Jahon tarixi kafedrasi



Download 3,91 Mb.
bet11/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

Shaharlar tarixi. Shaharlar ibtidoiy jamoa davridan sinfiy jamiyatga o‘tishda hunarmandchilik va savdo-sotiq dehqonchilikdan ajralib chiqish davrida paydo bo‘lgan. Hunarmand va savdogarlar muqim istiqomat qila boshlagan joylar gavjumlashib, shaharlarga aylana boshlagan. Dastlabki shaharlar mil. avv. V-III ming yilliklarda Sharqda — Mesopotamiya, Markaziy Osiyo regionida hamda Hindiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarda vujudga kelgan. Bu erlarda mavjud quldorlik davlatlarining poytaxt shaharlari eng taraqqiy qilgan davrda har birida taxminan 100 minglarcha aholi yashagan. Yunonistonda davlat tuzumi aristokratik yoki demokratik respublika bo‘lgan shahar-davlatlar (polis) ayniqsa rivojlangan. Sharq mamlakatlarida harbiy istehkomlar asosida shaharlar soni orta bordi.

Turli davrlarda urushlar, bosqinchiliklar sabab shaharlar vayron bo‘lgan. Jumladan, XIII asrda mo‘g‘ul istilochilarining bosqinchiligi natijasida O‘rta Osiyo, Zakavkaze va boshqalar joylardagi ko‘p shaharlar vayron etildi. Temuriylar davrida esa, Movarounnahr va Xurosonda bir qancha shaharlar, xususan, Samarqand, Buxoro va Hirot ravnaq topdi.

Yevropa mamlakatlarida shaharlar Sharq mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo bo‘ldi. Shaharlarda sanoat ishlab chiqarish markazlashib, shahar aholisi jadal o‘sa boshladi, rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi salmog‘i butun mamlakat aholisining 70-80% ni tashkil etdi.

Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida juda ko‘p shaharlar vayron bo‘ladi. Ayni vaqtda er osti foydali qazilmalarining ochilishi va uni qayta ishlash korxonalarining qurilishi (Angren, Olmaliq, Yangiobod, Zarafshon, Muborak, Navoiy), yangi erlarning o‘zlashtirilishi (Yangiyer, Guliston, Koson, SHerobod), yirik suv inshootlari va elektr stansiyalarining qurilishi (Shirin, Kattaqo‘rg‘on, Taxiatosh) munosabati bilan yangi shaharlar tashkil topadi va rivojlanadi.

Shahar aholisi – shahar va shaharchalarda yashaydigan kishilar. Shahar va qishloq aholisi nisbati urbanizatsiya darajasini ko‘rsatadi. Uning asosiy ko‘rsatkichi mamlakat yoki mintaqa aholisining necha foizi shaharlarda yashashini ifodalaydi. Biroq aholi manzilgohlarini qishloq yoki shaharlarga ajratish mezoni barcha mamlakatlarda turlicha.

Yer yuzi aholisining deyarli yarmi shaharlarda istiqomat qiladi. Shahar aholisining o‘sib borishiga — qishloqlarga shahar maqomining berilishi, shaharlar hududining qo‘shni qishloq joylari hisobiga ortib borishi, qishloqlardan shaharlarga aholining ko‘chib kelishi (migratsiyasi) hamda shahar aholisining tabiiy ko‘payishi sabab bo‘ladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda shahar aholisining o‘sish sur’ati pasayib ketdi. Qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan ko‘payishi yuqoriligi natijasida shahar aholisi ulushi pasayib bormoqda. O‘zbekistonda shahar aholisining sekin o‘sishiga tashqi migratsiya, aholi tabiiy o‘sishining pasayishi (asosan, tug‘ilishning) sabab bo‘lmoqda.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlarning paydo bo‘lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo‘lib, bu ikkala jarayon uzviy bog‘liq holda kechgan.

Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O‘zbekistonning dehqonchilik vohalarida o‘troq qabilalar rivojlanib, aholining alohida joylashuv tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar – o‘troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o‘zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarining kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O‘zbekiston hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishida asosiy omillardan hisoblanadi.

Jamiyat hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mil. avv. III ming yillikning oxiri – II ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma-bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O‘rta Osiyodagi Jarqo‘ton, Sopolli, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi:



  • aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;

  • hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;

  • qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi;

  • tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.

Shahar madaniyati dastavval O‘zbekistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, so‘ngra esa shimolga So‘g‘d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Xorazm, Shosh va Farg‘ona hududlariga tarqaldi. Bu — aynan yurtlar va xalqlar taraqqiyotidagi notekislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas.

Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar – tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini o‘rganish jarayonida dastavval, eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar va viloyatlardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning ta’siri; ekologik-geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta’sir doirasi; shaharlarning vazifasi; qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o‘rni va ahamiyati masalalariga keng e’tibor qaratish lozim.



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish