Affiliatsiya ehtiyojlarini baholash so‘rovnomasi
Men odamlar bilan oson chiqishaman.
Kayfiyatim buzilganda yolg‘iz qolishdan qolishdan ko‘ra odamlar orasida bo‘lishni hoxlayman.
Agar men ikkidan birini tanlashim kerak bo‘lsa, unda odamlar meni muloqotchan va tinchliksevar deganlaridan ko‘ra, qobiliyatli va mulohazali odam deyishlarini hoxlar edim.
Boshqalarga nisbatan men yaqin do‘stlarga kam muhtojlik sezaman.
Odamlarga men o‘z ta’ssurot va his-xayajonlarimni batafsil va tez-gez aytib berishni yoqtiraman.
Yaxshi ulfatlardan ko‘ra, yaxshi kinofilmdan men ko‘proq zavq olaman.
Men imkoni boricha ko‘proq do‘st orttirishni hoxlayman.
Men shovqinli va gavjum odamlar davrasida dam olgandan ko‘proq ulardan uzoqroqda, xilvatda hordiq chiqarishni xush ko‘raman.
Mening o‘ylashimcha, ko‘pchilik odamlar do‘stlikdan ko‘ra shon-shuhratni ustun qo‘yishadi.
Mustaqil ishlashdan ko‘ra jamoada faoliyat ko‘rsatgan ma’qul deb hisoblayman.
Do‘stlar bilan ortikcha ochiq munosabatda bo‘lish odamga ziyon etkazadi.
Ko‘chada tanishimni ko‘rsam shunchaki salomlashib o‘tib ketgandan ko‘ra, u bilan hol-ahvol so‘rab o‘tishni ma’qul ko‘raman.
Shaxsiy munosabatlarda men ozod, erkin va mustaqil bo‘lgandan ko‘ra do‘stlik rishtalari bilan bog‘lik bo‘lishni afzal ko‘raman.
Men uchrashuv va kechalarga yangi do‘stlar orttirish niyatida boraman.
Muhim ahamiyatga ega qaror qabul qilmokchi bo‘lsam, men bir o‘zim emas, balki uni do‘stlarim bilan maslahatlashib hal etaman.
Haddan tashqari ochiq ko‘ngillilikka men ishonmayman.
Mening yaqin do‘stlarim ko‘p.
Begona odamlar davrasida bo‘lib qolsam, meni yoqtirish yoki yoqtirmasliklari men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas.
Guruhiydan ko‘ra, men yakka tartibda o‘yin va ko‘ngilocharlik qilishni xush ko‘raman.
Jiddiy odamlarga nisbatan emotsioial ochik odamlar meni o‘ziga ko‘prok jalb etadi.
Men biror kechaga borishdan ko‘ra, yaxshi kinofilmni tomosha qilishni yoki qiziqarli kitob o‘qib o‘tirishni xush ko‘raman.
Sayohat davrida yakka o‘zim yurgandan ko‘ra, ko‘pchilik bilan muloqotda bo‘lib sayr qilishni yoqtiraman.
Muammoning echimini, ko‘pchilik bilan muhokama kilishdan ko‘ra, bir o‘zim o‘ylasam tezroq topaman.
Hayotning qiyin damlarida, inson o‘zgalarga emas, balki faqat o‘z kuchiga ishonishi kerak, deb hisoblayman.
Do‘stlarim davrasida bo‘lsam ham, men o‘zimning muhim ishlarim va tashvishlarimdan butunlay holi bo‘la olmayman.
Yangi joyda, men tezda yangi tanishlar orttiraman.
Odamlar bilan muloqotda bo‘lishdan ko‘ra, biron bir sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish meni ko‘proq o‘ziga jalb etadi.
Shaxsiy erkinligimni yo‘qotmaslik uchun, men odamlar bilan haddan tashqari yaqin munosabatda bo‘lishdan o‘zimni tortaman.
Agar kayfiyatim yomon bo‘lsa, men o‘z his-tuyg‘ularimni kim bilandir baham ko‘rishga nisbatan, ularni ko‘z-ko‘z qilmay, yashirishga harakat qilaman.
Men ko‘pchilik orasida bo‘lishni yoqtiraman va quvnoq davrada vaqt o‘tkazishdan xursand bo‘laman.
Natijalarni baholash va xulosa
Natijalar kalit yordamida sinaluvchiga ball beriladi:
+ 1, +2, -3, -4, +5, -6, +7, -8, -9, -10, -11, +12, -13, +14, +15, -16,
+ 17, -18, -19, +20, -21, +22, -23, -24, -25, +26, -27, -28, -29, +30.
Keyin, keltirilgan kalit yordamida manfiy va musbat baxolarni
quyidagi taqqoslash yordamida manfiy raqamlarga aylantiriladi:
- 3 – 2 – 1 0 + 1 + 2 + 3
1 2 3 4 5 6 7 (1)
- 3 – 2- 1 0 + 1 + 2 + 3
7 6 5 4 3 2 1 (2)
Kerakli fikr kalitdagi «+» belgisi bilan belgilanganga to‘g‘ri kelsa (1) taqqoslash qo‘llaniladi.
Kerakli fikr kalitdagi «-» bilan belgilansa (2)-taqqoslashni (2) qo‘llaniladi.
Ballar natijasini jamlab insonni qay darajada affiliatsiyasi rivojlanganini belgilaymiz.
Ballar summasi 165 dan 210 gacha yig‘ilsa, affiliatsiyaga chanqoqlik (ehtiyoj) bu odamda yuqori ifodalangan.
Ballar summasi 76 dan 164 oralig‘igacha to‘planganda, affiliatsiyaga ehtiyoj o‘rtacha.
Ballar summasi 30 dan 75 oralig‘igacha to‘planganda, bu odamda affiliatsiyaga extiyoj past darajada rivojlangan.
“Rad etilishdan qo‘rqish motivini aniqlash” testi
Do'stlaringiz bilan baham: |