Kursuishiningumaqsadi: Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi va hayot muammolari bo‘lajak mutaxassislarga katta talablar qo‘ymoqda. Mutaxassislar tayyorlashning umumiy tizimida oliy o‘quv muassasalarida jismoniy - tashkiliy ishlarni uyushtirish muhim rol o ‘ynaydi. Mutaxassislar tayyorlashni to ‘g‘ri tashkil qilish ularning kasbiy layoqatliligini ta ’minlaydi. Bugungi va bo‘lajak - ziyolilarning jismoniy tayyorgarligi bir qator masalalarni hal qiladi. Kursuishininguob’ekti: KAJT salomatlikni mustahkamlashga, kasalliklarga va toliqishga chidamli bo‘lishga, jarohatlanishning kamayishiga yordam beradi. KAJT bilan shug'ullanganlarning mehnati boshqalarnikiga qaraganda ancha samaraliukechadi. Kursuishiningupredmeti: Ular ish vaqtida kamroq charchaydilar. Barcha oliy o ‘quv muassasalari talabalarining jismoniy tarbiya amaliyotida KAJTni joriy qilish mas’uliyatliudavlatuishidir.
Kursoishiningovazifalari: KAJT o ‘zining tarbiyaviy va tashkiliy asoslariga va aniq yo‘nalishiga ega. KAJT faoliyati ilmiy bazaga, maxsus adabiyotlar, ilmiy izlanishlami o‘tkazish, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borish, KAJT rahbariyatining maxsus nazariy va uslubiy tayyorgarligini ta ’minlaydi. KAJT jismoniy tarbiya jarayonida olib boriladigan tarbiyaviy va sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar bilan bog‘liq.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 6 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
BOB Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT)ning ma’nosi va
tuzilishi
1.1 Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik mohiyatini belgilovchi omillar Turli oliy o‘quv muassasalari talabalarining KAJT mohiyati bir
qator omillar bilan belgilanadi.
Turli kasb vakillari KAJTning muhimligini bu kasbning xalq
xo'jaligidagi o ‘rni va ahamiyati bilan, mutaxassis ishlayotgan tarmoqda
rivojlanish jadalligi bilan, mehnat unumdorligini ortishi va boshqalar
bilan bogTiq. Oliy o ‘quv muassasi talabalari KAJT mohiyatining asosiy
omillari faoliyat doirasi, mehnat sharoiti va tartibi, mutaxassislarning
psixofizik xususiyatlaridan iborat.
KAJT mohiyatini belgilovchi muhim omil mehnat sharoitidir.
Turli kasb egalarining mehnat sharoiti turlicha b o'lad i. Masalan, aqliy
mehnat bilan shug‘ullanuvchi muassasa xodimlari k o ‘proq xonalarda
o‘tirgan holda ishlaydi. Kompyuterlashtirish majmuasi va ishlab
chiqarish operatsiyalarini avtomatlashtirish, bugungi kundagi bozor
iqtisodiyoti raqobatlarini yengib chiqish, ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizsizligini ta ’minlash, mehnat va dam olish tartibini
takomillashtirish va boshqalar KAJTning asosiy y o ‘nalishidir. Kasbiy
faoliyatning psixofiziologik tayyorgarligi ham KAJTning y o ‘nalishini
belgilaydi.
Mehnat faoliyati davomida uchrab turadigan qiyinchiliklarga
bardosh berish va ularni o‘z foydasiga hal qilish, tavakkalchilikni
kuchaytirish, ju r ’at va mardlik sifatlarini oshiradi. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
— hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |