Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. Sportchilarning sport anamnezi va jismoniy rivojlanish



Download 6,95 Mb.
bet238/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

28-modul. Sportchilarning sport anamnezi va jismoniy rivojlanish
Anamnez (grekcha anamnezis - xotira) so‘roq o‘tkazmoq tibbiy ko‘rik subyektiv uslublari turiga kiradi. Tibbiy anamnez umumbiografik ma’lumotlar (yoki kasb, oilaviy holati, ma’lumot va b.) tarbiya, o‘qish, mehnat va o‘tmish va hozirda turmush shart-sharoitlari, boshdan kechirgan kasalliklari, mehnat va dam olish tartibi, zararli odatlar borligi, jinsiy hayot xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega. Sport anamnezi - sport bilan shug‘ullanish boshlanishi vaqti, mashq qilishlar metodikasi va tartibi, jismoniy vaziyatni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan shikoyat va muammolarning borligi. Jismoniy rivojlanish jismoniy kuchi zahirasini aniqlaydigan organizmning funksional va morfologik xususiyatlari majmuasi.
Katta yoshdagilar bir xil emas, chunki katta yoshdagilarda jismoniy rivojlanish organizm mustahkamligi mezoni bo‘lib xizmat qiladi, bolalarda esa ularning o‘sish va rivojlanish to‘g‘riligi mezonidir.
Jismoniy rivojlanish o‘zgarmas jarayon emas, jismoniy rivojlanish me’zonlariga tana tuzilishi xususiyatlari ham kiradi. Tana tuzilishi deganda tana qismlari o‘zaro joylashuvi o‘lchovlari, shakllari, mutanosibligi va xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish va odam tana tuzilishi ma’lum darajada uning tuzilishi bilan aniqlanadi. Tuzilish nasliy omillar va tashqi muhit omillariga (ijtimoiy sharoit, ovqatlanish, boshdan kechirgan kasalliklar, mehnat sharoiti, jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish) bog‘liq.
Tuzilishning morfologik belgilari ma’lum darajada organizm funksional darajalari va metobolizm xususiyatlari bilan aniqlanadi va bog‘lanadi. Tuzilishning uch turi mavjud: astenik, giperstenik, normastenik.
Astenik turi ko‘p holda uzunlikka o‘sish va umumiy rivojlanish bo‘shligi bilan tasniflanadi. Uzunlik o‘lchovlarining ko‘ndalang o‘lchovlaridan ustun kelishi.
Giperstenik turi kattalik, yaxshigina to‘lalik, nisbatan uzun tana va kalta bo‘g‘inlar bilan tasniflanadi.
Normastenik turi- suyak-mushak sistemasi o‘lchovlari mutanosibligi.
Akseleratsiya tana yirik o‘lchovlari (hatto tug‘ilishda), jadal rivojlanishi, yanada erta rivojlanishi, shu qatorda jinsiy rivojlanish ham, katta yoshdagilar jismoniy rivojlanish ko‘rsatgichlarini absolyut kattalashuvi bilan tasniflanadi.
Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanuvchilar jismoniy rivojlanishini kuzatish quyidagi vazifalarga bo‘linadi:
1. Shug‘ullanuvchilar jismoniy rivojlanishi darajasiga jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda ta’sirini baholash, kamchiliklarini to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya vosita va uslublarini aniqlash maqsadida tana tuzilishiga ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash.
2. Model morfologik tasniflar asosida sport turlari bilan shug‘ullanish uchun bolalarni tanlash.
3. Yangi yuqori malakali sportchigacha bo‘lgan sportchilarda jismoniy rivojlanish ma’lum bir xususiyatlari shakllanishini nazorat qilish.
4.Sportchilarni individuallashtirish maqsadida jismoniy rivojlanish morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish.
Jismoniy rivojlanish kuzatuvlari asosiy tashqi ko‘rik (samatoskopiya) va antropometriya hisoblanadi, bundam tashqari fotografik uslub, rentgenografiya, asboblari yordamida odam tanasini , o‘lchashlar (Qomat va bo‘y o‘lchagichlar) tatbiq qilinadi. Kuzatuv ertalab o‘tkaziladi, ko‘rikni baholashdan boshlaydilar.
Gavda- bu odamning odatdagi tik turish va o‘tirish holatlari, to‘g‘ri gavdada bosh va tana bitta vertikalda bo‘ladi, yelkalar yoyilgan, ozgina tushirilgan va baravar joylashgan. Umurtqa tuzilishiga katta e’tibor beriladi, normada to‘rtta bo‘lgan fizioligik egilishlar ifodalanishi aniqlanadi, bular: bo‘yin va bel (oldinga) ko‘krak va dum’aza-uchli kifozlar (orqaga). Bu egilishlar katta ahamiyatga ega, ressor vazifasini bajaradi, yani yurish, yugurish va sakrashlarda silkinishlarni kichraytiradi. Gavda umurtqa fiziologik egilishlarining to‘g‘ri birikishi buzilishi orqali o‘zgaradi. Bular: yassi, yumaloq, yoysimon, yassi egilgan orqa.
Yassi orqa umurtqa barcha fiziologik egilishlarning silliqlanganligi bilan tasniflanadi. Yassi orqada ko‘p holda umurtqa yon qiyshayishi kuzatiladi.
Yumaloq orqa (bukchayganlik) ko‘krak kifosining kuchayishi. Yomon shakldagi gavda nafaqat odam qaddi-qomatini, balki yurak va yirik tomirlar qo‘zg‘alishiga olib kelishi mumkin, oqibatda Yu.T.S. va nafas olish sistemasi funksiyalari buziladi. Umurtqa kuzatuvini yon qiyshayishlar skaliozni aniqlash bilan yakunlaydilar. Skaliozlarni qiyshayish aylanasi bukchayganlik yo‘nalishiga ko‘ra farqlaydilar: o‘ng tomonlama ko‘krak skaliozi, chap tomonlama ko‘krak skaliozi, chap tomonlama yoki o‘ng tomonlama bel skaliozi S- simon singan skalioz (u yoki bu tomonga ko‘krak va bel skaliozining birikuvi). Yelkalar assimetriyasi va umurtqa, yon qiyshayishlar, bel uchburchaklari mutanosibligini buzilishiga olib keladi. Ko‘krak qafasi normada silindrik, qonussimon va me’yoriy bo‘lishi mumkin. Qorin shakli - qorin bo‘shlig‘i devori mushaklari va yog‘’ qoplami rivojlanishi holatiga bog‘liq.
Terini ko‘rib chiqishda namligi, rangi toshmalar va shikastlarga e’tibor berish kerak, yog‘ yig‘ilishini tahlil qilish normal, pasaygan va ko‘paygan to‘lalik oyoq shakllarini kuzatish samotoskopiya uchun muhim. To‘g‘ri oyoqlar (rostlangan vaziyatda), O - simon oyoqlar (tizzalar birlashmaydi), X - simon oyoqlar (tizzalar birlashadi, tovonlar birlashmaydi).
Oyoqlar kaft ichki tomoniga ko‘ra normal va yassi oyoq kaftlarini farqlaydilar. Oyoq shaklini aniqlash uchun bo‘yoq yordamida oyoq kafti nusxasi olinadi.
Yassi oyoqlilik ko‘p holda yurish, yugurish va ko‘tarish kabi jismoniy vazifalarni bajarganda og‘riqlar kuzatiladi.
Mushaklarning rivojlanish darajasi yaxshi, qoniqarli, bo‘sh deb baholanadi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish