Ochiq suzish suv havzasi
Bularni joylashtirishda tuproqni mustahkamligi, yer osti suvini joylashtirish uni tarkibi (hovuzni eng chuqur qismidan 0,7 m past bo‘lishi kerak):
Ochiq havzalar – quyosh yaxshi tushadigan joyga, qurilishi qizil chizig‘idan – 15 m, turar joy qurilishidan – 50 m uzoq joyga qurish lozim.
Sakrash joyi va balandlikni shimolga, shimoli sharqqa qaratish kerak. Havzani yer xududini 35% ni ko‘kamlazorlashtirish kerak. Suv havzalarini atrofi daraxtlar bilan o‘ralgan, shamol to‘sadigan bo‘lishi lozim.
Shamol suvni atrofida bo‘lsa bug‘lanishni ko‘paytiradi, zax bo‘li-shi kuchayadi, yelvizak qiladi. Ham qishda ham yozda shamol issiqlik sarflanishni oshiradi, yoqilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi. Butun yil davomida foydalanadigan suv havzalarida qishda suvga sakrash mashg‘ulotlarini musobaqalarni o‘tkazish mumkin emas, tamoshabinlar oldida, chunki suvni yuzasi suv bug‘i bilan qoplangan bo‘ladi.
Hovuz ochiq havzani gigiyena talablariga, xo‘jalik xonalari yopiq havzani gigiyena talablariga javob berishi kerak. Ularni ochiq suv bilan qo‘shib turadigan eni 1,8 m li qo‘shib turadigan havzalari bo‘lishi lozim. Bu xonalarni tashqi sovuq havodan muhofaza etish uchun rezina, oyna, tiniq plastikadan tusik o‘rnatiladi. Shimolda ochiq havza qilish maqsadga muvofiq emas. Yig‘ib-yoziladigan suv havzalari ham bor «Osvod-1» uzunligi 25 m, va «Osvod-2» uzligi 12,5 m (birinchisi metalldan, ikkin-chisi oyna plastikadan).
Har ikkisida suv kelish, ketish tizimi bo‘lib, avtomat holda suv tozalanadi, filtrlanadi. Yozgi sun’iy hovuz rezinadan yasalgan bo‘lib diametri 7,75 m, balandligi 1,5-2 m. Havo bilan devorlari shishiriladi va suv keladigan, suv ketadigan tiziklari bor. Smenada ko‘p foydalanadigan suv havzalarini qoplamlari uchun 5-6 soat ichida havo puflab o‘rnatiladiganlari eng qulay hisoblanadi. Ularni nur o‘tmaydiganlariga ularga alohida nur beriladi va nur o‘tadiganlari bo‘lib ularni yoritgichlar bilan yoritish mumkin.
Ochiq suzish suv havzalarida suv ustida yoritilganlik 100 lk dan kam bo‘lmasligi kerak, suvga sakrash joyida yoritilganlik gorizontal – 100 lk, vertikal – 50 lk bo‘lishi lozim. Ochiq suv havzalarida yozda suvni harorati 27°C, qishda sport suzishda, suv polosida, umumiy jismoniy tayyorgarlikda, sog‘lomlashtiruvchi suzishda suvni harorati 28°C bo‘lishi lozim. Suzish suv havzalarida qoldiq xlor me’yori 0,5 ml/l gacha bo‘lishi kerak.
Suvni tashqi tomondan kuzatganda dog‘, yog‘ to‘planib qolgan aralashmalar bo‘lmasligi lozim.
Ochiq va yarim ochiq otish joyi, u otish joyidan, yordamchi xonalardan, olovli joydan, poylash chizig‘idan, poylash chizig‘idan orqaga oraliqdan, ochiqotish joyida – yana xavfsizlik zonasidan iborat bo‘ladi. Ular janubdan shimolga yo‘nalgan bo‘lishi lozim. Chunki quyosh ko‘zni qamashtirmasligi lozim, shu bilan bir qatorda shamol yo‘nalishi, relefga ham qaraladi. Pol yuzasi olovli joyni yuzasidan 25 va 50 metrli masofalarda 30-60 sm, yuqori, 100 va 300 m masofalarda 80-130 sm baland bo‘lishi kerak. Yarim yopiq otish joylarida olovli zona issiqlik o‘tkazmaydigan devor va o‘tish uchun eshik bilan ajratilgan bo‘lishi kerak.
Ochiq otish joylarida yog‘in-sochinlardan va quyoshdan muhofaza etuvchi tom, uch tomondan devor bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim.
Yarim yopiq otish joylarida tabiiy yoritilganlik birmuncha kamayadi, shu boisdan elektrolampalar bilan qo‘shimcha yoritiladi. Yarim yopiq otish joylarida ham havo keladigan va ketadigan tizim havolantiradi. Yangi havo otish joyini yuqori tomonidan beriladi. Yordamchi xonalar otish o‘rniga qarab 10 ta otish o‘rniga ega bo‘lganlarga 12 m2, 10 dan – 20 gacha – 9 m2, 20 dan ortiqcha – 9 m2 dan ikkita.
Do'stlaringiz bilan baham: |