2.3. Oksidli oltintarkibli rudalarni gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash va asoslash.
Ruda yirikligi va qattiqligining ortishi tegirmonning o‘ta yuklanishiga va uning unumdorligi pasayishiga olib keladi. Ruda yirikligi pasayishida unumdorlik ham boshlang‘ich ta’minlagich bo‘yicha hamda -0,074 mm. sinfi bo‘yicha ortadi, bu sharlar va elektroenergiya solishtirma sarfining kamayishiga olib keladi. Yuqorida belgilangan tegirmonlarda bo‘tana (pulpa) zichligining oshishi bo‘tana (pulpa) yelimshakligi ortishiga va uning yuksizlanishi qiyinlashuviga, ya’ni maydalangan mahsulotning panjara yuklash teshigi orqali o‘tish tezligining kamayishiga olib keladi. Zichlikning pasayishi bo‘tana (pulpa) harakat tezligi oshishiga, va mos ravishda tegirmonda bo‘lish vaqti kamayishiga, shuningdek, tegirmon barabanida mayda tosh to‘planishiga olib keladi, bu esa kelgusida tegirmonning o‘ta yuklanishiga olib keladi.
MMS 70x23A barabanini ruda va maydalovchi sharlar bilan maqbul darajada to‘ldirish 35+40% ni tashkil etadi. To‘ldirish darajasini oshirish tegirmonning o‘ta yuklanishiga, pasayishi- chala yuklanishga olib keladi, bu unumdorlik pasayishiga olib keladi. MMS 70x23A yuklash panjarasi teshigi o‘lchami -18+20 mm.chegaralarida o‘zgarib turadi.
Maydalash ikki bosqichli sxemada MMS 70x23A (biinchi bosqich) va MShS 45x60 (ikkinchi bosqich) tegirmonlarida amalga oshiriladi. Maydalashning birinchi bosqichli tegirmoni ochiq davrda (siklda), ikkinchi bosqichli tegirmon esa yarim berk davrda (siklda) ishlatiladi. Maydalashning birinchi bosqich mahsuloti 8Gr-8 nasoslari bilan so‘ndirgich orqali 2KSP-24 klassifikatori moydoniga beriladi, bu quyilma maydalashning oxirgi mahsuloti, qumlar esa tegirmonning ikkinchi bosqichida aylanuvchi yuklama hisoblanadi. 2KSP-24 quyilmasi MShS 45x60 ikkinchi bosqichli tegirmon yuk tushishi bilan birlashadi va slurry 10KREBS8 nasoslari bilan KREBSGMAX20 gidrosiklonlardan (ishda 2- g/s, bittasi - zaxirali) batareyaga beriladi. Gidrosiklonlar quyilmasi oxirgi mahsulot hisoblanadi va o‘z oqimi bilan gravitatsiyaning 2-bosqich FALCONSB5200 konsentratorlariga tushadi, qumlar esa o‘z oqimi bilan bo‘tana (pulpa) bo‘laklagichga tushadi va ulardan 2/3 nisbatda aylanuvchi yuklama bilan MShS 45x60 tegirmonlariga, titratma g‘alvirning 1/3ga maydalashning ikkinchi bosqichiga tushadi. Titratma g‘alvirning panjara osti mahsuloti gravitatsiyaning birinchi bosqichiga, panjara usti mahsuloti esa gravitatsiyaning birinchi bosqich chiqindilari bilan birlashib, slurry 8KREBS6 nasoslari GS-380 6- gidrosiklonlardan (ishda 2- g/s, to‘rttasi kesimda) batareyaga beriladi. GS-380 gidrosiklonlar quyilmasi oxirgi mahsulot sanaladi (gravitatsiyaning birinchi bosqichi chiqindilari) va o‘z oqimi bilan gravitatsiyaning ikkinchi bosqichi chiqindili zumpfiga beriladi, qum esa o‘z oqimi bilan maydalashning ikkinchi bosqichining aylanuvchi yuklamasi bo‘lib boradi.
Blok tarkibi: MMS70x23A -1 birl., 2KSP-24 -1 birl., MShS45x60 -1 birl.,
«NMZ» IChB ishlab chiqargan 3-birlikdan KREBSGMAX20 gidrosiklonlar batareyasi va z 6-donadan GS-380 gidrosiklonlar batareyasi, ajratish zumpflari, 10 dona asosiy, 5 dona yordamchi nasoslar (suv tortish uchun, drenaj nasoslari).
hayot faoliyati xavfsizligi qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |