Yagona yer solig’ining baza stavkalari va baza stavkalariga tuzatish koeffisiyentlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi
Yagona yer solig’ining baza stavkalari va baza stavkalariga tuzatish koeffisiyentlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yagona yer solig’ining tuzatish koeffisiyentlari lalmikor (sug’orilmaydigan) yerlar, pichanzorlar va yaylovlar va boshqa yerlar uchun alohida belgilanadi.
Yagona yer solig’i to’lashdan ozod etilgan yuridik shaxslar: 1.Yangidan tashkil etilgan qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan fermer xo’jaliklari davlat ro’yxatidan o’tgandan boshlab ikki yil davomida;
2.Daromad (foyda) solig’i va yer solig’i to’lashdan ozod etilgan boshqa qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari.
Quyidagi yer uchastkalari yagona yer solig’idan ozod qilinadi: -Qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
-Ihota daraxtlari ekilgan maydonlar;
-Sport inshootlari maydonlari;
-Yangi o’zlashtirilayotgan yerlar, ishlar boshlangandan e’tiboran loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin 5 yildan ko’p emas;
-Yangi tashkil etilayotgan bog’lar va tokzorlar meva beradigan muddatgacha;
-Yangi ekilgan tut maydonlari 3 yil muddatga;
-Amaldagi qonunlarga muvofiq soliq solinmaydigan yerlar.
Yagona yer solig’ini to’lovchilarga quyidagi talablar qo’yilgan: -yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va o’zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo’lgan yuridik shaxslar;
-qishloq xo’jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o’zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar;
-o’zi yetishtirgan va qayta ishlangan mahsulot jami realizasiya qilingan mahsulot ulushida kamida 50 foizni tashkil qilgan yuridik shaxslar.
Yagona yer solig’ini to’lash tartibini qo’llash uchun fermer xo’jaligi har yili joriy soliq davrining 1 fevraligaqadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o’tgan soliq davrida qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotining o’zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko’rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi.
Shundan keyin “Yergeodezkadastr” hududiy bo’limi tomonidan yerning me’yoriy qiymati aniqlanib, bir vaqtning o’zida soliq organlariga va fermer xo’jaliklariga taqdim etiladi. Yagona yer solig’i fermer xo’jaliklari tomonidan soliq organlari orqali undirilib davlat byudjetiga tushadi.
Yagona yer solig’i stavkasi har yili qabul qilinadigan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida qabul qilinadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilab beriladi. Fermer xo’jaliklarini qo’llab quvvatlash maqsadida ilgari, ya’ni 1999 yildan 3 foiz miqdorida keyinchalik esa 2011 – yildan yagona yer solig’ining stavkasi yerning normativ qiymatga nisbatan 6 foiz miqdorida belgilanib hozirgacha o’zgarmasdan kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga asosan, yagona yer solig’i to’g’risidagi hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan hududdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayiga qadar fermer xo’jaliklari tomonidan topshiriladi. Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi. Yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to’xtatiladi (kamaytiriladi).
Soliq kodeksining yuqoridagi moddasida yagona yer solig’i kalendar yilida uch muddatda bo’lib, ya’ni, hisobot yilining 1 iyuligacha - yillik soliq summasining 20 foizi miqdorida; 1 sentyabrigacha - 30 foizi miqdorida; va 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi to’lanishi belgilab qo’yilgan. Fermer xo’jaliklarining davlat bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish va ularning holatini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 oktyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 281-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi «O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4478-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga asosan: fermerlar kengashlariga fermer xo’jaliklari manfaatlarini ko’zlab da’vo arizalarini sudga davlat boji to’lamasdan shikoyat qilish; paxta terimi ishlarga jalb qilingan ishchilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lashdan ozod qilish;tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslarning tomchilatib sug’orishdan foydalanilayotgan yer uchastkalariga yagona yer solig’i to’lashdan besh yil muddatga ozod qilinishi belgilab qo’yildi.
Yer resurslarini muhofaza qilish va foydalanishni nazorat qilishni amalga oshirish ishida muhim rolni monotoring o’ynaydi. Yer monitoringi, yerdan foydalanishda salbiy (negativ) jarayon oqibatlarini bartaraf etish va ogohlantirish, yer resurslaridan o’zgarishlarni aniqlash, ularni baholash uchun yer resurslari holatini kuzatish sistemasini ifodalaydi. Monitoringning vazifasi, shuningdek davlat tomonidan yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanishni nazorat qilishni, hamma davlat, kooperativ va boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek fuqarolarni yer resurslarini muhofaza qilish va samarali foydalanish maqsadida yer qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishni ta’minlashni amalga oshirishdan iborat.
Yerning aniq bozor bahosini o’rnatish uchun yer kadastri ma’lumotlari zarur; faqat shu asosda yer resurslarining sifati va boshqa xossalarini hisobga olgan holda obyektiv baholash mumkin.