2.2. Mark Tven va G’afur G’ulom ijodida darbadarlik va ularning o’hshash jihatlari
Badiiy asarlar zamon va makon haqidagi tasavvurlarga boy bo’lib, ular cheksiz ravishda turli-tuman va chuqur ma’nolarga egadirlar. Ularning orasida biografik (bolalik, o’smirlik, yetuklik, qarilik), tarixiy (davrlar va avlodlar almashuvi, jamiyat hayotidagi yirik voqealar tavsifi), fazoviy (koinot tarixi va boqiylik haqidagi tasavvurlar), taqvimiy (yil fasllari, oddiy turmush va marosimlar ketma-ketligi), kundalik (kecha va kunduz, oqshom va tong) zamon obrazlari hamda harakat va harakatsizlik, tarix, bugungi kun va kelajak haqidagi tasavvurlar mavjud.
Adabiyotdagi makon tasvirlari ham turli-tuman ko’rinishga ega. Ularda cheklangan va cheksiz, foniy va fazoviy, real va xayoliy makonlar obrazlari bilan bir qatorda yaqin va uzoq predmetlar olami bilan bog’liqlik kuzatiladi. U yoki bu adib asarlarida aniq makon, maishiy yoki fantastik makon, yopiq yoki ochiq makon mavjuddir.
G’afur G’ulomning “Shum bola”sida qahramon besh oy davomida Toshkent atroflaridagi Shahar va qishloqlarda majburan daydib yuradi. Asar voqealari asosan bozoru takyaxonada, dashtu dalalarda, ko’cha-ko’ylarda ro’y beradi. Qissada yo’l motivi katta o’rin egallaydi. Uyidan chiqib ketgan qahramon “bir talay manzil-marohil yo’l bosib, ko’p yurib, ko’p yursam ham mo’l yurib, Achchabod degan “shahri azim”ga borganimda, bir to’da katta-kichik, qora-qura o’spirinlar atrofimni o’rab olishdi” deya hikoya qiladi.
Yoki:
“Oldimda katta bir cho’li azim paydo bo’lgan edi, “qush uchsa qanoti, odam yursa oyog’i kuyadigan” bu cho’lda yelkamdagi boyagi yuklar bilan ketib borar edim”.1
Yo’lda u Omon bilan uchrashadi:
“Har ikkovimizning ham dunyo qidirib, baxt izlab yurgan o’spirinligimiz ma’lum bo’ldi. Molu jonni bir qilib, ahdu paymon qilishdik-da, katta ulug’ safarni mo’ljal oldik. U ham kelgan izi bilan orqaga qaytdi, birgalashib, “cho’li malik” bilan ketar edik”.
Qahramon turfa xil insonlar bilan to’qnash keladi, bular – o’g’ri-kissavurlar, firibgarlar, boylaru kambag’allar, domla-eshonlar, kosiblar, dehqonlar va hokazo.
Mark Tvenning romanlari mos ravishda 1876 (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”) va 1884 («Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari») yillarda yaratilgan. Asarlarda tilga olingan voqealar ham deyarli shu paytlarda ro’y beradi. Voqea-hodisalarning vaqtlari - “ertalab”, “mashg’ulotlardan keyin” (maktabdagi), “oqshomda”, ko’pincha “tunda” (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”), “kech kirganda”, “qorong’i tunda”, “oydin tunda”, “saharda”, “nonushtadan oldin”, “ikki kechayu ikki kunduzdan keyin” («Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari»).
G’afur G’ulomning “Shum bola”sida ham voqea-hodisalarning vaqtlari aniq ko’rsatiladi:
“Kechga yaqin juda ham katta bir “Shahar”ga kirib bordik. … Juma kuni bozor edi. Erta bilan bozorga chiqdik”.1
Yoki:
“Ketib boramiz. Oydin kecha, salqin havoli qir”.2
“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”da voqealar asosan Sent-Pitersbergda, Missisipidagi orolchada ro’y bersa, «Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari»da asosiy voqealar daryoda, Missisipi daryosida va uning atrofida joylashgan Shahar va qishloqlarda bo’lib o’tadi. Asar syujeti asosida yotgan voqealar ham daryoda – solda hal qilinadi, rejalar tuziladi. Bunday holat “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romanida ham uchraydi.
«Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari»da daryoning quyi oqimiga tomon suzib ketayotgan solda Gek bilan negr Jim asosan tunlari harakat qilishadi. Bu bilan ular Jimni tutib olmoqchi bo’lganlardan kunduz kunlari solni daryo o’rtasidagi orolchalarda, daryo qirg’oqlaridagi qalin butazorlar orasida yashirib dam olishadi:
“We ran at nights, and hid in the day-times. As soon as night was almost gone, we stopped navigating and tied up, and then cut young branches and hid the raft with them. Then we sat out the fishing lines. Next we slid into the river and had a swim, so as to freshen up and cool off. Then we sat down on the sandy bottom where the water was about knee-deep, and watched the daylight come.”1
- “Kechalari suzib, kunduz kunlari dam olar edik. Tong otay deb qolganda to’xtar edik-da, solimizni bog’lab qo’yar edik – solni har safar sayoz joyga, suv oqmaydigan yerga bog’lardik, keyin tol va terak novdalari bilan ustini berkitib qo’yardik. Shundan keyin qarmoqlarni suvga tashlab, o’zimiz cho’milib olardik, keyin suv tizzamizgacha keladigan qumloqqa o’tirib, tong otishini tomosha qilib o’tirardik”.2
Syujet asosini tashkil etuvchi zamon va makonni muallif qarashlarini, muallif ovozini yorqinroq his qilish imkonini beradi.
Gek qochoq negr Jim bilan Missisipi bo’ylab “safari” davomida turfa odamlarga duch keladi. Bular eng avvalo firibgarlik qilib, olomondan qochib kelgan “qirol” va “gertsog”dir. Ular endi solda to’rt kishi bo’lib qolishadi. Yo’lda ular Orleanga borish uchun paroxod kutib turgan yigitni ham o’z saflariga olishadi. Solda endi turli dunyoqarashlarga, irqlarga, millatlarga mansub insonlar yig’iladi. Torgina, chegaralangan makon (sol)da turli millatga, irqqa, e’tiqodga mansub va turfa dunyoqarashga ega odamlar bir paytda safar qilishga majbur bo’lishadi.
Yo’lda solda ziddiyatlar, to’qnashuvlar ro’y beradi. Soldagi o’ng’aysizliklar, noqulayliklar ayrimlarning g’azabini qo’zg’aydi, asabiga tegadi:
“So now the frauds reckoned they were out of danger, and they began to work the villages again… They tried a little of everything. But they couldn’t seem to have any luck. So at last they were just about broke. They lay around the raft, as floated along, thinking, and thinking, and never saying anything, by the half a day at a time.”1
“Bizning muttahamlar endi qo’rqmasak ham bo’ladi deyishdi-da, yana Shahar aholisini chuv tushirish rejasini qura boshlashdi… qilmagan ishlari qolmadi, ammo hech tolelari kelavermadi. Natijada bor-yo’qlarini yeb-ichib, ertadan-kechgacha solning u boshidan-bu boshiga yurar, o’y o’ylar va bir-birlari bilan gapirishmas edilar: shu qadar xafa edilar”. 2
Ular bir-birlariga shubha bilan qaraydigan bo’ladilar, besh kishi ba’zan ikki guruhga, ba’zan uch guruhga bo’linib ketadi.
Soldagilarning har biri o’z manzilini, o’z qo’nish makonini qidirishda. Bu yo’lni insoniyatning abadiy haqiqatni qidirishiga taqqoslash mumkin. Asarda sol go’yo Yer planetasining, yo’lovchilar butun insoniyatning, daryo esa koinotning ramzi sifatida namoyon bo’ladi. Muallif bu bilan bizga yer yuzida hamma insonlar yo’lovchilar, ularga berilgan umr sinov ekanligi, bu safar qisqaligi-yu har bir insonning o’z makoni borligini ayon qilmoqchidek.
Hayotda aslida hammaning o’z yo’li bo’lsa-da, soldagilarning hozircha yo’li bitta, taqdiri bitta. Ulardan hech kim o’zlarini oldinda nimalar kutayotganini bilmaydi. Orada tug’ilgan ziddiyatlarda har kim o’zini haq deb o’ylaydi, o’zi uchun harakat qiladi. Bilib bilmasdan hamrohlarining dilini ranjitadi, yoxud bilmay turib ularga yordam beradi:
“So we stayed where we were. The duke was in a very sour way. He scolded us for everything, and we couldn’t seem to do anything right. He found fault with every little thing.” 3 “Biz solda qoldik. Gertsogning qovog’i ochilmas, sal narsaga jahli chiqar, umuman ta’bi xira edi. Sal narsaga ham bizni so’kar, unga hech bir ishimiz yoqmas, sal narsaga ham yopishaverar edi”. 4
Do'stlaringiz bilan baham: |