Variant – 28 biologiya
1.Quyidagilardan stabillashtiruvchi(a) harakatlantiruvchi(b) va dizruptiv(c) tanlanishga mansub bo`lganlarini juftlang.
1.sut emizivchilarda embrion davrini keyingi davrida sodir bo`ladigan mutatsiya 2.ba`zi qit’alardan tuxum qo`yuvchi va xaltalilarni yo`ldoshlilar tomonidan siqib chiqarilishi 3.norkani embrion davrini dastlabki davridagi mutatsiya 4.yetti nuqtali tugmacha qo`ng`izni 5,5 mm va 8 mm li vakillarini bo`lishi 5.tulkini embrion davrida yuragini rivojlanmay qolishi 6.qayin odimchi kapalagini qoramtir vakillarini qishloqda ko`p qirilishi 7.Ontogenezni filogenezga ta`siri 8.qayin odimchi kapalagini oqimtir vakillini shaharda ko`p qirilishi 9.ikki nuqtali tugamacha qo`ng`izni ikki xil formasini uchrashi 10.qayin odimchi kapalagini oqimtir vakilini qishloqda kam qirlishi 11.Perm davrida iqlim o`zgarishi hisobiga sudralib yuruvchilarni kelib chiqishi
A) a-5,10; b-8,3,11; c-9 B) a-3,10; b-2,1,7,11; c-4
C) a-10,1; b-7,2,11,8; c-9 D) a-11,3,6; b-7,1,2; c-4
2.Shakli o'zgargan bargga ega bo'lgan ildizpoyali o‘simlikni belgilan
A)rafleziya B)xrizantema C)kartoshkagul D) dala qirqbo‘g‘imi
3.Berilgan o‘simlik navlarini ularga xos poya turlari bilan juft
tik o'suvchi; b) ilashuvchi; c) palak otuvchi
1) daroyi; 2) zarg‘aldoq; 3) buvaki; 4) cho‘gari; 5) zarmiton.
A) a-2; b-1, 3; c-4, 5 B) a-3; b-1, 2, 4; c-5
C) a-4; b-2, 4; c-1, 5 D) a-1; b-4, 5; c-2, 3
4. Jish bola ochuvchi qushlar turkumi va turi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.
kaptarsimonlar - kaptar, qarg‘a; laylaksimonlar - oq laylak; chumchuqsimonlar - qaldirg‘och, suqsun
chumchuqsimonlar - chumchuq, qaldirg'och; laylaksimonlar - churrak, oq laylak; kaptarsimonlar - musicha va qarg‘a
g'ozsimonlar - suqsun, churrak; laylaksimonlar - oq laylak, chumchuqsimonlar - go‘ngqarg‘a
yirtqich qushlar - miqqiy; kaptarsimonlar - musicha va kaptar, laylaksimonlar - oq laylak
5. O’simlik hujayrasida glukozaning aerob parchalanishidan hosil bo’lgan energiyaning 1320 kj li ATF da to’plangan bo’lsa, shu vaqtda quyosh energiyasi hisobiga hosil bo’lgan ATF necha gramm glukoza sinteziga yetadi.?
A) 180 B) 990 C)55 D) 9900
6. Quyidagilardan qaysi biri harakatlantiruvchi tabiiy tanlanishga misol bo‘la oladi?
homilada X xromosoma yetishmasa, tabiiy abortning sodir bo'lishi
Hind okeanining Afrika sohillarida hozirgi kungacha latimeriyaning uchrashi
qor bo‘ronlarida normal qanotli chumchuqlarning yashab qolishi
okean orollarida rudiment qanotli hasharotlarning yashab qolishi
7. Quyidagi hasharotlarning ko’zlari soni ortib borishida joylashgan javobni toping.?
a)-biy, b)-zo’rka, c)-asalari, d)-chayon, e)-falanga
A) b,e,c,a,d B) b,c C)e,a,d D) c,e,a,d
8. Jingalak patli tovuqlar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.
1.mutatsiya tasirida yuzaga keladi 2.nasldan-naslga o’tadi 3.hajmi ortadi 4.yuragida kamchiliklar paydo bo’ladi 5.genlari ko’p tomonlama tasir qiladi 6.ovogenez sekinlashadi 7.tez-tez och qoladi 8.patlari zich joylashmaydi 9.tana xarorati o’zgarmaydi
A.2,4,7,5 B.1,3,4,7 C.barchasi D.1,3,4,7,8,9
9. Ko’l baqasi yer yuzida keng tarqalgan faqat sovuq Shimoliy mintaqalarda va baland tog’li hududlarda uchramaydi. Qishda ariqlar tubidagi balchiqqa komilib yoki suv ostidagi o’simliklar orasida daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda qishki uyquga ketadi. Ushbu matnda turning qaysi mezonlari aks etgan
A)geografik,ekologik B)biokimyoviy,fiziologik C)ekologik,genetik D)fiziologik, morfologik
10. Mitoxondriya membranasi orqali chiqadigan moddalarni aniqlang.
1.aminokislota. 2.O2. 3.CO2. 4.glyukoza. 5.ATF. 6.suv. 7.sut kislotasi. 8.ribosoma. 9.H3PO4. l0.nukleotid. 11.ADF
A) 3,5,6 B) 2,11,7 C) 4,5,3 D) 10,9,11
11. Gorilla va o’rgimchak maymun uchun xos umumiy belgilarni aniqlang.
1) barmoqlarida yassi tirnoqlar bo’ladi 2) primatlar turkumi vakili 3) odamsimon maymun 4) oyoq kaftida jun bo’lmaydi 5) dumi bilan shaxlarga osiladi 6) novda yordamida tor teshiklardan hasharotlarni kovlab oladi 7) hursandchiligini ifodalay oladi 8) quloq suprasi rivojlangan 9) buyumlargacha masofani aniqlay oladi
A) 1,8,2,7 B) 2,7,4,1 C) 6,4,8,2 D) 9,1,4,8
12. Garmonlarning sekretsiya va hujayra bo’linish tezligini o’zgarishi bioritmlarning qaysi turiga kiradi?
A) yillik B) kecha-kunduzlik
C) takrorlanuvchi D) mavsumiy
13. Fenotipik o’zgaruvchanlikka xos bo’lgan belgilarni aniqlang.
1) individual shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida o’xshash
2) individlarning tashqi ko’rinishi o’zaro farq qiladi 3) genotip bilan belgilanadi 4) o’zgarishlar bir tur vakillarining barchasi uchun bir xil bo’ladi 5) muhit sharoitlari ta’sirida belgilarning o’zgarishi chegarasiz 6) har doim ham genotip bilan bog’liq bo’lavermaydi 7) suvi serob va suvi kam tuproqda o’sgan o’simliklarning turlicha bo’lishi
A) 7,2,3 B) 4,1,2 C) 5,3,6 D) 6,7,2
14. Quyidagi javoblarning qaysilarida gullari turli xil
to'pgullarda joylashgan o'sirnliklar juftlangan?
1) karrak va kakra; 2) javdar va bug'doyiq; 3) arpa va sholi;
4) shuvoq va arpa; 5) bo'znoch va shuvoq; 6) yong'oq va
oqqayin; 7) tirnoqgul va qashqarbeda; 8) kelinsupurgi va bo'lako'z
A) 2, 4, 7, 8 В) 1, 3, 4, 6 C) 3, 4, 7, 8 D) 2, 3, 5, 8
15. Odam tanasidagi barcha uzun naysimon suyaklar soni qaysi suyaklar soni yig'indisiga teng?
A)soxta qovurg'alar, bo'yin umurtqalari
B)o'mrov suyaklari, yelka suyaklari, son suyaklari, soxta
qovurg'alar
C)chin qovurg'alar, to'sh suyagi
D) bilak suyaklari, tirsak suyaklari, boldir suyaklari, o'mrov
suyaklari
16.Hayvon hujayrasida glukoza chala va. to‘liq parchalandi.
0 ‘simlikning fotosintez jarayonidan so'ng hosil bo'lgan
glukoza molekulalari soni hayvon hujayrasidagi chala
parchalangan glukoza molekulalaridan 5 marta ko'p, to'liq
parchalangan glukoza molekulalaridan esa 1,2 marta kam
bo'lsa, glukozaning hayvon hujayrasida to'liq parchalanishidan ajralgan ATF soni fotosintezda sarflangan ATF sonidan qanchaga ko'p? (umumiy glukoza molekulalari soni 24 ga teng)
A) 276 B) 140 C) 280 D) 138
17. Afrika tuyaqushi Afrika dashtlarida kichik gala bo'lib
yashaydi. Urg'ochi tuyaqush uyaga 4-9 ta tuxum qo'yadi.
Tuxumlarni kunduzi urg'ochisi, kechasi erkagi bosib yotadi.
Cho'l muhitida yashashga moslashgan. Erkak tuyaqushning
patlari qora bo'lib, dumi va qanotlarining uchida oq patlar
bor. Ushbu matnda turning qaysi mezonlari aks etgan?
A)geografik, morfologik, biokimyoviy, ekologik
B )fiziologik, ekologik, morfologik, genetik
C) biokimyoviy, fiziologik, ekologik, geografik
D)geografik, fiziologik, ekologik, morfologik
18. Quyidagi fazalarning qaysi birida hujayrada xromosoma va DNK 1:2 nisbatda bo'ladi?
1) interfazaning sintez davri; 2) mitozning anafaza davri;
3) mitozning telofazasi; 4) anafaza I; 5) anafaza II;
6) profaza II; 7) interkinez
A) 1, 3, 5 В) 1, 4, 7 С) 1, 2, 6 D) 1, 5, 7
19. Bakteriyalarga xos bo'lgan xususiyatlarni aniqlang.
1 ) tallomida hosil bo'lgan o'simtalarni ajratish yo'li bilan
ko'payadi; 2) irsiy belgilari polinukleotid zanjirida
joylashgan; 3) membranasi lipid va oqsil moddalaridan
iborat; 4) ribosomalari endoplazmatik to'r bilan hamkorlikda
oqsil sintezini amalga oshiradi; 5) hujayra qobig'i murein
moddasidan iborat bo'lib, irsiy belgilari yadroda joylashgan;
6) membranasi sitoplazmani hujayra qobig'idan ajratib turadi
A) 2, 4, 6 В) 1, 3, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 5
20. Transformatsiya va transduksiya jarayonlarining umumiy
jihatlarini aniqlang.
1 ) hujayra irsiyatining ozgarishiga olib keladi; 2) virus
ishtirokida genlar ko'chirib o'tkaziladi; 3) ekssiziya jarayoni
bilan bog'liq; 4) bir organizm irsiy molekulasining bo'lagi
ikkinchi organizm irsiy molekulasiga ko'chiriladi; 5) lizogen
bakteriyalar hosil bo'ladi.
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1 ,4 D) 2, 5
21. Qaysi javobda tugmachagul o'simligiga xos belgilar to'g'ri
ko'rsatilgan?
1) poyasi tik o'suvchi; 2) barg bandi uzun; 3) kosachasi ikki qavatli; 4) gullari to'g'ri, ikki jinsli; 5) gullari to'g'ri, ayrim jinsli; 6) gulxayri turkumiga mansub; 7) poyasi sershox, yonboshlab o'sadi; 8) changchilari qo'shilib o'sgan;
9) mevasi soxta, rezavor; 10) changchilari 5 ta.
A) 1, 2, 7, 9 B) 2, 3, 4, 8 С) 1, 3, 7, 10 D) 2, 5, 6, 8
22. Shimoliy Amerikada qor bo'ronidan so'ng normal qanotli
chumchuqlarning yashab qolishi (a), kuchli shamol tez-tez
bo'ladigan okean orollarida kalta qanotli hasharotlarning
yashab qolishi (b) qanday hodisalarga misol bo'ladi?
A)a-harakatlantiruvchi tanlanish; b-stabillashtiruvchi tanlanish
B)a-harakatlantiruvchi tanlanish; b-harakatlantiruvchi tanlanish
C)a-stabillashtiruvchi tanlanish; b-harakatlantiruvchi tanlanish
D)a-stabillashtiruvchi tanlanish; b-stabillashtiruvchi tanlanish
23. Agar maxsar organizmida glukoza kunduz kuni 2 soat davomida faqat tòliq usulda parchalansa, shu vaqt ichida sitoplazmada hosil bòlgan ATF 18 molni tashkil qilsa, u holda shu vaqt davomida xloroplastlarda hosil bòlgan ATF ni molini aniqlang?
A)540 B)9720 C)324 D)30
24. Bir necha molekula glukozaning tóliqsiz parchalanishi jarayonida 54 molekula ATF sintezlandi. Shu jarayonda sarflangan ADF miqdori fotosintez jarayonida necha molekula glukoza sintezlanganida ajraladigan ADF miqdoriga teng.
A) 54 B) 1 C) 2 D) 3
25. Odamda polidaktiliya va katarakta 1 ta autosomada joylashgan dominant genlar ta’sirida irsiylanadi. Erkak katarakta va polidaktiliya bilan kasallangan bo’lib, unga bu genlardan biri onasidan o’tgan. Ayol 2 belgisi bo’yicha sog’lom. Nazariy jihatdan krossingover 3% bo’lsa, shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi ota-onaga fenotip jihatdan o’xshash bo’ladi?
A) 97% B) 50% C) 3% D) 48,5%
26. Tana massasi 70 kg bo’lgan odamning bir kunlik qabul qilgan oziq moddalarining parchalanishidan hosil bo’lgan energiya miqdori 3000 kkal ni tashkil etsa, 1 soatlik asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflangan energiya miqdorini kkal aniqlang.
A) 83,3 kkal B) 13,3 kkal C) 70 kkal D) 77,5 kkal
27. Ma’lum bir harakat davomida muskul hujayrasida har daqiqada 20 kJ energiya ajralib chiqadi. Shu harakat bajarilishi uchun glukoza 10 daqiqa chala, 70 daqiqa to’liq parchalangan bo’lsa, sarflangan glukoza miqdorini aniqlang?
A) 270 gr B) 1270 gr C) 300 gr D) 800 gr
28. 4 ta noma’lum nukleotidli DNK molekulalarining biridan su`niy sharoitda 99ta peptid bog`li oqsil molekulasi sintezlandi.Barcha DNK molekulasidagi nukleotidlar oqsil biosinteziga javob bo`lgan DNK molekulasidan 4,3 marta ko`p. 2-DNK nukleotidi 1-DNK nukleotidlaridan 1,2 marta, 3-DNK dan 0,8 marta, 4-DNK nukleotidlaridan 2 marta katta bo`lsa,2-DNK malekulasidagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang.
A)718 B)598 C)898 D)358
29. Organogenez (a) va gastrulatsiya (b) ga xos xususiyatlarni tanlang. 1.pavituxada endodermani hosil bo`lishi o`sib kirish orqali amalga oshadi 2.murtak varaqalarini biogenetik qonunga asosan ro`y berishi 3.murtak varaqalarini hosil bo`lishi filoembragenez qonuniga asosan ro`y berishi 4.tritonni ektodermasidan nerv nayini hosil bo`lishi 5.blastasel bo`shlig`idan hosil bo`lgan qavatdan ayirish sistemasini hosil bo`lishi 6.o`zak organlarni hosil bo`lishi 7.maydalanishdan keyingi bosqich
A)a-1,2,7 b-4,5,6 B)a-4,6,7 b-1,2,5
C)a-4,5,6 b-1,2,7 D)a-3,4,5 b-1,6,7
30. Midiya qaysi tip(a), langust qaysi sinf(b) va los(c) qaysi turkum?
A)a-molluskalar tipi b-qisqichbaqasimon c-juft tuyoqli
B)a-bo`g`imoyoqli b-molluska c-juft tuyoqli
C)a-molluska b-qisqichbasimon c-toq tuyoqli
D) a-ikki palli b-qisqichbaqasimon c-toq tuyoqli
Do'stlaringiz bilan baham: |