93
35. MIRSHABLASHTIRISH
O’tgan 15 yilda O’zbekiston politsiya davlatiga aylanibdi.( Toshkentdan 1990 yilda chiqib ketib,
2006 yilda borgan amerikalik o’zbekning gapi).
Sovet davrida qozoqlar ustidan kulib to’qilgan latifalardan biri shunday edi׃
O’zbek qozoqdan so’radi׃
-O’g’ling ham ulg’ayib qolgandir, nima ish qilayati?
-Ulim ukemet!-dedi qozoq.
Qozoq do’stining o’g’li hukumatda ishlashini eshitib, O’zbek havas qilib o’tirgandi, o’g’ilning
o’zi kirib keldi, mirshab kiyimida…
Bugun bu latifa kulgili emas. Ammo sovet davrida mirshabga eng past darajali odam deb qaralgani
uchun qozoqning saviyasi shu yo’l bilan kulgi qilingan.
Amirlik va xonliklar davrida tungi shahar soqchisi va uning boshlig’ini “mirshab” deyishgan.
Sho’rolar davrida militsionerni “mirshab” ham deyishgan. Ma’lumki,“mir” kalimasi arabchadan
olingan “amir” so’zining qisqartmasidir, “shab” esa, kelib chiqishi forscha bo’lib, “tun”,
“qorong’ulik”, “zulmat” degani. Ana shu ikki so’zdan yasalgan “mirshab” so’zi “zulmat amiri”
ma’nosini beradi. Mustaqillikdan keyingina bu kalima haqiqiy ma’nosini topdi…
O’zbekiston mustaqil bo’lgan kunlarda Karimov “ukemet”ning maoshini oshirish va IIV
shtatlarini kengaytirish bo’yicha qaror loyihasini sessiya kun tartibiga kiritdi. Demokrat deputatlar
qarshi bo’ldik. Boshqalar ham fikrimizni qo’llashdi va sessiyada bunga yo’l qo’ymaslik uchun
tayyor bo’lib keldik.
Sessiya boshlanishidan oldin deputatlar orasida shivir-shivir gap boshlandi. Do’rmondagi uyidan
kelayotganda, Karimovga suiqasd bo’libdi. U bir amallab omon qolibdi. U shuning uchun
mirshablarning maoshini oshirish va IIV shtatini kengaytirmoqchi bo’lsa, bir nechta deputat
qarshilik qilayotgan ekan. Karimov suiqasdning ip uchi shularda bo’lsa kerak, degan taxminda…
O’zbek deputatlarining ahvolini tasavvur qilgan bo’lsangiz kerak. Buning
ustiga׃
-Bunaqa xayrli ishni muhokama qilib o’tirmasak ham bo’ladi. Qarshilar yo’q, qabul qilindi,-dedi
qaror loyihasini teskari o’girib, bir tomonga qo’ygan Oliy kengash raisi Mirzaolim Ibrohimov.
Zaldan bo’lgan bir ikki ovozga esa e’tibor ham bermadi…
Bugunga kelib, mirshablarning soni, qancha maosh olishini hech kim bilmaydi. Bu davlat siri.
Faqat nafaqaga chiqqan mirshab oddiy odamdan besh marta ko’p pul olishi haqida gap-so’zlar bor,
xolos.
94
Birgina forma kiyib yurgan militsiya xodimlarini mirshab deb o’ylayotgan bo’lsangiz, xato qilasiz.
Yurtboshining sovetchasiga aytganda huquq-tartibot va karimovchasiga aytganda mirshablar
bo’yicha maslahatchisi bor. Aslida bu maslahatchi hech qanday qonuniy maqomga ega emas.
Lekin uzoq yillar bu vazifada Temur Alimov bo’lganini eslashning o’zi ko’p narsani anglatadi.
Karimov butun mirshablar armiyasini-ishga yaroqli aholining uchdan bir qismini ana shu
maslahatchining nazoratiga berdi. Bu degani o’zining qo’l ostiga oldi. Albatta bu qadamba-qadam
qilindi.
1990 yilda IIVni tarqatib yuborish va viloyat, tuman kengashlariga berish haqida takliflar bor edi.
Bu takliflar o’rtaga chiqa boshlasa, qaerdadir qon to’kilar va hamma bu borada gap ochishdan
qo’rqib qolardi.
1991 yilda KGBni Oliy kengashga bo’ysundirish haqida takliflar bo’ldi, ammo Karimov
Konstitutsiyaga xilof farmon bilan bu idorani o’ziga bo’ysundirdi. Bu haqda o’shanda 7-sessiyada
deputat Shuhrat Nusratov shunday degan edi׃
-O’zbekiston prezidentining 1991 yil 26 Sentyabrda O’zbekiston Xavfsizlik xizmati tashkilotini
qayta tuzish borasidagi Farmonining bu tashkilotni Oliy kengashni chetlab o’tib, to’ppa-to’g’ri
prezidentga bo’ysundirish borasidagi qismini bekor qilish.
Umuman bu farmonni xalqqa qarshi, konstitutsiyaga qarshi, demokratiyaga qarshi bo’lgani va
diktatorona bo’lgani uchun bekor qilish.
Shu farmonning 2-moddasini o’qib bermoqchiman. Milliy Xavfsizlik xizmati to’pa-to’gri
prezidentga bo’ysundirilsin, deyiladi bu moddada va bunday hol biror demokratik davlatda yuz
bermaydi. Hatto biror totalitar davlatda ham bunchalikka borilmaydi. Mamlakatning razvedka,
kontrrazvedka boshqarmalari barcha texnik asoslari va barcha eski ishlari bilan birga Oliy Kengash
nazoratidan chiqarilib, bir kishining qo’liga berilmoqda. Bu tasavvur qilish va bunga yo’l qo’yish
mumkin bo’lmagan narsa. Yoki bizni 30-40 yillar kutmoqdami? Oqibatlarni taxmin qilish mumkin
emas. Ayniqsa, bizning prezidentning quyushqonga ham sig’maydigan xarakteri bilan…
Lekin 7-sessiya nima bilan tugagani haqida “IAK”dan bilasiz.
Yaqinda bir huquq himoyachisi
bilan shu haqda mulohaza qildik. U׃
-MXXning viloyat boshqarmasida ilgarigi boshliq bo’lgan Aleksandr Marozov bilan o’tgan yili
jizzaxlik huquq himoyachilari talabi bilan uchrashuv bo’lgan edi. O’shanda men undan “Jizzaxda
qancha IIB xodimlari va qancha MXX xodimlari bor?” deb so’raganimda quyidagi raqamlarni
aytdi. Jizzax viloyatida 2994 ta mirshab va 67 ta MXX xodimi ishlarmish. Menimcha bundan ko’p.
2002 yildagi ma’lumotga qaraganda birgina Toshkent shahrida 50 ming mirshab bor edi,-dedi.
Ana endi men sizga xalqni emas, Karimovni, ya’ni bosh qonunbuzarni xalqdan, adolat jazosidan
qo’riqlaydigan mirshablar armiyasining nomlarini sanayman va siz bu sohalarda qancha odam
“tariq terishini” taxmin qiling׃
-general Ruslan Mirzaevning mudofaachilari;
95
-general Bahodir Matlyubov rahbarligidagi IIV;
-general Rustam Inoyatov boshliq bo’lgan MXX;
-general Rashid Qodirovning prokurorlari;
-general Vladimir Norov vazir bo’lgan TIV zobitlari, general elchilar va hokazolari bilan;
-general Bo’ritosh Mustafoev rahnamoligidagi Adliya azamatlari;
-general Elyor G’aniev yo’lboshchiligidagi Tashqi aloqalar maXfiyachilari;
-general Qobil Berdiev qo’l ostidagi Favqulodda holatlar vazirligi;
-general Sodirxon Nosirovning bojxonachilari;
-general Botir Parpievning soliqchilari;
-general Tohir Mullajonov boshliq bo’lgan akademiya kursantlari;
Bunga qo’shimcha qiling׃
-sudlar;
-xalq bilmaydigan va xalqni kuzatadigan 7-boshqarma;
-Prezident gvardiyasi;
-temir yo’l zobitlari;
-havo yo’llari zobitlari;
-iqtisodiy razvedka;
-mahalla posbonlari;
-diniy jamoalarda ishlaydigan “pogon”lilar;
-muxolifat orasidagi ayg’oqchilar;
-janjal chiqarib turadigan va o’zgacha fikrlovchilarning yoqasini yirtadigan ayollar bataloni;
-xabar tashiydigan fohishalar;
-tintuv paytida, sudlar va tergovlarda qo’llaniladigan yashirin xizmatchilar;
96
-yuqoridagi sohalardan saralab tumanlarga tayinlangan zobit-hokimlar…
Eh-hee! Hali bitgan emas. Albatta, bularning orasida Karimovning kirdikorlaridan norozi
bo’lganlar ham bor. Dardlari ichida. “G’ing” deb ko’rsinlar-chi? Kunlarini ko’radilar!
Xullas, O’zbekistonni to’la mirshablash
tirish hali davom etmoqda. So’nggi ma’lumot׃
2006 yilning 13 Oktyabrida Andijon viloyatining hokimi Saydullo Begalievni vazifasidan ozod
etgan general Islom Karimov uning o’rniga shu paytgacha Namangan viloyati ichki ishlar
boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan general Ahmad Usmonovni tayinlandi.
Shulardan kelib chiqib, hech tab tortmay, O’zbekistonning nomini Mirshabiston deb ham atash
mumkin. Faqat Karimovning shu haqdagi farmoni bo’lsa, bas!
Do'stlaringiz bilan baham: |