Global makromuhit: jamiyatdagi holat, iqtisodiy, siesiy, madaniy va boshqa shart-sharoitlar yig’indisi. Iqtisodiy va siesiy xaetdagi barqarorlik uning a’zolarini ijtimoiy va psixologik ravnaqini ta’minlaydi va ishchi guruhlardagi ijtimoiy –psixologik muhitga bevosita ta’sir qiladi.
Lokal makromuhit ya’ni t. ye. ishchi jamoa tashkiloti. Tashkilot hajmi, mavq’e, fnksional boshqaruv ziddiyatlar yo’qligi, boshqaruvni markazlashganligi, xodimlarni rejalashtirish va resurslarni taqsimlashdagi ishtiroki, tashkilot bo’limlari tarkibi(jinsi va yeshi, kasbiy, etnik) va boshqalar.
Fizik muhit, mehnat sanitar-gigienik sharoitlari. Jazirama issiq, dimlik, yomon yoritilganlik, doimiy shovqin bo’lishi ortiqcha asabiylashish manbaasiva va bavosita guruh psixologik muhitiga ta’sir qiladi. Aksincha, yaxshi jihozlangan ish joyi yaxshi sanitar –gigienik sharoitlar mehnat faoliyatidan qoniqishni orttiradi, sog’lom ijtimoiy –psixologik muhitni shakllantirishga yerdam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |