Uchinchi bosqich – yog‘ donalari hosil bo‘lish jarayoni kechadi. Yog‘
donachalari, konglamerantlanri hosil qiladi, konglamerantlar yog‘ donalarini,
yog‘ donalari birlashib yog‘ xamirini hosil qiladi.
Davlat andozasi bo‘yicha - saryog‘larni quyidagi turlari mavjud; tuzsiz,
tuzli, vologod, lyubitel, dehqon, eritilgan va boshqalar.
Tuzli va tuzsiz saryog‘lar pasterlangan qaymoqqa ivitqi qo‘shib yoki
qo‘shilmasdan tayyorlanishi mumkin. Tuzli saryog‘ ishlab chiqarishda osh tuzi
qo‘shib tayyorlanadi. Saryog‘lar sof sut kislotali muhit hosil qiluvchi
bakteriyalar qo‘shib yoki qo‘shilmasdan tayyorlanishiga qarab; nordon va shirin
saryog‘larga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |