21-modul. Yurak qon tomir tizimining sportchilarda o‘ziga xosligi, kasalligi
Jismoniy mashqlarning sportchi organizmiga va tayyorgarlik darajasiga ta’sirini har xil funksional sinamalar yordamida aniqlash mumkin.
Ashner ko‘z-yurak sinovi. Tekshiriluvchi chalqancha holatda yotadi, 20 sekund davomida tomiri urishi hisoblanadi. Shundan keyin tekshiriluvchi ko‘zlarini yumib birinchi va ikkinchi barmog‘i bilan 10 sekund qattiq bosadi, ammo og‘rishi kerak emas, bosib turib 20 sekund tomiri urishini hisoblaydi va 3 ga ko‘paytirib bir daqiqalik tomir urishi olinadi. Barmoqlar bilan bosishdan keyingi tomir urishi soni yurakka uchlik va nervlar bo‘ylab keluvchi impulslar ta’siri ostida kamayadi. Olingan natijalar jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha aniqlanadi. Nerv tizimi vegetativ bo‘limi qo‘zgaluvchanligi ko‘rsatkichlari:
Ko‘z-yurak sinovi Ortostatik sinov
1 daqiqada tomir urishi sekinlashishi darajasi qo‘zg‘aluvchanlik 1 daqiqada tomir urishi tezlashishi darajasi
Me’yor
04 bosh 06
58 o‘rtacha 712
912 jonli 1318
yuqori
13 16 bosh 19 24
1720 sezilarli 2530
2124 katta 3136
Yurak-qon tomir tizimi (YuQTT). Yurak-qon tomir tizimini tekshirish organizmning umumiy ish bajarish qobiliyatini baholash uchun qon aylanishining asosiy omili sifatida funksional qobiliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Qon hosil bo‘lishi ish bajarish davomida yuqori modda almashinuvini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Yurakning yuqori funksional qobiliyati organizmning yuqori ish bajarish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Yurak ko‘p sonli nerv va gumoral yo‘llar bilan organizmning barcha organlari va to‘qimalari bilan bog‘langan. Yurak faoliyati buzilishi organlar, to‘qimalarni qon bilan, kislorod bilan ta’minlash va butun organizm funksiyalariga ta’sir ko‘rsatadi. U yoki bu organda, tana qismida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar darhol yurak faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Yurakni tekshirishda uning jismoniy ishlarni bajarishga bo‘lgan qobiliyati baholanadi.
Puls yurak sistoli holatida tomirlarning qon bilan ritmik to‘ldirilishi keltirib chiqaradigan arteriyalar devorlarining davriy tebranishi. Pulsni yelka oldi pastki qismi bilak arteriyasi hamda uyqu arteriyasi yoki yurak yurishi atrofida tekshiriladi.
Pulsning tez urishi ritmi, kattaligi, to‘lishi o‘lchanadi. Urish tezligi 1 daqiqada urish soni bo‘yicha aniqlanadi.
Odatda, puls o‘n, o‘nbesh sekund yoki bir daqiqa davomida hisoblanadi. Puls urishi tezligini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
jinsi (ayollarda puls ko‘proq daqiqasiga 7-8 urish);
yoshi (bolalarda tez uradi);
bo‘yi (bo‘yi balandlarda kamroq);
kun vaqti (kunduz kuniga qaraganda tongda kamroq);
tana holati (yotgan holda kamroq);
havo harorati (yozga qaraganda qishda kamroq).
Sport bilan shug‘ullanmaydigan sog‘lom erkaklarda tinch holatida tomir urishi 65-75, ayollarda 60-80 martaga teng.
Muntazam shug‘ullanuvchilarda daqiqasiga 40-60 urish(bradikardiya). Yurak urishi tezlashishi (taxikardiya) simpatik ta’sirlarning natijasidir. Fiziologik taxikardiya jismoniy ish bajarganda, isib ketganda, asabiylashganda va taom iste’mol qilgandan so‘ng kuzatiladi. Yurak funksiyasini ta’riflaganda uning ritmi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar urishlar o‘rtasidagi oraliq vaqt bir xil bo‘lsa puls ritmik hisoblanadi, yurak urishi orasidagi vaqt bir xil bo‘lmasligi aritmik deb ataladi. Aritmiyalar funksional o‘zgarishlar sababli kelib chiqishi yoki yurak jiddiy zararlanishi sababli bo‘lishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimi funksional sinovlari me’yorli jismoniy harakatlarning organizmga ta’sirini qon aylanishi ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga qarab aniqlash usuli. Sinovlar yurak qon tomir tizimi holatini baholash, organizmning yuklamalarga moslashuvchanligini ifodalash hamda o‘quv mashq jarayoni buzilishi bilan bog‘liq chetlanishlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega bo‘ladi.
Amaliyotda quyidagi sinovlardan foydalaniladi:
30 sekund davomida 3-5 sm balandlikka 60 marta sakrash;
30 sekund davomida 20 marta o‘tirish, tik turib qo‘llar yelkaga qo‘yilib, qo‘llar musht qilingan, chuqur o‘tirib qo‘llar oldinga qilinadi, kaftlar yozilib (nafas chiqariladi), keyin dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu sinovlar mashg‘ulotlarga kirishishni boshlovchilar va o‘quv muassasalari talabalarini tibbiy tekshirishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |