Baholash shkalalari
+3 - to‘liq qo‘shilaman
+2 - qo‘shilaman
+1 - menimcha qo‘shilaman
ha ham, yo‘q ham emas
-1 - menimcha qo‘shilmayman
-2 - qo‘shilmayman
-3 - butunlay qo‘shilmayman
Savolnoma matni
1. Men notanish jamoaga borishga tortinaman.
2. Agar kecha yoki uchrashuv menga yoqmasa ham men undan birinchi bo‘lib ketmayman.
3. Agar yaqin do‘stim boshqalar oldida menga qarama-qarshi fikr bildirsa, men qattiq ranjir edim.
4. Keskin, tanqidiy fikrlovchilar bilan men kamroq muloqotda bo‘lishga intilaman.
5. Odatda notanish kishilar bilan men engil muloqotga kirishaman.
6. Agar men taklif qilingan joyga meni yoqtirmaydigan odamlar borsa ham mehmonga borishdan voz kechmayman.
7. Ikkita do‘stimdan birini aytganlariga qo‘shilmasamda, ular bahslashib qolishsa, men ularning bahsiga aralashmayman.
8. Agar men bilan biron erga borishni birovdan iltimos qilsamu, u menga rad javobini bersa, men ikkinchi marotaba bu odamga murojaat qilishga jur’at etolmayman.
9. Odamni har tomonlama o‘rganmasdan turib, men o‘z nuqtai-nazarimni dadil ayta olmayman.
10. Agar suhbat davomida biron narsani tushunmasam, men suhbatdoshimni to‘xtatib, qayta so‘rab o‘tirmasdan tushunmagan joyimni o‘tkazib yuboraman.
11. Men odamlarni ochiqdan-ochiq tanqid qilaman va ulardan ham shuni talab qilaman.
12. Men odamlarga “yo‘q” deya olmayman.
13. Men kechaga yarasha kiyinib bormagan bo‘lsamda, u erda yaxshi hordiq chiqara olaman.
14. Menga qarshi aytilgan tanqidni ko‘tara olmayman.
15. Agar men birovga yoqmasam, u odamdan uzoqroq yurishga harakat qilaman.
16. Yordamga muhtoj bo‘lsam, men birovdan tortinmasdan ko‘mak so‘rayman.
17. Men odamlarni ranjitib qo‘yishdan qo‘rqqanim uchun ularga qarshi chiqmayman.
18. Menga ko‘pincha, notanish kishilar tanqidiy qarayotgandek tuyuladi.
19. Notanish jamoaga bormoqchi bo‘lsam, men har doim yaqin odamimni birga olib borishga harakat qilaman.
20. Suhbatdoshimga yoqmasada, men o‘ylaganimni gapiraman.
21. Yangi jamoaga men osonlikcha qo‘shilib ketaman.
22. Ba’zida menga hech kimga kerak emasmandek tuyuladi.
23. Agar begona odam men to‘g‘rimda yomon gapirsa, men anchagina ranjib, qayg‘urib yuraman.
24. Do‘stlarim orasida men o‘zimni hech qachon yakka his qilmayman.
25. Chetdan qaraganda sezilmasada, meni ranjitish juda oson.
26. Yangi odam bilan tanishganimdan so‘ng, meni o‘sha vaqtda o‘zimni qanday tutganim kam qiziqtiradi.
27. Mansabdor kishiga murojaat qilganimda, men undan doim rad javobini olishni kutaman.
28. Menga yoqqan narsani sotuvchidan olib ko‘rsatishni iltimos qilganimda o‘zimni noqulay his qilaman.
29. Agar tanishim menga yoqmaydigan hatti-harakatlarni qilsa, men unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu kamchiligini ko‘rsataman.
30. Agar transportda ketayotib o‘rindiqda o‘tirsam atrofimdagilar menga gina bilan (o‘qrayib) qarayotganday tuyuladi.
31. Notanish jamoada men suhbatga faol kirishib ketaman.
32. Vaqtincha ishlatishga olingan narsani (kitob) qaytarib berishlarini iltimos qilishdan tortinaman.
KALIT
+1, +2, +3, +4, -5, -6, +7, +8, +9, +10, -11, +12, -13, +14, +15, -16, +17,
+18, +19, -20, -21, +22, +23, -24, +25, -26, +27, +28, -29, +30, -31, +32.
- 3 – 2 – 1 0 + 1 + 2 + 3
1 2 3 4 5 6 7 (1)
- 3 – 2- 1 0 + 1 + 2 + 3
7 6 5 4 3 2 1 (2)
Do'stlaringiz bilan baham: |