Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya



Download 11,87 Mb.
bet101/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Natijalar tahlili
32-80 - ushbu motiv rivojlanishining past darajasi
81-176 - o‘rta daraja
177-224 - yuqori daraja

“Affilyasiyaga intilish” motivi bilan “Rad etishdan qo‘rqish” motivlarining quyidagi tipik uyg‘unligini ajratib ko‘rsatish mumkin:



  1. Ikkala motivning yuqori rivojlanish darajasi. Bunday shaxs odamlarga intilish bilan rad etishdan qochish orasida ichki konflikt yorqin ifodalanganligi bilan xarakterlanadi. Bu ayniqsa, notanish odamlar bilan uchrashish zarur bo‘lganda yuzaga keladi.

  2. “Qabul qilinishga intilish” motivi yuqori rivojlanish darajasiga ega, “Rad etilishdan qo‘rqish” motivi rivojlanishi past darajada bo‘lsa, inson odamlar bilan aktiv tarzda aloqa va muloqotda bo‘lishga intiladi va bunda faqat ijobiy emotsiyalarni his qiladi.

  3. “Rad etilishdan qo‘rqish” motivi yuqori, “Qabul qilinishga intilish” motivi past rivojlanish darajasiga ega bo‘lsa, aksincha, inson odamlar bilan muloqotda bo‘lishdan qochadi va yolg‘izlikka intiladi.

  4. Ikkala motiv past rivojlanish darajasiga ega bo‘lsa, shaxs odamlar orasida yashab, ular bilan muloqotda bo‘lar ekan, na ijobiy, na salbiy emotsiyalarni boshdan kechirmaydi hamda odamlar orasida ham, ularsiz ham o‘zini birdek yashi his qiladi.

Agar ikkala motiv rivojlanish darajasi o‘rtacha bo‘lsa, insoniy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs kechinmalari va xulq-atvori haqida aniq fikr aytish mumkin emas.
Eng yaxshisi “Qabul qilinishga intilish” motivi kuchli, “Rad etilishdan qo‘rqish” motivi past yoki o‘rtacha rivojlanish darajasida bo‘lganidir.


O‘z-o‘ziga baho berish miqdoriy koeffitsentini aniqlash metodikasi



T.r.

Ideal
Men

Umumiy sifatlar

Real
Men

d

∑d2

1




Yumshoqlik










2




Qiziquvchanlik










3




Prinsipiallik










4




Laganbarlorlik










5




Jasurlik










6




Ochiq ko‘ngillilik










7




Quvnoqlik










8




Bosiqlik










9




Sovuqqonlik










10




Bardoshlilik










11




Janjalkashlik










12




Ehtiyotkorlik










13




Xasadgo‘ylik










14




O‘jarlik










15




Harakatchanlik










16




O‘ychanlik










17




Dangasalik










18




Topqirlik










19




Betgachoparlik










20




Injiqlik












Natijalarni qayta ishlash
Q = 1- 
Bu erda:
d – ideal Men va real Menda muayyan sifatning o‘rni orasidagi tafovut, farq.
 - ideal Men va real Menda har bir sifatning o‘rni orasidagi tafovut, farqning kvadrati summasi.
 - shaxs sifatlari miqdori (n=20).


Natijalar tahlili
Agar natija, ya’ni Q – koeffitsent 0,5 atrofida bo‘lsa, o‘z-o‘ziga baho berish adekvat.
Agar ko‘rsatkich 1 ga yaqin bo‘lsa – bu o‘ziga yuqori baho berish.
Agar natija 0,3 va undan kichik son bo‘lsa, o‘ziga past baho berish.


A.Bass va I.Darkning agressiya shakllari va ko‘rsatkichlarini diagnostika qilish metodikasi

Ta’kidlarni o‘qish yoki eshitish davomida ular sizning hayot tarzingiz, xulq-atvoringizga qanchalar mos kelishiga qarab quyidagi to‘rtta javobdan sizning holatingizga mos tushadiganini belgilang: «ha», «ha» desam ham bo‘laveradi», «yo‘q», «yo‘q» desam ham bo‘laveradi».


Savolnoma matni
1. Goh-gohida kimningdir jonini shunday og‘ritgim keladi-ki, bu istakni hech ham engolmayvman.
2. Ba’zan o‘zimga yoqmagan odamlar haqida gap sotishim mumkin.
3. Mening jahlim tez, biroq jahldan tushishim judayam oson.
4. Mendan yaxshilikcha so‘ralmasa iltimoslarni bajarmayman.
5. Men o‘zimning haqimni har doim ham undira olmayman.
6. Odamlar orqavorotdan men haqimda gap-so‘z qilishlarini bila-man.
7. Birovlarning hatti-harakatini ma’qullamasam – bu narsani ularga sekingina sezdirib qo‘yaman.
8. Kimnidir aldashga majbur bo‘lib qolsam, vijdonim qiynaladi.
9. Men hech kimga qo‘l ko‘tara olmasam kerak.
10. Men xech qachon qo‘lga ilingan narsani otish darajasida jahl qilmayman.
11. Birovlarning kamchiliklariga doimo ko‘ngilchanlik bilan qarayman.
12. Agar o‘rnatilgan tartib menga yoqmasa, uni buzgim keladi.
13. Odatda, ba’zi odamlar fursatdan foydalanib o‘z ishini to‘g‘rilab olishni yaxshi bilishadi.
14. Kutganimdan ortiq iltifot ko‘rsatayotgan sermulozamat odamlar meni ulardan ehtiyot bo‘lishga undaydi.
15. Odamlar bilan ko‘pincha murosa qilolmayman.
16. Ahyon-ahyon o‘zimni ham uyaltiradigan o‘y-fikrlar miyamga kelib turadi.
17. Menga tarsaki tortgan kishiga tarsaki bilan javob bermayman.
18. Jahlimni chiqarishsa eshikni qarsillatib yopaman.
19. Men yuvosh ko‘rinsamda, aslida jahldorman.
20. Agar kimdir o‘zini rahbarday tutsa, atay unga qarshi xatti-harakat qilaman.
21. Qismatim meni biroz ranjitadi.
22. Meni ko‘plar yoqtirmasa kerak deb o‘ylayman.
23. Kimlardir fikrimga qo‘shilmasa – tortishmay turolmayman.
24. Ishdan bo‘yin tovlaganlar o‘z ayblarini his qilishlari lozim.
25. Meni yoki mening oilamni (mendan ko‘radiganini ko‘radigan) kishigina haqorat qilishi mumkin.
26. Qo‘pol hazillarga moyil emasman.
27. Ustimdan kulishsa jahlim chiqadi.
28. Kimlardir kibrga berilib, o‘zgalarni oyog‘ini uchi bilan ko‘rsatsa, ularning popugini pasaytirib qo‘yish qo‘limdan keladi.
29. Deyarli har hafta o‘zimga yoqmagan kishilardan birortasi bilan to‘qnash kelaman.
30. Aksariyat odamlar menga hasad qiladi.
31. Odamlardan hurmatimni joyiga qo‘yishlarini talab qilaman.
32. Ota-onamga ko‘ngildagidek qarasha olmaganim uchun ezilaman.
33. Muttasil joningdan to‘ydiradiganlarni jag‘iga bir tushirsang arziydi.
34. Gohida jahlim chiqsa qovog‘imdan qor yog‘adi.
35. Garchi odamlar menga, aslida o‘zim arziganimdan ham yomon munosabatda bo‘lsalar-da xafa bo‘lmayman.
36. Kimdir jig‘imga tegishga harakat qilsa ham men unga parvo qilmayman.
37. Oshkora namoyish qilmasamda, ba’zan ichimda kuyinaman.
38. Ba’zan odamlar mening ustimdan kulishayotganday tuyuladi.
39. Ming achchig‘im chiqsa, boloxonador qilib so‘ka olmayman.
40. Gunohlarim avf etilishini istar edim.
41. Kimdir meni urgan taqdirda ham, kamdan kam hollarda unga javob qaytaraman.
42. Ba’zi ishlar mening aytganimday bo‘lmasa, xafa bo‘laman.
43. Ba’zan odamlarning borligi ham g‘ashimga tegadi.
44. Men chinakamiga nafratlanadigan odamning o‘zi yo‘q.
45. Mening shiorim: «BEGONALARGA ISHONMASLIK KERAK!»
46. Kimdir jig‘imga tegsa, u haqda o‘ylaganlarimni yuziga aytishgacha boraman.
47. Qilib qo‘ygan ko‘plab ishlarimdan keyinchalik pushaymon eyman.
48. Achchig‘im chiqsa, musht tushirishdan ham qaytmayman.
49. Men bolaligimdan g‘azabimni yashirib yashashga o‘rganganman.
50. Ko‘pincha o‘zimni sabr kosam to‘lib ketganday his qilaman.
51. Odamlar men nimalarni his qilayotganimni bilishsa edi, meni murosasiz, xarakteri og‘ir inson deb hisoblashgan bo‘lar edi.
52. Odamlar menga nima sababdan yaxshilik qilishar ekan, deb o‘ylaganim o‘ylagan.
53. Menga baqirsalar, men ham ovozimni balandlataman.
54. Muvaffaqiyatsizliklar meni qayg‘uga soladi.
55. Janjalkashligim boshqalarnikiday: ko‘p ham emas, oz ham emas.
56. G‘azabdan qo‘limga ilingan narsani otib sindirgan paytlarim ham bo‘lgan.
57. Ba’zan aynan o‘zim birinchi bo‘lib janjal chiqarishim mumkinli-gini his qilaman
58. Ba’zan qismat menga nisbatan adolatsiz bo‘layotganday tuyuladi.
59. Avvallari odamlarni samimiy deb bilardim, endi esa –yo‘q.
60. G‘azablansamgina so‘kinaman.
61. Noto‘g‘ri ish qilsam vijdonim qiynaladi.
62. O‘z haq-huquqimni himoya qilish uchun jismoniy kuch ishlatish lozim bo‘lsa-ishlataman.
63. Ba’zan achchiq ustida stolni mushtlayman.
64. O‘zimga yoqmagan odamlarga nisbatan qo‘polroq bo‘laman.
65. Menga ziyon etkazishni istaydigan dushmanim yo‘q.
66. Jazoga loyiq odamni jazolash qo‘limdan kelmaydi.
67. Ko‘pincha noto‘g‘ri hayot kechirganligimni o‘ylab qolaman.
68. Jahlimni chiqarib meni mushtlashishgacha olib borishi mumkin bo‘lgan odamlarni bilaman.
69. Arzimagan mayda-chuydalarga ranjimayman.
70. Odamlar mening jig‘imga tegishmoqchi yoki haqoratlashmoqchi degan o‘ylar kamdan kam hollarda miyamga keladi.
71. Ko‘pincha amalga oshirmasamda do‘q-po‘pisa qilib qo‘yaman.
72. Oxirgi vaqtda ezma bo‘lib qoldim.
73. Baxslashayotganimda ovozim o‘z-o‘zidan balandlab ketadi.
74. Odamlarga nisbatan yomon munosabatda ekanimni yashirishga harakat qilaman.
75. Tortishib o‘tirgandan ko‘ra, ko‘nib qo‘ya qolaman.

Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida «ha» va «ha» desam ham bo‘ladi» javoblari bir xilda, ya’ni «ha» kabi xisobga olinadi, shuningdek «yo‘q» va «yo‘q» desam ham bo‘ladi» javoblari ham bir edag,ya’ni «yo‘q» kabi hisoblanadi.


1-kalit

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish