Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


Ilk o‘spirinlik davrida aqliy faoliyat xususiyatlari



Download 11,87 Mb.
bet55/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Ilk o‘spirinlik davrida aqliy faoliyat xususiyatlari
Katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z xarakteri va mazmuni jihatidan o‘smirlarnikidan farq qiladi. Yuqori sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati ularning aktivligi va mustaqilligiga ancha yuqori talablar qo‘yadi. Programmani etarli darajada chuqur o‘zlashtirish uchun nazariy tafakkur rivojlangan bo‘lishi zarur.
V.A. Suxomlinskiyning ta’kidlashicha,yuqori sinfgi o‘qishning qiyinchiliklari shu narsa bilan bog‘liqki, ilgari faktlarni mustaqil ravishda tahlil qilmasdan o‘tilgan narsalarni esda saqlab qolish, xulosalarni yodlab olishga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlar qaror topgan edi. Ayrim yuqori sinf o‘quvchilarining qiynalishlariga sabab shuki, ular “tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, ana shu bilmaslik shuning uchun ham sodir bo‘ladiki, umumlashtiruvchi tushunchalar, xulosa, fikr, hodisa va faktlarni tadqiq qilish yo‘li bilan tarkib topmaydi, balki yodlab olinadi”.
O‘quvchilarda maktabning o‘rta sinflaridagi ta’lim jarayonida qaror topgan va mustahkamlangan o‘quv faoliyati darajasi bilan yuqori sinflardagi o‘quv faoliyati qo‘yadigan talablar o‘rtasidagi ana shu qarama-qarshilik katta yoshdagi o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchdir. Bu qarama-qarshilik, o‘quvchilarda nazariy tafakkurning, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv faoliyatining yangi yuqori darajasiga o‘tishlariga qarab hal etib boriladi.
Katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘qishga munosabati ham o‘zgaradi. O‘quvchilar voyaga etib boradilar, ularning tajribasi ortadi ular mustaqil hayot bo‘sag‘asida turganliklarini anglaydilar. O‘quvchilarning o‘qishga ongli qarashi kuchayadi, bu esa bevosita hayotiy ma’no kasb etadi.
O‘quvchilar o‘quv fanlariga tanlab munosabatda bo‘la boshlaydilar. Hamma o‘quv fanlariga umumiy bir xilda ijobiy qarash ancha ko‘zga tashlanadi. Bu holat o‘smirlarida ham kuzatiladi. Lekin, o‘spirin yoshidagi tanlab munosabatda bo‘lish shu bilan farqlanadiki, o‘smirlarning o‘quv fanlariga tanlab munosabatda bo‘lish deyarli butunlay o‘qitishning sifati va darajasi bilan belgilanadi. Katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv fanlariga tanlab munosabatda bo‘lishining sababi esa – ularning ko‘plarida o‘z professional maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qaror topgan qiziqishlarning mavjud bo‘lishidir.
Katta maktab yoshida bilishga oid qiziqishlar kengayadi. O‘quvchining qiziqishlari keng va xilma-xil bo‘lib boradi: tenikaga, tabiyatga, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, falsafiy-ahloqiy problemalarga, sportga qiziqish ortadi.
Tashkil etilgan to‘garaklar, maxsus maktablar va sinflar, ilmiy seksiyalar, fakultativ kurslar, olimpiadalar maktab yoshidagi o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun juda qulay imkoniyatlar yaratadi. Bu yosh davri faqat badiiy-tasviriy, muzikaviy qobiliyatlarnigina emas, balki matematik, adabiy, konstruktorlik va texnik qobiliyatlarni ham rivojlantirish uchun qulaydir.ayni 15-17 yoshdan biror sohaga iste’dodyaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Buni hisobga olib, o‘qituvchilar, hamma yuqori sinf o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashishlari, ular orasidan qobiliyatlilarini topishlari va qobiliyatlilarining rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berishga harakat qilishlari zarur.
O‘quv faoliyatining o‘ziga xos tarzda tashkil etilishining ta’siri ostida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatida, aqliy ishlar xarakterida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Katta maktab yoshidagi o‘quvchi o‘zi o‘rganayotgan materialini ko‘pincha mustaqil tushunib olishiga to‘g‘ri keladi, buning natijasida uning tafakkurini tobaro aktiv, mustaqil va ijodiy xarakter kasb eta boradi. Tafakkurning tanqidiyligi kuchayadi.
Tafakkurning rivojlanishi bilan o‘quvchining nutq madaniyati o‘sadi, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish tarkib topadi, nutqning tuzilishi murakkablashadi, so‘z boyligi ortadi.
Demak, 15-16 yoshdan insonning umumiy aqliy xususiyatlari shakllangan bo‘ladi. SHuning uchun, bundan avvalgi yosh davrlaridek aqliy faoliyatning tez templari bilan o‘sishi kuzatilmaydi. Ammo ularning takomillashuvi davom etadi. Murakkab intellektual operatsiyalar va tushunish apparatining boyishi va o‘zlashtirilishi yigit-qizlar aqliy faoliyatini barqarorlashtiradi, bu jihatdan ularning aqliy faoliyati kattalarnikiga yaqinlashadi.
Katta maktab yosh davri – e’tiqod va dunyoqarashlarning tarkib topish davri ham. Ijtimoiy ahloq tajribalarini asta-sekin egallab borish ma’naviy ongning o‘sishi, fan asoslarini o‘rganish natijasida o‘quvchilarda dunyoqarash qaror topa boshlaydi. Bunda esa jamiyatshunoslik faning roliayniqsa katta: bu fan yuqori sinf o‘quvchilarining barcha o‘quv fanlari yuzasidan olgan ilmiy bilimlarini falsafa asosida umumlashtiradi, o‘quvchilarning tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga iod bilimlarini sintez qiladi. Bu fan o‘quvchilarda izchil dunyoqarashni tarkib toptirish, ularda g‘oyaviy e’tiqodni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Lekin bilimlar amaliy tajriba bilan qo‘shilgandagina e’tiqodga aylanadi. Dunyoqarashni yodlab olish, o‘zlashtirish mumkin emas. Nazariy bilimlarni egallash – qarash, e’tiqod, dunyoqarashni tarkib toptirishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Katta maktab yoshida o‘quvchi shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi kuchayadi, uning jamiyatga, boshqa kishilarga foyda keltirish ehtiyoji ortadi.
Dunyoqarash tarkib topishining birinchi ko‘rsatkichi – tabiat va jamiyatning umumiy qonuniyatlariga nisbatan bilish qiziqishlarining o‘sishidir.
Ilk o`spirinlik davrida faoliyatning etakchi turi – o`quv, kasbiy faoliyat hisoblanadi.
Ilk o`spirinlar aqliy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch – maktabdagi ta`lim jarayonida qaror topgan va mustahkamlangan o`quv faoliyati darajasi bilan yangi ta`lim muassasasidagi o`quv faoliyati qo`yadigan talablar o`rtasidagi qarama-qarshilikdir.
Katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning roli katta. O‘quvchilarning mehnati faqat o‘zining moddiy natija berishi bilangina muhim emas. O‘quvchilar mehnatini to‘g‘ri tashkil etish shaxsning - kollektivizm; mehnatga muhabat; tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik; intizomlilik; qat’iyatlilik kabi sifatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. O‘quvchilar umumiy mehnatda qatnashar ekanlar, mehnatni va mehnat kishilarini hurmatlash tuyg‘usini hosil qiladilar, ularda mehnat qilish ehtiyoji va istagi paydo bo‘ladi.
Mehnat tarbiyalovchi mehnatga aylantirishning muhim sharti – uni tashkil etishning kollektiv formalaridir. Kollektiv mehnat, o‘zaro mehnat ma’suliyati katta maktab yoshidagi o‘quvchi shaxsini tarkib toptirishda katta rol o‘ynaydi. Kollektiv mehnat o‘quvchilarining mehnatda hamkorlik va o‘zaro yordam ko‘rsatish tajribasini, bir-birlarini nazarot qilish tajribasini hosil qilishlariga imkon beradi.
Katta maktab yoshi – mehnat hayotida o‘z-o‘zini aniqlab olish yoshi bo‘lib, bu vaqtda o‘quvchi o‘zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravshda izlay boshlaydi, unda o‘zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo‘ladi. O‘smir odatda, o‘zining kelajakdagi kasbi haqsidagi hali jiddiy ravshda o‘ylab ko‘rmaydi. Albatta, V-sinf o‘quvchilari ham o‘zlarining kelajakdagi kasblarini aytib berishlari mumkin, lekin bu ko‘proq kasb haqidagi tez-tez o‘zgartirib turuvchi orzular bo‘ladi. Ulardan farqli, katta maktab yoshidagi o‘quvchilar kasbini o‘ylab tanlaydilar, nima uchun shu kasbni tanlaganliklarini asoslab beradilar. Ularning ko‘pchiligi o‘zlarining individual jismoniy va psixik xususiyatlarini biror kasb kishiga qo‘yiladigan talablar bilan taqqoslamoqchi bo‘ladilar. Ammo ular bu talablardan etarli darajada xabardor bo‘lmaydilar.
Minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik bilan bo‘lgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyaiga yuqori baho berish birga qo‘shilib ketgan vaqtdagi chin yurakdan tanlangan kasbgina kishiga ma’naviy qoniqish va jamiyatga foyda beradi. YUqori sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligi buni yaxshi anglaydi.
Katta maktab yoshidagi o‘quvchi uchun xarakterli xususiyat – kasblarga tanlab munosabatda bo‘lishdir.
Kasb tanlash nimaning ta’siri ostida ro‘y beradi? Kasb tanlashning motivlari qanday?
Maktab o‘quvchilarida o‘zlarining kelajakdagi kasblariga qiziqishning tarbiyalashda maktab va o‘qituvchilar ma’lum darajada rol o‘ynaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, so‘ralgan 10-sinf o‘quvchilarining 40-50% i kelajakdagi kasbini tanlashga biror o‘quv predmetiga bo‘lgan qiziqishlari sabab bo‘lganligini aytgan. Ko‘pgina o‘quvchilar xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan kasblarni tanlaydilar, lekin bu kasblarni o‘zlarining individual xususiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq keladi deb hisoblamaydilar. Katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning ko‘pchilik qismi kasb tanlashga motiv qilib o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatadilar. Qobiliyatlari haqidagi o‘zlashtirishlari, materialini oson egallashlari, maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli borishiga qarab fikr yuritadilar. Ko‘p o‘quvchilar oilaviy an’analarning mavjudligini moddiy-maishiy ta’minlanganlik sababini, do‘stlari va o‘rtoqlaridan namuna olganligini motiv qilib ko‘rsatib o‘tadilar.
O‘tkazilgan tekshirishlar yuqori sinf o‘quvchilarining kasb tnlashga to‘la tayyor emasliklari haqidagi xulosa chiqarishga olib keladi. Chunki, maktab yoshidagi o‘quvchilar ko‘p kasblar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaganligi sababli ularni to‘g‘ri tanlay olmaydilar. Mazkur kasb odamning sifatlariga qanday talablar qo‘yishini ham bilmaydilar. Ikkinchidan maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarining biror kasbga layoqatli ekanliklarini hamma vaqt ham ob’ektiv aniqlay olmaydilar. Reaksiyaning tezligi va aniqligi, harakatlarning muvofiqlashuvi, sezish xususiyatlari, nerv protsseslarining harakatchanligi kabi xarakteristikalar odatda ularga notanish bo‘ladi, chunki ko‘pincha bular maxsus tadqiqotni talab qiladi.
Ma’lumki, o‘quvchilarning kasb tanlashga yo‘llash muammosini maktab o‘z kuchi bilan to‘la-to‘kis hal eta olmaydi. Lekin jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar, ishga joylashtirish, professional-texnika ta’lim organlari bilan birgalikda ish olib borish mumkin. Avvalo o‘quvchilarga kasblarni bilib olishda yordam berish, buning uchun kasblar haqidagi xilma-xil axbarot manbalaridan foydalanish, turi kasb egalaribilan uchrashuvlar, korxonalar va oliy o‘quv yurtlariga ekskursiyalar, ochiq eshiklarkuni tashkil etish lozim.
Kasbni ongli tarzda tanlashda quyidagilar hisobga olinishi zarur:

Garchi barcha o‘spirinlar ayni bir xil muammolarga duch kelsalar ham, ularning kattalashishi turlicha bo‘ladi. Avvalo bunga rivojlanishning notekisligi qonuni ta’sir etadi. Bu, notekislik bir vaqtning o‘zida ham shaxslararo (o‘spirinlar turli templarda rivojlanadi va etiladi, shuning uchun bir xil yoshdagi tengdoshlar va sinfdojlar o‘zlarining individual rivojlanishida turli bosqichlarda bo‘lishi mumkin)ham shaxsiy (ya’niy individning jismoniy, jinsiy, aqliy, sotsial, ahloqiy rivojlanishi turlicha) bo‘lishi mumkin.
Ba’zi birovlarda o‘spirinlik jo‘shqin va krizislar jiddiy emotsional qiyinchiliklar va hulq-atvordagi qiyinchiliklar; atrofdagilar bilan va o‘zi bilan bo‘ladigan kuchli konflitlarning mavjudligi bilan xarakterlansa, boshqalarda esa bir tekis kechadi, bunda kattalar hayotiga o‘tish ancha engil, biroq ma’lum darajada passiv bo‘ladi. Bunday o‘spirinlar tarbiyachilarga unchalik ko‘p tashvish keltirmaydilar, ammo ularning taraqqiyotida moslashish (muvofiqlik) mexanizmlari mustaqillikning shakllanishini to‘sib qo‘yishi mumkin. O‘spirinlikning 3-tipi sakrashga o‘xshash bo‘ladigan tez o‘zgarishlar bilan xarakterlanib, shu bilan birga ular shaxs tomonidan (effektiv, samarali) nazarot qilinadi, hamda shiddatli emotsional buzilishlarsiz kechadi. Bunda o‘spirinlar o‘zlarining hayotiy planlarini erta aniqlab oladilar, bunday yigit va qizlar yuqori darajadagi o‘zini nazarot qilish, intizomlilik, muvvaffaqiyatga erishish ehtiyojining mavjudligi bilan ajralibturadilar. Ular o‘zlarining shaxsiy hayotlarini aktivlik bilan quradilar shakllantiradilar, biroq ularda o‘z-o‘zini kuzatish va emotsional hayot kuchsizroq rivojlanadi.
Ko‘pchilik o‘spirinlarda qiziqishlar aniq farqlanadi va ular faoliyatining u yoki bu turini afzal, deb hisoblaydilar. Ba’zi o‘spirinlar – aqliy mehnatni, boshqalari – jismoniy, uchinchilari – kishilar bilan muloqotni, to‘rtinchilari – jamoat ishlarini sevsalar, beshinchilari – hammasi bilan birma-bir qiziqib chiqadilar, yana boshqalari esa hammasiga bir xilda befarq munosabatda bo‘ladilar. Ularning motivatsiyalari ham turli-tuman:
1 – yutuqqa erishish va o‘zini tekshirib ko‘rish ehtiyoji;
2 – kimgadir foyda keltirish;
3 – bog‘liqlik hissi va atrofdagilarning qo‘llab-quvvatlashi ehtiyoji;
4 – konfliktlardan qochish va hakozo.
Bularning barchasi tarbiyachidan o‘ylab va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. O‘spirinlik –birlamchi ijtimoiylashuvning yakunlovchi bosqichi.
Bu esa o‘quv muassasalari oldiga o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladigan 3 ta vazifani hal qilishni qo‘yadi:

Bu vazifalarni alohida-alohida hal qilish mumkin emas. Tarbiyaga kompleks ravishda yondoshish lozim. Bu esa g‘oyaviy – siyosiy, mehnat va ahloqiy tarbiyaning uzviy bog‘liqligini bildiradi. Bunday tarbiyani amalga oshirishda faqatgina o‘quv muassasi emas, balki boshqa jamoat tashkilotlari ham qatnashadi. Tarbiyaning samarali bo‘lishi uning barcha kanallari – ota-onalar, maktab, yoshlar tashkilotlari, tengdoshlarning norasmiy jamiyatlari va ommaviy matbuot vositalarining hamkorligi hamda muvvaffaqiyatli faoliyatga bog‘liq bo‘ladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish