1.4. Boyitish jarayonlarinining xilma xilligidan foydalanib gravitatsiya usulining takomillashuvi tendensisi GMZ-4 misolida.
Nodir metallar boshqa metallardan yuqori zichiligi bilan ajralib turadi va u bilan birga kelgan minerallar ham zichligi yuqori bo’ladi. Shu sababdan tug’ma holdagi nodir metallarni ajratishda gravitatsiya usulida boyitish samara beradi. Ko’pchilik oltin tarkibli rudalar tarkibida ma’lum miqdorda sof oltin (+1)mm, uchrab nafaqat flatatsiyada yomon ajraladi balki gidrometallurgiyada ham yomon ajraladi. Shu sababdan rudalarni boshlang’ich gravitatsiya usulida boyitib yirikllari ajratib olinadi, ularning chiqindiga chiqishini oldini oladi va tezroq sotish maqsadida tayyor mahsulot olinadi.
Gravitatsiya usuli bilan boyitish (saralash) asosan zarrachalarning og’irlik kuchi ta'sirida ma'lum muhitda har xil tezlik bilan harakatlanishiga asoslangan.Bu usul, boyitish usullari ichida eng qadimgisi hisoblanadi.
Odamzot birinchi bo'lib daryo qumlaridan oltinni yuvib olishni o'rgangan. Bu esa gravitatsiya usuliga kiradi. Gravitatsion boyitishning printsiplari (tamoyillari) odamlarga ikki ming yil oldin ma'lum bo'lgan va birinchi bo'lib Pliniy, keyinrok Agrikol tomonidan yozma ravishda bayon etilgan.Vaqt o'tishi bilan bu usul takomillashib borgan, unumdorlikni oshirish uchun har xil moslamalar, qurilmalar ixtiro qilingan. Eramizdan avvalgi V asrlardayoq (Gerodot zamonida) sochma konlarni boyitishda shlyuzlar, butaralar ishlatilgan.
Gravitatsion boyitishning eng rivojlanish davri XIX asr oxiriva XX asrning o'rtalariga to'g’ri keladi. Bu davrda hozirgi zamon gravitatsiya usulining nazariyasi shakllanadi, juda ko'p yangi uskunalar yaratiladi. Hozirgi vaqtda gravitatsiya usulidan dunyoning barcha boyitish fabrikalarida foydalaniladi. Bunga sabab, usulning soddaligi, kamxarjligi, unumdorligining yuqoriligidir.
Yuqorida aytilganidek, gravitatsiya usuli ajralayotgan zarrachalar zichliklarining farqiga asoslangan.
Gravitatsiya usuli bilan boyitishda ma'lum kattalikdagi har xil zichlikka ega bo'lgan zarrachalar muhitda (havoli, suvli) harakat qiladilar. Zarrachalarning muhitda harakatlanish qonuniyatlarini mexanika, gidravlika, fizika qonunlari hamda gidrodinamika va aerodinamikalarning asosiy nazariyalari orqali tushuntiriladi. Ba'zi bir hollarda statistik fizika va ehtimollar nazariyalaridan foydalaniladi.
Gravitatsion boyitish usullarini yagona bir sistemaga birlashtirish, klassifikatsiyalash (tasniflash) qiyin. Ko'pincha, ishlatiladigan dastgohlar turiga qarab, muhitga va boshqa tamoyillarga asoslanib sinflarga ajratish mumkin, masalan:
- qiya tekislikda harakatlanayotgan suyuqlikda ajralish: novda, shlyuzda, boyitish stolda, vintli separotorda boyitish;
-gravitatsion boyitish muhitida qatlamlanish quyidagicha bo’ladi: gidravlik, pnevmatik, oqar suyuqlik, elektrolit muhitlarda va hokazo.
Gravitatsiya usuli bilan boyitishning bu turi suv oqimining dinamik ta'siri ostida zarrachalarning har xil tartibda harakat qilishiga asoslangan. Zarrachalarni saralash, qiya oqimning kichik chuqurligida olib boriladi. Oqimni qalinligi boyitilayotgan eng yirik zarracha o'lchamidan 10 barobar katta xolos. Bu tamoyil bilan ishlaydigan dastgohlarni turi ko'p bo’lib, ulardan asosiylari: boyitish stollari, shlyuzlar, vintli saralagichlar, markazdan qochma novlar, markazdan qochma kontsetrantorlar. Bularni birlashtiruvchi omil hammasida bo'tana qiya yuzada og’irlik kuchi ta'sirida harakatlanadi. Dastgohlarning qiyaliligi boyitish stoli va shlyuzlarda 2-10o, vintli saralagichlarda 9-12o va torayib boruvchi novlarda 14-18o bo'ladi.
Zamonaviy amaliyotda ildizsimon konlar rudalaridan oltin ajratib olish uchun gravitatsiya usulida boyitishda quyidagi asosiy dastgohlar qo’llaniladi: cho’ktirish mashinalari, shlyuzlar, konsentratsion stol, barabanli konsentratorlar, qisqa konusli gidrosiklonlar va markazdan qochirma kuch asosida ishlovchi Falkon markazdan qochirma konsentratorlar. Bugungi kunda GMZ-4 amaliyotida eng zamonaviy gravitatsion boyitish dastgohlaridan hisoblangan Falkonlar keng qo’llanilmoqda.
Gravitatsion boyitish jihozlari orasida bo‘linadigan zarrachalar og‘irlik kuchidan ko‘p marta ustun bo‘lgan markazdan qochirma kuchlar harakati ostida zichligi bo‘yicha materiallarni bo‘ladigan (taqsimlaydigan) markazdan qochirma apparatlar asosiy o‘rin egallaydi. Markazdan qochirma separatorlar orasida davriy va uzluksiz harakatli markazdan qochirma bosimsiz separatorlar keng qo‘llanishga ega. Ular, asosan, oltin qazib olish uchun ishlatiladi. Bu separatorlarda materialni yumshatish uchun qo‘shimcha suv berish bilan yuqori jadallikdagi markazdan qochirma maydon hosil bo‘ladi.
Sentrifugalash qoidasi asosida ishlovchi barcha turdagi markazdan qochirma separatorlarda ichidan taram-taram rezina bilan futerlangan, murakkab shaklning yarim shar ko‘rinishidagi kosa ishchi organ bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich material aylanuvchi kosaning markaziy qismiga beriladi. Og‘ir zarralar markazdan qochirma kuch harakati ostida konus sirtiga uloqtiriladi va rifga tushadi, u yerdan mavhum qaynash (soxta qaynash) ta’sirini hosil qilish uchun bosim ostida suv beriladi.
Falkon (Falcon) markazdan qochirma konsentratorlarining Nelson konsentratorlaridan farqi shundaki, ularda tutib qoluvchi halqalar (riflar) ancha kam, ular chuqurligi esa katta.
Kosaning aylanish tezligi ancha kuchli, shuning uchun markazdan qochirma tezlashish 300g.ga yetadi. 2-rasmda keltirilgan konsentratorlar, sxema va kesim rudalardan va sochilmalardan, oltin tarkibli, qalay va boshqa konsentratlarni me’yoriga yetkazishdagi texnogen mineral xom ashyodan yupqa erkin oltinni ajratib olish uchun qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda Falkon markazdan qochirma konsentratorlarning uchta turi qo‘llaniladi:
S – ta’minlash (oziqlanish) berishni tugatmasdan doimiy yuksizlantirishli separatorlar,
V – ichi bo‘sh (kavak) val orqali davriy yuksizlantirishli separatorlar va
SB – chiqarish klapanlari orqali konsentratni yuksizlantirishli davriy harakatli separatorlar.
Davriy yuksizlantirishli konsentratorlarda aylanadigan rotorning yuqori qismida joylashgan yuvish zonasi mavjud. Rotor kosasi aylanishida og‘ir zarralar kosaning silliq devori bo‘ylab ko‘tariladi va kosaning yuqori qismidagi rifellarda ushlanib qoladi. Rifellarga kirgan suv zarralarga “to‘shak” ichida ko‘chib yurish va rifellarda ushlanib qolish imkonini beradi. Markazdan qochirma tezlashishning yuqori qiymatida 10 hattoki 5 mkm yiriklikdagi og‘ir zarralar ajratib olinadi. Rifellarda konsentrat qavati to‘planishida ta’minlashni (oziqlanishni) berish avtomatik tarzda 30 sekundga to‘xtaydi, kosaning aylanishi sekinlashadi, o‘rnatilgan forsunkalardagi suv esa tarnovda konsentratni yuvadi. Bu konsentratorlar yuqori unumdorligi 390 t/s bilan, ishga solish oddiyligi, yuvish suvining kam sarfi bilan, bo‘tana (pulpa) 45% qattiqlikkacha zichligida ishlashi mumkinligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |