Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


O`z-o`zini tekshirish uchun savollar



Download 11,87 Mb.
bet58/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

O`z-o`zini tekshirish uchun savollar:

  1. O‘spirinlikning ijtimoiy jixatdan etilish davri ekanligini izohlab bering.

  2. O‘spirinlik davrida jismoniy rivojlanish xususiyatlarini ko‘rsating.

  3. O‘spirinlarda bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

  4. O‘spirinlar mustaqil fikrlashda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar?

  5. O‘spirinning mustaqil fikrlashini rivojlantirish omillarini sanab bering.

  6. O‘spirinlarda o‘z – o‘zini anglash qanday namoyon bo‘ladi?

  7. O‘spirin yoshlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish deganda nimalar nazarda tutiladi?



MAVZU: KATTALIK DAVRI PSIXOLOGIYASI
REJA

  1. Kattalik davrining tabaqalanishiga bo`lgan turli yondoshuvlar.

  2. Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.

  3. Etuklik davrining birinchi bosqichi o‘tish davri sifatida.

  4. Etuklik davrining ikkinchi bosqichida shaxsning psixologik xususiyatlari.



Tayanch iboralar: yoshlik, mutaxassis, mahorat, jismoniy etuklik, nafaqa yoshi, o`tish davri, ijtimoiy faoliyat, o`rta yosh inqirozi.

Kattalik davri ontogenezning ancha uzoq davom etadigan davri bo‘lib, hayot davomiyligi uzun bo‘lgan, rivojlangan davlatlarda ushbu davr inson hayotining qariyb 75 % ini tashkil etadi.


Kattalik davrining o‘zi 3 bosqichga bo‘linadi (T.V.Sklyarova bo‘yicha):

  • Erta kattalik (yoshlik);

  • O‘rta kattalik (etuklik);

  • Kechki kattalik (keksayish va keksalik).

E.P.Ilin kattalik davrini 2ga ajratadi (E.P.Ilin Psixologiya vzroslosti, Piter, 2018):
1. Etuklik.
2. Keksalik.
Uzoq vaqtgacha kattalik davrida insonning psixik sohasi o‘zgarmaydi, degan fikr ustunlik qilgan. Щveysariyalik psixolog E.Klaparedning fikricha, katta yoshli inson “psixikaning toshdek qattiqlashgan” holatida bo‘ladi. Agar insonda qandaydir sababga ko‘ra bolalik va o‘spirinlik davrida psixik taraqqiyot jarayoni tugallanmagan bo‘lsa, etuklik davrida rivojlanishni ta’minlovchi mexanizmlar o‘z funksiyasini bajarishni to‘xtatganligi sababli rivojlanish jarayoni imkoniyatlariga tayanish mushkul.
U.Djeymsning yozishicha, 25 yoshdan keyin kattalar yangi g‘oyalarni egallay olmaydilar: beg‘araz qiziquvchanlik yo‘qoladi, aqliy bog‘lanishlar o‘rnatilib bo‘ladi, assimilyasiyaga qobiliyat tugaydi. Uning fikriga ko‘ra, 30 yoshdan so‘ng ko‘pchilik insonlarda xarakter xuddi gipsga o‘xshab qotib, mustahkamlanib bo‘lgan bo‘ladi va uni hech qachon o‘zgartirib bo‘lmaydi. SHu sababli kattalik davrini o‘rganishga zaruriyat yo‘q, deb hisoblangan.
Bolalar psixologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p sonli tadqiqotlar bilan taqqoslaganda, yaqin vaqtlargacha kattalar psixologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishga unchalik e’tibor qaratilmagan. Lekin XX asrning 20-30 yillariayoq shu munosabat bilan N.A.Ribnikov (1928) psixologlarning asosiy kuchi va e’tibori inson hayotining ilk davrlariga qaratilganligini qayg‘urib ta’kidlagan.
Bu haqida XX asrning 60 - yillarida B.G.Ananev ham ta’kidlab o‘tgan. Va aynan 60 - yillardan boshlab B.G.Ananev rahbarligida kattalik davrini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazila boshlagan.
Kattalik davri bir-biridan farq qiluvchi bir necha rivojlanish bosqichlariga bo‘linadi, biroq etuklik davrida psixik rivojlanish jarayoni bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi rivojlanish jarayonidan tafovutlanadi.
Kattalik davrida rivojlanishning eng muhim xususiyati – uning xronologik yoshga minimal darajada bog‘liqligidir.
Katta yoshli inson tafakkuri, xulqi va shaxsidagi o‘zgarishlar ko‘p jihatdan inson hayotidagi muayyan holatlar – uning tajribasi, shug‘ullanadigan mashg‘uloti, ustanovkalari bilan belgilanadi.
Kattalikda rivojlanishning borishini intellektual yoki jismoniy jarayonlarning qandaydir bosqichlari sifatida aniq chegaralash mumkin emas. Balki rivojlanishni oilaviy hayot va kareraga erishish sikllari tarkibiga kiruvchi, madaniyat bilan belgilanuvchi ijtimoiy orientirlar (yo‘nalganlik), shuningdek, ijtimoiy rollar orqali ko‘rish mumkin.
Kattalar psixologiyasi 2 ta bo‘limdan iborat:

  1. Etuklik davri psixologiyasi.

  2. Keksalik davri psixologiyasi.

Etuklik psixologiyasiga nisbatan yangi fan bo‘lgan akmeologiya yaqin. Akmeologiya – inson rivojlanishining cho‘qqisini (pik) o‘rganadi.
Keksalik psixologiyasi esa – gereontologiya fani bilan yaqin.
XX asrning 2-yarmida kattalik davri bosqichlari ham taraqqiyot psixologiyasi kontekstida ko‘rib chiqila boshlandi. Buning bir qancha sabablari mavjud:

  • Hayot davomiyligining ortishi va bu bilan bog‘liq holda etuk insonning kasbiy krerasining uzayishi;

  • Katta yoshli insonlar bilan ishlash, oilalar bilan ishlash, keksalik yoshidagi insonlar bilan ishlashni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ishlar sohasining kengayishi.

Kattalik yoshi davrlari xarakteristikalarining o‘ziga xosligi (spetsifikasi) ni inobatga olib, turli avtorlar yoshlik chegarasini turlicha belgilaydilar. Masalan,
G.S.Abramova – 23-30 yosh;
V.I.Slobodchikov – 19-28 yosh;
E.I.Isaev – 19-28 yosh;
B.Livexud – 24-28 yosh.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish