6.6. Sport inshootlarini asbob anjomlariga va sun’iy pol qoplamalariga bo‘lgan gigiyena talablar.
Har bir sport turida o‘zini jihozlari, asbob-anjomlari bo‘lishi lozim. Ularni qo‘llagan vaqtda texnik xavfsizligiga rioya etish lozim. Sport inshootlarida sanitariya gigiyena chora tadbirlarini o‘tkazayotgan vaqtda o‘sha sport inshooti rahbari va kasaba uyushmasi bilan o‘tkazadilar.
Sport inshooti rahbariyati har oyning 10 kunidan qoldirmasdan baxtsiz hodisa to‘g‘risida hisobot berishi lozim. Baxtsiz hodisalarning oldini olishning eng asosiy yo‘li o‘z vaqtida sport jihozlarini, asboblarini holatini nazorat etib, bo‘shashib qolgan joylarini tortib, tuzatib qo‘yishdir. Har bir sport anjomlarini oldiga uni ko‘tara oladigan yuki, uni chizmasiga mutanosib to‘g‘ri kelishi lozim. Har bir nuqtaga to‘g‘ri keladigan yuk ko‘rsatilganidan ortib ketsmasligi lozim. Akrobat, gimnastlar qo‘llaydigan sakrash poyasi tanaga yopishib turishi va 30 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Sanitariya gigiyena tomonidan sport anjomlaridan foydalanish va uni saqlash katta ahamiyatga ega. Ularni vaqtidan oldin buzilishiga, zanglashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, sintetik arqonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushmasligi, zax tortmasligi, rezinkadan yasalganlari isitish asboblaridan uzoqroqda bo‘lishi kerak. Teridan yasalganlarini bir haftada bir marotaba moylash lozim. Sport inshooti rahbariyatida hamma sport anjomlarini o‘rnatish, foydalanish, unga qarab turish haqidagi ko‘rsatma va pasport bo‘lishi lozim. Har yili sport mavsumidan oldin sport anjomlari batafsil tekshirilishi lozim. Bu tekshirish natijalari sport in-shooti muhandisi tomonidan maxsus daftarga yozib qo‘yiladi.
Kundalik qarovni murabbiy olib boradi, agarda u ozgina kamchilik topsa, u tuzatilmaguncha undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, muhofaza moslamalari juda ko‘p sport turlarida ishlatiladi, ular elastik matodan ishlangan bo‘lib, butinlarni, paylarni uzilib ketishdan, chiqishdan muhofaza etadi.
Gimnastikachilarda terini uzilib ketmasligi uchun maxsus qo‘lpaypoq ishlatiladi, og‘ir yuk ko‘taruvchilarda bandaj, muhofaza-oraliq sohani – rakovinalar qo‘llaniladi. Gimnastikadan sport ustasi uchun bir kishiga 12-15 m2 maydon kerak bo‘ladi. Xokkey, konkida uchuvchilarda yassi oyoqlikni oldini olish uchun maxsus elastik mato ishlatiladi. Xokkeychilar, velosipedchilar, motogonki qatnashchilariga maxsus shlemkalka qo‘llaniladi.
Bokschilarda ko‘prikdan pastki qismini muhofaza etish uchun bandaj, Til va lablarni muhofaza etish uchun elastik kauchukdan yasalgan – kapa ishlatiladi. Kapani maxsus qutichida – kam bulut orasida saqlash lozim, haddan ortiq, qurib qolmasligi uchun kapadan foydalanib bo‘lgandan so‘ng yaxshilab yuvib qo‘yish kerak. Muhofaza niqobi yumshoq teridan va bulut yoki sintetik materiallardan yasaladi.
Ular bokschilarni qoshi va quloqlarini muhofaza etadi. Bu niqoblar vaqti-vaqti bilan atir va ultrabinafsha nur bilan muhofaza etiladi. Bokschilarni qo‘lqoplari quritish, dezinfeksiya qilish, osilgan holatda saqlanishi, ularni ichki qismi atir bilan artilishi lozim. Bokschilar ringi, kurashchilar gilami nam latta bilan bir kunda bir necha bor artilishi bir haftada 1-2 marta chang yutgich bilan tozalanishi 3% vodorod peroksid va 0,5% kir yuvish poroshogi bilan artib turish kerak, qo‘shimcha holatda chang yutgich va bakteriotsid lampalar ishlatish mumkin (A.P.Laptev). Sport obyektlarini rangli qilib jihozlash kerak. Ularni jihozlayotgan vaqtda nima maqsadda qilinayotganligi, sport turini, o‘lchamlarini, iqlimini, sport inshooti shaklini inobatga olish kerak.
Devorlarni bo‘yash uchun och bo‘yoqlar ishlatilishi, ikki xil rang bilan bo‘yash lozim. Qizil rang yong‘inga qarshi jihozlarni, taqiqlaydi-gan yozuvlarni yozish uchun ishlatiladi. Sport jihozlarini chiqib turadigan qismlari qizil rangga bo‘yaladi.
Axborot beruvchi havo rang – tablo uchun oq rang ustida bo‘ladi. Agarda biror-bir predmetni harakatini yorqin ko‘rsatish lozim bo‘lsa (basketbol aylanasi, suzuvchi-belgilovchi, tramplin chetlari) to‘q yashil rangga bo‘yaladi, buni basketbol, tennis to‘pini bo‘yash uchun ishlatiladi – harakatda ham aniq ko‘rinib turishi uchun o‘yin maydonlari chegarali oq rang bilan bo‘yaladi, u aniq ko‘rinib turadi, agar bir maydonda ikki sport turini o‘ynash uchun chegara chiziladigan bo‘lsa ikkinchisi - to‘q sariq, uchinchisi - qora ranglar bilan chegaralanadi. Universal sport gimnastika maydonlarida jihozlar chetroqda, devorga yaqin joyda saqlanadi ularni saqlanadigan joyini chegaralab qo‘yilsa tartib, intizom yuqori bo‘la boshlaydi.
Sport inshootlari qurilishida sintetik materiallar keng miqyosda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda bir turdagi sintetik qoplamalar keng miqyosda ishlatilmoqda: tartan, rekortan, tarafleks, indofleks, poligros, sportan, armek rezdor, regupol shular jumlasidandir. Sintetik materiallar ishlatilganda ular havoga zaharli moddalar chiqarishini inobatga olish lozim. Hamma sun’iy materiallar kimyoviy stabilligi va elektronlanishi tekshirilishi lozim.
Sport kiyim kechaklari ham elektr ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Yopiq sport inshootlarida statik zarralarining ko‘pligi aniqlangan. Basketbol bilan shug‘ullangan sportchi tanasida 10-20 V zaryad to‘plangani aniqlangan. Elektr zaryadlari yuzada to‘planib changlarni va mikroorganizmlarni o‘ziga tortadi. Natijada statik elektr maydoni (SEM) hosil bo‘ladi, bu vegetativ nerv sistemasini tonusini va reaktivligini kamaytiradi, uchqun hosil etadi va uchqun ta’sir etadi hamda mashg‘ulotdan ancha diqqat e’tiborni chalg‘itadi. SEM qayta-qayta ta’sir etishi natijasida kuchayadi. SEM xonani mikroiqlimiga, yil vaqtiga uzviy bog‘liqdir.
Sport inshootlarida SEM qishda, sportchilar tonusini oshiradi, kuzda va bahorda o‘rtacha pasaytiradi, yozda eng kam miqdorgacha kamaytiradi. Namlik ortishi bilan elektrlash kamayadi, shu sababli nam latta bilan artish, shamollatish SEMni kamaytiradi. Pollarni artish uchun statik mastikadan foydalanish, o‘ralgan moslamalarni yerga birlashtirish, derazadan metall panjaralarni olib tashlash lozim. Dushda cho‘milish va qaytadan kiyinish sportchilar organizmidan elektrostatik zaryadlarni olib tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |