Jahon va o’zbek adabiyоtida bolalik obrazi reja: Kirish 1- bob. Bolalar ozrazi talqini



Download 65,9 Kb.
bet9/10
Sana20.07.2022
Hajmi65,9 Kb.
#825532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jahon va o’zbek adabiyоtida bolalik obrazi

X u l o s a

XX asr jahon adabiyoti rivojiga xos eng muhim tamoyillardan biri, turli milliy adabiyotlarning o’zaro aloqalari, bir-birlari bilan tajriba almashuvi, bir-birlariga yaqinlashuvi, turli-tuman adabiy-ijodiy, uslubiy oqimlar sintezlashuvi jarayonining nihoyatda kuchayganligidir. Bu hodisani deyarli barcha milliy adabiyotlarning yirik namoyandalari ijodida, ularning dunyoga mashhur asarlarida kuzatish mumkin.


Amalga oshirilgan tadqiqot ma’lum xulosalar chiqarishga asos bo’ldi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Umuminsoniy maqsadni ko’zlab qalam tebratgan har bir yozuvchi va shoirning asarlari faqat o’z xalqining mulki bo’lib qolmay, balki butun insoniyatning ham boyligidir. Barcha xalqlar bir–birining adabiyoti va madaniyati bilan uzviy aloqa o’rnatgan taqdirdagina o’zlarining adabiyoti va madaniyatini rivojlantira oladilar.

  1. O’zbek madaniyatining ildizlari qadim tarixga borib taqalaladi. Uning bugungi kundagi kamoloti jahonning ilg’or rivojlangan madaniyatlari darajasidadir. SHuning uchun uni o’rganishga qiziqish chet ellarda, G’arb mamlakatlarida, ayniqsa AQShda ham tobora kuchaymoqda.

  2. Mark Tvenning «Tom Soyerning boshidan kechirganlari» va «Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari» romanlari hamda G’afur G’ulomning «Shum bola» qissasi genetik yaqinlikka ega bo’lmagan ikki milliy adabiyot vakillari bo’lmish adiblarning asarlaridir. Bu asarlar turli zamonlarda va turli mamlakatlarda yaratilganiga qaramay ularni ko’p jihatlar birlashtirib turadi. Ular mavzu jihatidan ham, syujet–kompozitsion qurilishi jihatidan ham nisbatan yaqin va deyarli o’xshash.

  3. Har ikkala adibning mahorati qahramonlar va obrazlar yaratishda yaqqol namoyon bo’ladi. Nafaqat bu asarlarning qahramonlari Tom va Gek, Shum bola va Omon, balki “qirol” va “gertsog” (“Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari”), kissavur Sulton va Sharif domla (“Shum bola”) realistik obrazlardir. Mark Tven ham, G’afur G’ulom ham asarlarda o’z axloqiy-ijtimoiy qarashlarini bayon etishda, betakror obrazlarni yaratishda turli janrlar imkoniyatlaridan unumli va o’rinli foydalanganlar.

  4. Mark Tven bilan G’afur G’ulom asarlarida qator mushtarakliklar, o’xshash sahnalar uchraydi. Adiblar dramatik va komik holatlarni yaratishda, personajlarning dialoglarini qurishda ayniqsa bir-birlariga yaqindirlar. “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” bilan “Shum bola”ni deyarli har bir satrga singib ketgan yumor ham birlashtirib turadi.

  5. Asarlarda keltirilgan mushtarakliklar bilan birga milliy o’ziga xosliklar yaqqol ko’zga tashlanadi. Bular avvalo asarlar yaratilgan davrdagi mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy holat, tarixiy vaziyat, milliy voqelik, milliy urf-odatlar, milliy mentalitetni ochib berishda namoyon bo’ladi.

  6. Mark Tvenning «Tom Soyerning boshidan kechirganlari» va uning mantiqiy davomi bo’lmish «Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari» asarlarida ham, G’afur G’ulomning «Shum bola» qissasida ham sayohat majburiy darbadarlik sifatida namoyon bo’ladi. Asarlarning bosh qahramonlari xonadonlarida ro’y bergan noxushliklar natijasida uydan chiqib ketishga va darbadarlik qilishga majbur bo’ladilar. Tadqiq etilgan asarlarning mualliflari «majburiy» sayohatni badiiy priyom sifatida qo’llaydilar.

  7. Syujet asosini tashkil etuvchi zamon va makonni tadqiq qilish muallif qarashlarini, muallif ovozini yanada yorqinroq his qilish imkonini beradi. Sarguzashtlar bayon qilingan asarlarda zamon va makon o’lchovlari alohida o’rin egallaydi. Mark Tven asarlarida zamon aniq bo’lsa-da, makon ba’zan noaniq (“Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari”da - Missisipi daryosi va uning bo’yida joylashgan nomlari noma’lum Shaharchalar), G’afur G’ulom asarlarida esa zamon va makon tushunchasi benihoya aniq.

  8. Qahramon safar qilar ekan, doimo yo’lda bo’ladi. Yo’lda bir zamon va makon nuqtasida turfa xil odamlarning - turli tabaqalar, turli mulk, turli diniy e’tiqodga, millatga va yoshga mansub odamlarning zamoniy va makoniy yo’llari kesishadi. Insonlar yo’lda uchrashishlari mumkin, yo’lda har xil kontrastlar paydo bo’lishi, turli taqdirlar to’qnash kelishi mumkin. Insonlar taqdirlari va umrlarining zamoniy va makoniy qatorlari ijtimoiy masofada konkretlashib va uzoqlashib o’ziga xos ravishda uyg’unlashadi.

  9. Har ikkala asarda ham (“Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari”, “Shum bola”) yo’ldagi Shahar va qishloqlarda ro’y bergan voqealar, turfa xarakterli insonlar bilan to’qnashuvlar natijasida qahramonlarning “ko’zlari ochiladi”, olamga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaydilar, xarakterlari rivojlanadi. Asarlar syujetida bir personajlar o’z vazifasini bajarib tushib qolsa, ularning o’rnini boshqalari egallaydi. Faqat bosh qahramonlargina asar oxirigacha yetib boradilar.

  10. Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari” romanlari va G’afur G’ulomning “Shum bola” qissasida hodisalar ifodasi, an’anaga ko’ra qat’iy mantiq, muayyan maqsadga yo’naltirilgan chiziqli ziddiyatlar silsilasi tarzida emas, yagona chiziqqa tushmaydigan, tartibsiz, beqaror, ayqash-uyqash shaklda beriladi. Xaos ko’rinishidagi tartibsiz, tasodifiy hodisalar orasidagi g’aroyib sirli-sehrli o’zaro bog’liqlikni, teran ma’nodorlikni topish, kashf etish san’ati jihatidan bu asarlar hozirgi zamon fanida kashf etilgan va katta qiziqish uyg’otayotgan sinergetik tafakkur xususiyatlarini yodga tushiradi.

  11. “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” ham, “Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari” ham, “Shum bola” ham avtobiografik asarlar emas. Biroq ularda hikoyaga yorqin joziba beruvchi badiiy to’qima va avtobiografik unsurlar mavjud.. Bu yerda adiblar ulardan boshqa maqsadda – oddiy hayotiy voqealar orqali umuminsoniy mazmunni berishda foydalanishgan.




Download 65,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish