Mоnitоring va bahоlash: o’quv mashg’ulоtida va butun kurs davоmida mavzu yuzasidan nazоrat savоllarini bеrib bоrish оrqali o’qitishning natijalari rеjali tarzda kuzatib bоriladi. Fan охirida tеst tоpshiriqlari yordamida tinglоvchilar (talabalar)ning bilimlari bahоlanadi.
O`QUV MATERIALLARI
Ma’ruza mashg’ulotlari
|
IV semester
|
|
|
O`rta Osiyo shaharlarining paydo bo`lishi rivojlanishi
|
2
|
|
O`rta Osiyo shaharlarining paydo bo`lishi rivojlanishi
|
2
|
|
Janubiy Turkmaniston shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Qashqadaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Buxoro vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Xorazmning o`rta asr shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Chirchiq va Angren vodiysi shaharlari. O`rta asrlarda Toshkent vohasi urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Farg`ona vodiysi shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Farg`ona vodiysi shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Ettisuv va Janubiy Qozog`iston o`rta asr shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
So`nggi o`rta asrlar O`rta Osiyo shaharlari urbanizatsiyasi
|
2
|
|
Jami
|
28
|
1-mavzu: O`rta Osiyo shaharlarining paydo bo`lishi rivojlanishi
Reja:
1. “Shahar” atamasi va uning qisqacha tarixi haqida.
2. Ilk shaharlar paydo bo‘lishi asoslari va shart-sharoitlari.
3. Shahar aholisi va shaharsozlik tarixi.
Asosiy qism:
“Shahar” atamasi kelib chiqishiga ko‘ra forscha bo‘lib, Old Osiyoning qadimgi davlatlarida ushbu davlatlar bo‘lingan mulklarni, ya’ni ma’muriy hududiy birliklarni bildirgan.
Shahar nisbatan katta va doimiy aholi punktidir. Ko‘p shaharlarga mahalliy qonunchilik alohida ma’muriy, qonuniy yoki tarixiy mavqe beradi. Masalan, O‘zbekistonning Toshkent shahri viloyat va viloyat markazlaridan alohida mavqeiga ega. Yevropada esa tarixan shahar sifatida o‘z sobori bor har qanday aholi punkti qaralgan.
Shaharlar odatda murakkab sanitariya, yo‘l va ko‘cha, turar-joy hamda transport tizimiga ega bo‘ladi. Aholisi soni milliondan oshadigan shaharlar megapolis, deyiladi; shahar o‘sib, boshqa shaharlarga ega va ularni o‘ziga qo‘shib olsa, bu shahar megalopolisga aylanadi.
Shahar – aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band bo‘lgan yirik aholi manzilgohi. Shahar — bevosita qishloq xo‘jaligi bilan band bo‘lmagan aholi to‘plangan markaz. Shahar atrofidagi tumanlar uchun ma’muriy va madaniy markaz bo‘libgina qolmay, balki ularning joylashishi va o‘sishiga ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil hamdir. Aholi punktlariga shahar maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xo‘jalik, madaniy-siyosiy, ma’muriy va h.k. bosh mezon bo‘lib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini shahar toifasiga o‘tkazish ma’lum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi. Turli mamlakatlarda shahar maqomini olish mezoni turlicha, masalan, Daniya va Ispaniyada aholi soni 250 kishi, Gruziya va Turkmanistonda 5 ming, Tojikiston va Qirg‘izistonda 10 ming, Rossiyada 5-12 ming, Yaponiyada 25 ming kishi bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda 7 mingdan yuqori bo‘lishi talab etiladi. Aholi soniga ko‘ra, shaharlar kichik (50 minggacha), o‘rta (50-100 ming) va katta (100 mingdan ortiq) bo‘ladi. O‘zbekistonda 120 shahar, 113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qo‘qon, Farg‘ona, Nukus, Qarshi, Urganch, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Marg‘ilon, Termiz, Jizzax), 16 tasi o‘rta va qolganlari kichik shaharlar.
Shaharlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra — poytaxt, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy tekshirish markazlariga bo‘linadi. Shuningdek, respublikaga bo‘ysunuvchi, muxtor respublika, viloyat, tumanlarga bo‘ysunuvchi shaharlarga ajratiladi.
Shahar aholisi butun jahon aholisining 47,5% dan ortig‘ini tashkil etadi. BMTda qabul qilingan terminologiyaga muvofiq, 8 mln. va undan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar — megashahar deb yuritiladi. Bunday shaharlar Er yuzida 1950 yilda 2 ta, 1995 yilda 22 ta, hozirgi kunda 25 dan ortiq. Bir yoki ikki shahar atrofida shahar va shaharchalarning zich joylashishi shaharlar aglomeratsiyasi deyiladi. Eng yirik shahar aglomeratsiyalari: Tokio, Nyu-York, Mumbay, SHanxay, Mexiko, San-Paulo va boshqalar. O‘zbekistonda Toshkent, Farg‘ona — Marg‘ilon, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqalar shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Bir necha shahar aglomeratsiyalari qo‘shilib, megalapolis yoki megapolislarni tashkil qiladi. Hozirgi Bosvash, Tokaydo va boshqalar megapolislar bor. Ba’zan yirik shaharlar yonida yo‘ldosh shaharlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |