Sutni qabul qilish va navlarga ajratish. Sut tarozida tortilib,
organoleptik baholanadi, biokimyoviy, mikrobiologik va kimyoviy tekshiruv
o‘tkaziladi. Navlarga ajratishda ( I va II nav), har bir nav sutdan alohida qaymoq
olinadi.
Qaymoqni tayyorlash – yetiltirish me’yorlash, pasterlash, sovutish, fizik
yetiltirish, qaymoqni buyash.
Qaymoqni normallashtirish (me’yorlash) yog‘ini 32 – 37 % bo‘lishi lozim.
Vologod yog‘ida 28 – 32 %, qolgan tur yog‘lar uchun 32 – 37 % yog‘lik bo‘lishi
kerak.
Qaymoqni pasterlash. I nav qaymoq 85 – 90
o
S da zudlik bilan, II nav 92 –
95
o
S da 30 minut pasterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |