BIOLOGIYA – 1
1. Ko’payishning qaysi usulida avlodlar o’rtasida bog’lanish gameta orqali sodir bo’ladi?
A) sporalar yordamida B) partenogenez
C) kurtaklanish D) shizogoniya
2. Y. Yanskiy qonning eritrositlari tarkibida qanday modda(lar)
borligini aniqlagan?
1) agglutinogen; 2) agglutinin; 3) rezus omil; 4) gemoglobin.
A) 1, 2 B) l, 3 C) 1, 3, 4 D) 1
3. Silga moyil bo’lgan, albinos bo’lmagan, normal eshitadigan odamning genotipini aniqlang.
A) aaBbCc B) AaBBCC C) AabbCc D) AaBbcc
4. Baliqlar qon aylanish sistemasining qaysi qismlarida qip-qizil (a) va to’q qizil (b) qon oqishini aniqlang.
1) qorin aortasi; 2) orqa aorta; 3) yurak bo’lmasi; 4) yurak venasi;
5) yurak qorinchasi; 6) arteriyalar; 7) jabra arteriyasi
A) a- 1, 3, 5; b- 2, 7 B) a- 2, 7; b- 1, 4
C) a- 2, 7; b- 1, 3, 5 D) a- 2, 6; b- 4, 7
5. Og‘ir shikastlangan bemor kasalxonaga keltirildi.
Bemor qon guruhi aniqlanganda uning qonida agglutinogen A
umuman uchramasligi ma’lum bo‘ldi. Ammo bemor qonida
agglutinogen A uchraydigan qon guruhli odamlarga qon bera
oladi. Bemor qon guruhini va unga donorlik qila oladigan qon
guruhlarini aniqlang.
A) I; I va IV B) III; I va III С) IV; I D) III; III va IV
6. Eshitish organi faqat ichki quloqdan iborat bo’lgan hayvon turkumini aniqlang.
A) losos B) dumlilar C) panjaqanotlilar D) tangachalilar
7. Quyida berilgan genotiplarni fenotipi bilan moslangan javobni
toping. 1) BbXAXa; 2) bbXAY; 3) bbXaXa ; 4) BBXaY
A) 1-qizil ko‘zli normal qanotli urg‘ochi pashsha; 2 - oq ko‘zli
normal qanotli erkak pashsha; 3-oq ko‘zli kalta qanoli urg‘ochi
pashsha; 4- qizil ko‘zli kalta qanotli erkak pashsha
B) 1-kulrang tanali qizil ko‘zli erkak pashsha; 2-qora tanali qizil
ko‘zli urg‘ochi pashsha; 3-qora tanali oq ko‘zli erkak pashsha;
4- kulrang tanali oq ko‘zli urg'ochi pashsha
C) 1-kulrang tanali qizil ko‘zli urg‘ochi pashsha; 2-qora tanali
qizil ko‘zli erkak pashsha; 3-qora tanali oq ko‘zli urg‘ochi
pashsha; 4- kulrang tanali oq ko‘zli erkak pashsha
D) 1-kulrang tanali uzun qanotli urg‘ ochi pashsha; 2-qora tanali
uzun qanotli erkak pashsha; 3-qora tanali kalta urg‘ochi
pashsha; 4- kulrang tanali kalta qanotli erkak pashsha
8. iRNK molekulasida U- 25%, TS- 20%, A- 15% bo’lsa, teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK qo’sh zanjiridagi G nukleotidlarining miqdorini (%) aniqlang.
A) 30 B) 40 C) 20 D) 60
9. Qaysi o’simliklar ham changchili, ham urug’chili gul formulalariga ega?
A) tol, qovoq, bug’doy
B) turkiston ismalog’i, makkajo’xori, archa
C) terak, tarvuz, xolmon
D) itqovun, gazanda, qayin
10. Bug'doy hujayrasi tarkibida mavjud karbonsuvlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
1) glikogen; 2) kraxmal; 3) fruktoza; 4) dezoksiriboza; 5) riboza;
6) maltoza; 7) amilaza.
A) 2, 6, 7 B) l, 3, 6 C) 3, 4, 7 D) 2, 4, 5
11. Drozofilla meva pashshalarida uzun qanotlilik (B) autosomaga
birikkan dominant gen bilan ifodalanadi. Ko’zning qizil bo’lishini
ta’minlovchi gen (A) esa jinsiy X xromosomaga birikkan dominant gen bilan ifodalanadi. Qizil ko’zli, uzun qanotli drozofillalar o’zaro chatishtirilganida quyidagi nisbatda avlodlar olindi: urg’ochi drozofillalar: 3/4 qizil ko’zli, uzun qanotli; 1/4 qizil ko’zli, kalta qanotli. erkak drozofillalar: 3/8 qizil ko’zli, uzun qanotli; 3/8 oq ko’zli, uzun qanotli, 1/8 qizil ko’zli, kalta qanotli, 1/8 oq ko’zli, kalta qanotli. F1 dagi uzun qanotli avlodlarning necha % ini qizil ko’zli urg’ochi pashshalar tashkil etadi?
A) 18,75 B) 25 C) 37,5 D) 50
12. Quyidagi qaysi suyak faqat uzun g’ovak suyaklar bilan birikkan.
A) chin qovurg’a B) ko’krak umurtqasi C) o’mrov D) to’sh
13. Odamda A va B genlari birikkan holda irsiylanib, krossingover 20 %ni tashkil etadi, D geni esa boshqa nogomologik xromosomada joylashgan. Barcha genlari bo’yicha geterozigota ayol, faqat D geni bo’yicha geterozigota, qolgan belgilari bo’yicha ressesiv erkakka turmushga chiqqan bo’lsa, avlodlarda B va D genlarining birgalikda uchrash ehtimolligini (%) aniqlang.
A) 12,5 B) 35,5 C) 37,5 D) 6
14. Bronza qo‘ng‘izi lichinkasiga tegishli to‘g‘ri javoblarni belgilang.
A) chirindi bilan oziqlanadi, tanasining barcha qismi xitin bilan
qoplangan
B) og‘iz apparati kemiruvchi tipda, faqat boshi va oyoqlari xitin
bilan qoplangan
C) chirib uvalanib ketgan yog‘och qoldiqlari bilan oziqlanadi,
tullaydi, qorin qismida yo‘g‘on oyoqlari bo’ladi
D) tanasi yoysimon, g'umbaklik davri uchun tanasida oziq
to‘playdi, og‘iz apparati voyaga yetgan bronza qo‘ng‘izinikidan
farq qiladi
15. Transport RNKdagi qanday antikodon DNK molekulasi 2-zanjiridagi TGA tripletiga komplementar bo’ladi?
A) ACU B) UCT C) UGA D) AGA
16. Sernam yerlarda o’sadigan dala qirqbo’g’imi va sershox qirqbo’g’imlar ……. hisoblanadi.
A) bir turga kiruvchi bitta populyatsiya
B) ikki turga kiruvchi ikkita populyatsiya
C) bir turga kiruvchi ikkita populyatsiya
D) bir avlodga kiruvchi bitta populyatsiya
17. Asalarining qaysi organlari umumiy soni ko’zlari soniga teng?
A) yurish oyoqlari B) qanotlari, hartumchasi
C) mo’ylovlari D) oldingi qanotlari, mo’ylovlari
18. Idioadaptatsiyalar to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang.
1) vixuxolning faqat quruqlikda yashashi; 2) tikandum skatning
disksimon tana shakli; 3) sebarganing yovvoyi ari yordamida
changlanishi; 4) saksovulda markaziy va tuxum hujayralarning bir
vaqtda urug’lanishi; 5) qayin odimchisining shaxarlarda qoramtir
rangga kirishi; 6) gelikoniusning mimikriya qilishi; 7) zarpechak meva va urug’larining o’txo’r hayvonlar oziqlanish organlarida hazm bo’lmasligi; 8) cho’chqa solityori tanasining kutikula bilan
qoplanganligi
A) 2, 5, 6 B) 5, 7, 8 C) 1, 4, 8 D) 2, 3, 7
19. Qaysi javobda suv shillig‘iga tegishli aromorfoz ko‘rsatilgan?
A) nerv tugunlarining paydo bo‘lishi
B) sezgi organlarining paydo bo‘lishi
C) oshqozonning paydo bo‘lishi
D) yurakning paydo bo‘lishi
20. Xloroplastlarda kislorod ishtirokisiz sintezlangan ATF qaysi
jarayonlarga safrlanadi?
A) karbonat angidridni biriktirish jarayoni uchun
B) fotoliz jarayoni uchun
C) organik birikmalarning parchalanishi uchun
D) vodorod atomining kuchsiz bog’lar orqali vodorodni
ko’chiruvchi organik birikma bilan birikishi uchun
21. Yorug’lik ta’sirida 48 molekula H2O fotolizga uchragan fotosintez jarayoni qorong’ulik (a) va yorug’lik (b) bosqichlariga xos ma’lumotlar to’g’ri juftlangan javobni aniqlang.
1) CO2 va uglevod hosil bo’ladi; 2) 24 molekula suv hosil bo’ladi;
3) 36 molekula ATF 36 molekula ADF va 36 molekula H3PO4ga
parchalanadi; 4) 12 molekula CO2 biriktiriladi; 5) 12 molekula O2
hosil bo’ladi; 6) H3PO4 va ADF dan ATF hosil bo’ladi;
7) 12 molekula suv hosil bo’ladi; 8) fotonlar xlorofill molekulalari
bilan o’zaro ta’sirlashadi; 9) vodorod kuchli bog’lar orqali vodorodni tashuvchi organik birikmalar bilan birikadi; 10) CO2 ni biriktirish uchun energiya to’planadi
A) a- 3, 4, 7; b- 2, 6, 10 B) a- 1, 3, 7; b- 5, 8, 10
C) a- 2, 3, 4; b- 5, 7, 8 D) a- 1, 3, 4; b- 5, 6, 9
22. O’simliklarni qaysi xususiyatlariga ko’ra magnoliyasimon va
lolasimonlarga ajratish mumkin?
1) bargining bandli yoki bandsiz bo’lishiga ko’ra; 2) bargining tomirlanishiga ko’ra; 3) gulqo’rg’onning oddiy yoki murakkabligiga ko’ra; 4) poyasining yillar davomida yo’g’onlasha olishiga ko’ra; 5) ildiz tizimining hosil bo‘lishiga ko’ra.
A) 1, 2, 3 B) 2, 5 C) 1, 2 D) 3, 4, 5
23. Plazmid turlaridan birida antibiotik parchalovchi ferment
sintez qiluvchi genning uzunligi 57,12 nm ga teng. Fermentdagi
aminokislotalar sonini toping.
A) 56 B) 28 C) 36 D) 84
24. Bitta turkumga mansub bo’lmagan hayvonlarni belgilang.
1) bo‘ka=iskabtopar; 2) qayin odimchisi=podoliya;
3) xasva=to‘shak qandalasi; 4) chumoli=gabrobrakon;
5) dengiz tulkisi=manta; 6) vyurok=go‘ngqarg‘a;
7) kojan=kashalot; 8) ondatra=norka; 9) qashqaldoq=korsak;
10) maral=ot.
A) 2, 6, 7, 10 B) 2, 4, 6, 8, 9
C) l, 3, 5, 7, 9 D) 2, 7, 8, 10
25. Quyidagi fikrlar qaysi olimlarga tegishli?
1) havo yurakka boradi; 2) hayvon tiplari doimiy, o’zgarmasdir;
3) olam o’z-o’zidan paydo bo’lgan; 4) o’zimliklar, hayvonlar va odam o’zaro o’xshash, chunki ularning barchasi oziqlanadi, ko’payadi, o’sadi; 5) tabiyat o’zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi; 6) inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan
a) Karl Linney; b) Klavdiy Galen; c) Jorj Kyuve; d) Geraklit;
e) Abu Ali ibn Sino; f) Jan Batist Lamark; g) Abu Rayhon Beruniy; h) Abu Nasr Farobiy; i) Lukretsiy Kar
A) 1- d; 2- c; 3- b; 4- g; 5- d; 6- a
B) 1- b; 2- c; 3- i; 4- e; 5- d; 6- h
C) 1- d; 2- f; 3- i; 4- g; 5- g 6- h
D) 1- b; 2- f; 3- i; 4- e; 5- g; 6- h
26. Genlarni alifbodagi bitta harf bilan ifodalab, ularning
xromosomadagi joylashuvi quyidagicha deb tasavvur etamiz:
KLMDCEFHRG. Tashqi muhit omillarining ta’sirida
hujayrada replikatsiya jarayoni buzilishi tufayli xromosoma
tuzilmasida mutatsiya sodir bo‘ldi. Inversiyalangan
xromosoma tuzilmasini ko‘rsating.
A) KLMDCEFQTSHRG B) KLMDFHRG
C) KLMDCEEFHRG D) KLECDMFHRG
27. Turlarning geografik (1), morfologik (2) va ekologik (3) me’zonlarini aniqlang.
a) qarag’ayning Sibir hududida o’sishi; b) sudraluvchi ayiqtovonning sernam yerlarda o’sishi; c) gigant salamandraning Janubiy-Sharqiy Osiyoda uchrashi; d) o’rdakburunda suzgich pardasining mavjudligi; e) yovvoyi o’rdak erkagining boshi to’q yashil, bo’yni oq bo’lishi; f) buyurg’unning gipsli cho’llarda o’sishi
A) 1- c, e; 2- a, f; 3- b, d B) 1- a, c; 2- d, e; 3- b, f
C) 1- a, b; 2- d, e; 3- c, f D) 1- a, c; 2- b, d; 3- e, f
28. Pomidorning sariq poyasi yashil poya ustidan, o’yilgan bargi yaxlit barg ustidan to’liq dominantlik qiladi. Sariq poyali, o’yilgan bargli pomidorning yashil poyali, o’yilgan bargli pomidorning o’zaro chatishtirilishidan 642 ta sariq poyali, o’yilgan bargli, 202 ta sariq poyali yaxlit bargli, 620 ta yashil poyali, o’yilgan bargli va 214 ta yashil poyali, yaxlit bargli o’simliklar olindi. O’yilgan bargli o’simliklar hosil qiladigan genotipik sinflarning necha foizini har ikkala belgisi bo’yicha geterozigotali avlodlar tashkil etadi?
A) 16,7 B) 25 C) 33,3 D) 50
29. Assidiya individual rivojlanish jarayonida xordasi yo’qoladi, nerv nayi alohida hujayralarga parchalanib, natijada fagositlar hosil qiladi, o’troq hayot kechirishga o’tadi. Bu o’zgarishlar nimaga misol bo’ladi?
A) ontogenetik o’zgaruvchanlik, regressiv metamorfoz,
modifikatsion o’zgaruvchanlik
B) idioadaptatsiya, biologik regress, umumiy degeneratsiya
C) umumiy degeneratsiya, biologik regress
D) biologik progress, ontogenetik o’zgaruvchanlik, regressiv
metamorfoz
30. Gulhayri hujayrasi va pnevmokokk R shtammi hujayrasi uchun
umumiy hisoblangan tuzilmalarni aniqlang.
1) hujayra qobig’i; 2) endoplazmatik to’r; 3) mitoxondriya;
4) ribosoma; 5) membrana; 6) sitoplazma
A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 6 D) 4, 5, 6