Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

14. JIGARISTON
Xastaxonada edim. O’sha kezlari Karimov bilan kurashimiz avjiga chiqqandi. Hukumat 
kasalxonasidagi do’xtirlar “Tomog’ingizni amaliyot qilishimiz kerak, anginangiz yurakka ta’sir 
qilmoqda”, deb qo’yishmadi. Bir haftada o’tib ketar, deb o’yladim. Ammo 57 kun kasalxonada 
yotdim. O’shanda negadir amaliyot uchun boshqa kasalxonaga olib borishdi. Amaliyot paytida 
tomog’imdan qon ochildi. Qonni to’xtatamiz, deb paxta bosib qo’yishdi va chiqib ketishdi. Umr 


yo’ldoshim va qaynonam qidirib, topib kelishganda, mening nafasim qaytib, yuzlarim qoraya 
boshlagan ekan. Amaliyot qilgan do’xtir esa ketib qolgan. 
Navbatchi kelib tomog’imga tiqilib qolgan paxtani olgan. Menga amaliyotdan oldin qon bosimini 
ko’taradigan dori berishgan ekan. Hamshira “Bu qon bosimingizni oshiradi-ku?”, deya 
amaliyotdan keyin mazkur dorini bermay qo’ydi. Umr yo’ldoshim shundan so’ng doim yonimda 
turdi. Endi tuzalib qolgan kunlarim edi, hamkasbim, taniqli jurnalist do’stim Dadaxon Yoqubov 
kirib keldi. Rang-ro’yida qon yo’q. Garchi amaliyotdan chiqqan bo’lsam ham u hol-ahvol 
so’ramasdan, 
-Meni tepdi, – dedi. 
Darrov angladim. Prezident tepgan. Chunki do’stim Islom Karimovga yordamchi edi. Ammo 
amaliyotdan chiqqanim uchun unga darhol javob bera olmadim. 
-Ayting, nima qilay? Iste’fo yozay-mi, ketay-mi? – dedi u. 
-Nima bo’ldi o’zi? – deb arang so’radim. 
U bilan juda yaqin do’st edik,birga ishlaganmiz.Juda yaxshi jurnalist. Ko’ngli ochiq yigit. 
-Jigaristonga borib, qishloqni tuproq bosib qolishini o’rgandim. Mutaxassislar bir necha marta 
yuqoriga xat yozib, xavfdan ogoh etishgan ekan. Agar oldi olinsa, shuncha odam o’lib ketmasdi. 
Prezidentga kirib, “Jinoyatchi shu erda ekan, sizdan xatni yashirishgan” deganimni bilaman. 
“Jahongirni dushman der edim, sen yetti marta ziyod dushman ekansan!” deb so’kib tepa ketdi… 
Toshkent viloyatining Jigariston qishlog’ida fojia yuz bergandi.Olimlar bir necha yillardan beri bu 
yerda tepaliklar ko’chib, qishloqni bosib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan, lekin 
hukumat e’tibor bermagan. Hatto prezidentga ham bir necha marta maktub yozishgan ekan. Ammo 
hukumat rahbarlari bu joyga fojia yuz berib, ko’plab odamlar tuproq ostida qolib ketgandan keyin 
borishdi. Go’yo ularning qismatiga achingan bo’lishdi. Dadaxon Yoqubov fojiadan ancha oldin 
maktublar prezident devoniga kelganidan xabar topgan. Lekin bu maktublar prezidentga 
ko’rsatilganidan esa bexabar bo’lgan. 
Dadaxon bilan birga “Hayot quvonchlari va tashvishlari” deb nomlangan va xalq orasida mashhur 
bo’lib ketgan bir necha dasturni birgalikda tayyorlaganmiz. Birgalikda 1990 yilning Navro’zida 
26 soatlik marafon ko’rsatuvini uyushtirganmiz. U Namangandan deputat bo’lib saylanganda 
ishonchli vakil bo’lib borib, uni targ’ib qilganman. Shu bois yaqin do’stimga prezidentning bunday 
munosabatidan juda ranjiganman. 
Oradan bir-ikki yil o’tib eshitib qoldim. Prezident Dadaxonga bir shikoyat xatini berib Ishtixon 
tumani hokimi To’raqul YO’LDOSHEVni tekshirib kelishni buyuribdi. To’raqul aka Sovet 
davridayoq televidenieda paxta masalasini sharhlab, tanilib qolgan siyosatchi edi. Odamlar bilan 
qanday muomala qilishini, kimning ko’nglini qanday topishni bilardi. Oliy majlisning sessiyalar 
o’tadigan zalida hammaning o’z o’rni bor va mening o’rnim To’raqul aka bilan yonma-yon tushib 
qolgani uchun majlis ochilishidan oldin doim hangoma qilib o’tirar edik. 


Bizning yyettinchi sessiyadagi to’polonimizdan keyin kimdir To’raqul YO’LDOSHEV ham 
fitnaning ichida bor, u ham Mirsaidovning odami, degan ekan, har holda shunday keyin bir 
shikoyat xati uyushtirilib, Dadaxonni tekshirishga yuborishgan. Dadaxon To’raqul akani yoqlab 
hisobot yozib qaytibdi. 
Shundan keyin Karimov To’raqul YO’LDOSHEVning o’zini chaqirgan va u ba’zan Mirsaidov 
bilan ham uchrashganini tan olgan. Bir tuman rahbarining Bosh vazir bilan uchrashishi tabiiy 
narsa. Buning ustiga To’raqul aka Karimov bilan ham, Mirsaidov bilan ham ilgari birga ishlagan. 
Shundan keyin devondagi “quloq”lardan biri Dadaxon undan pora olgan, deb aytgan ekan. 
To’raqul aka bu tuhmatdan xabardor ekan. 
Shundan keyin Karimov ikkinchi marta Dadaxonga qo’l ko’targan deyishadi. Buni o’sha kezda 
Turob To’la ko’chasidagi Yozuvchilar soyuzi binosida ishlaganlar aytib yurishadi. Ammo bu 
qanchalik haqiqat bilmayman. Balki bir kun Dadxonni uchratsam bu haqda so’rash imkonim 
bo’ladi. 
Lekin o’shanda Dadaxonning Jigaristonga borib kelib, o’tkazgan taftishi tufayli Karimovning yana 
bir jinoyati haqida xabardor bo’lgandim. 
Dadaxon Yoqubov bilan ijodiy hamkorligimizning cho’qqisi 1990 yilda o’tkazilgan Navro’z 
telemarafoni bo’lgandi. 
Shuni aytish kerakki, o’sha kezlarda Dadaxon yoniga juda iste’dodli kishilarni to’plagan edi. 
Masalan, rejissyorlar Meli Mahkamov va Tamara Mahkamova o’zbek telesan’atining favqulodda 
talanti insonlari edilar. Meli aka juda xushmuomala, topqir, bilimli bo’lish bilan birga sodda va 
kishining ko’ngliga juda tez yo’la topadigan odam edi. 
“Hayot quvonchlari va tashvishlari” dasturlarining ham o’q ildizi shu odam edi, desam, Dadaxon 
aslo xafa bo’lmasa kerak. Meli Mahkamov O’zbekiston televideniesida xalqning mehrini 
qozongan ko’plab asarlarga rejisserlik qilgan edilar. 
Dadaxon va Meli aka bilan gaplashib telemarafonni 24 soatga mo’ljallagan edik. 
Telemarafon uchun asosiy xamirturushni Samarqanddan topgandik. Ta’qiqlarga qaramay Urgutda 
xalq bayramni mart oyining o’rtalarida boshlab yuborardi. Bizning borishimiz bilan bu ming-
minglab odam chiqqan katta saylga aylanib ketdi. Video yozuvlarni ana shu sayllar davomida 
tasmaga yozib oldik. 
O’sha kunlari iqtidorli vrach Tahsin Hamidov Samarqanddagi Respublika bolalar markazi-
shifoxonasida Oybek degan bolaning ayanchli holidan bizni xabardor yetib, agar yordam 
qilinmasa u hayotini yo’qotishi mumkinligini aytdi. 
Borib ko’rdik va dahshatga tushdik. Oybekning ahvolini so’z bilan tasvirlash mumkin emas. 
O’shanda videoyozuvlarimizni ko’rganlar orasida yig’lamagan inson oz bo’lsa kerak. 


Keyin o’ziga o’t qo’ygan kelinchkalarni borib ko’rdik. Nogironlik aravachasi ololmagan 
momolar… Uylari yiqilib yotgan otaxonlar… Shu zayl voqealar bir -biriga ulanib, katta dasturning 
xamirturushi hozir bo’ldi. Albatta, buning texnik jihatlarini bir nuqtaga keltirish uchun Dadaxon 
va Meli akalar bir necha tunlarni tongga uladilar. 
Bugungi kabi o’sha kezda ham Navro’zning do’stlari qatori dushmanlari ham bor edi. Ayniqsa, 
O’zbekistonda Navro’z rasman qatag’on qilinib, o’rniga “Navbahor” degan uydirma bayram 
qo’yilganiga hali ko’p bo’lmagan edi. 
Navro’z telemarafoni ikki inqilobni birdan bajardi. 
Birinchisi, Navro’zni hamma joyda ochiq xalq sayliga aylantirdi. O’shanda biz bilan birga 
xalqimiz ham uxlamadi. Butun mamlakat saylga chiqdi. 
Ikkinchisi, dasturlar avvaldan qog’ozlarda yozilib, tsenzuradan o’tgandan keyingina ekranga 
chiqarilishi qat’iy tartibga aylangan O’zbekistonda biz 36 soat davomida mutloq erkin gapirdik, 
dilimizda nima bo’lsa tilimizda ham shu edi. Tsenzurasiz ham yashash mumkinligining isboti edi 
bu! Ya’ni “Xalqimiz demokratiyaga tayyor emas” deganlarning yuziga bir tarsaki tortilgandi. 
Telemarafon ko’pchilikning hayotini o’zgartirib yubordi. Dadaxon, Meli akaga O’zbekistonda 
xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, menga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist unvonini olib 
keldi bu dastur. Telemarafonda qatnashgan boshqa ko’plab ijodkorlar ham turli unvonlarni 
olgandilar. 
Navro’z Dadaxon Yoqubov hayotining katta qismiga aylandi. U mazkur marafonda tushgan 
mablag’larni ishga solish uchun “Navro’z” fondini ochdi va o’zi boshqardi. Juda ko’p odamlarga 
yordam qildi. 
-Navro’z telemarafoni mustaqillikning shamolini olib keldi,- degan edi o’zbek adiblarining yaqin 
do’sti, samarqandlik siyosat va davlat arbobi Toshbo’ri Qilichev o’shanda.-Biz ham o’z so’zimizni 
o’zimiz gapira olishimiz mumkinligini ko’rsatdi bu! 
Lekin Islom Karimov Navro’z bayramini ham o’ziniki qilib oldi va bayram katta siyosiy sahnaga 
aylandi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish