Faoliyatni birgalikda tashkil qilish. Guruhlar rasmiy tuzilishi, vakolatlarini taqsimlanishi, yagona maqsadni mavjudligi ijtimoiy –psixologik muhitga ta’sir qiladi. vazifalarni o’zaro bog’liqligi xizmat majburiyatlarini noaniq taqsimlanganligi , xodimni o’z kasbiiy mav’qeiga mos emasligi, birgalikdagi faoliyat guruxi a’zolarini psixologik chiqishmasligi guruhda mnosabatlarni tarnglashtirib, ziddiyatlar manbaasiga aylanishi mumkin.
Psixologik chiqishganlik darajalari
psixofiziologik,
psixologik
ijtimoiy –psixologik:
Psixofiziologik daraja o’z asosida sezgi organlari tizimi xususiyatlari(ko’rish, tovush, hid bilish va x.k.zo) va temperamentni optimal birligini bildiradi. Bunday chiqishganlik birgalikdagi faoliyatni tashkil qilishda juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Xolerik va flegmatik topshiriqni turli tempda bajarishadi, bu holat esa, ish jaraenini to’xtashi va ishchilar o’rtasida ziddiyat tug’dirishi mumkin.
Psixologik darajasi xarakterlar, xulq-atvor va qiziqishlar chiqishganligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |