To‘plangan ballar tavsifi
8 dan – 13 gacha to‘plangan ballar. Sizning hulq-atvoringiz avvalom bor atrofdagilarga bog‘liq. Kayfiyatingiz oson o‘zgaradi: osonlik bilan ruhan tushkunlikka tushasiz va zavq-shavqqa to‘lasiz, o‘zingizga yoqmaydigan ish bilan shug‘ullanish qiyinchilik tug‘diradi. Siz juda hissiyotga beriluvchansiz, kayfiyatingiz sizni boshqaradi. Yon-atrofingizdagi vaziyat sizga kuchli ta’sir etadi, shuning uchun sizni o‘z qarorlaringizning xo‘jayini deyish mumkin emas.
14 dan – 20 gacha. “Oqimga qarab suzishingizga” qaramay o‘z uslubingizni topishga intilish siz uchun xosdir. O‘zingizga tanqidiy munosabatda bo‘lasiz. Faqat jiddiy dalillar mavjud bo‘lgandagina sizning fikringizni o‘zgartirish mumkin.
21 dan – 27 gacha. Siz tashqi ta’sirlarga beriluvchansiz. O‘z qarash, e’tiqod va real hayotda yuzaga keladigan vaziyatlarda o‘rta holatni topishga intilasiz. Sizga intuitsiyangiz ko‘maklashadi. Intuitsiya tufayli siz eng to‘g‘ri yo‘lni tanlaysiz.
28 dan – 34 gacha. O‘z qarash, prinsiplaringizdan voz kechish siz uchun oson emas. Sizga qanchalik kuchli ta’sir etmoqchi bo‘lganlarga shunchalik kuchli qarshilik ko‘rsatasiz. Biroq, aslida qaysarligingiz ostida o‘zingizga bo‘lgan ishonch emas, balki qandaydir noqulay vaziyatga tushib qolishdan cho‘chish, qo‘rqinch yashiringan.
35 dan – 40 gacha. Agar biron narsani miyangizga quyib olsangiz, sizni fikringizdan qaytarish mushkul. Hech narsaga qaramay, mo‘ljallangan maqsad sari intilasiz. Biroq, sizni yaxshi o‘rgangan, sizning reaksiyalaringizni oldindan ko‘ra biladigan odam harakatlaringizni mohirona, sezdirmay yo‘naltirishi mumkin. Shu tufayli kamroq o‘jarlik, ko‘proq mulohazalilik namoyon qilishingiz zarur.
Affiliatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni baholash testi
Affiliatsiya _ bu muloqotga chanqoqliq odamlar bilan munosabat o‘rnatish va uni yaxshi holda saqlash.
Affiliatsiyaga chanqoqligi yuqori odam uchun atrofidagilar bilan muloqotda bo‘lish zavq bag‘ishlaydi. Bu odam o‘zini ancha-muncha ehtiyojlaridan voz kechganda ham odamlarsiz tura olmaydi. Bu metodika asosini quyida keltirilgan fikrlar ro‘yxati tashkil qiladi. Bu fikrlar bilan tanishib chiqib, siz o‘z munosabatingizni bildirishingiz kerak. Baholar shkalasi:
To‘la-to‘kis qo‘shilaman + 3 ball,
qo‘shilaman + 2 ball,
yo‘qdan ko‘ra ha deyman + 1 ball,
bilmayman 0 ball,
«Ha» dan ko‘ra «yo‘q» deyman - 1 ball,
qo‘shilmayman - 2 ball,
umuman qo‘shilmayman - 3 ball.
Berilgan shkalalarda javobni manfiy yoki musbat (+ yoki -) belgilarda berish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |