Janubiy kon boshqarmasi



Download 278,33 Kb.
bet2/14
Sana12.06.2022
Hajmi278,33 Kb.
#659953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Xisobot Yanchish bo\'limi

1. Nazariy qism
1.1. Oltin va kumushning qo’llanilishi.
Oltinning foydalanish sohalari
Oltin kapitalizm va uning iqtisodiy shakllanish mexanizmi rivojlanishida muhim rol o'ynadi. Oltin pul vositasi sifatida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan o'zgarib bordi. Kapitalistik ishlab chiqarish har bir bosqichida kam yoki ko’p miqdorda umumiy trendda oltinning pul hajm funksiyasi kamayishi bilan to’liq bir sistemaga keltirishga muvofiq bo’ldi. Hozirgi kunda oltin pul vositasidan to’liq chiqarib tashlangan, biroq bu metall boshqa tovar mahsulotlar orasida o’z qadrini yo’qotmagan.
Asosiysi, oltin hukumat zahiralari va xususiy jamg’armalar saqlaydigan materialdir, chunki uning harakat va likvidligi, ya’ni absolyut sotib olish va sotishda xizmat qilish vositasi ekanligidir.
Oltin hech qaysi boshqa metallda bo’lmagan fizik- kimyoviy xususiyatlarga egadir. Elektr va issiqlik o'tkazuvchanlikda faqat kumush va misga o’rnini beradi, korroziyabadardosh metalldir. Undan yupqa folga va ultra - yupqa sim ishlab chiqarish juda oson, chunki oltin bosim ostida yaxshi payvandlaydi va metallar va kulolchilik buyumlarida yaxshi qoplama hosil qiladi. Oltin infraqizil nurlarni aks etadi, qotishmalarda katalitik faolikka ega. Oltinning bunday foydali xususiyatlari zamonaviy texnologiyalarning asosiy tarmoqlarida keng foydalanishi uchun sabab bo’ladi: bular elektronika, a’loqa texnikasi, koinot va havo-xalqaro texnologiyasi, yadro energetikasi, suv osti kemalari va boshqalardir.
Oltin va uning qotishmalari nozik-potansiyometrelari(yuqori aniqlikda, turli ob havo sharoitida), termo, qarshilik termometrlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Oltinning infraqizil nurlariga yuqori aks qaytaruvchi qobiliyati bo’lgani tufayli kosmik apparatlarni quyosh radiatsiyasidan himoya qilish uchun oltin qoplamasi ishlatiladi. Misol uchun, kosmik kema hisoblangan "Apollon" ning ayrim detallari va kosmonavtlarning uskunalari yupqa oltin qatlami bilan qoplangan edi.
Kimyo sanoatida oltin qoplangan po’latli -quvur, maxsus agressiv suyuqlik tashish uchun ishlatiladi. Ba'zi oltin qotishmalari katalizatorlar sifatida ishlatiladi.
Oltin ma’lum miqdorda stomatologiyada foydalaniladi: tish qoplamalari va tish -protezlarida oltin- kumush, mis, nikel, platina, rux bilan qotishmalaridan tayyorlanadi. Bunday qotishmalar yuqori zanglashni oldini oladi va mexanik xususiyatlarini mustahkamlaydi.
Bir qator kasalliklarni (sil, revmatik artrit va hokazo) davolash uchun ayrim tibbiy vositalar tarkibiga qisman oltin qo’shiladi. Radioaktiv oltin xavfli o’simtalarni davolashda foydalaniladi.
An’anaviy va oltinning eng yirik iste’molchisi zargarlik sanoatidir. Zargarlik buyumlari toza oltindan yasalmaydi, oltin bilan boshqa metall qotishmalaridan yasaladi, qotishmalar mexanik bardoshli va chidamliligi ancha ustun hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Au-Ag-Cu, qotishmalari uchun rux, nikel, kobalt va palladiy oz miqdorda qo’shilishi mumkin. Bunday qotishmalardagi mustahkamlik va zanglashga chidamligini undagi oltin miqdori bilan kumush va mis nisbati - ularning rangini belgilaydi.

Download 278,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish