Jahon tarixi kafedrasi


-mavzu: Janubiy Turkmaniston shaharlari



Download 3,91 Mb.
bet13/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

3-mavzu: Janubiy Turkmaniston shaharlari.

Reja:

1. JTAKE haqida.

2. Janubi-g‘arbiy Turkmanistonning eneolit davrining o‘rganish darajasi va eneolit davri manzilgoxlari.

3. Janubi-g‘arbiy Turkmaniston bronza davrida.

4. Marg‘iyonaning so‘nggi bronza davri manzilgohlar.

5. Janubiy Turkmanistonning ilk temir davrida.

6. Janubiy Turkmanistonning antik davri tarixi: Shimoliy Parfiya, Murg‘ob vohasi (Marg‘iyona).

7. Marv – tarixiy topografiyasining o‘rganilish tarixi.

8. Erkqal’a, Govurqal’a, Sultonqal’a.

Asosiy qism:

1. Janubiy Turkmaniston Arxeologik Kompleks Ekspeditsiyasi (JTAKE) – Turkmaniston FA Prezidiumi qoshida prof. M.E.Masson boshchiligida tashkil qilingan (1945).

JTAKE tosh davri (Jabal makoni), neolit (Joytun madaniyati), eneolit (Anov, Namozgohtepa, Go‘ksur), jez (Oltintepa) va ilk temir (Yoztepa, Dahiston) davrlari, ayniqsa Parfiya madaniyati bo‘yicha muhim arxeologik tadqiqotlar olib borib, yangi va eski Nisodagi qazishmalar vaqtida jahon tarix fani uchun o‘ta muhim ashyoviy dalillar topdi, ulardan ritonlar (fil suyagidan ishlangan) xususidagi ma’lumotlar (M.E. Masson, G.A. Pugachenkova) Italiyada, Parfiya yozma hujjatlari (V.A. Livshits, I.M. Dyakonov) esa Angliyada nashr etildi.

JTAKE shaharlar tarixiy topografiyasi va qad. karvon yo‘llarini o‘rganish borasida ham muhim ilmiy tadqiqotlar olib bordi:

Erkqala, Gabr qal’a hamda Sulton qal’a harobalaridan topilgan idish va buyumlarga tayanib, Marv tarixi davrlarga bo‘lindi (3.I. Usmonova, M.I. Filanovich), Marv vohasida XI-XII asrlarda hunarmandchilik taraqqiy etganligi aniqlandi.

JTAKE tomonidan Islomdan avvalgi davr (mazdakiylik, buddizm, xristianlik)ga oid yodgorliklar o‘rganildi (G.YA. Dresvyanskaya). Jumladan Gabr qal’a va Harobakoshuxdagi cherkov harobasi hamda Turkmaniston FA ning 50-y.larda boshlangan (S.A. Ershova) va ayniqsa, JTAKE tomonidan 60-y.larda Marv atrofidagi nekropol to‘la tekshirildi. Marvda Islomga doir arxeologik yodgorliklar (Marvdagi dastlabki masjid, Nomozgoh tepa) harobalarini qazib o‘rganmokda (T.Xo‘janiyozov, B.D. Kochnev), turkman qabilalari etnogenezi (D.I. Ovezov), qad. me’morlik uslublari va antik o‘rta asr san’ati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar (G.A. Pugachenkova) olib bormoqda. JTAKEning 860 dan ziyod ilmiy ishlari, "Trudi YUTAKE" ning 19 jildi, "JTAKE materiallari"ning 2 nashri va bir qancha monografiyalar nashr etilgan.

2. O‘rta Osiyoning janubiy xududlarida esa o‘zlashtiruvchi xo‘jalik o‘rnida vujudga kelgan dexqonchilik va chorvachilik xo‘jalik shakliga aylanib, xududiy jixatdan kengayib boradi. Lekin bu jarayon O‘rta Osiyo.ning turli xududlarida bir xilda kechmagan. Tabiiy geografik jixatdan noqulay bulgan shimoli-Sharqiy xududlarda yashovchi qabilalar xo‘jaligida ovchilik va baliqchilik ustunlik qilar edi. Demak, eneolitning ilk va rivojlangan bosqichlarida O‘rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy rivojlanishida tafovut va notokesliklar saqlanadi.

Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik asosida rivojlangan Turkmaniston axolisi Qadimgi Sharq madaniyati rayonlari bilan doimiy aloqada bo‘lganlar. O‘rta Osiyoning shimoliy va Sharqiy xududlarida esa Kaltaminor va hisor madaniyatlariga mansub madaniy xo‘jalik shakllari davom etadi. Ushbu hududlarda topilgan ashyoviy dalillarga ko‘ra aholining iqtisodiy hayotida ovchilik va baliqchilik asosiy manba bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda dasht aholisi tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlangan deyish mumkin. Lekin, bu davrda neolit zamoni an’analari o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Axolining asosiy qismi kichik daryo sohillarida va ko‘llar atrofida yashaganlar.

O‘rta Osiyoning eneolit davri Janubiy Turkmaniston hududida yaxshi o‘rganilgan. Bu hududda eneolit davrini o‘rganish amerika ekspeditsiyasi tomonidan Anovda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlaridan boshlanadi. Bu erda keng ko‘lamda olib borilgan ilmiy tekshirishlar 50-yillarda JTAKE faoliyati bilan bog‘liq. Yodgorliklarni tekshirishda B.A. Kuftin, V.M.Masson, V.I.Sarianidi, O.K.Berdiev va I..V. Xlopin va boshqalarning xizmatlari kattadir. Bundan tashqari Yuqori Zarafshonda Panjikent shahri dehqonchilikidagi Sarazm manzilgohi ham o‘rganilgan bo‘lib, uning quyi qatlami so‘nggi mis-tosh davriga oiddir.

Arxeologlar ilmiy tekshirishlar natijasida turar joylar, sug‘orish tarmoqlari va ulardan o‘rin olgan moddiy topilmalarni o‘rganib, mis-tosh davri madaniyati va tarixini mavafaqiyatli yoritdilar. O‘rganish jarayonida Janubiy Turkmaniston Qadimgi dunyo madaniyati rivojida munosib o‘ringa ega ekanligi ravshan bo‘ldi.

Eneolit davri manzilgohlarning nisbiy davri stratigrafik asosda aniqlanadi. cheksiz davri esa Eron va Mesopotamiyadagi manzilgohlar bilan shaklan solishtirib taxlil qilish va radiokarbon tahlillari asosida aniqlanadi.

O‘rta Osiyodada eneolitning asosiy 3 davri ajratib ko‘rsatiladi: ilk, o‘rta va so‘nggi. Shu bilan bargalikda har bir manzilgoh hududiy belgilariga ko‘ra davrlar ichida guruhlarga bo‘linib, ularga u yoki bu komplekslar kiradi.

Ilk eneolit davriga Anov I va Namozgox I manzilgoxlari kirib, ikki bosqichi mavjud. Anov I manzilgohi hududiy jihatdan g‘arbiy va Sharqiy guruhlarga bo‘linadi. Namozgox I esa hududiy jihatdan g‘arbiy, markaziy va Sharqiy guruhlarga bo‘linadi. Rivojlangan eneolit davriga Anov II, Nomozgoh II manzilgohlar kiradi. Nomozgoh II hududiy jihatdan g‘arbiy va Sharqiy hududlarga bo‘linadi. So‘nggi mis-tosh davriga esa Nomozgoh III oid bo‘lib, u ham g‘arbiy va Sharqiy hududlarga bo‘linadi. Yuqori Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan Sarazm (Sarazm I, II) so‘ngi mis-tosh davriga oid bo‘lib, moddiy topilmalar uni alohida guruhlarga ajratish imkonini bermaydi.

Bu davrga kelib qurilishda paxsa bilan birgalikda to‘g‘ri to‘rtburchakli xom g‘ishtlar xam ishlatila boshlaydi. qurilishda toshdan deyarli foydalanilmagan.

Mamahalliy me’morchilik an’analarining shakllanishi keskin mo‘‘tadil iqlim sharoiti muhim o‘rin tutadi. Kam yog‘in bo‘lganligi tufayli uylarning tomi bolorlar bilan tekis qilib yopilgan. Bundan yashash (yoz kunlarida) uchun hamda xo‘jalik maqsadlarida foydalanilgan.

Eneolit davriga kelib dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholining yangi erlarni o‘zlashtirishi natijasida ko‘p sonli yangi manzilgohlar paydo bo‘ladi.

Ularning ba’zilari ( Nomozgohtepa, Oltintepa, Qoratepa ) ning hajmi ancha katta. Ba’zi bir manzilgohlar alohida qirqim ko‘rinishidagi aylanma devorlar (bunday inshootlar Geoksyur vohasining O‘rta eneolit davriga oid manzilgohlarda) aniqlanib, qo‘shni devorlar bilan qo‘shilgan. Bular ko‘rinishidan yashash uchun foydalanilgan.

Eneolit davri kulolchilik sohasida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Ma’lum issiqlikni saqlaydigan xumdonlar paydo bo‘ladi, xom ashyo sifati oshadi, kulolchilik buyumlarining ko‘pligida bir rangli va ko‘p rangli bezaklar bilan bezatila boshlaydi. Asosan kosalar va xumchalar naqshlar bilan bezatiladi. Asosan ikki xil bo‘yoqlar: qizil va qora-jigar ranglar ishlatiladi. Dastlab idishlarning yuqori qismi uchburchak va parallel chiziqlar bilan naqshlangan. Asta-sekin idishlar o‘zgacha ko‘rkka ega bo‘lib, bezaklkari ko‘payib boradi. Idish atrofidagi aylana chiziqlar, uchburchak shakllarning orasi goh chiziq, goh kvadrat shakldagi xoch, goh to‘lqinsimon chiziqlar bilan to‘ldirilgan. Keng tarqalgan motivlaridan biri xoch shakli bo‘lib, ko‘p sonli shakllarni vujudga keltiradi. Ma’lum uslubga solingan va aniq geometrik shaklga keltirilgan hayvon va qush tasvirlari paydo bo‘ladi. Ular echkilar, mushuk zotiga o‘xshash olachipor hayvon (qoplon bo‘lishi mumkin), yirik qanotli burgut va kichik qushlardan iborat. Odamlar tasvirlari kamchillikni tashkil qiladi. Masalan, sopol idish bo‘lakchalaridan birida qarama-qarshi holatda turgan kishilar tasvirlanib, ular o‘rtasida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri manzilgohlarda uchraydigan ayol haykalchasiga o‘xshash ayol ma’budasi tasvirlangan. Ko‘rinishdan rassom ayol ma’budasiga sig‘inish harakatini tasvirlagan. Kishilarning obrazi va hayvonlar tasviri ba’zan ramziy belgi bilan uyg‘unlashgan. Agar ilgari hayvonlar tasviri totemizm bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik Qadimgi dehqonchilik aholisi afsonaviy tafakkurdan chiqib, ular mazmunan boshqa bir ma’noli tasvirlarni aks ettira topa boradi.

Eneolit davri manzilgohlarda ko‘p sonli tosh qurollari topilgan. Bular asosan dehqonchilik mehnat qurollari: yorg‘unchoq, hovoncha, o‘roq, dasta, kelidasta, tagkurs va boshqalar. Marmarsimon ohaktoshdan sirti qat-qat burma qilib ishlangan idish ko‘rkam qilib yasalgan. Tosh va gipsdan zeb-ziynat buyumlari, asosan munchoqlar yasalgan. So‘nggi eneolit davriga kelib bo‘yinga osish uchun mo‘ljallangan xoch yoki bir necha tishli xoch ilk bor paydo bo‘ladi. (Qoratepa, GeoksyurI). Ular yumshoq navli toshlardan yo‘nib ishlangan. Suyakdan bigiz, sanchqi yasalgan. Keyingi davrida misdan yasalgan qurollar uchraydi. Ular pichoq, sanchqi, to‘g‘nog‘ich, aylana shakldagi dastasiz oyna.

Tadqiqotchi arxeolog olimlar Janubiy Turkmanistonning eneolit davri komplekslarini paydo bo‘lishi va taraqqiyot jarayonlarini quyidagicha talqin qiladi.

a) ilk eneolit davriga oid Anov I Shimoliy va Markaziy Eron hududlaridan kelgan bir guruh qabilalar ta’sirida shakllanadi.

b) ilk eneolit davriga oid Nomozgoh I neolit davri ilk dehqonchilik manzilgohlar asosida shakllanadi.

v) Nomozgoh II kompleksi Nomozgoh I ta’sirida shakllanib, ayrim belgilarida Messopotamiya va Elam an’analari an’analarining ta’siri seziladi.

G) o‘rta eneolit davri Yalang‘och shaklidagi komplekslar mahalliy ilk eneolit an’analari ta’sirida shakllanadi.Uning sodda varianti ham mavjud bo‘lib, Nomozgoh II va Messopotamiya an’anasining alohida ta’siri natijasi bo‘lishi mumkin.

d) so‘nggi eneolit Qoratepa usulidagi kompleksi Eron komplekslari bilan chambarchas aloqada bo‘lgan hamda Janubiy Messopotamiya ta’siri seziladi.

e) So‘nggi eneolit davri Geoksyur uslubi (masalan, xoch tasviri) Messopotamiya va Elam naqsh an’analari bilan alohida va chambarchas bog‘langanligini o‘zida aks ettiradi. Shunday qilib, Sharqiy hududlarda tashqi hudud madaniyatning ta’siri ko‘rinadi. Ko‘rinishdan, u Eron hududidan alohida ajralib turuvchi tashqi to‘lqin bo‘lgan. Geoksyur bilan bir qatorda Qoratepada ham mamahalliy an’analarning o‘rni yuqori bo‘lgan. Tashqi madaniy ta’sirning aniq hududi ma’lum bo‘lsada, ilk eneolit davridagiga nisbatan asta-sekin kamayib boradi.

Shunday qilib, eneolit davrida Janubiy Turkmaniston taraqqiyot darajasiga ko‘ra teng bo‘lgan hozirgi Eron va Afg‘onistonning qo‘shni viloyatlari bilan yagona tilda gaplashib, u erda qabilalarning siljishi sodir bo‘ladi.

Eneolit davrining oxiri (mil.av. III ming yillik boshlari)da Janubiy Turkmanistonda ilk shahar madaniyatining shakllanishi kuzatiladi.

Eneolit davrining so‘nggi bosqichlariga kelib, Yuqori Zarafshon hududida o‘troq dehqonchilikka asoslangan Sarazm manzilgohi shakllanadi. Sarazm bir necha madaniy qatlamdan iborat bo‘lib, uning quyi qatlamidan topilgan naqshli sopol buyumlar Anov II, Geoksyur shaklidagi moddiy buyumlarga ancha o‘xshash. Idishlarning sirtida Qora va qizil bo‘yoqlar bilan ishlangan turli geometrik naqshlar bor. Madaniy qatlamda misdan yasalgan qurollar topilgan. Bu qatlamning yoshi radiokarbon usulida tekshirilib mil av. IV ming yillik oxiri - III ming yillik boshlari belgilangan. Bu erdan ko‘p xonali uylar ochib o‘rganilgan. Uylar katta jamoa uylari bo‘lgan. 2-3 xonali kichik oilalarga mo‘ljallangan uylar ham mavjud. Ulardan turar joydan tashqari ro‘zg‘or va xo‘jalik maqsadlarida ham foydalanganlar. Turar joyga mo‘ljallangan uylarda dumaloq shakldagi o‘choqlar ham mavjud. Bunday o‘choqlar Anov II da ham keng tarqalgan edi.

Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha bu erda dehqonchilik madaniyati geoksyurliklarning ta’sirida rivojlangan. Bundan tashqari, Eron, Afg‘oniston va Kaltaminor madaniyatlariga mansub topilmalar ham mavjud. Bu eneolit davri qabilalari o‘rtasida doimiy madaniy-iqtisodiy aloqalar bo‘lganligidan dalolat beradi.

3. Bronza asri metalchilik taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishi va kishilik jamiyati taraqqiyoti yangi davrining almashinuvi bilan belgilanadi. O‘rta Osiyoda bronza davri nafaqat bronza qotishmasining paydo bo‘lishi, balki mehnat qurollari hamda bronza qurol-yarog‘larining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi shu bilan birgalikda boshqa qator belgilar: patriarxal munosabatlarning qaror topishi, chorvador qabilalarning ajralib chiqishi, Qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi mulkiy tengsizlikning paydo bo‘lishi, qabilalar o‘rtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan belgilanadi.

Ammo, tarixiy taraqqiyot O‘rta Osiyoning barcha hududlarida birdek kechmagan, janubiy hududlarga nisbatan shimoliy hududlar xususan cho‘l zonalar ancha orqada qolib ketgan. Xo‘jalikning aynan dehqonchilik yoki chorvachilik shakli bilan shug‘ullanuvchi aholi to‘plangan hududlar paydo bo‘ladi. Buning natijasida bir-biridan farqlanuvchi iqtisod vujudga keladi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi yashasa, shimoliy va Sharqiy hududlarda esa andronova madaniyati degan umumiy nomga ega bo‘lgan chorvador qabilalar yashagab, ular xo‘jalik va madaniyat shakllariga ko‘ra bir-birlaridan keskin farq qilgan. Ular doimiy aloqada bo‘lishgan.

Shunday qilib, Turkmanistonning janubiy hududlarida dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Bu erda bronza asri mil. av. III-II ming yillarga to‘g‘ri keladi. Bu hududda bronzaga ishlov berish texnikasi rivojlanadi, sug‘orish tizimi rivojlanadi, ketmon dehqonchiligi o‘rnini hayvonlarga omoch qo‘shilgan haydama dehqonchilik egallaydi. Qadimgi shahar madaniyati shakllanadi, mamahalliy boshqaruv apparati vujudga keladi, metallarga ishlov berish. kulolchilik, toshni qayta ishlash, to‘qimachilik, qurilish ishlari rivojlanib, ularning ixtisoslashuvi jarayoni kuchayadi. Monumental me’morchilik qaror topadi, kulolchilik yanada rivojlanib, ularga bezak berish texnikasi murakkablashib boradi. Terrakotik haykalchalar, zargarlik ishlariga e’tibor kuchayadi.

Janubiy Turkmanistonda bronza davri madaniyati Anov III bosqichi bilan belgilanib, ilk bosichiga (Nomozgoh IV - mil. av. 2750-2300 yy), o‘rta bosqichiga (Nomozgoh V - 2300-1850 yy) va so‘nggi bosqichiga (Nomozgoh VI - mil. av. 1850-1100) komplekslari kiradi. Bu hududda bronza davrigaoid yirik (50 ga, mas. Nomozgoh,) o‘rta (10 gacha maydonga ega bo‘lgan mas. Oltindepa) kichik manzilgohlar xosdir.

Bronzaning ilk bosqichi. Manzilgohlarda shaharsozlik qurilishi usulining murakkablashishi va yanada taraqqiy etganligi seziladi. Oltindepa fortifikatsiyasi takomillashib, manzilgohga uchta bo‘ylama yo‘lakcha orqali kirilgan. Diniy markaz bo‘lgan Oltindepa minora shaklidagi imorat bo‘lib, g‘ishtdan to‘rt tomoni o‘yiq qilib qurilgan (Messopotamiya zikkuratlari shaklida). YOnida dafn qilish marosimlari uchun mo‘ljallangan xonalar joylashgan. Xonalarning birida marosimlar o‘tkazilgan, qolganlarida murda va suyaklar saqlangan. Bu erdan turli xildagi sig‘inish buyumlari va bezaklar topilgan. San’at buyumlar yulduz belgilarining mavjudligi diniy kompleksning Oy xudosiga taaluqli ekanligidan darak beradi.

Rivojlangan bronza bosqichi. Manzilgohlarning hajmi kattalashadi. Uylar tartibli qurilib, o‘rtadan asosiy yo‘l o‘tadi. Bir necha shakldagi uylarning paydo bo‘lishiga ko‘ra aholining bir necha tabaqga ajralganligini ko‘rish mumkin. Oltindepadagi diniy inshoot qayta qurilib, zinasimon minoraning balandligi oshiriladi va maydoni kengaytiriladi. Binoning ibodat qilinadigan xonalaridan birida muqaddas ichimlik saqlangan idishi topilgan. Devor yonida muqaddas olov yonib turgan. Bu erda ham yulduz belgilari uchraydi. Xonalardan biri jamoa daxmasi bo‘lib, u ko‘rinishdan kohinlar uyushmasiga tegishli.

Bronzaning so‘nggi bosqichi. Bu davr yirik manzilgohlarning kichik manzilgohlarga aylanishi bilan xarakterlanadi. Oltindepa tashlab ketiladi. Nomozgohdepaning maydoni esa keskin qisqaradi. Ilk shahar madaniyati Murg‘ob vohasiga ko‘chib, u erda bir necha dehqonchilik vohalari shakllanadi. Bu erdagi markaziy manzilgoh atrofida hajmi kichik bo‘lgan manzilgohlar qaror topadi.

Qadimgi Turkmanistonda urbanizatsiya jarayonlari, g‘oyaviy tasavvurlari, shu bilan birgalikda o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy masalalarini o‘rganishda uy-joy, qal’a-qo‘rg‘on va ibodatxona kabi qurilish inshootlari o‘rin olgan Keleli, Gonur va To‘g‘aloq kabi arxeologik yodgorliklar hamda ulardan topib o‘rganilgan imoratlar va boshqa moddiy topilmalar muhim o‘rin tutadi. Bu turdagi arxeologik yodgorliklar majmuasi Murg‘ob vohasining so‘nggi bronza bosqichiga oid protoshahr madaniyati xususiyatlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Vohada urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi mil. av. II ming yillikning birinchi choragidan boshlanib, Keleli vohasida murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan arxeologik yodgorliklar: Keleli 3 qal’a-qo‘rg‘oni va boshqa Keleli guruhidagi aholi manzilgohlari paydo bo‘ladiki, ularning xarobalaridan aniqlangan me’morchilik inshootlari va moddiy topilmalar o‘z davri ijtimoiy munosabatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Keleli 3 yodgorligi kvadrat shaklida, tomonlari 128x128 m. iborat qal’a-qo‘rg‘on.

Manzilgohdagi qadimgi qabrlar kishida qiziqish uyg‘otadi. qabrlar lahot yoki yorma shaklida, ba’zan idish va devorlarga ko‘mish hollari ham uchraydi. YOsh bolalar qabri kichik chuqurlardan iborat. Katta yoshdagilar qabri bir tomonga qaratilib, yonbosh Sharq bukchaytirib ko‘milgan. Bir necha kishilar hatto alohida hayvonlar ko‘milgan qabrlar ham uchraydi. Qabrlarda mehnat qurollari mavjud. Ular sopol buyumlar, metal buyumlar, tosh, charm va boshqalardan iborat.

Bronza davri sapol buyumlarini yasashda kulolchilik charxidan keng foydalaniladi va ularni yasash usullari murakkablashib, sifati oshadi. Ko‘rinishdan kulolchilik charxidan foydalanish hamda ixtisoslashgan kulollar tomonidan iste’mol mollarining ko‘plab ishlab chiqarilishi naqshli sopollarning inqirozi va keyinchalik ularning butunlay yo‘qolib ketishiga olib keldi.

Kulolchilikka nisbatan metalchilik taraqqiyoti ancha orqada edi. Ammo, turli xil buyumlar yasashga ixtisoslashgan mis quyish ustaxonalari mavjud bo‘lgan. CHaqmoqtoshga ishlov berishning ba’zi bir ko‘rinishlari saqlanib qoladi. Toshdan dehqonchilik uchun kerakli bo‘lgan mehnat qurollari, taqinchoqlar tayyorlanadi. To‘qimachilik keng rivojlangan bo‘lgan. Bu davrda bronza, keyinchalik kumush va oltinlar asosida zargarlik san’ati shakllanib, bronza davrining oxirida etilgan hunarmandchilik turiga aylanadi. Zargar ustalar turli taqinchoq, ilohiy buyumlar tayyorlashgan. Masalan, Oltindepa ibodatxonasidan buqaning oltin boshi (mil. av. II m. y.) topilgan bo‘lib, u ko‘rinishdan aholining diniy marosimlar va an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bronza va misdan qilingan muhrlar kishida katta qiziqish uyg‘otadi. Bular esa ko‘rinishdan jamoa yoki umumoilaviy mulkning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular orasida toshdan yasalgan muhrlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. U yoki bu muhrlardagi tasvirlarning shakli va uslubi Messopotamiya muhrlariga o‘xshash. Dastlab muhlarda aniq hayvonlar yoki fantastik mavjudotlarning tasviri kam uchragan bo‘lsa, keyinchalik ko‘payib ularning ramzlari murakkablashadi va guruh tasvirlar ko‘payib boradi.

Bronza davri haykalchalariga yangi shakldagi ayol ma’budalari obrazining paydo bo‘lishi xosdir. Beldan pastki qismi qayta qilingan bo‘lib, ularning bosh qismini qaytadan ishlashga asosiy e’tiborni qaratishgan. Erkaklarning haykalchalari esa kam uchraydi. Rivojlangan bronza davrida bir necha shakldagi ayol haykalchalari paydo bo‘ladi, bu esa janubiy Turkmaniston aholisi yagona xudoga emas, aksincha bir necha ayol ma’budalarga sig‘inganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda ham erkaklarning haykalchalari ayollarnikiga nisbatan juda kam uchraydi. So‘nggi bronza davrida Murg‘ob vohasida diniy maqsadlarda foydalanish uchun yasalgan sopol idishlar paydo bo‘ladi. Bu idishlarning atrofi odamlar va turli hayvon shakllari bilan bezatilgan.

Bronza davrida janubiy Turkmaniston O‘rta Osiyodagi yuksak darajada rivojlangan va yuksak madaniyat yaratgan hudud hisoblanadi. Bu hudud nafaqat Qadimgi Sharqning taraqqiy etgan shahar madaniyati ta’sirida, balki dehqonchilik madaniyatiga ega bo‘lgan qo‘shni Eron va Afg‘oniston ta’sirida ham rivojlanadi va aksicha bu madaniyat O‘rta Osiyoning boshqa hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

4. O‘tgan asrning 80-90 yillarda Marv vohasida muntazam olib borgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida mil.av II ming yillikga oid ko‘plab yodgorliklar o‘rganildi. Bronza davrining so‘nggi bosqichiga oid ushbu yodgorliklar alohida kichik dehqonchilik vohalarida rivojlanadi. Ushbu kichik vohalar arxeolog olimlarning ilmiy tadqiqotlarida voha-tuman yoki xo‘jalik tumani nomlari bilan keltirilgan. Ular Keleli, Gonur, Toip, Tog‘oloq va boshqalardan iborat. Ulardan Keleli mil.av. II ming yillikning boshlariga, Gonur mil.av. II ming yillikning o‘rtalariga, Toip va To‘g‘oloqlar va boshqalar esa mil.av. II ming yillikning oxirlari oid. Arxeologik tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, mil.av. III ming yillikning oxiri va II ming yillikning o‘rtalarida ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida Yaqin Sharqdagi kichik sug‘orish tizimiga asoslangan dehqonchilik madaniyati markazlari inqirozga uchraydi. Mil.av II ming yillikning boshlarida Janubiy Turkmanistonning ilk shahar madaniyatiga oid ko‘pchilik manzilgohlar ham inqirozga uchraydi. Xo‘jaligi kichik daryo irmoqlari va jilg‘alar asosida sug‘oriladigan qabilalar o‘z joylarini tashlab, ko‘chib ketishadi. Ular suv bilan muntazam ta’minlanadigan vohalarni izlashga majbur bo‘ldi. Murg‘ob daryosi deltasi, SHerabod vohasi, Shimoliy Afg‘oniston hududlaridagi markazlarning paydo bo‘lishi ham ushbu jarayonlar bilan bog‘liq. Ushbu mintaqalarda vujudga kelgan o‘troq dehqonchilik madaniyati marazlarilari protoshahar xarakteriga ega bo‘lgan.

Marg‘iyona va Baqtriyaning mil.av. II ming yillik oid moddiy madaniyati umumiy o‘xshashlik va yaxlitlikga ega bo‘lib, kulolchilik idishlari, mehnat qurollari, bronzadan yasalgan qurol-yaroqlari, muhrlar, zeb-ziynat buyumlari shakli jihatidan shunchalik yaqinki, tadqiqotchlar ushbu umumchilikni Baktriya-Marg‘iyona arxeologik kompleksi (BMAK), deb nomlashni taklif etadilar. Shuningdek, BMAK bilan bir davrda rivojlangan Sharqiy Eron, Afg‘aniston va Hind vohasidagi Xarappa madaniyati bilan almashgan Jxukar madaniyatlari juda yaqin o‘xshashlikga ega.

Qadimgi Marg‘iyonadagi urbanizatsiya jarayonlari, g‘oyaviy tasavvurlari, shu bilan birgalikda o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy masalalarini o‘rganishda uy-joy, qal’a-qo‘rg‘on va ibodatxona kabi qurilish inshootlari o‘rin olgan Keleli, Gonur va To‘g‘aloq kabi arxeologik yodgorliklar hamda ulardan topib o‘rganilgan imoratlar va boshqa moddiy topilmalar muhim o‘rin tutadi. Bu turdagi arxeologik yodgorliklar majmuasi Murg‘ob vohasining so‘nggi bronza bosqichiga oid protoshahr madaniyati xususiyatlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Vohada urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi mil. av. II ming yillikning birinchi choragidan boshlanib, Keleli vohasida murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan arxeologik yodgorliklar: Keleli 3 qal’a-qo‘rg‘oni va boshqa Keleli guruhidagi aholi manzilgohlari paydo bo‘ladiki, ularning xarobalaridan aniqlangan me’morchilik inshootlari va moddiy topilmalar o‘z davri ijtimoiy munosabatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Keleli 3 yodgorligi kvadrat shaklida, tomonlari 128x128 m. iborat qal’a-qo‘rg‘on.

Bu yodgorliklar diniy marosimlar o‘tkaziladigan monumental me’moriy imoratlar majmuasidan iborat bo‘lgan. Ular Marv vohasida yashagan qadimgi qabilalar va xalqlarning ijtimoiy hayotini ma’lum darajada tartibga solib turuvchi g‘oyaviy markaz hisoblangan. Turkmanistonda bronza davri markaziy yodgorliklarining umumiy maydoni 12-20 gektargacha borgan. Ular ikki qismdan iborat bo‘lib, monumental ibodatxonalar joylashgan birinchi qism mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Ikkinchi qism esa ochiq joyda joylashgan. Vohalarning markazi bo‘lgan shaharlar ibodatxona mubodlari tomonidan boshqarilgan.

V.I. Sarianida tomonidan qazish ishlari olib borilgan To‘g‘oloq 21, To‘g‘aloq 1 va Janubiy Gonur kabi diniy imoratlar majmuasi ilk shahar xarakteridagi yuksak madaniyatini namayon qiladi. Ular ma’lum ma’muriy hududda yashagan aholining markaziy ibodatxonasi vazifasini o‘tgan. qadimgi Baqtriya hududida o‘rganilgan bronza davriga oid ibodatxona (Jarqo‘ton ibodatxonasi va Doshli 3 ibodatxonasi va saroy-ibodatxona)lari shakliga ko‘ra Marg‘iyonanikidan farq qiladi. Har ikkala hudud ibodatxonalari me’moriy xususiyatlariga ko‘ra har xil bo‘lsada, ularda odam yoki hayvon shaklidagi butlar timsollarining uchramasligi ularning umumiyligidan dalolat beradi.Keltirilagan diniy imoratlarni tashqi ko‘rinish, keng maydonni eganlagan mudofaa tizmi va koinot haqidagi tushunchalar bilan bog‘liq murakkab tuzilmaga ega ekanligi ham biriktirilib turadi. Bu qadimgi o‘troq dehqon qabilalari birlashmasining katta yoshdagi aholisi ma’lum marosim kunlari yig‘iladigan diniy va g‘oyaviy markazi vazifasini o‘tagan. Imoratlar ichki strukturasining o‘ta murakkabligi va undagi xonalarning o‘zaro bog‘liqligi kosmogonik qarashlar bilan bog‘liq bo‘lib, kosmoganiya va teogoniya jarayonlari diniy marosimlarida taqlid qilingan. Tadqiqotchi olim Karl Yettmar Baqtriya va Marg‘iyona diniy inshootlarini diniy marosimlar o‘tkaziladigan markaz sifatida izohlaydi.

Marg‘iyona ibodatxonalari uchun Baqtriyadagi kabi markazlarda joylashishi xos emas. Marg‘iyona ibodatxonalari uchun manumental komplekslari uchun markaziy o‘q bo‘ylab imoratlarning aylana shaklida qurilishi xosdir. Bunday xususiyat so‘ngi davrga oid To‘g‘oloq 21 me’morchilik kompleksida aniq namayon bo‘ldi.

Ibodatxona qurilishi kompoziyasidagi bunday farqlanish har bir xonalarning ma’lum vazifani bajarish ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lib, Marg‘iyona va Baqteriya ibodatxona kampleklari diniy marosimlar o‘tkaztsh va toat-ibodat jarayonlari bilan farq qilgan.

Bundan tashqari To‘g‘aloq 21, To‘g‘aloq 1 larning markaziy xonalaridan ko‘plab xaoma tayorlashda foydalanilgan o‘simlikni yanchadigan keli toshlar va kaoma tayorlanadigan idishlar topilgan. Idishlarning bo‘g‘izi ilon, xayvonlar va qushlar tasvir bilan bezatilgan. Bunga o‘xshash idishlar ba’zi xollarda Baqteriyada ham topilgan. Boshqa tomondan esa ushbu obrazlar rim davridagi mitra simvol bilan o‘xshashlikka ega. Mitraga toptanish xususiyati va buqalar qabri Tag‘aloq 1 da dafn qilingan kahin qabrida topilgan. Bronza davri muhrlaridan birida buqa dumi bilan tasvirlangan. Ushbu manzara ham rim davri mitraga sig‘inish odatiga xos bo‘lib, boshqa midaloshk doiralarida uchramaydi.

Manzilgoh atroflarida joylashgan so‘nggi bronza davri qadimgi qabrlar kishida qiziqish uyg‘otadi. qabrlar lahot yoki yorma shaklida, ba’zan idish va devorlarga ko‘mish hollari ham uchraydi. YOsh bolalar qabri kichik chuqurlardan iborat. Katta yoshdagilar qabri bir tomonga qaratilib, yonbosh Sharq bukchaytirib ko‘milgan. Bir necha kishilar hatto alohida hayvonlar ko‘milgan qabrlar ham uchraydi. qabrlarda mehnat qurollari mavjud. Ular sopol buyumlar, metal buyumlar, tosh, charm va boshqalardan iborat. Murdalar yon tomoni bilan bukilgan Sharq tomonga yotqizib ko‘milgan. Jarqo‘tonda o‘rganilgan qabrlar Jarqo‘ton, Kuzali, Molali davrlarini alohida ajratib ko‘rsatish hamda Qadimgi dehqon jamoalarining mulkiy munosabatlari va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.

Janubiy Turkmanistonda bronza davri markaziy yodgorliklarining umumiy maydoni 12-20 gektargacha borgan. Ular ikki qismdan iborat bo‘lib, monumental ibodatxonalar joylashgan birinchi qism mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Ikkinchi qism esa ochiq joyda joylashgan. Vohalarning markazi bo‘lgan shaharlar ibodatxona mubodlari tomonidan boshqarilgan.

Hunarmandchilikning ixtisosliklarga ajralishi metal va metalga ishlov berishning yuqori darajada rivojlanishiga imkon berdi. Asosiy xom-ashyo bo‘lgan bronzaga obdon ishlov beriladigan bo‘ldi. Toshdan mehnat qurollari tayyorlash o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.

5. O‘rta Osiyo hududida ilk temir davri arxeologiyasi yaxshi o‘rganilgan hududlardan biri Murg‘ob vohasi sanaladi. O‘lkadagi dastlabki yodgorliklar (Yozdepa, Aravalidepa, Ko‘hnedepa va Uchdepa) 1903 yili amerikalik tadqiqotchi olim R.Pompeli tomonidan aniqlangan bo‘lib, 30-yillarda ham tekshirish ishlari olib borilgan. Arxeologik tadqiqot ishlari ikkinchi jahon urushidan so‘ng Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi tashkil etilishi bilan faollashib ketadi. O‘tgan asrning 50-60 – yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli qazishma ishlari olib borilishi bilan tadqiqotlar jadallashib ketadi. Natijada Yozdepa majmuasining ilk temir davri xronologik ustuni ishlab chiqiladi:

Yoz I mil. av. 900-650 yillar

Yoz II mil. av. 650-500 yillar

Yoz III mil. av. 500-350 yillar

Lekin o‘tgan asrning oxirlarida Yozdepa yodgorligida amalga oshirilga radiokarbon tahlili Yoz I davrini mil.av. 1300 bilan belgilagan.

Bu voha Murg‘ob daryosidan bosh oladigan anhorlar yoki hosil qilgan deltalari tashkil etgan kichik vohalar yoki xo‘jalik tumanlari Toxirboy, YAzdepa, Aravalidepa, Toip va To‘g‘aloqlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birida 3 tadan 25 tagacha kata-kichik manzilgohlar butun vohada 60 ga yaqin manzilgoh aniqlangan. Yozdepa ular orasidagi nisbatan yirik va markaziy vohani tashkil etadi. Ular arkli nisbatan yirik manzilgohlar, arksiz yirik manzilgohlar va kichik qishloqlar uy- qo‘rg‘onlar.

Vohadagi arxeologik yodgorliklar orasida Yozdepa nisbatan yirik va yaxshi o‘rganilgan manzilgoh hisoblanadi. Uning maydoni 16 ga. ni tashkil etib, manzilgohning bir chetida baland sahni ustida barpo qilingan ark joylashgan. Manzilgohdan xom g‘ishtdan (53x28-29x12-13 sm) barpo qilingan, uy-joy qoldiqlari, arkda bino qilingan yirik imorat saroy yoki ibodatxona joylashgan. Imoratlar uzun va to‘g‘ri to‘rt burchak xonalardan iborat. Imoratlar xonalari va sathi loysuvoq qilingan.

Voha aholisining asosiy xo‘jalik mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikni tashkil etgan. Arxeologik tadqiqotlar davomida Marvliklarning asosiy xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikdan iborat bo‘lgan. Yozdepa kichik vohasida Gatioqar (eni 5-8 m, chuqurligi 2-3 metr, uzunligi 55 km) va Aravalidepa kichik vohasida esa Guniyab (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr, uzunligi 36 km.) kabi hozirda mavjud bo‘lgan anhorlar tadqiqotchi olimlarning taxmanlariga ko‘ra o‘sha davr o‘zanlari bilan mos kela ekan.Ushbu anhorlar atrofida qadimda foydalanilgan ekain maydonlarining o‘rni saqlanganligi arxeologik jihatdan ma’lum. Dehqonchilikda boshoqli don va poliz ekinlari ekishgan. CHorvachilik holati qay darajada bo‘lganligi to‘g‘risidagi etarli va aniq ma’lumotlar kam.

Bu erdagi Toxirboy I va CHurnok manzilgohlaridan temir toshqollari uchraydi. Kulolchilik ishlab chiqarishi bog‘liq masalalar yaxshi o‘rganilgan. Bu erdagi ko‘pgina manzilgohlardan kulolchilik pechlarining izlari topilgan. Ular ichida CHurnokdan topilgan ikkita pech diqqatga sazovardir. Ular qo‘ng‘iroq simon shaklga ega bo‘lib, olovxona va idishlar joylashtiriladigan qismlardan iborat. Uchdepadan esa kulollar mahallasi o‘rganilgan, undagi xumdonlar mil. av. V-IV asrlarga oid.

Mil. av. X-VII asrlarga (Yoz I) oid sopol idishlar qo‘lda yasalagan. Idishlar sariq angob bilan bo‘yalgan, ustidan jigar va qizil bo‘yoqlar bilan geometrik naqshlar berilgan. Mil. av. VII-IV asrlarga kelib, idishlarni kulolchilik charxida yasash an’anasi kuchayadi, atrofiga naqshlar solingan idishlar uchramaydi. Marv vohasidagi manzilgohlardan tosh qurollar, erqo‘rg‘ichoqlar, zeb-ziynat buyumlari. qurol- aslaha va kamon o‘qlarining uchlari ham topib o‘rganilgan. Mil. av. IV (Yoz III) kelib vohalarning barcha manzilgohlarda inqirozi kuzatiladi. Sug‘orish tizimining murakkablashishi natijasida aholi yangi erlarni o‘zlashtiradi.




Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish