11. ABCDEFHG ABEFHG.Qaysi mutatsiyaga misol
A) translatsiya B) translokatsiya C) induksiya D) deletsiya
12. . Rekombinativ o’zgaruvchanlik tegishli javoblarni belgilang.
1) suvi serob va suvi kam tuproqda o’sgan o’simliklarning turlicha bo’lishi 2) krossingover 3) gomologik xromosoma larni tasodifiy tarqalishi 4) organizm yoshi bilan bog’liq ro’yobga chiqadigan o’zgarishlar 5) organizm yashovchan ligini pasaytirib, ayrim hollarda o’limga olib keladigan o’zgarishlar 6) turli xil genotipli organizmlarni chatshtirishdan hosil bo’ladigan o’zgarishlar
A) 3,2 B) 5,3,6 C) 2,5 D) 1,4
13. Genlarni komplementar ta’siriga xos fikrni belgilang.
1) belgilar ikki va undan ortiq juft allel bo’lmagan genlarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga chiqadi.2) ikkinchi avlod duragaylari 9:7 nisbatda ajralish beradi. 3) F2 duragaylar 13:3 nisbatda ajraladi 4) bir allel gen boshqa noallel gen ustidan dominantlik qiladi 5) ingibitor gen faoliyat ko’rsatadi. 6) noallel genlar bir-birini to’ldirib yangi belgini yuzaga chiqaradi 7) xo’rozlarning tojini irsiylanishi misol bo’ladi 8) tovuqlarning pat rangini irsiylanishi misol bo’ladi 9) itlar -ning jun rangini irsiylanishi misol bo’ladi 10) bir allel gen ko’p belgini rivojlantiradi
A) 1,2,3,9 B) 4,1,7,10 C) 7,1,2,6 D) 2,7,6,9
14. Klaynfelter sindromi bilan kasallangan o’g’ilning onasida gametagenezning qaysi bosqichida xromosomalarning qutblarga noto’g’ri taqsimlanishi kuzatiladi?
A) I meyoz bo’linishdan keyin yo’naltiruvchi tanachaga 24ta, tuxum hujayraga 22ta xromosoma o’tganda
B) I meyoz bo’linishdan keyin yo’naltiruvchi tanachaga 22ta, tuxum hujayraga 24ta xromosoma o’tganda
C) II meyoz bo’linishdan keyin yo’naltiruvchi tanachaga 24ta, tuxum hujayraga 22ta xromosoma o’tganda
D) II meyoz bo’linishdan keyin yo’naltiruvchi tanachaga 22ta, tuxum hujayraga 24ta xromosoma o’tganda
15 . Odamda teri pigmentining hosil bo’lishida qatnashadigan tirozinaza fermenti ishlab chiqarilmasa, albinizm kasalligi yuzaga keladi. Ota genotipida bu genlarning ikkisi ham dominant holatda, ona genotipida faqat bittasi dominant holatda bo’lsa, bu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan farzandlarning necha foizi fenotip jihatdan otasiga o’xshash bo’ladi?
A) 50 B) 100 C) 0 D) 25
16. Arpa o’simligida xlorofill pigmentini sintezlashda 2 ta ferment qatnashadi. Ularning bo’lmasligi pigment sintezini buzilishiga olib boradi. Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan dominant (A va B) genlar bilan ifodalanadi. Agar fermentning bittasi bo’lmasa o’simliklar oq rangda, 2-fermentning bo’lmasligi sariq rangda bo’lishiga olib keladi. Fermentlarning birgalikda bo’lmasligi o’simlikning oq rangini, birgalikda bo’lishi yashil rangini ta’minlaydi. Agar digeterozigota arpalarni o’zaro chatishtirilsa, avlodda olingan duragaylarning necha foizi oq rangli gomozigotali bo’ladi?
A) 25% B) 6,25 % C) 12,5% D) 56,25%
17. Bolalarda immunitet yetishmasligi qonda y-globulin sintezlanmasligi oqibatida vujudga keladi. Bu kasallik agamma globulinemiya deb nomlanadi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genning bir turi autosomada, ikkinchi turi jinsiy X xromosomada joylashgan. Kasallik belgisi ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Оnа ikki belgi bo'yicha geterozigotali ota sog'lom va uning avlodlarida kasallik kuzatilmagan bo'lsa, tug’ilgan farzandlarning necha foizi 1-belgi bo’yicha geterozigotali bo’ladi? A) 100 B) 25 С) 50 D) 75
18. Gemorragik diatez – allergik kasallik bo’lib, retsessiv gen bilan ifodalanadi. Gen alleli X va Y xromosomada joylashgan. Ona va uning avlodlari sog’, ota kasal bo’lsa, bolalari qanday tug’iladi?
A) genotip jihatdan 100% sog’ B) fenotip jihatdan 100% sog’
C) faqat qizlar kasallanadi D) barcha farzandlar kasal
19. Gemorragik diatez – allergik kasallik bo’lib, retsessiv gen bilan ifodalanadi. Gen alleli X va Y xromosomada joylashgan. Ona va uning avlodlari sog’, ota kasal bo’lsa, farzandlarning necha foizi sog’ tug’iladi?
A) faqat qizlar fenotipik sog’lom
B) faqat o’g’illar genotipik sog’lom
C) barcha farzandlar sog’ D) barcha farzandlar kasal
20. . Pleyotropiya hodisasiga mos keluvchi organizmlarni ajrating
1) tovuqlarda patning jingalak bo’lishi 2) xo’roz tojining shakli
3) bug’doy donining rangi 4) tovuq patining oq bo’lishi 5) sichqon junining sariq gomozigota bo’lishi 6) drozofilla tanasining kulrang bo’lishi 7) drozofilla ko’zida pigment bo’lmasligi 8) o’simlik organlarining to’q qizil bo’lishi 9) makkajo’xori so’tasining uzun bo’lishi 10) lavlagi ildizmevasidagi shakar miqdori 11) o’simlik tarkibidagi vitaminlar miqdori 12) tovuqning tuxum qilishi
A) 1,5,7,8 B) 2,4,6,9 C) 1,4,5,6,11 D) 3,9,10,11,12
21. Polimeriya hodisasiga mos keluvchi organizmlami ajrating 1) tovuqlarda patning jingalak bo’lishi
2) xo’roz tojining shakli 3) bug’doy donining rangi 4) tovuq patining oq bo’lishi 5) sichqon junining sariq gomozigota bo’lishi 6) drozofilla tanasining kulrang bo’lishi 7) drozofilla ko’zida pigment bo’lmasligi
8) o’simlik organ larining to’q qizil bo’lishi 9) makkajo’xori so’ta sining uzun bo’lishi 10) lavlagi ildizmevasidagi shakar miqdori 11)o’simlik tarkibidagi vitaminlar miqdori 12) tovuqning tuxum qilishi
A) 1,5,7,8 B) 2,4,6,9 C) 1,4,5,6,11 D) 3,9,10,11,12
22. Tritikale o’simligiga xos belgilami aniqlang
1) karam va turpni chatishtirib olingan 2) bug’doy va bug’doyiq duragayi 3) bug’doy va javdar duragayi 4) yem-xashakbop o’simlik 5) yuqori oziqlik xususiyatiga ega 6) mevasi 2 qism dan iborat 7) ko’p miqdorda yashil massa to’playdi 8) tur ichidagi duragay hisoblanadi
A) 2,3,5,8 B) 1,4,7,8 C) 3 4,5,7 D) 1,6,7,8
23. Komplementar irsiylanishga xos bo`lgan belgilarni aniqlang.1.allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta`siri 2.genotipik jihatdan 9ta guruh hosil bo`ladi.3.xushbo`y hidli no`xatning guli rangining irsiylanishi 4.belgini yuzaga chiqarishda bir belgiga bevosita boshqasiga bilvosita ta`sir ko`rsatadi 5.fenotipik jihatdan 5ta guruh hosil bo`ladi A)2,3 B)3,4 C)4,5 D)1,5
24. Pleyotropiyaga xos bo`lmagan belgilarni aniqlang.
1.bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta`sirini o`rganadi 2. allel bo`lmagan bir necha genning bitta belgining rivojlanishiga o`xshash ta`sir ko`rsatishi 3.o`simlik gulini qizil rangda bo`lishi uning poya va shoxlarini to`q qizil rangda bo`lishiga olib keladi 4.sariq genotipli sichqonlar chatishtirilsa fenotipik jihatdan 2:1 nisbatda ajralish ro`y beradi 5.fenotipik jihatdan ajralish 9:6:1 nisbatda bo`ladi 6.tovuqlarning patining jingalakligi ularning nasl qoldirishi va hayotchanligiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi.
A)1,3,4 B)2,5,6 C)3,4,6 D)2,3,5
25. Drozofila melanagasterning qaysi dominat belgilari har xil gomologik xromasomalarda joylashgan?
A)kulrang tana qizil ko`zli, normal qanot oq ko`zli
B)kulurang tana-uzun qanot
C)qora tana oq ko`zli, kalta qanot oq ko`zli D)qora tana-kalta qanot
26. AaBbccDdjj va aaBbCcddJj quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lgan gametalarni aniqlang. 1.abcdj 2.aBcdj 3. aBcDj 4. Abcdj 5. ABcdJ A)1,2 B)2,3 C)4,5 D)1,5
27. Duplikatsiya(a) va reduplikatsiya(b) ga xos xususiyatni aniqlang. 1.xromasomaning o`rta qismini ortishi2.xromasomaning ayrim qismini ortishi 3.DNK bo`lagini ikki hissa ortishi 4.DNK genomining ma`lum joyga kiritish A)a-2 b-3 B)a-3 b-2 C)a-4 b-1 D)a-2 b-4
28. Gen mutatsiyasiga xos xususiyatni ko`rsating. 1.nukleotid izchilligini o`zgarishi 2.xromasomaning bir qismini ortishi 3.gen izchilligini o`zgarishi 4.gen tarkibidagi nukleotid larning ortishi yoki kamayishi 5.autosoma gen miqdorini ortishi 6.xromasomaning ayrim qismini ortishi A)1,4 B)4,6 C)2,5 D)5,6
29. Bitta sinfga tegishli bo`lgan o`simliklarni aniqlang.
A)Obidov, Samarqand-3, Zarafshon B)Gultish, Sanzor, Omad
C)Samarqand, Obidov,Ulug`bek-600 D)Buxoro-9,Ulug`bek-600,AN-402
30. Gajaklari novdaning shaklining o`zgarishidan(a) ikki qavatli gulkosacha bargadan(b) tashkil topgan o`simliklarni aniqlang.
A)a-Gultish, Sohibi, Qorago`zal b-AN-402, Samarqand-3, Omad
B)a-Rizamat, Hiloliy, Vatan b-Toshken-1, Buxoro-9, Samarqand
C)a-Nimrang, Obidov, Samarqand, b-Husayni, Kishmish, Kattaqo`rg`on
D)a-Charos, Soyaki, Daroyi, b-Namangan-34, Toshkent-3, Farhod
Do'stlaringiz bilan baham: |