda tortilish mashqi birinchi qator birinchi raqamlar, ikkinchi qator ikkinchi raqamlar” Birinchi raqamlar mashqni bajarish uchun, ikkinchi raqamlar – yordam ko‘rsatish va xavfsizlikni chap tomondan ta’minlash uchun (yoki o‘ng tomondan) “SNARYADGA” komandasi beriladi. Ushbu komanda bo‘yicha, birinchi raqamli harbiy xizmatchilar snaryadga, ikkinchi raqamli harbiy xizmatchilar esa yordam ko‘rsatish va xavfsizlikni ta’minlash joyiga borib, qad rostlangan holatni qabul qilishadi. “SNARYADGA” komandasi berilgach, birinchi raqamli harbiy xizmatchilar jismoniy mashqni bajarishadi, mashq ijrosini nihoyasiga etkazgach, mashg‘ulot rahbariga yuzlanib turishadi. Ikkinchi raqamli harbiy xizmatchilar yordam ko‘rsatish amallarini bajarishgach, mashq ijrosi uchun dastlabki holatni qabul qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |