Tuproq bonitirovkasi– bu, taqqoslama agrotexnika darajasi va dehqonchilik intensivligida o’tkaziladigan tuproqning unumdorligi bo’yicha taqqoslama bahosi. Bonitirovkalashda qo’llaniladigan ko’satkichlar tizimiga qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi, shuningdek, tuproqning unga o’zaro bog’langan ancha barqaror xususiyatlari: tuproqning, gumusning fizik tarkibi, pastga singish miqdori, tuproqning kislota bilan ta’minlanishi, yuvilganligi va boshqalar kiradi. Bu ko’rsatkichlar bilan tuproq baholash guruxlari bo’yicha jami tuproq balli hisoblaniladi.
Qishloq xo’jaligida renta munosabatlarini tartibga solishning zaruriy sharti yerni iqtisodiy baholashning mavjudligidir. Bu bir tomondan, xo’jalik yuritish obyektiv sharoitlarida differensial rentani taqsimlashga ta’sirini ancha asosli chegaralash, boshqa tomondan yerdan foydalanuvchilar ishlarining sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Yerlarning iqtisodiy bahosi uning qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida qiymatini xarakterlaydi.Tuproq bonitirovkasidan farqli o’laroq, bu yerda yer tabiat mahsuli emas balki, xo’jalik yuritish iqtisodiy sharoiti bilan to’xtovsiz bog’langan ishlab chiqarish vositasi sifatida baxolanadi.Uning asosida tabiiy va ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqadigan yerning sifati (iqtisodiy unumdorligi)dagi farqlar yotadi.
Iqtisodiy baholashda nafaqat tuproqning sifat xarakterisitkasi (boniteti), balki, 100 ga.ga to’g’ri kelgan xodimlar soni, 1 ga.ga to’g’ri kelgan kuch beruvchi va ishchi mashinalar, o’g’itlarni qo’llash, vegetasiya davrida namlik miqdori (kolichestvo osadkov) va boshqalar kabi ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Baholash qishloq xo’jalik ekinlarining haqiqiy hosildorligi va ularni ishlab chiqarish xarajatlari haqida uzoq muddatli (5 yildan kam bo’lmagan) yalpi ma’lumotlar asosida o’tkaziladi va tuproq boniteti singari ballarda ifodalanadi.
Yerni iqtisodiy baholash ikki aspektda amalga oshiriladi.
1.Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerni umumiy iqtisodiy baholash.
2.Alohida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish samaradorligi bo’yicha qisman baholash.
Haydaladigan yerlarni, ko’p yillik daraxtlarni, pichanzorlarni, yaylovlarni va butun qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni umumiy iqtisodiy baholash, shuningdek alohida ekinlar ishlab chiqarish samaradorligi bo’yicha haydaladigan yerlarni baholash (qisman baholash), ularning boniti rovkasi asosida ajratilgan, tuproqning agro ishlab chiqarish guruhlari bo’yicha o’tkaziladi.
Yerni iqtisodiy baholash uchun asosiy ko’rsatkichlar qilib quyidagilar olinadi:
1.Asosiy qishloq xo’jalik ekinlarining 1 ga dan olingan hosildorlik s/ga;
2.Kadastr baholarida 1 gektarga to’g’ri kelgan o’simlikchilik yalpi mahsuloti bo’yicha hisoblangan ekin turlari bo’yicha yerning unumdorligi, so’m;
3.Xarajatlarning qoplanishi (kadastr baholarida yalpi mahsulot qiymatini uni ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati), so’m;
4.1 ga dan olingan differensial sof daromad (DSD) (nisbatan yaxshi yerlardan olingan ortiqcha qo’shimcha mahsulotning qiymatini aks ettiradigan; sof daromadning bir qismi), so’m.
Differensial renta I va II larni o’z ichiga oluvchi DSD, bir vaqtning o’zida yerning sifati va dehqonchilikni intensivlashtirish daromadni hisobga olgan holda yerdan foydalanish iqtisodiy samarasining umumiy miqdorini aks ettiradi. DSD yalpi mahsulot qiymatini baholash ko’rsatkichlari va xarajatlarining qoplanishi asosida quyidagicha aniqlanadi:
D-yalpi mahsulot qiymatida DSD ning hissasi; XQ - qishloq xo’jaligi xarajatlarning qoplanishi darajasi, so’m; 1,35 - xarajatlar qoplanishining dastlabki darajasi;
Xarajatlarni qoplash darajasi 1,35 dan yuqori bo’lganda DSD ham mos ravishda ijobiy miqdor bo’ladi. U xarajatlarni qoplash bo’yicha va yalpi mahsulotlar qiymati bo’yicha yerni baholashning qo’shimcha o’sishiga nisbatan proporsional o’sadi. Xarajatlarni qoplash 1,35dan kam bo’lganda DSD salbiy miqdorga aylanadi. Yerdan oqilona foydalanish va uning unumdorligini to’xtovsiz oshirish yerlarni, yuqorida ta’kidlangan, yagona davlat yer kadastri asosida har tomonlama miqdor va sifat jihatdan hisobga olishni tashkil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Davlat yer kadastrini olib borish barcha darajalarda yer islohotlari va yer resurslari bo’yicha mos komitetlarga yuklatiladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Qishloq xo’jaligida yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida xususiyatlari qanday?
2.Respublika yer fondi, uning tarkibiy qismlari qanday?
3.Yerlarning iqtisodiy bahosi nima?
4.Tuproq unumdorligining turlari va uni oshirish yo’llari qanday?
5.Davlat yer kadastrining zaruriyati va tuzilishi?
6.Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |