Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari


Darsdan tashqari kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik



Download 141 Kb.
bet8/10
Sana01.05.2022
Hajmi141 Kb.
#600706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ismoil Axmadov

2.3 Darsdan tashqari kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik
Darsdan tashqi jismoniy tayyorgarlik butun o ‘qish jarayonida
olib boriladi va u KAJTni to ‘ldirish uchun xizmat qiladi. KAJT darsdan
tashqari o ‘qituvchi topshirig‘iga asosan shaxsiy reja asosida bajariladi.
Darsdan tashqari KAJTni o ‘tkazishning asosiy vazifasi kelajak kasbiy faoliyat uchun muhim b o ‘lgan ruhiy-jismoniy sifatlar va harakat
m alak alarin i takomillashtirishdan iborat. Shu bilan birga KAJT o‘quv
m uassasalarida, o ‘qish mobaynida, har tomonlama jismoniy
tayyorgarlik, sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy va aqliy ish bajarish
qobiliyatini ta ’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
Darsdan tashqari KAJT bilan shug‘ullanganda talabalarni
jism o n iy tarbiyalashning quyidagi shakllari qo‘llaniladi: ertalabki
gigienik badantarbiya, yil davomida har xil mashqlar bajarish, KAJT
d astu ri b o ‘yicha maxsus m ashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish.
Oliy o ‘quv muassasalari talabalariga quyidagi kundalik jismoniy
tarb iy a mashqlar to ‘plami tavsiya qilinadi:
1. Ochiq havoda ertalabki badantarbiya.
2. Suvda o ‘tkaziladigan tadbirlar.
3. 1,5-2 km masofaga o ‘rtacha tezlikda yugurish va yurish.
4. Yurak-qon, nafas olish tizimlari, ko‘rish, qo‘l barmoqlar
harakatining aniq bo'lishi.
5. 1-2 daqiqa davomida nafas olish va yaxshi ko‘rishni
rivojlantiruvchi mashqlarni mustaqil bajarish.
6. 1,5 - 2 km yurib, chuqur nafas olish, ko‘rish, qiziquvchanlik,
fikrlash mashqlarini bajarish.
7. Dush.
8. Uyqudan oldin 2 km yurib, sayr qilish.
KAJT dasturi bo‘yicha maxsus mustaqil mashg‘ulotlar bir kishi
yoki 4 - 5 kishidan iborat tuzilgan guruh bilan o‘tkaziladi (iloji bo‘lsa, bir
soha mutaxassislari bilan). Bu mashg‘ulotlar 30 - 90 daqiqa davom etib,
o ‘qish d an keyin, dam olish kunlari, amaliyot paytida, ta’tillarda
o‘tkaziladi.
Turli mutaxassis talabalarining mustaqil shug‘ullanishi uchun
quyidagi KAJT mashqlari tavsiya qilinadi:
1 -4 kurs talabalari uchun KAJT majmuasi. Majmuaning
y o ;nalishi: jismoniy ish bajarish qobiliyatini ta’minlash, umumiy
chidamkorlikni rivojlantirish,tana,bel, qo‘l, barmoqlarni dinamik va
statik chidamligini, chakqonlik va egiluvchanlik,tez filer yuritish hamda
emotsional turg‘unlikni tarbiyalash.
Majmuaning mazmuni:
1. Usti yopiq joyda 2 - 3 km gacha yurish va yugurish.
2. Yakka cho‘pda osilgan holatda, 10-15 marta tortilish.
3. 10-15 marta yuqoriga sakrash.
4. Qo‘l va barmoqlarga yuk tushgan holda bilan devordan 10 -
15 marta itarilish.
5. Turli chayqalishlarda oldinga va orqaga egilish yoki xoda
(brevno) ga o‘tirib, gavdani 10-15 marta oldinga va orqaga tashlash.
6. Bir yo‘nalishda sportcha yurish.
7.4-6 marta 50 m lik tepalikka yugurib chiqish.
8. Nafasni rostlab olish uchun nafas olish va nafas chiqarish
mashqlarini bajarish.
Bo‘lajak tarjimon, iqtisodchi, menedjment mutaxassislari
uchun KAJT majmuasi. To‘plamning yo‘nalishi: yurak-qon
tarmog‘ining yuqori darajada shakllanishini ta ’minlash, ichki va tashqi
nafas olish mexanizmi, issiqlik almashinuv tarmog‘i; vestibulyar
apparat, harakatlarning tezligi va to‘g ‘ri bajarilishini rivojlantirish,
balandlikka sakrash, yuqoridan pastga (suv xavzalarida tramplindan)
sakrash mashqlari ustida ishlash, nafasni ushlab turishni mashq qilish va
takomillashtirish.
Majmuaning mazmuni:
1. Tekis joy da, yopiq(manej) past-baland(kross) joylarda 3 km
gacha yugurish.
2. Chuqur nafas olib, nafas chiqarish (10-15 marta).
3.Gimnastika tayoqchasi yordamida egiluvchanlik, qo‘l
chakqonligi mashqlarini bajarish.
4. Gimnastika tayoqchasini bir necha bor tepaga otib, ushlab
olish.
5. Bosh va tanani chap yoki o‘ngga aylantirish, tanani oldinga
va yonga tez bukish.
6. Past o ‘tirgan holatda joyida sakrash.
7. Oyoqlarni almashtirib, yuqoriga sakrash.
8. Barmoqlarga tayangan holatda qo‘llami bukib yozish.
9. Vertikal va gorizontal zinaga tirmashib chiqish.
10. Zinapoya yoki tepalikka yurib yoki yugurib chiqish.
11. Labirint yoki yopiq yolakdan yugurib, aylanib chiqish.
12. Nafas olmay 2 - 4 marta 50 - 60 m balandlikka yugurib
chiqish.
13. Qumlik joy da 200 m gacha yugurish va sakrash.
14. 200 - 400 m sekin (bir m e'у or da) yurish va yugurish.
15. Tanani b o ‘shashtiruvchi mashqlar.
16. Kontrastli (issiq - sovuq) dush.
17. Sochiq bilan artinish, sovuq suvda chumilish va kontrastli
dushda cho‘milish.
Avtomatika va telemexanika, EVM va kompyuterlar bilan
ishlovchi mutaxassislar uchun KAJT mashqlar to‘plami. Mashqlar
y o ‘nalishi gipodinomiyaga qarshi chidamlilikni rivojlantirish, qo‘l va
tana mushaklarini statik chidamkorligi, qo‘l, barmoqlar bo‘g‘imlarming
harakatchanligi, diqqat ziyrakligi, oyoqlar va tanada qon aylanishi
uchun yaxshi fiziologik sharoit yarata bilish.
Mashqlam ing mazmuni:
1. Bir xil y o ‘nalishda 1-2 km gacha sekin yugurish
2. Turli joylarda; yerda, pol, zinapoya, devorda tayanib tirsak
b o ‘g ‘imlarini bukish va to‘g‘rilash (30 sek);
3. Tik to ‘rgan holatdan qo'l va barmoqlar bilan devordan
itarilish.
4. Har bir oyoqda yuqoriga 10-16 marta sakrash.
5. Bir oyoqda turgan holda tik holatdan gorizontal holatga,
muvozanatga o‘tish (“ qaldirg‘och” o ‘yini), chap va o ‘ng oyoqda 15-20
marta takrorlash.
6. Qo‘llami boshning orqasida “zanjir” qilib ushlab, sportcha
yurish (4 - 5, marta 1 5 0 - 2 0 0 metrdan).
7. Tennis koptogini qo‘lda 30 marta ezish.
8. Tennis koptogini uzoqqalO - 16 marta otish.
9. Maysada(o‘tda) qoringa yotgan holda tennis koptogini
o ‘ynash
10.Tennis koptogini otib va uni ushlab olgan holda yurish, yopiq
joyda yugurish (3 marta 30 sek).
11. Qirrali xoda ustida to ‘pni otib, uni ushlab olgan holda yurish
va yugurish.
12. Yakkacho‘pda osilgan holda oyoqlarni ko‘tarish.
13. 200 - 300 metr masofaga 5-10 marta yugurish.
14. 2000 metrga qo‘llarni bo‘shashtirib (sportcha) yurish.



Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish