Birinchi bosqich – havo pufakchalarini intensiv hosil bo‘lishi va yog‘
donachalari bir – biri bilan birika boshlashi (flotasiya). Bu bosqichda havo
pufaklari yorilib yog‘ konglamerantlari bir – biri bilan qo‘shila boshlaydi.
Ammo ko‘pik (pufak) hosil bo‘lishi uni yorilishidan ustun bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich – havo pufaklarining intensiv yorilishi. Bu bosqichda
yog‘ donachalarining birikishi intensiv kechadi. Yog‘ donachalarini bir – biri
bilan birikishi va havo pufagini hosil bo‘lishi bir vaqtda kechadi. Havo pufaklari
yorilishi uning hosil bo‘lishidan ustun kechadi.