3.3. Favqulodda vaziyatlar va fuqoro muhofazasi
3.3.1. Yong’in xavfsizligi choralarini ishlab chiqish
Yong’in xavfsizlik qarchi kurashish chora tadbirlariga quyidagilar kiradi yong’in holatida barchani ogohlantirish, yong’inni tarqalishini oldini olish, tezkor ko’chirish choralarini ishlab chiqish, va bino yonishdan saqlash va uni tezkor o’chirish tadbirlarini ishlab chiqish.
Yong’indan ogohlantirish uchun maxsus signallar va ishchilarni yong’indan saqlanishi uchun maxsus maydonlar bo’lish lozim. Shuningdek binolarning yong’inga bardoshliligi 2 kategoriyada bo’lishi lozim ya’ni g’ishtdan, temir betondan,pol ham betondan qilingan bo’lishi lozim va tez yonuvchi birikmalar maxsus himoyalangan bo’lishi shart.
3.3.2. Sanoat korxonalarining yong`inga va portlashga xavfi bo`yicha darajalari.
Har bir sanoat korxonasi ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatiladigan
xomashyosi, chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasi
hisobga olingan holda yong`in chiqishga, portlashga va yong`in chiqqan taqdirda
uning tarqalishiga, shuningdek yong`inning asoratiga asoslangan holda yong`inga
va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi. Albatta har bir sanoat korxonasiga yong`in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong`inga xavfliligi darajasi bilan o`lchanadi. Masalan ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti engil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo`lsa, unda albatta yonmaydigan xom ashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong`in chiqish ehtimoli albatta ko`p, shuning bilan birga bu korxonada
yong`inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong`indan quriladigan
zarari albatta katta bo`ladi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarini darajalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari
(SNiP II-90-81) asosida hamma sanoat korxonalari, omborxonalar yong`in va
portlashga xavfi bo`yicha oltita darajaga bo`linadi.
A-darajasi-yong`inga va portlashga xavfli darajadagi sanoat korxonalari.
Bularga o`zaro birikish natijasida yonishi va portlashi mumkin bo`lgan gazlar, yoki
alangalanish quyi chegarasi 10% dan kam bo`lgan gazlar, shuningdek chaqnash
harorati 280C gacha bo`lgan suyuqliklar, agar bu suyuqliklar va gazlarning
portlash imkoniyatini tugdirish mumkin bo`lgan xonaning 5% hajmini
egallashi mumkin bo`lgan sanoat korxonalari kiradi.
Bu darajaga oltingugurtli uglerod, efir, aseton va boshqa shunga o`xshash
moddalar ishlab chiqadigan sanoat korxonalari kiradi.
B-darajasi - portlash va yong`inga xavfli daraja. Bu darajaga quyi
alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10% dan ortiq yonuvchi gazlar bilan
ish olib boriladigan, shuningdek chaqnash harorati 28 dan 61o S gacha bo`lgan
suyuqliklar bilan hamdaishlab chiqarish jarayonida chaknash haroratigacha yoki
undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan va pastki alangalanish
chegarasi 65 g/m3 dan kichiq bo`lgan chang va tolalar bo`lgan holda bu
gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5% ko`proq miqdorda to`planib,
portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo`lgan sanoat korxonalari kiradi.
Bunday sanoat korxonalariga ammiak haydovchi kompressor stansiyalari,
detallarni kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari kiradi.
V-darajasi - yong`inga xavfli daraja. Bu daraja parlarning chaqnash harorati
61o S dan yuqori bo`lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan
orti? bo`lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi
kislorod va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar
bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi.
G-daraja - yong`inga xavfli daraja. Bu darajaga yonmaydigan jism va
meteriallarga, qizdirib, chuqlantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish
davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo`lgan, qattiq,
suyuq va gazsimon moddalar yoqilg`i sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari
kiradi. Bu darajaga qozonxonalar, eritish va quyish sexlari, marten sexlarini kiritish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |