Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

16. DEVONDAGI DEVONALIKLAR


Yyyettinchi sessiyada Karimov haqiqatdan ham ko’p xato qilgani, muhokama unga dars bo’lganini 
o’zi ham aytganiga qaramay demokrat deputatlarga hujum birdan kuchlanib ketdi. Bundan 
ruhlangan Karimov ham hujumga o’tdi va bizni “bir hovuch qora kuchlar” deya ayblay boshladi. 
Men o’rnimdan turdimda: 
-Islom aka, bundan bir necha daqiqa oldin xatolaringizni tan olib turgandingiz, endi esa to’nni 
teskari kiyib oldingiz,-dedim. 
Shundan keyin yana zalda ruhlanish boshlandi va so’zga chiqishni istaganlar minbarga qarab yura 
boshladilar. Karimovning ishorasi bilan YO’LDOSHEV tanaffus e’lon qildi. 
Bir guruh deputatlar Karimovni o’rab oldilar. Hamma har narsa der edi. Karimov bizga yuzlanib׃ 
-Bu yerda har xil odamlar va har xil masalalar aytilmoqda. Majlisdan keyin men ham qolayin, 
sizlar ham qolinglar, butun muammolarni kelishib olaylik,-dedi. 
“Kelishib olgan bilan nima hal bo’ladi?” dedik biz. 
-Agar men aytgan gapga ishonmasangizlar, mayli o’rtada protokol tuzamiz,-dedi u. 
Bu gapni eshitgan “isyonchi” deputatlar jim bo’ldilar. Darhaqiqat, tanaffusdan keyin Karimov 
saylov haqidagi loyiha va boshqa muhokamalarni kun tartibidan chiqarib oldi. Biz buni g’alaba, 
deb o’yladik. Aslida esa bu Karimovning ustaligi ekan. Chunki u endgina so’ngan alanga yana 
qaytadan olov olib ketmasligi, so’nggi cho’g’iga qadar o’chirilgandan keyin masalaga qaytishni 
rejalagan ekan. Biz partiya idoralarida ishlamagan, KGB sabog’ini olmagan va yuqoridagi 
o’yinlarni bilmagan sodda deputatlar “Karimovni sindirdik” deya gerdayib o’tirardik. 
Karimov “Kimning menda gapi bo’lsa qolsin, qolganlarga javob” dedi va yuzga yaqin deputat 
qoldik. 
U Ravil Abduqodirovga protokol yuritishni topshirdi. 
Biz siyosiy masalalarni aytar ekanmiz, bir ikki kishi doim gapni boshqa tomonga burishga intilar 
edi. Masalan, Nomoz Sa’dullaev qayta-qayta o’rnidan turib, u saylangan Qo’shrabot tumanidagi 
qaysi bir xo’jalikka yangi traktor yoki shunga o’xshagan bir narsa lozimligini aytardi. Bu esa 
boshqalarga ham ta’sir qilib, ular siyosiy masalalar chetda qolib, o’zlarining tumanlariga nimadir 
so’rash va buni protokolga yozdirish bo’yicha musobaqalashib ketdilar. 
Shunga qaramay, biz Oshkoralik qo’mitasi yopilishi xato bo’lgani, “Xalq so’zi” gazetasining Bosh 
muharriri ishiga darhol tiklanishi, matbuotga erkinlik berish, muxolifat guruhlariga bosqi 
o’tkazmaslik kabi bir qancha siyosiy talablarni ham yozdirdik. Hatto, Ahmadjon Muxtorov o’sha 
kiniyoq ishga tiklandi. Ammo bular vaqtincha tadbirlar ekanligi va Karimovning kallasida 
saylovga qadar o’yin o’ynash rejasi borligini bilmagan bizlarga bu qadamba qadam g’alaba bo’lib 
ko’rinar edi. Demokratiya g’alaba qilmoqda, deb o’ylardik. Aslida esa, demokratiyaning so’ngi 
uchqunlari ham so’ndirilayotgan ekan. 


Ikki soatlik muhokamadan keyin kimdir: 
-Bu talablar qachon bajariladi va kim nazorat qilib, kim hisob beradi?-dedi. 
Shunda Karimov: 
-Bo’pti, oralaringdan bir kishini tanlanglar, bu ishning nazoratini unga topshiramiz,-dedi. 
Keyin bir zum nimanidir o’yladi-da: 
-Men prezident devonida yangi bir lavozim tashkil qilaman va shu odam faqat ana shu protokolda 
yozilganlarni nazorat etish hamda mening sizlar bilan uchrashib turishimni amalga oshirish bilan 
shug’ullandi. Mana majlisda ko’rdinglar. Men ishonib yurgan odamlarning hammasi pisib o’tirdi, 
ablahlar. Birortasi chiqib ko’ksini qalqon qilgan emas. Men kimga ishonishim kerak? Atrofimda 
hammasi eski kommunistlar, fikri, kallasi qotib qolgan odamlar. Men ham demokratiya qilishni, 
shu mamlakatni oyoqqa qo’yishni istayman. Bugun sizlar mening ko’zimni ochdinglar. Aslida 
mening haqiqiy do’stlarim sizlar ekan. Men sizlarga suyanishim kerak ekan. Sizlar bilan bir 
bo’lishim kerak ekan,-dedi. 
Uning ko’zlarida yosh halqalanganidan bu gaplar yuragidan otilib chiqayotganiga hech kimda 
shubha yo’q edi. Uning rolni mahorat bilan o’ynashi zalda o’tirganlarning tushiga ham 
kirmagandi. 
-Xo’p,-dedi Karimov qani kimni ko’rsatasizlar? 
Deputat Oygul Mamatova: 
-Buni Jahongir uddalashi mumkin,-dedi. 
Karimov bir zum o’ylanib, keyin menga qarab, termulib qoldi. Shoshib qoldim. Chunki bir necha 
daqiqa oldin, Oshkoralik qo’mitasiga tazyiq to’xtatilishi haqidagi gapni ham protokolga kiritgan 
edik. Qo’mita raisining o’rinbosari lavozimida faoliyatimni davom yettirishni istardim. Prezident 
aytayotgan ish, hukumatda bo’lib qo’limni bog’lashi va qo’mitadan ajratishi aniq edi. Chunki ham 
qo’mitada ishlab, ham televidenieda sharhlovchilik qilganimda Islom Karimov rayosat majlisida: 
-Mana mening qo’limda bir taklif bor. Bu taklifni bir deputat kiritgan. U xalq vakillari hukumat 
ishida ishlasalar deputatlikni topshirishlari lozim, degan haqli talabni qo’ygan. Menimcha bu ishni 
Oliy majlis qo’mitalaridan boshlash kerak. Bu yerda ishlab televideniedan ham maosh olish 
mumkin emas…,-degandi. 
Hali televideniedan maosh olib ulgurmagan ham edim. Ammo “Deputat minbari” degan ko’rsatuv 
tezda shov-shuvlarga sabab bo’lgandi. Karimovning qarindoshi bo’lgan Jomboy tumanining 
birinchi kotibi muxbirning telekamerasini sindirgani va menga suiqasd uyushtirish uchun 
Toshkentga odam yuborgani fosh qilingan dastur ham katta voqeaga aylangandi. Shu bois 
Karimov kaminani televideniedan uzoqlashtirish maqsadida yuqoridagi gapni aytgandi. Keyin 
rayosatda aytilgan bu gapni bahona qilib, Ganja Yoqubovga tazyiq o’tkaza boshlashdi. Xullas, 


Karimovga berilgan o’sha taklifni qo’llashimni va demokratik jamiyatda shunday bo’lishi kerak, 
deya o’zim ariza yozib televideniedagi yarim shtatlik ishimni to’xtatdim. 
Keyin bilsam, Karimovning o’zi deputatlarning hukumatda ham ishlashini man etadigan Rayosat 
qarori loyihasini kun tartibidan chiqarib olgan ekan. 
Biror taklif har qanday yomon bo’lsa ham kerak bo’lganda uni maqtaydigan, biror taklif har 
qancha yaxshi bo’lsa ham kerak bo’lmaganda uni toptaydigan Karimov endi kaminani Devonga 
ishga olish bilan deputatligimga nuqta qo’ymoqchimi, deb o’ylab qoldim. Ammo bu paytda 
jurnalist Dadaxon Yoqubov deputat bo’lgani holda unga yordamchi bo’lib ishlayotgan edi. O’ylab 
qolganimni va javob bermaganimni ko’rgan Karimov suv keladigan ariqning oldini to’sgan kabi: 
-Nima, qo’rqib qoldingiz-mi? Bir ish taklif qilinganda odam mardlik ko’rsatishi kerak. Gapirish 
oson, tanqid qilish oson, ammo ishlash qiyin,-dedi. 
Bu mening hamiyatimga tegdi va “Bo’pti” dedim. Ba’zi deputatlar qarsak chalishdi. 
Ba’zilari yonimga kelib, tabriklay boshlashdi. Hamma menga havas bilan tikilardi. Hayron edim. 
Demak, ko’pchilik Devonga ishga o’tishni juda katta voqea, deb bilar ekan. 
Shu kuni Oygul bilan biroz tortishib qoldik. 
-Karimov shu yo’l bilan bizni tinchitmqochi bo’lasa-chi? Unga yo’l ochib bermadingizmi?-dedim. 
-Karimov har gapdan ta’sirlanadigan odam. Agar siz uning yonida bo’lsangiz mana biz sizga 
quvvat bo’lamiz, uni mamlakat uchun ishlashga majbur qilamiz,-dedi Oygul. 
Uyga kelib bekinib oldim va uch-to’rt kun tashqariga chiqmadim. Qaror berolmayotgan edim. 
Deputatlardan ba’zilari telefon qilishsa, ba’zilari uyga kelib, men bilan tortishar va bu ishni qabul 
qilishni so’rashardi. 
Buning ustiga Shukrullo Mirsaidovdan xafa edim. Uning 7-sessiyada menga mansab kerak emas, 
deb chiqib ketishini, faqat o’zini o’ylashi, xalqni, unga ishonganlarni olovga otishi, deb o’ylardim. 
Aslida biz demokrat deputatlar Karimovning kamchiliklari haqida o’zimiz hamma narsani ochib 
tashlashni rejalashtirgan edik. 7-sessiya oldidan 12 sahifali material tayyorlagan ham o’zimiz edik. 
Buni Oygul Mamatovaning uyida to’planib, rejalaganmiz va keyin men xatga tushirgandim. Biz 
bu ishimizni yashirmagan edik. 
Shu bois ham bir kuni Erkin Vohidov faoliayatni birlashtirish haqida gapirib qoldi. U kishi 
Ahmadali Asqarov va boshqa qo’mitalarning rahbarlari bilan birga Mirsaidovni ko’tarmoqchi 
ekanlar. Shu bois meni Shukur Rahmatovich ko’rmoqchi ekanligini aytdi. 
Mirsaidovning yoniga bordim. U Karimov ketmasa, hech narsa o’zgarmasligini, Karimov ketgan 
taqdirda, u vaqtinchalik rahbar bo’lishi va qisqa vaqtda demokratik saylov o’tkazish masalasida 
rozi ekanligini aytdi. 


-Boshqalar ham nomzodini qo’ysin. Agar xalq meni saylamasa, xafa bo’lmayman, qayerda bo’lsa 
ham ishlayman,-dedi u. 
Shuni aytish kerak-ki bunga qadar Mirsaidov ziyolilar bilan til topishda usta, adabiyot va 
madaniyatni qadrlaydigan odam, degan gap tarqalgandi. O’zim ham uning ishchanligi, qaror 
olishda qo’rqmasligi, tunu kun demay ishning orqasidan yugurishini bilar edim. Unga ishondim. 
Bir kuni Shuhrat Nusratov tayyorgarlik markazini u rahbar bo’lgan Kuybishev tumaniga 
ko’chirishni taklif qilayotganini aytishdi. Ammo rozi bo’lmadik. Ular o’zlari ishlashsin, biz 
o’zimiz, dedik. 
Agar 7-sessiyada Mirsaidov Karimovning qiliqlarini ochib tashlab, “Bu odam tentak, ketishi 
kerak”, deganda Karimovning ishi bitgan edi. 
Keyinchalik Shukrulla akaning o’zi e’tirof etishicha, sessiyadan bir kun oldin chet eldan kelgan 
o’zbeklarga ziyofat bergan Karimov kechaning oxirida Erkin Vohidov, Ahmadali Asqarov va 
Muhammad Solihni olib qolib, ular bilan qadah ko’tarib, ulardan yordam so’ragan, Mirsaidovga 
ham Bosh vazirlikni va’da qilgan ekan. 
Xullas, uyda ekanman, 4 oktyabar kuni Kraynov telefon qildi va Karimov gaplashmoqchi 
ekanligini aytdi. Unga yangi ishni qabul qila olmasligimni aytdim. Karimovning jahli chiqib ketdi, 
ammo o’zini ushlab: 
-Iltimos, men bilan o’yin qilmang. Qo’rqqan bo’lsangiz o’sha kun aytishingiz kerak edi,-dedi. 
-Qo’rqqanim yo’q, lekin yordamchi bo’lib, u yoqdan bu yoqqa qog’oz tashib yurishni 
istamayman,-dedim. 
-Men ham sizni Vitse-prezidentlikka ololmayman,-dedi Karimov. Shunday ham meni yer bilan 
yakson qilib so’kkan odamni ishga olishimga hali ko’pchilik qarshi chiqadi. Hozirning o’zida 
qancha odam norozilik bildirmoqda. 
Men unga noto’g’ri gapirib qo’yganimni sezdim va gapimni tuzatmoqchi bo’ldim. 
Karimov gapi kesdi-da telefonda emas, yuzma-yuz gaplashishni istadi. Bordim. Choy ichib, ancha 
gaplashdik. Bolaligi va talabalik yillaridagi voqealardan gapirdi. Odamlarga o’xshab yashagisi 
kelishini, Anhor bo’yiga chiqib osh damlashni istashini aytdi. Ayniqsa, Mirsaidov haqida kuyinib 
gapirdi. Bir oilada aka-ukadek edik, menga ota-onalik qilishgan ular. Lekin u ham meni tashlab 
ketdi, mana ishga chiqmayapti, dedi. 
Hali kechagina po’pisa qilib yurgan Karimov juda yumshoq bo’lib qolgandi. 7-sessiya uni tubdan 
o’zgartirdi, degan sarob kabi bir xulosaga borgandim. 
Xullas, o’shanda boshqa yo’lim qolmagandi. Keyinchalik o’ylasam, rozi bo’lganim yaxshi 
bo’lgan ekan. Devonda 100 kun ishladim. Ana shu qisqa vaqtda juda ko’p narsani o’rgandim. 


Karimovni yanada yaqindan tanidim, uning mamlakatni emas, xalqni emas, faqat o’zinigina 
o’ylashini, hamma odamni ana shunga xizmat qildirishga urinishini angladim. 
Karimov Devonda maxsus sektor ochadigan bo’ldi. Unga “O’zbekiston Xalq deputatlari bilan 
hamkorlik qilish faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim” deb nom berildi. Bu bo’limga bir 
xodim va bir kotiba olishim mumkinligini aytishdi. Shuni qayd etish kerakki, Devondan 
televideniega ketishim bilanoq bu bo’lim bekitildi. Mustaqil O’zbekiston tarixida Devonda ana 
shunday bir bo’lim 100 kunga mavjud bo’lgani va keyin yo’qotilgani ham o’shanda Karimovning 
dilida qanday rejalari bo’lganiga ishora. 
Karimov bu masalaga bu qadar jiddiy ahamiyat berganini uning deputatlar qudrati oldida bo’yin 
egishi, deb tushunib, katta xato qilganman. Bunis ham qiziq. Devondan ketganimda ham 
O’zbekiston teleradiokompaniyasida kamina uchun “Raisning o’rinbosari” degan qo’shimcha bir 
lavozim ochish haqida qaror chiqargan va ikki oydan keyin iste’fo berishim bilan bu lavozimni 
ham qisqartirish haqida qoror imzolagandi. Ya’ni har ikki ishda ham egallagan vazifalarim 
ketganimdan keyin qisqartirishga tushgan. 
O’shanda Devonga o’tishim bilanoq voqealarning ortidagi fikrlarni qidirmasdan ishga kirishib 
ketganman. Aslida bu xarakterimda bor narsa. Shu bois ham ba’zilar ana shu fe’limdan foydalanib 
qolishadi. Xalq va Vatan masalasi oldinga chiqqanda o’zimni o’ylamaslik odatimni nafaqat 
Karimov, balki boshqalar ham juda ko’p suiistemol qilishganini keyinchlik tushundim. Baribir 
vaqtim bekorga ketmagani, qo’limdan kelgani qadar odamlarga yordam berishga intilganim 
qalbimga taskin beradi. 
Devonda juda qisqa vaqtda ishni qo’lga oldim, hatto mashhur maslahatchilar ham chetga chiqa 
boshladilar deb o’ylardim. Chunki Mavlon Umurzoqov, Temir Alimov kabi maslahatchilar 
tayyorlagan farmon loyihalarini ham Karimov ko’rib chiqish yoki qayta tayyorlash uchun menga 
berardi. Katta-katta xatolarni tuzatayapman, deb o’ylardim. Karimov esa maslahatchilarga “Bu 
bola masalani deputatlarga olib chiqaman, degandan keyin uning o’zgartirishlarini qabul qildim, 
mana sizlar tayyorlagan hujjatlarni bir tiyinga chiqarmoqda” deb meni ularga yomonlar ekan. 
Lekin baribir O’zbekiston teleradikompaniyasini, O’zbekiston Axborot agentligini hukumatdan 
ajratish haqidagi farmon loyihalarini tayyorlaganimda Karimov ko’p qarshilik qilgan va 
Teleradiokompaniyaning yarminigina mustaqil qilishga rozi bo’lib hujjatga imzo chekkandi. U 
kamina yozib bergan nutqlarni o’zgartirmasdan o’qib berardi. O’sha kunlardagi nutqlarni olib 
qarasangiz, Karimovni katta demokrat, deb o’ylashingiz mumkin. Ammo u saylovga qadar 
chekinish qilayotgani, Leninning bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga shiorini amalga 
oshirayotganini tasavvur ham qilmagan ekanman. 
Karimov yutdi. Biz yutqazdik. 

Endi devondagi devonaliklardan besh shingil. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish