Suzma ishlab chiqarish jarayoni.
Suzma-yuqori oqsilli nordon sut
mahsulotlariga kirib, pasterlangan yoki xom sutdan tayyorlanadi.
Yog‘li, yarim yog‘li, yog‘siz, parhezbop turlari mavjud.
Sutni uyushiga qarab kislotali va shirdon qorin fermentli suzmalarga
bo‘linadi. Kislotali suzmalar sutga sut kislotali ivitqilar qo‘shish yo‘li bilan
ishlab chiqariladi. Shirdon qorinli suzmalar shirdon qorin fermenti va kalsiy xlor
qo‘shilib, sut uyutilib tayyorlanadi. Suzma tayyorlash ikki usulda oddiy va
ayirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |