Yopiq suzish suv havzasi
Bu sanitariya – gigiyena tomonidan eng murakkab hisoblanadi. SEM xodimlari mashg‘ulotlar vaqtida uni tekshirishlari, suvni sifati, tozalanish, zararsizlantirish samaradorligini nazorat etib boriladi. Suv havzasi maxsus ishlatilgan bo‘ladi, gidroizolyasiyasi qurilishi vaqtida alohida ahamiyat berilib: suv surilib ketmasligi, tashqaridan suv tortmasligi lozim. Havza devorlari namlikka chidamli bo‘lishi, tozalanishi kerak. Aylanib o‘tadigan yo‘llar, istilishi, suv yuzasini harorati 31°C dan yuqori bo‘lishi kerak. Yuqoridan ortiqcha suvni oqizib yuborish yo‘li orqali taxminan 30% suv sarflanadi. Sarflangan suvni to‘ldirishni eng kam miqdori 10% bo‘lishi lozim. Dush xonasidan chiqish oldiga eni 1,8 m kam bo‘lmagan va chuqurligi OD m bo‘lgan oyoq uchun dush qilinishi lozim. Suv havzasini o‘rab turadigan joylarni namligi yuqori bo‘lishini inobatga olib bug‘ o‘tmaydigan polimer bo‘yoqlar jo‘natilishi lozim. Suv havzalarini yon tomonidan tabiiy yoritiladi. Suvdan uzoqroqda yoritish asboblari iloji boricha suvdan uzoq joylarga o‘rnatilishi lozim. Suv havzasini shamollatish boshqalardan alohida holda o‘rnatiladi 5-7 marta havo almashinish darajasi bo‘lib, kirayotgan havo biroz ko‘proq bo‘lishi lozim. Havoni namligini kamaytirish uchun havo bilan isitish yoki aralash holda suv bilan isitish qo‘llanishi mumkin. Asosiy va yordamchi xonalarni suv havzasini nazorat etish, suvni sifatini, dezinfeksiya etish SEM xodimlari tuzgan jadval asosida olib boriladi. Agarda odamlarni sihat-salomatligiga zarar keladigan bo‘lsa suv havzasini yopib qo‘yishgacha chora va tad-birlar ishlatiladi. Suvda suzuvchilar hardoim suvni yutib turganligi sababli suzish suv havzalaridagi suvga ichiladigan suvga qo‘yiladigan gigiyenik talab qo‘yiladi. Suzish suv havzalarida umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhi uchun suvni harorati +26°C, suvga sakrash +28°C suvga o‘rgatish havzasida +29°C bo‘lishi lozim. Suvni kimyoviy usulda dezinfeksiya etib, so‘ngra havzaga yuboriladi. Suv havzasida kamroq, xlor miqdori 0,2-0,3 mg/l, lekin 0,5 mg/l dan oshmasligi lozim. Bundan tashqari suv havzasida 0,005 mg/l dan ammiak bo‘lishi mumkin. Suvni sifati koagulyasiya tindirish, filtrlash, dezinfeksiya etish hisobiga ta’minlanadi. To‘la suv almashinish suzishga o‘rgatishda 8 soat, boshqalarida 12 soat. Suvni sifati yomonlashsa, havzadagi hamma suv chiqarilib yuboriladi, devorlari va tub tozalaniladi. Suv havzasida yo‘lakchalar bo‘lsa 50 m uzunlikda 15 suzuvchi, 25 m uzunlikda 10 suzuvchi bir yo‘lakka rejalashtiriladi, shunda bir suzuvchiga 8,3 va 6,25 m2 suv yuzasi to‘g‘ri keladi. Suzishga o‘rganayotganlar uchun 3-5 m2 suv yuzasi to‘g‘ri keladi. Suv havzasini ifloslanmasligi uchun:
1. Kiraverishda va kiyinib oladigan joyda ichki tartib qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi va albatta unga rioya etilishi lozim.
2. Suv havzasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, ma’lumotnomasi bor, qat’iy tibbiy ko‘rik har 6 oyda 1 marta o‘tiladi. Yuqumli teri kasalliklari bilan og‘rigan, konoktivit, terisi bog‘langan, hayz ko‘rganlar suv havzasiga qo‘yilmaydi.
3. Har bir suzuvchi dushga kirishi, yalang‘och bo‘lib issiq suv, sovun, mochalka bilan hamma tanasini, sochlarini, oraliq sohasini, tovonini, barmoqlar orasini yuvishi kerak. Suv havzasiga tushishdan oldin har xil kremlar surkash taqiqlanadi. Dushda shisha idishdagi suyuq sovun, shampunlardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
4. Sportchi maxsus kostyum, plavka, bosh kiyimiga ega bo‘lishi kerak. Prokatga olingani foydalangandan so‘ng dezinfeksiya etilishi, yuvib dozmollanish plombalangan holatda berilishi lozim.
5. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar dushga, havzaga, o‘rgatish zaliga maxsus oyoq kiyimida kirishlari lozim.
6. Kiyinib yechinish va kiyimlarini saqlash uchun maxsus kabinalar, yoki individual shkaflari bo‘lishi, unda oyoq kiyimi uchun joy havolantirish teshiklari bo‘lishi lozim. Har bir smenada qatnashuvchilar sonidan 3 marta ko‘p umumiy o‘rin bo‘lishi lozim.
Yopiq sport inshootlarida yordamchi xonalar, zallari kiyim yechish va dush xonalari birinchi qavatda bo‘lishi kerak.
Sport kiymida bo‘lmagan, tamoshabinlar alohida-alohida bo‘lishlari kerak, kiyinib yechinish xonasi bilan san uzel, dush xonalari o‘rtasida alohida yo‘l bo‘lib yozgi dush xonalari ochiq bo‘lishi lozim. Instruktor va murabbiylar xonasi oldida yopiq dush xonasi bo‘lish kerak. Pollar silliq suv o‘tkazmaydigan, suv shlangasida yuvishga mo‘ljallangan, 0,01 dan 0,05 gacha ish holatida bo‘ladi. Devorlar 1,75 m masofada yuqori tomonga yaxshi yuviladigan etiladi, o‘tish joyida rezinka gilamlar, o‘tirish masalalari, sovun qo‘yish joylari bo‘lishi kerak. Bularning hammasi kasallikning oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |