Qashqadaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi



Download 49,97 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi49,97 Kb.
#360379
Bog'liq
Qashqadaryo urbanizasiyasi


Qashqadaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi

1.     Kitob qaysi davrlarda poytaxt shahar bo‘lgan?

2.     Kesh tarixiga oid haqida arxeologik ma'lumotlar qayerlarda uchraydi?

3.     O‘rta asrlarda Shahrisabz shahri tuzilishi haqida ma’lumot bering.

4.     Qamaytepa qayerda joylashgan?

5.     Amir Temur va temuriylar davrida Shahrisabz shahri qanday mavqega ega bo‘lgan?

6.     Yerqo‘rg‘on me’moriy yodgorligi haqida ma’lumot bering.

7.     Shulluktepa qanday joy nomi va u qayerda joylashgan?

  Kesh Kish (Kitob)- Hozirgi Kitob shahridan g‘arbda, Zarafshon tizmasidan oqib keluvchi SHo‘robsoy bo‘yida Podayotoqtepa, Uzunqir va Sangirtepa nomli yirik arxeologik yodgorliklar majmuasi mavjud. Bu yodgorliklar mil.avv. VIII-VII asrlarda shakllangan qadimiy Keshning bizning kunlargacha yetib kelgan xarobalaridir.

Aleksandr Makedonskiyning tarixchilari Qashqadaryo vohasidagi Nautaka va Ksenippa nomi bilan atalgan viloyatlarni tilga olishgan. M.YE.Massonning fikricha Nautaka - bu Qarshi vohasida, Ksenippa esa yuqori Qashqadaryoda joylashgan. S.K.Kabanov va A.S.Sagdullayev esa M.YE.Masson fikriga qarama-qarshi fikrni bildiradi.

Yaqinda shimoliy Afg‘onistondan mol terisiga bitilgan maktub topilgan. Maktub mil.avv. 330-320 yillarda, Baqtr satrapi (hokimi) tomonidan uning o‘z qo‘li ostidagi Xulm (Baqtr (Balx)dan 50 km masofada joylashgan Toshqo‘rg‘on ) degan shaharcha boshqaruvchisi Bagavantaga yuborilgan. Unda Nikshapaya va Kishsh shaharlaridagi mudofaa inshootlari qurilishini nazorat qilish uchun askar yuborish buyurilgan . Xatda Nikshapaya (Naxshab) va Kish (Kesh) shaharlari nazarda tutilganligiga biron-bir shubha yo‘q.

Mil.avv. III-II asrlarda Kish (Kesh) tanazzulga uchraydi va shahar hozirgi Kitob shahridagi Qalandartepa o‘rnida qayta qad rostlaydi. Lekin dissertatsiyada bu shaharning qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri tarixi to‘g‘risida chuqurroq to‘xtalishni lozim topmadik. Shahar bu yerda IX-X asrlargacha faoliyat ko‘rsatadi. Lekin u hozirgi Shahrisabz o‘rniga qaysi asrda ko‘chganligi masalasi uzoq yillar davomida tarix va arxeologiya fanlarida muammo bo‘lib keldi.

Х asrda Keshga tashrif buyurgan arab sayyohi Ibn Xavqalning shaharga bergan ta’rificha, «Kesh «kuhandiz», «hisna» va «rabod» dan tashkil topgan. Undan tashqari yana bir shahar «madina» rabod bilan tutashib ketgan. Ichki shahar va kuhandiz xaroba holatda. Aholi tashqi shaharda yashaydi. «Dar al Imara», ya’ni hukumat uyi shahar tashqarisida, rabod esa al Musalla degan joyda joylashgan. Zindon va jome’ masjidi xarobaga aylangan ichki shaharda, bozorlar esa rabodda. Shaharning barcha imoratlari loydan va yog‘ochdan qurilgan. Ichki shahar devorlarida «Bab al Hadid» - Temir darvoza, «Bab Ubaydulloh» - Ubaydulloh darvozasi, «Bab al Qassarin» - Tozalovchilar darvozasi, «Bab al Madina ad Dohila» - Ichki shahar darvozasi. Tashqi shahar devorlarida «Bab al Madina ad Dohila» -Tashqi madina darvozasi va «Bab Barknon» - Barknon darvozalari bor. Barknon Keshga yaqin masofada joylashgan qishloqlardan birining nomi.

Keshning shahar devorlari yaqinidan ikkita daryo oqib o‘tgan. Ulardan biri «Nahr al Qassarin» - Tozalovchilar daryosi nomi bilan atalgan va bu daryo Siyam tog‘laridan boshlanib, Keshning janubiy darvozasi yaqinidan oqib o‘tadi. Manbalarda tilga olingan Musallo masjidi mana shu daryoning narigi tomondagi hududda, «tashqi madina»da bo‘lgan va bu hudud orqali Kesh (Shahrisabz)ga yo‘l o‘tgan. Bu hududda hunarmandlarning mahallalari ham faoliyat ko‘rsatgan. Xullas, Kesh (Kitob) shahri o‘rta asrlarda to‘rt qismdan iborat bo‘lgan. Ikkinchi daryo «Nahr Asrud» nomi bilan ataladi va u Kashkrud rustoqi tomondan oqib keladi. Bu daryo Kitob shahrining shimoliy darvozasi yaqinidan oqib o‘tadi.

Kesh (Kitob) shahri xarobalari arxeologik jihatdan birinchi marta 1949-1950 yillarda S.K.Kabanov tomonidan tadqiqi etilgan va deyarli buzilib ketgan qadimiy shaharning qoldiqlari Qalandartepadan 100 metrlar chamasi g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘sha paytda uning maydoni 7-7,5 ga, shaharchaning umumiy maydoni esa 15 ga bo‘lgan. 1960-1970 yillarda Kitob shahri hududida KATE olimlari tomonidan solingan qirqdan ortiq shurflar ilk o‘rta asrlarga oid Kesh shahri keyingi asrlardagi Kitob bekligi qo‘rg‘oni hududida bo‘lganligini aniqlashga yordam berdi. Shaharning shimoli-g‘arbiy mudofaa devorlari N.I.Krasheninnikova tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning qalinligi 7,5 m, devor ichidagi koridorning eni esa 1,25 m bo‘lgan. Bu devorlar ilk antik davrda bunyod etilgan.

O‘rta asrlar sayyohlarining bu ma’lumotlarini to‘laligicha Kitob shahri hududidagi Qalandartepaning geografik xususiyatiga mos keladi. «Nahr al Qassarin» - hozirgi Oqsuv daryosi shaharning janubiy darvozasi yaqinidan, «Nahr Asrud» - Qashqadaryo esa shaharning shimoliy darvozasi yaqinidan oqib o‘tgan. Hozirda Kesh (Kitob) arki bo‘lgan Qalandartepadan Qashqadaryogacha bo‘lgan masofa 2,5 km ekanligini hisobga olsak, «Nahr Asrud» (Qashqadaryo) shaharning shimoliy darvozasidan anchagina nariroqdan oqqan. Yuqorida aytganimizdek, Ibn Havqal Kesh (Kitob) shahri darvozasi deganda daryo yaqinidan o‘tgan “Chim devori” dagi darvozani nazarda tutgan bo‘lsa kerak.

Hozirgi tarix fanidagi muammolardan biri - Kesh shahrining hozirgi Shahrisabz shahri joylashgan hududga qaysi davrda ko‘chganligi masalasidir. Ayrim olimlar Shahrisabz o‘rnidagi shahar - Kesh XI-XII asrlardan boshlab faoliyat ko‘rsatgan, degan fikr bildirsalar, boshqa olimlar fikricha, shahar XIV-asrda paydo bo‘lgan. M.YE.Masson va G.A.Pugachenkova Shahrisabz o‘rnidagi qishloq bu yerda XIII asrdan keyin paydo bo‘lgan, shahar devorlari qurilishi esa Amir Temurning buyrug‘iga asosan 1378-79 yillarda olib borilgan, degan fikrda bo‘lganlar. Kesh (Shahrisabz) shahri xarobalarida 1949-1950 yillarda arxeologik tadqiqotlar olib borgan S.K.Kabanovning ma’lumotiga ko‘ra, Shahrisabz qal’asi ichida o‘sha paytda bir nechta tepaliklar bo‘lgan. Qal’aning janubi-g‘arbiy qismida balandligi 4-5 m, kengligi 50-60 m bo‘lgan ko‘tarma (val) mavjud bo‘lgan va u shahar ichkarisiga, ya’ni shimol tomonga qarab 300 m cho‘zilgan va uning shimoliy qismi qabristonga aylanib ketgan. Undan sharq tomonda yana shunday val bo‘lib, uning balandligi 10 m va uzunligi 60 m bo‘lgan. S.K.Kabanovning xulosasiga ko‘ra, IX-X asrlarda Shahrisabz hududida maydoni 6-7 ga bo‘lgan shahar tipidagi yirik qishloq faoliyat ko‘rsatgan.

SH.S.Kamoliddinovning fikriga ko‘ra, Kesh (Shahrisabz)ning shahar devorlari XI-XII asrlarda, Qoraxoniylar davrida qurilgan bo‘lishi ham mumkin. Ma’lumki, Kesh (Kitob)ning janubi-g‘arbiy darvozalaridan biri Bob Barknon deb atalgan, undan Nasaf va Termizga qarab savdo yo‘li chiqqan. Shu yo‘l ustida shaharga yaqin masofada Barknon qishlog‘i joylashgan. Shahar darvozasi qishloq nomi bilan atalishi bu qishloqning ancha yirik bo‘lganligidan dalolat beradi. Sh.S.Kamoliddinovning fikriga ko‘ra, Barknon hozirgi Shahrisabz o‘rnidagi yirik qishloq bo‘lib, u dastlab Kesh (Kitob)ning «yo‘ldosh shaharchasi» sifatida faoliyat ko‘rsatgan va keyinchalik Shahrisabz Keshi mana shu qishloq asosida shakllangan. Kesh (Kitob)ning inqirozga uchray boshlashi jarayonida bu hududlar uchun kerak bo‘lgan markaz endi unga yaqin masofada, yirik savdo yo‘li ustida joylashgan Barknon qishlog‘iga ko‘cha boshlaydi va u rivojlanib yangi savdo va hunarmandchilik markaziga aylana boradi, XI-XII asrlarda u yerda jome’ masjidi qurilgan. M.YE.Massonning fikricha, IX asrda Shahrisabz shahrini shamoldan janubga qarab kesib o‘tgan bosh ko‘chasining ikki tomonida muntazam rivojlanayotgan o‘rta asr qishlog‘i faoliyat ko‘rsatgan. Bu yo‘l Samarqanddan Balxga ketuvchi yo‘lning muhim qismi bo‘lgan. Mana shu davrda Movarounnahrning yirik shaharlarida musallo - namozgohlar qurilishi boshlangan. Kesh (Kitob) musallosi shahriston va raboddan tashqarida, hokim saroyi yaqinida bo‘lgan.

Kesh-Shahrisabzda ham namozgoh bunyod etilgan. M.YE.Masson va G.A.Pugachenkovalarning fikrlaricha, u XIX asrda faoliyat ko‘rsatgan namozgoh o‘rnida, Kitob darvozasidan (Oqsaroyni qarshisida) 0,5 km shimolda joylashgan Balandtepa atrofida bo‘lgan. Balandtepada esa zardushtiylik ibodatxonasi izlari topilgan. Janubiy Sug‘d hududida dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishi ilk temir davriga davriga borib taqaladi. Shundan boshlab o‘lkada shaharsozlik bosqichma-bosqich rivojlanib bordi, antik davrda yuksak darajaga ko‘tarildi. Ilk o‘rta asrlarda yirik shaharlar qatoriga yuzlab yangi-yangi shaharlar qo‘shilib bordi.

O‘rta Osiyoda islom dini to‘la joriy etilgandan so‘ng Janubiy Sug‘d shaharsozligi va qishloqlar me’morchiligi tubdan o‘zgara boshladi. Ilk o‘rta asrlarda asos solingan ko‘plab yirik qal’alar va qishloqlar kengayib shaharlarga aylana bordi. Shaharlarda harbiy va davlat boshqaruvining markazi sifatida yirik, hashamatli sharqona saroylar bunyod etildi. Arab halifalari tomonidan hokimiyatga tortilgan mahalliy tohiriylar sulolasi davrida qisman, somoniylar davrida esa to‘la mahalliy boshqaruv tizimi yaratildi. Bu sulolalar tomonidan tashkil etilgan markazlashgan yirik mustaqil davlat faoliyatida shaharsozlikda, qishloqlar qurilishida, hunarmandchilikda, ilmu-fan, ma’rifat va madaniyat sohalarida yuksak o‘zgarishlar ro‘y berdi. Aynan mana shu paytda ilm, fan va madaniyatning olamshumul taraqqiyotiga - O‘rta asrlar renessansiga tamal toshi qo‘yildi.

Qal’a devorlarida 1963-1964 yillarda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspeditsiyasi (KATE) Z.I.Usmanova boshchiligida ilk bora arxeologik qazishmalar olib borilgan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mudofaa devorlarining eng baland saqlangan joyi 11-metrni, qalinligi esa 3,5-9 metrni, mudofaa burjlar bilan birgalikdagi qalinligi esa 17,5 metrni tashkil etgan. Devorlarning umumiy uzunligi 5,6 kм bo‘lib, unda jami 70 ta mudofaa burjlari hisobga olingan. Shu davrda shaharning shimoliy Kitob darvozasi yaqinida tadqiqot olib borilgan va qal’a ilk qurilgan davrida uning devori 7-13 sm qalinlikdagi qatlamli paxsadan bunyod etilganligi aniqlangan.

1982 yilda qazishmalar yana davom ettirildi. Arxeolog A. Raimqulov tomonidan Oqsaroy bosh peshtoqining shimol tomonida, Kitob darvozasi yaqinida mudofaa devorlari ko‘ndalangiga kesib o‘rganildi. Kesma toza yer qatlamigacha qazib tushildi. Devorning yuqori qismida 2 m mana shu davrda Oqsaroyning bosh peshtoqidan 25 m janubi-sharqda 2x2 m kenglikda shurf solingan va bu yerda saroy hovlisi sathiga yotqizilgan mozaik pol hamda saroyning tashqi devorlari qoldiqlari aniqlangan.

A.S.Sagullayevning fikriga ko‘ra, IX-XII asrlarda Kesh ark va mustahkamlanmagan shahristondan iborat kichikroq shahar bo‘lib, uning markazi Shahrisabzning janubi-g‘arbiy chetida joylashgan Choshtepa o‘rnida bo‘lgan.

1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan ushbu dissertatsiya muallifi rahbarligida Shahrisabz shahrining markaziy maydonida, Dorussaodat me’moriy majmuasi atrofida, Oqsaroy bosh peshtoqidan o‘rtacha 400 m janubda, bu yerda bunyod etilayotgan favvora va hovuz o‘rnida o‘tkazildi.

2006 yilda Oqsaroy peshtoqidan taxminan 50 m sharq tomonda 25x20 m maydonda qazishmalar o‘tkazildi va yerda solingan transheyada XVII-XVIII asrlarga oid madaniy qatlamlar ostida Qoraxoniylar davriga oid madaniy qatlamlar va kulolchilik idishlari parchalari topildi.

Bu qazishmalarda, 1996 yil qazishma o‘tkazilgan joydan 350-400 m shimolda qoraxoniylar davri oid madaniy qatlamlarining uchrashi bu yerda bu sulola davrida keng maydonni egallagan yirik aholi punkti bo‘lganligini ko‘rsatadi.

2014 yilda Shahrisabz shahrida qurilish va yer qazish, ishlari o‘tkazilayotgan davrdagi tadqiqotlarda shahar dehqon bozoridan 50-55 m sharqda XIV asrning birinchi yarmiga oid hammom qoldiqlari topildi. Inshoot Movarounnahr me’morchiligida X-XI asrlardan boshlab shakllangan.

Yerqo’rg’on ham mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan edi, ma'lum masofada kuzatish minoralari mavjud edi. Bu davrda shaharning 2 ta darvozasi bo‘lgan: birinchisi, shaharning shimoli-sharqida- bu yerdan Zarafshon vodiysiga chiqish mumkin bo‘lgan; ikkinchisi, shaharning janubi-sharqida - bu darvoza Sharqiy Kashkadaryo olib boradigan yulda joylashgan. Arxeologik tadqiqotlarning ma'lumot berishicha, Yerqo’rg’on aholisi asosan ziroatchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shuningdek yuqorida tilgan olingan shaharlardan tashkari Marv, Balx, Kuzalikir, Kiziltepo kabi shaharlar bu davrda savdo va hunarmandchilikning muhim markazlari bo‘lgan. Bu davrda ularning hududlarida dastlabki ahamoniylar tangalari - dariklar paydo bo’ladi. Baqtriyada aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo‘lgan. Kvint Kursiy Ruf: «Baqtriya tabiati xilma-xildir: bu yerda uzum ko’p va katta hosil beradi, sersuv soylar suvsiz cho’llarni sug’oradi, eng hosildor yerlarda asosan bug’doy ekiladi, boshqalari esa chorva mollari uchun yaylovlarga aylantirilgan. Ammo yerning asosiy qismi- hosilsiz tekislikdir».Bu davrda Baqtriyada tasviriy san'atning rivojlanish darajasini aniqlash uchun Amudaryo xazinasiga kirgan buyumlarni bir bor ko’rish kifoya qiladi.

Shulluktepa Qarshi rayonidagi To‘qmang‘it qishlog‘i yaqinida, Qashqadaryoning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Bu hududda daryoning keng maydonni egallagan yarim doira shaklidagi qayrilishi bo‘lib, mana shu qayrilish ichida Naxshab-Nasafning arki, shahristoni va rabodi joylashgan.

Shulluktepaning eng baland joyi uning ikki pog‘onali ulkan arki bo‘lib, maydoni 150x80 m va balandligi 28 m. Arkning shimoli-g‘arbiy tomonida uning keskin ko‘tarilgan qismi mavjud, u ham o‘ziga xos tepalik shaklida bo‘lib, arkning asosiy qismidan 13-14 m baland. Arkni hamma tomondan deyarli aylana shaklidagi shahriston o‘rab turadi, shahriston arkdan keng mudofaa xandaklari (rov) bilan ajratilgan. B.D.Kochnevning ma’lumotiga qaraganda, Shulluktepa shahristoni deyarli to‘rtburchak shakliga ega bo‘lib, maydoni 450x350 m (15,7 ga). Uning devorlari qoldiqlarida to‘rtta darvozaning o‘rnini kuzatish mumkin. Lekin hozirgi zamonaviy internet tizimi dasturlari orqali shahristonning uzunchoq aylana shakliga ega ekanligini kuzatish mumkin.

Shahristonni barcha tomondan ulkan rabod o‘rab olgan. Rabodning ustki relyefi asrlar davomida shu atrofda yashovchi aholi pishiq g‘isht kavlash bilan shug‘ullanganligi tamoman o‘zgarib ketgan. Rabod hududi 1980 yillarning o‘rtalarida tamoman tekislab yuborilgan.

Arxeologiya fanida Naxshab shahrining joylashgan o‘rni masalasiga turlicha munosabatlar bo‘lgan. M.Y.Massonning fikricha, qadimiy Naxshab hozirgi Qarshi shahrining janubiy qismida joylashgan Qal’ayi Zohaki Moron o‘rnida bo‘lgan. B .D.Kochnevning fikriga ko‘ra esa, Naxshab hozirgi Shulluktepa o‘rnida faoliyat ko‘rsatgan.

Shulluktepa arkida 1970 yillarda B.D.Kochnev tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar asosan arkning asosiy tepaligining eng janubiy qismida va arkka sharq tomondan tutashib ketgan tepalikda o‘tkazilgan.

1987 yilda M.H.Isomiddinov boshchiligidagi guruh tomonidan Shulluktepa arkining yuqori pog‘onasi bo‘lmish tepalikda qazishmalar olib borildi.

O‘rta asrlar sayyohlari va jug‘rofiy olimlarining Naxshab-Nasaf to‘g‘risidagi esdaliklarida shahar buzilgan ark-kuhandiz, madina va raboddan iborat ekanligini aytilgan. Bizning Shulluktepa arkida olib borgan tadqiqotlarimiz o‘rta asrlar yozma manbalaridagi ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanliklarini isbotlaydi. Ark o‘z faoliyatini ushbu sayyohlar tashrifidan oldinroq, eramizning VIII asri oxirlarida to‘xtatgan.

Sayyohlar o‘zlari ko‘rgan ko‘plab shaharlar arklarini “kuhandiz”, ya’ni buzilgan, vayrona ark mazmuniga ega bo‘lgan atama bilan ataganlar. Al-Muqaddasiy Keshning buzilgan arki to‘g‘risida shunday yozgan - “Kesh katta shahar, unda madina va rabod bor, boshqa, ya’ni rabodga qo‘shilib ketgan madina ichki kuhandizli madina bo‘lib, u buzilgan, tashqi madinada ham aholi yashaydi”.

Qashqadaryo vohasining eng yirik antik shahri Qal’ayi Zohaki Moron arki ham VII-VIII asrlarda kichikroq qasrga aylanib ketadi, X-XII asrlarda ark ustida va atroflarida oddiy aholining turar-joylari bo‘lgan.

Shulluktepa shahristonida olib borilgan arxeologik qazishmalar va qidiruvlar. Shulluktepada ilk qazishmalar 1946 yilda S.K.Kabanov tomonidan, arkning pastki maydonida va shimoliy qismida olib borilgan.

Yodgorlik 1965 yilda Kesh arxeologiya topografiya ekspeditsiyasi (KATE) tomonidan ham o‘rganilgan.

1972 yildan boshlab B.D.Kochnev vohaning o‘rta asrlar shaharlari xarobalari bo‘lgan - Shulluktepa, Tallisortepa, Kofirtepa, Oltintepada bir necha yil davomida arxeologik qazishma ishlari olib borgan. 1972 yilda Shulluktepa shahristonining to‘rtta joyida arxeologik qazishma ishlari o‘tkazilgan.

Shulluktepa shahristonidagi keyingi qazishmalar V.D.Pirin tomonidan amalga oshirilgan. Qazishma Shulluktepa arkidan 120 m sharqda joylashgan bo‘lib, bu yerda sakkizta xona ochib o‘rganilgan. Xonalar shahristondagi mahallalardan birida istiqomat qilgan oddiy aholi turar-joylari qoldiqlaridir. Bu qazishma materiallari ham Nasaf shahristonida aholi shahar hayotining eng so‘nggi damlarigacha, ya’ni mo‘g‘ullar shahar tomonidan vayron etilguniga qadar yashaganligini ko‘rsatadi.

1973 yilda B.D.Kochnev tomonidan shahristonning Qarshi bosh kanali yo‘nalishida arablar istilosiga qadar faoliyat ko‘rsatgan juda mahobatli binoning qoldiqlari topilgan. B.D.Kochnevning taxminiga ko‘ra, bu bino oldida pishiq g‘ishtlardan bunyod etilgan ustunlar va mahobatli ayvon mavjud bo‘lgan.

Shulluktepa shahristonida VIII asrning ikkinchi yarmi - IX asrga oid kulolchilik buyumlari kamroq uchrashi kuzatiladi. Bizning fikrimizcha, bu holat Nasafdan boshlangan Muqanna boshchiligidagi “Oq kiyimliklar” qo‘zg‘oloni davridagi beayov janglar, qo‘zg‘olonning bostirilishi davrida shahar aholisining qirg‘in qilinishi, aholining katta qismi Muqanna ortidan Qashqadaryoning yuqori oqimiga qarab yo‘l olishi oqibatida shahar aholisining keskin kamayishi va shaharning huvillab qolishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

S.B.Luninaning tadqiqotlari xulosalariga ko‘ra, Kesh vohasi shaharlarining rabodlari hududi amorf holda bo‘lib, ularning aksariyati shahar qoldiqlari relyefida aniq ko‘zga tashlanmaydi va mudofaa devorlari bilan o‘ralmagan. Ayrim shaharlar rabodlari esa mudofaa devorlariga ega. Qamaytepada esa rabod devorlari chimdan ko‘tarilgan. Bizning fikrimizcha, mudofaa devorlari bilan o‘ralmagan rabodlar hududi shahar atrofidagi ekin maydonlari va bog‘-rog‘lar bilan, hatto ayrim qishloqlar bilan ham tutashib ketganlar. Bu holatni Kesh vohasidagi «Chim devori» misolida ham ko‘rish mumkin.

Qashqadaryo vohasida asrlar bo‘yi rivojlangan shahar madaniyati 1219-1220 yillarda O‘rta Osiyo Chingizxon boshliq mo‘g‘ul istilochilari tomonidan bosib olinishi bilan tanazzulga yuz tutdi. Mo‘g‘ullar tomonidan Movarounnahrning yuzlab shaharlari, minglab qishloqlari tamoman vayron etildi va aholining katta qismi qirib yuborildi. Chingizxon va uning avlodlarining istilochilik yurishlari natijasida Osiyo va Sharqiy Yevropada tashkil topgan bag‘oyat ulkan saltanat uning o‘g‘illari davrida to‘rtta ulusga - to‘rtta xonlikka bo‘linib ketdi. Shu tariqa Sharqiy Turkistondan to Buxorogacha bo‘lgan hududda jahongirning to‘ng‘ich o‘g‘li nomi bilan ataluvchi davlat Chig‘atoy ulusi tashkil topdi.

Mo‘g‘ullar bosqini natijasida huvillab qolgan vohalar, butunlay vayronaga aylangan shaharlar va qishloqlar, buzib tashlangan to‘g‘onlar, cho‘l va yaylovga aylangan ekinzorlar Chig‘atoy ulusi xonlari davrida ham deyarli qayta tiklanmadi. Chunki mo‘g‘ullar istilosi davrida Movarounnahr xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i qirib yuborilgan, aholining hunarmand qismi Mo‘g‘ulistonga haydab ketilgan edi.

Chig‘atoy ulusining inqirozini to‘xtatishga birinchi marta chinakamiga amaliy ish bilan kirishgan xon Kepakxon ibn Duvoxon bo‘ldi. 1318 yilda taxtga o‘tirgan Kepakxon Chig‘atoy ulusining siyosiy va iqtisodiy inqirozini va uning sabablarini juda yaxshi anglab yetadi va uning oldini olish uchun kerak bo‘lgan ko‘plab islohotlarni, shu jumaladan o‘zining mashhur pul islohotini amalga oshiradi. Davr Kepakxonga siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ularning natijalaridan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish, qolaversa davlat miqyosidagi ko‘chmanchilikdan voz kechish uchun muqim qarorgoh kerakligini taqozo qilayotgan edi.

Kepakxon 1318 yildan boshlab o‘zining qarorgohi va Chig‘atoy ulusining yangi poytaxti - Qarshi qal’asini qurishga va unga ulus oliy hokimiyati - xon o‘rdasini joylashtirdi. Qarshi qal’asini qurilishi Kepakxon tomonidan mo‘g‘ullarning azaliy turmush tarzi bo‘lgan ko‘chmanchilikka qarshi chiqish edi.

Qarshi qal’asi - Chig‘atoy ulusi xoni Kepakxonning qarorgohi sifatida 1318-1326 yillar orasida qurilgan. Qal’a Nasaf shahri xarobalaridan 9 km janubi-sharqda, Qashqadaryoning so‘l sohilidan 2 km masofada joylashgan. Qarshi qal’asi xarobalari 1966 yilda M.YE.Masson boshliq Kesh arxeologik topografik ekspeditsiyasi (KATE) olimlari tomonidan mufassal tadqiq etilgan, shaharning qal’a sifatidagi tarxi tiklangan, mahalliy qariyalarning ma’lumotlari asosida qal’a atrofida mavjud bo‘lgan qadimgi ariqlarning yo‘nalishlari, xullas Qarshi qal’asining tarixiy topografiyasi aniqlangan. M.YE.Massonning ma’lumotlariga ko‘ra, qal’a 4,5 metr qalinlikda paxsadan urilgan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, tomonlari 630x630 metrni, umumiy maydoni 40 gektarni tashkil etadi. Mudofaa devorlarining tashqi yuzalari burjlar bilan mustahkamlangan, lekin bu burjlar ko‘proq kontrfors vazifasini bajarganlar. To‘rt tomonida to‘rtta darvoza ham bunyod etilgan. Bu darvozalar keyingi davrlarda Tutak, Sharshara, Qarliqxona va Xiyobon kabi nomlar bilan yuritilgan.

Chig‘atoy ulusi faoliyati davrida Qarshi qal’asi ichida uning dastlabki qurilishlaridan tashqari biron-bir imorat qurilmagan bo‘lsa kerak, qolaversa ulus hokimiyati Zanjir Saroyga ko‘chgandan keyin Qarshiga e’tibor susaygan. Lekin Chig‘atoy ulusining so‘nggi yillaridagina Qarshi qal’asida ilk qurilishlar va ta’mirlash ishlari boshlanadi va ular yosh sarkarda Amir Temur tomonidan olib boriladi. Amir Temurning Movarounnahr hukmronligi uchun olib borgan harakatlarida Qarshi qal’asi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Amir Temur hukmronlikka erishgandan keyin o‘zining tug‘ilgan maskani Kesh-Shahrisabzda jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan imoratlar barpo qilishi barobarida, Qarshiga ham e’tibor bilan qaragan. Bu davrda bu yerda jome’ masjidi, hammom va boshqa ko‘plab imoratlar bunyod etilgan. Mana shu davrdan boshlab Qarshi qal’asi ichida o‘troq aholining turar-joylari qurila boshlangan bo‘lsa kerak. Amir Temur davrida qurilgan masjid xarobalari biz tomonimizdan shahar markazidagi Odina masjidi tagidan topilgan.

Qarshi shahrining tarixiy topografiyasi Chig‘atoylar davrining boshqa bir yodgorligi, Qarshi qal’asidan o‘n yilcha keyin bunyod etilgan Zanjir Saroyga qiyoslangan holda A.A.Raimqulov va D.Sultonovalar tomonidan tadqiq qilingan. Qarshi qal’asining dastlabki me’moriy xususiyatlarini Zanjir Saroy planirovkasi misolida tasavvur qilishimiz mumkin.

Zanjir Saroy- Qozonxon Sulton tomonidan Zanjir Saroyga asos solinishi, uning bunyod etilishi tarixi juda qiziq va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chig‘atoy ulusi xonlarining siyosati va XIV asrning siyosiy voqealari bilan bog‘lanib ketadi. Qozonxon Sulton faoliyatining ahamiyatli tomoni shundaki, bu xon Ili daryosi vodiysiga olib ketilgan ulus o‘rdasini qaytadan Qashqadaryo vohasiga olib keladi va o‘rdaning yangi qarorgohi sifatida Zanjir Saroyni bunyod ettiradi.

Qozonxon Sulton o‘z shaxsiy tabiatiga ko‘ra o‘ta shavqatsiz va serg‘azab podshoh bo‘lganligi o‘sha davr tarixchilari tomonidan alohida ta’kidlangan. Qozonxon o‘z hukmronligi davrida juda ko‘plab amirlarni va saroy ayonlarini shafqatsiz ravishda o‘limga buyurgan va bu hol unga Chig‘atoy ulusida katta-katta dushman guruhlarining shakllanishiga olib keldi. Ulusining chuqur inqirozi ham Qozonxon Sultonga o‘ta qattiqqo‘llik bilan siyosat olib borishni taqozo qilgan bo‘lsa ajab emas. Xonning bu siyosati bu davrga kelib o‘zini o‘nglab olgan, katta boylikka va mahalliy aholining hayrhohligiga ega bo‘lgan turkiy aslzodalarning qattiq qarshiligiga sabab bo‘ldi. Ular Amir Qozag‘on boshchiligida xonga qarshi ikki marta isyon ko‘taradilar va shunday isyonlarning birida 1346-1347 yillarda Qozonxon Sulton o‘ldiriladi.

Zanjir Saroy Qashqadaryo viloyati Muborak rayoni markazidan 5-6 chaqirim masofada, Ko‘hna shahar qishlog‘ining g‘arb tomonida joylashgan. Yodgorlik dastlab qashqadaryolik olimlar Poyon Ravshanov va Jumaqul Qurbonovlar tomonidan topilgan.

Nushiravon Odil qal’asi - Zanjir Saroyning maydoni 16 gektar bo‘lib, kvadrat shaklida, tomonlari 400x400 m uzunlikdagi mahobatli mudofaa devori bilan o‘rab olingan. To‘rt tomonida to‘rtta darvozaning o‘rni bor. Qal’aning har bir tomonida sakkiztadan mudofaa burjlari mavjud. Lekin bu burjlar biron-bir harbiy yoki mudofaa xususiyatiga ega bo‘lmasdan, qal’aning mahobatini ko‘rsatuvchi va qal’a devorlarini mustahkamligini ushlab turuvchi kontrfors vazifasini bajargan. Qal’aning markazida tomonlari 75x70 m balandligi 2-2,5 m bo‘lgan tepalik mavjud.

1993-1995 yillarda Zanjir Saroy olib borilgan keng qamrovli arxeologik qazishmalar natijasida markaziy tepalik pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan mahobatli saroyning xarobalari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunisi qiziqki, Chingizxonning qarorgohi Qoraqurum (Xara-xorin) ham aynan Zanjir Saroy kabi kvadrat shaklda qurilgan, tomonlari 400x400 m bo‘lgan mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan, to‘rtta tomonida to‘rtta darvozasi va markazida xon saroyi qad rostlagan.

Naxshab, Nasaf nomlari Qashqadaryoning quyi oqimidagi viloyat nomini aks ettirsalarda, bu nomlar alohida olingan shaharlar nomlarini ham namoyon etadilar. Shu bilan birga, Naxshab, Nasaf nomlari quyi Qashqadaryo vohasining markaziy shaharlarida kechgan shaharsozlik madaniyatining ikkita bosqichini o‘zida mujassam etgan va bizning kunlargacha Yerqo‘rg‘on va Shulluktepa kabi yirik arxeologik yodgorliklarni ham aks ettiradilar.

Naxshab nomi Qarshi vohasining eng yirik va qadimgi markazi nomidir. Naxshab, shu bilan birga olimlar o‘rtasida Qashqadaryo vohasidagi qadimiy shaharlar nomlari to‘g‘risida turlicha fikrlar va qarashlar mavjud bo‘lib keldi. Bu shaharlar nomlari Aleksandr Makedonskiyning Sug‘dga yurishidan keyin paydo bo‘lgan. Aleksandr bilan birga kelgan yunon tarixchilari Qashqadaryo vohasidagi Nautaka va Ksenippa nomi bilan atalgan hududlarni tilga olishadi. Bu shaharlar nomimi, yoki viloyatlarmi? Bu to‘g‘rida fanda uzoq yillar davomida turlicha qarama-qarshi fikrlar, taxminlar, farazlar hukm surdi. M.YE.Massonning fikriga ko‘ra Nautaka - bu Qarshi vohasining yunon tarixchilari tomonidan nomlangan qadimgi nomi bo‘lsa, Ksenippa esa yuqori Qashqadaryoda joylashgan va keyinchalik Kesh viloyati nomini olgan tarixiy hudud nomi. Qashqadaryo vohasida uzoq yillar arxeologik qazishmalar olib borgan boshqa bir tadqiqotchi S.K.Kabanov M.YE.Masson fikriga qarama-qarshi fikrni oldinga suradi . Shuning barobarida shaharlar va vohalar nomlari yunon va xitoy manbalari ma’lumotlari bilan ham aralashib ketdi, ular olimlar tomonidan Ksenippa, Nautaka, Nashebo, Nashebolo, Bolo va hokazo nomlar bilan ataldilar. Yaqinda Afg‘onistonning shimoliy hududlaridan topilgan qadimiy bir hujjat mana shu tortishuvlarga nuqta qo‘ydi.

Bu shahar Nikshapaya (keyingi asrlarda uning nomi Nikshapa yoki Nikshap deb ozgina o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin .) nomining sal o‘zgargan formasi nomi bilan Naxshab, arablar istilosidan keyin esa Nasaf deb yuritilgan. Lekin Naxshab nomi ham Nasaf nomi bilan bir necha asr davomida birga ishlatilib kelingan.

Naxshabda arablarga qarshi kayfiyat arablar istilosidan keyin ham ma’lum muddatgacha saqlanib turdi va u keyinroq 806 yilda Samarqandda boshlangan Rofi’ ibn Lays isyonida ayniqsa namoyon bo‘ldi Mana shu davrdan boshlab Naxshab nomi Nasaf nomi bilan almasha boshladi. IX asrning ikkinchi choragidan boshlangan osoyishtalik davri Movarounnahrning yirik shaharlaridan biri Nasafda ham hunarmand-chilik, savdo, madaniy aloqalarning keskin rivojlanishiga, qadimdanoq shakllangan va yuksak rivoj topgan shaharsozlik madaniyatining qayta jonlanishiga asos bo‘ldi. Bu yuksalish Nasafning xarobalari bo‘lgan Shulluktepada olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda ham yorqin namoyon bo‘ladi.

Х asr oxirlariga kelib Nasaf shahrining umumiy maydoni 220 gektardan ham ortib Movarounnahrning eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi. Daryo ortidagi rabodning sharqiy qismida Nasafning shahar qabristoni mavjud bo‘lgan. Sh.Kamoliddinov tomonidan yaqinda tarjima qilingan Abu Xafs an-Nasafiyning “Al-Qand fi zikr ‘ulama’ Samarqand» asarida Nasafning Kesh darvozasi yaqinidagi “Maqbara Darb Kiss”, ya’ni shahar rabodidagi Kesh darvozasi yaqinidagi qabriston tilga olinadi.

Kasba, Kasbi - Janubiy Sug‘dning eng yirik shaharlaridan biri. Ibn Havqal uning poytaxt Nasafdan ham kattaligini aytib, bu shaharni “Kasbi qishlog‘i” deb ta’riflagan va unda jome’ masjidi borligini ta’kidlagan.

Qadimiy Kasbi shahrining bizning kunlargacha yetib kelgan xarobalari hozirgi Qashqadaryo viloyati Kasbi rayoni Kasbi qishlog‘i atrofida joylashgan .

Hozirgi kunda uning ulkan markaziy arki saqlangan xolos. Ark shaharning markazida joylashgan bo‘lib maydoni 180 x120 m, balandligi 18 m. Arkning yuzasi juda notekis. Uning janubi-g‘arbiy qismida tomonlari 30x30 m bo‘lgan do‘nglik mavjud. Ark hududidan milodning boshlariga oid kulollik buyumlari parchalari topilgan. Arkning atrofini shahriston egallagan. Shahriston hududi deyarli to‘laligicha qabristonga aylanib ketgan. Shahristonining chegaralari,uning qanday ko‘rinishda bo‘lganligi, maydoni va boshqa jihatlari hozirda noma’lum.

S.K.Kabanov, R.X.Sulaymonov va Sh.S.Kamoliddinovlar ilk o‘rta asrlarga oid arman manbalarida tilga olingan Kazbion shahrini o‘rta asrlardagi Kasba shahri, hozirgi Kasbitepa bilan lokalizatsiya qiladilar. E.V.Rtveladze esa Kazbionni Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari chegarasidagi Temir Darvoza va G‘uzor oralig‘iga joylashtiradi. Tadqiqotchilarning fikrlaricha, Kasba nomi arman manbalarida “Gasbun-Kazbion” tarzida berilgan. Gasbun-Kazbionning joylashgan o‘rni haqida fanda turlicha fikrlar mavjud. Shunisi e’tiborga loyiqki, arman manbalaridagi Kazbion va Firdavsiyning “Shohnoma”sidagi Maymurg‘ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birgalikda olib qarasak, Kazbionning ham, Maymurg‘ning ham joylashgan o‘rinlari masalasi yanada oydinlashadi. Chunki Kazbion (Kasbitepa) va Maymurg‘ (Maymanoqtepa) bir-birlaridan 13 km masofada joylashganlar va shu tariqa ushbu ikkita alohida manba bir-birlarini to‘ldiradilar, hamda Baxrom Chubinning bu yerlarga kelganligi tarixiy haqiqat ekanligini isbotlaydilar. M.YE.Masson arman manbalaridagi bu ma’lumotdan Kushonlar davlatining shimoliy sarhadlari chegaralarini aniqlashda foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.

Х-XII asrlarga oid yozma manbalarda Kasbining Nasafdan ham katta ekanligini aytiladi va bu shahar Somoniylar davridan boshlab, Buxoro - Balx yo‘li ustidagi eng yirik savdo markazlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Pazdava- (Pazda, Bazda) - o‘rta asrlarda Nasafning eng yirik uchta shahridan biri bo‘lgan bu shahar Buxoro-Kelif yo‘li ustida joylashgan va Kasbidan keyingi manzil hisoblangan. Arab sayyohlari Pazdavani jome’ masjidiga ega bo‘lgan qishloq sifatida ta’riflaganlar. Bu shaharning rivojlanishi ham Somoniylar hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Pazdava mo‘g‘ullar istilosi davrida vayronaga aylangan va qayta tiklanmagan. Bu shaharning xarobalari bizning kunlargacha Qo‘hna Fazli nomi bilan yuritiluvchi yirik arxeologik yodgorlik ko‘rinishida yetib kelgan. Ko‘hna Fazli Nasaf (Shulluktepa) dan 41 km, Qamashi qishlog‘idan 10 km janubi-g‘arbda joylashgan. Yodgorlik ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan va bugungi kunda uning arki va shahristoni saqlanib qolgan. Rabodi esa ekin maydonlariga aylantirib yuborilgan, bugungi kunda uning maydonini aniqlashning iloji yo‘q. Shahriston to‘laligicha butun saqlangan. O‘rta asrlarga kelib, xususan IX-X asrlarda shahar favqulodda tezlik bilan rivojlanadi va kengayadi. Somoniylar davrida Pazdava va Kasbi shaharining rivojlanishi mutaxassislar tomonidan ularning Buxoro-Balx yo‘li ustida joylashganligi natijasi ekanligini qayd etiladi. Shahar mo‘g‘ullar bosqini natijasida tamoman vayronaga aylanadi va qayta tiklanmaydi. O‘rta asrlar yozma manbalarida O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi deyarli barcha yirik shaharlari mahallalar jamlanmasidan tashkil topganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda ko‘p. Lekin shu paytgacha saqlanib qolgan yirik o‘rta asrlar shaharlari xarobalarining ustki relyefida o‘sha mahallalarning joylashuvi, ular orasidagi ko‘chalarning o‘rnilari va yo‘nalishlari deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Ko‘hna Fazli yodgorligining o‘ziga xos xususiyati va shundaki, yodgorlikning ustki topografik relyefi bizning kunlargacha deyarli buzilmasdan saqlanib qolgan va bu relyef o‘rta asr shahrining ichki tuzilishi to‘g‘risida juda qimmatli ma’lumot bera oladi.

Reja

Kirish


1. Qashqadaryo voxasidagi eng qadimgi shaxarlar Erqo‘rg‘on va Uzunqir.

2.Ilk o‘rta asrlarda Kesh shaxri.

3. Amir Temur va Temuriylar davrida Qashqadaryo vohasi shaharsozligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish


YUrtimizda ilk shaharsozlik asoslarining paydo bo‘lishi, shakllanish bosqichlari asosan yozuvsiz davrlarga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati nihoyatda ulkan bo‘lib, ilk shaharlar tarixini tadqiq etishda, ulardan asl manbalar sifatida foydalanish dolzarbdir. Mashhur arxeolog olim B.A.Ribakovning fikricha, arxeologiyaning tarixiyligi nafaqat tarixning turli davrlaridagi voqealarni tashqi boglanishi va izchilligiga qarab tasvirlabgina qolmasdan, balki qator muhim tarixiy muammolar: xo‘jalik tarixi, ijtimoiy rivojlanish tarixi, din va san’at, etnogenez va qadimgi qabilalar migratsiyasi tarixi, davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari, antik yoki o‘rta asrlar shaharlari masalalari, savdo-sotiq tarixi, madaniyatlarning o‘zaro almashinuvi kabi masalalarni o‘rganish bilan izohlanadi. Haqiqatan ham, moddiy madaniyattarixning eng qadimgi bosqichlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanib, jamiyatnng olg‘a qarab rivojlanish xususiyatlarini va qonuniyatlarini ko‘p mikyosli turli-tuman materiallar orqali ochib berishga imkoniyat yaratadi. Ayni paytda, haqiqiy tarixni ochib berish maqsadida arxeologik manbalarni tahlil qilish va qayta ishlash tapab etiladi. Ushbu uslubiy yondashuv to‘laligicha shaxdr madaniyatining dastlabki bosqichlari uchun ham xosdir. Bu jarayonni o‘rganish uchun tarixiy va arxeologik o‘rganish uslublarining tahlili o‘ta muhimdir. O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar shaharlari va shahar manzilgohlarinyng o‘rganilish tarixi 100 yildan ziyodroq vaqtni o‘z ichiga oladi (bu jarayon xazina izlovchilar va havaskorlar qazishmalaridan boshlanib, ko‘p hollarda ilmiy uslubga rioya qilinmagan). Bu davrda ko‘p sonli maqolalar va to‘plamlar, mintaqaning ma’lum viloyatlari (Parfiya, Marg‘iyona, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona va CHoch) shahar madaniyati tarixiga bag‘ishlangan monografiyalar bo‘limlari nashr yuzini ko‘rdi. O‘rta Osiyoda ilk shaharlarning taraqqiyot bosqichlari mavzusi bo‘yicha bugunga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida mintaqada shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi tarixini to‘la holicha qamrab oluvchi ilmiy tadqiqotlar juda kam. Ular asosan alohida shaharlar va tarixiy-madaniy viloyatlardagi shaharsozlik madaiiyatiga bag‘ishlangan. Antik va o‘rta asrlar davri shaharlar taraqqiyoti haqida ko‘pdan-ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Ammo mintaqada ilk shaharsozlik tarixi butun mintaqa miqyosida ilmiy gadqiqot sifatida etarli darajada o‘rganilmagan. Ayniqsa, qadimgi shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiytsiyosiy va hududiy' funksiyalari, ularning bir-biriga ta’siri va aloqadorligi haqida yoritilgan ma’lumotlar kam bo‘lib, ushbu dolzarb mavzu maxsus tahlilga muxtoj. Mavjud manbalar va ma’lumotlar qadimgi shaharlarni ishlab chiqarishning turli sohalari markazlari, iqtisodiy va texnologik yangiliklar maskanlari sifatida chuqurroq o‘rganilishiga imkon beradi. Qadimgi shaharlar tarixini o‘rganishning eng asosiy xususiyatlaridan yana biri shupdaki, sivilizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan yaigi shaharsozlik madaniyati markazlarining turli hududlarda paydo bo‘lishi o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, jamiyat rivojlanishining o‘zaro aloqalari va umummadaniy an’analarida ham kuzatiladi. Masalaning kam o‘rganilgan ushbu jihatlarini tadqiq etish muhim vazifadir. Ilk shaharlar tarixida ro‘y bergan madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni, ilk shaharlar taraqqiy etishining asosiy omillari va sabablarini zamonaviy yondashuvlar asosida aniqlash maqsadidan kelib chiqib, darslik oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yildi. 1. Qashqadaryo voxasidagi eng qadimgi shaxarlar Erqo‘rg‘on va Uzunqir O‘rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonlari faqat ichki tabiiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qo‘shni jamoalardagi madaniy ta’sir bilan bog‘liq bo‘lmasdan, avvalo, YAqin va O‘rta SHarqdagi jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bog‘liq edi. Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o‘z ichiga olgan qadimgi So‘g‘diyona manzilgohlari rivojlanish tizimidagi jarayonlar ham qo‘shni hududlar bilan o‘zaro bog‘liq holda kechdi.Bugunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, So‘g‘diyona va unga qo‘shni bo‘lgan Baqtriya hududlarida dastlabki shaharlarning tarixiy-madaniy asosi bo‘lgan o‘troq dehqonchilik madaniyati Janubiy Turkmaniston va Afg‘onistondagi qadimgi dehqonchilik markazlari bilan uzviy bog‘liqdir. CHunonchi, Zarafshonning yuqori oqimlarida ochilgan Sarazm manzilgohining eng pastki qatlami topilmalari Geoksyur I topilmalariga juda o‘xshash ekanligi eneolit davridayoq So‘g‘diyonaning tog‘ oldi hududlari qadimgi dehqonchilik o‘chog‘laridan biri ekanligining dalilidir. So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar Qashqadaryo vohasi (Janubiy So‘g‘d) qadimgi shaharlarini o‘rganish masalalariga ham ko‘pgina aniqliklar kiritdi. Asrimizning 60-yillarida M.E.Masson Erqo‘rg‘on ko‘hna shahrida tadqiqot ishlari olib borib uning yirik ko‘hna shahar ekanligi, bir necha madaniy qatlamlar rivojlanish jarayonidan dalolat berishini ta’kidlasa ham, uning shakllanishi va rivojlanishi dastlabki bosqichdagi aniq sanasini bermagan. Keyingi tadqiqotlar esa Erqo‘rg‘on ko‘hna shahrining shakllanishi va rivojlanishi, shaharsozlikning paydo bo‘lishi, moddiy madaniyat va iqtisodiy tarixi, xronologiya va davrlashtirish masalalariga ko‘pgina aniqliklar kiritish imkonini berdi. Erqo‘rg‘on ikki qator mustahkam himoya devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, tashqi devorning hududi 150 gektarga yaqin, ichki devorning hududi esa 40 gektarga yaqin. Mil. avv. IX-VIII asrlarda Erqo‘rg‘on o‘rnida o‘troq aholi manzilgohi paydo bo‘ladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra u mudofaa inshootlari bilan muhofaza etilgan bo‘lishi mumkin. Erqo‘rg‘on qazishmalarining ko‘pqatlamliligi miloddan avvalgi VII-VI asrlarda ko‘hna shahar hududi jadallik bilan o‘zlashtirilib borilganidan dalolat beradi. Erqo‘rg‘onning ijtimoiy-o‘troqlashish rivojlanishi uning sug‘orish tarmoqlari bilan uzviy bog‘liq holda kechgan. Tipologik klassifikatsiya va statistik ma’lumotlarning tahliliga qaraganda, yashash makonlari o‘z o‘lchamlariga ko‘ra ierarxik tizim ostida tarqalgan va ushbu qadimgi So‘g‘diyona jamoasi tizimining eng cho‘q-qisida Erqo‘rg‘on ko‘hna shahri turgan. SHuningdek, mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan kichik shaharlar ham mavjud bo‘lgan. Erqo‘rg‘on topilmalari hamda bu erda ochilgan hokim saroyi, shahar ibotxonasi, daxma va maqbaralarni boshqa hududlardagi topilmalar bilan solishtirib va qiyoslab shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi So‘g‘d shaharlari me’morchiligi - qadimgi SHarq shaharsozligining ko‘plab usullari, xususan qo‘shni Baqtriya va Marg‘iyonaning bronza va ilk temir asriga oid boy bunyodkorlik merosi bilan uyg‘unlashib, o‘ziga xos yo‘nalishda davom etadi. FA Arxeologiya institutining so‘nggi yillardagi tadqiqotlariga ko‘ra, Erqo‘rg‘onning pastki qatlamlaridan mil.avv. IX-VII asrlarga oid madaniy qatlamlar aniqlandi. SHuningdek, Erqo‘rg‘onda to‘rtta qurilish davri mavjud bo‘lganligi hamda birinchi qurilish davriga oid eng qadimgi himoya devori mil.avv. VIII-VII asrlarda bunyod etilganligi kuzatildi. Demak, so‘nggi tadqiqotlar ham Erqo‘rg‘onni O‘rta Osiyoning boshqa shu davrga oid yodgorliklari qatori (Qiziltepa, Marv, Boloi Hisor, Uzunqir, Afrosiyob va boshq.) urbanistik markazlar safiga kiritish mumkinligini yana bir marta isbotlaydi. SHarqiy Qashqadaryo (Kitob-SHahrisabz vohasi) hududlaridan so‘nggi yillarda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmi va o‘rtalariga oid shaharsozlik madaniyati haqida yangi ma’lumotlar olindi. Bu hududlardagi Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklari Qashqadaryo o‘rta oqimidagi SHo‘robsoy daryosi bo‘yida vohaning eng yirik va qadimiy madaniy-xo‘jalik hududida joylashgan. Sangirtepadagi arxeologik-stratigrafik tadqiqotlar natijasida yodgorlikning shakllanish tarixi, uning o‘zlashtirilishi va tashlandiq holga kelish bosqichlari aniqlangan. YOdgorlikning ilk shakllanish davri mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. Ushbu davrda bu erda mustahkam paxsa devor bilan o‘ralgan yirik inshoot qad ko‘taradi. Uzunqir ko‘hna shahrining dastlabki tashqi devori bo‘rtib chiqqan, to‘g‘ri burchakli burjlarga, burjichi xonalariga, yarim ustunlarga, jangovar va «soxta» shinaklarga ega bo‘lgan. Bunday tuzilishiga ega bo‘lgan devorlar Janubiy O‘zbekistonning mil. avv. VIII-VI asrlarga oid birorta yodgorligida uchramaydi (ular boshqa yodgorliklarda biroz keyingi davrlarda paydo bo‘ladi). Lekin, Old Osiyo yodgorliklari bilan ko‘pgina umumiy jihatlarga ega. Masalan, Bobilning (mil. avv. VII-VI asrlar) va ba’zi Mesopotamiyadagi boshqa yirik shaharlarning mudofaa devorlari burjlar bilan mustahkamlanib, yarim ustunlarga ega bo‘lganki, bu hol Uzunqir me’morlari tomonidan Old Osiyo an’analari qo‘l-lanilganidan dalolat beradi. Uzunqirdagi arxeologik tadqiqotlar uning hududida hayot mil. avv. I ming yillik boshlarida paydo bo‘lganligidan dalolat beradiki, yodgorlik markaziy qismidagi shurfdan topilgan va qadimiy manzilgoh bo‘lganligidan dalolat beruvchi mil. avv. VIII asrga oid sopol siniqlari majmuasi shuni ko‘rsatadi. Mil. avv. VII asrga kelib esa manzilgoh mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olinadiki, bu shaharsozlikning yorqin namunasidir. Uzunqir shaklidagi ilk shaharlarning paydo bo‘lishini O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlarning vujudga kelishi jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Ilk temir davrida So‘g‘diyona hududlari qadimgi Baqtriya tarixiy-madaniy viloyati tarkibiga kirgan. SHuning uchun ham So‘g‘diyonaning yirik shahar markazlari (Af-rosiyob, Ko‘ktepa, Buxoro, Uzunqir, Erqo‘rg‘on) va aynan Baqtriya markazlarining (Baqtr, Oltindilyor, Qiziltepa) me’morchiligi, hunarmandchiligi va moddiy madaniyati birbiriga ancha yaqin bo‘lib, umumiy tarixiy madaniy jarayonlar ta’sirida rivojlangan. So‘nggi yillarda Sangirtepada tadqiqot ishlarini davom ettirgan M.Xasanov xulosalariga ko‘ra, Sangirtepada mil.avv.IX-VIII asrlardan V-IV asrlargacha bo‘lgan Baqtriyadagi Kuchuktepa uchala davri (I-II-III) sopol majmualari kuzatiladi. SHuningdek, bu erdan So‘g‘d hududlarida birinchi bo‘lib zardo‘shtiylik ibodatxonasining markaziy zali ochildi. Fikrimizcha, So‘g‘diyona vohasidagi dastlabki shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqei bilan aj-ralib turgan. Tadqiqotlar natijalarining tahliliga qaraganda eng qadimgi shaharlar asosan aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo‘llari bo‘ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo‘lgan. Bunday shaharlar o‘zlari joylashgan vohalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo‘lishi shubhasizdir. So‘g‘diyona shaharsozligining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalariga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, ilk shahar-sozlikning shakllanishi jamiyat taraqqiyotidagi rivojlanish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayon uzoq va bosqichma– bosqich davrlarni o‘z ichiga oladi. So‘g‘diyona shaharsozligining shakllanishi va rivojlanishi bunga yorqin misol bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarga qadar O‘zbekiston hudularida ilk shahar madaniyatining shakllanishi miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalari deb kelinar edi. Asoslari neolit va eneolit davrlariga borib taqaladigan So‘g‘diyona shaharsozligi miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragidayoq shakllana boshlaydi. Afrosiyob, Ko‘ktepa, Erqo‘rg‘on, Uzunqir kabi ko‘hna shaharlar mil. avv. I ming yillik o‘rtalarida mustahkam mudofaa inshootlariga ega edi. Tadqiqotlar natijalariga qaraganda ularning yoshi 27 asrdan kam emas. Bu ko‘hna shaharlar yuqori darajada rivojlanib ko‘p hollarda dehqonchilikka asoslangan vohalarda shakllandi va taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. SHuningdek, bu ko‘hna shaharlarda hunarmandchilik, o‘zaro almashinuv va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi. Xullas, So‘g‘diyona O‘zbekistonda dastlabki shaharsozlik madaniyati paydo bo‘lgan hududlardan biri deyishga jiddiy ilmiy asoslar bor. Qashqadaryo vohasi mil. avv.VI-IV asrlar yodgorliklari So‘g‘diyonaning boshqa hududlariga nisbatan yaxshiroq o‘rganilgan. Vohadagi ko‘hna shaharlardan biri Erqo‘rg‘on mil. avv. VIII-VII asrlarda shakllanadi va ahamoniylar davriga kelganda hududlari ancha kengayib, to‘rtburchak shaklda devorlar bilan o‘rab olinadi. Undan tashqari bu davrga kelib ko‘hna shahar atrofida alohida qishloq manzilgohlari paydo bo‘ladi. Bu davrda dehqonchilik vohalari atroflarining o‘zlashtirilishi shaharlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zlashtirilgan hududlar shaharlarga vositachi yoki tayanch vazifani bajargan. Bunday kichik qishloqlarning bir qismi shahar aholisining shahar tashqarisidagi erlari bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Mil. avv. VI-V asrlar voha va shahar yagona jamoadan iborat bo‘lib yaxlit So‘g‘d o‘lka-satrapiyasini tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarib, ahamoniylar davriga oid Janubiy So‘g‘ddagi quyidagi inshootlar shakllarini belgilash mumkin: rejaviy tuzilishi to‘g‘ri burchakli va ikki qator devor bilan mustahkamlanib maydoni 3 gektar bo‘lgan alohida qal’a qo‘rg‘oni (Sangirtepa); qishloq xo‘jalik vohasi aholisi uchun harbiy boshpana vazifasini bajaruvchi va maydoni 34-70 gektar bo‘lgan yirik qal’alar (Erqo‘rg‘on, Uzunqir); paxsa-xom g‘ishtlari bo‘lmagan hamda maydoni 2 gektargacha bo‘lgan yarim erto‘la va erto‘lalardan iborat qal’alar (Qo‘rg‘ontepa, Somontepa, Ko‘zatepa, To‘rtburchaktepa va boshq.); tabiiy-geografik qurilishlarga asoslanib, alohida turar-joylarga ega bo‘lgan manzilgohlar (Daratepa, Qorovultepa); qishloq uy-qo‘rg‘onlari (Saroytepa, SHo‘rob, CHoshtepa). Vohadagi eng yirik yodgorliklardan biri bo‘lgan Uzunqir ko‘hna shahri ahamoniylar davrida o‘zida barcha himoyalanish belgilarini aks ettiruvchi mustahkam devor bilan o‘rab olinadi. Uzunqir va uning atroflaridagi me’morchilik va himoya inshootlari (70 gektarga yaqin) yuqori darajadagi shaharsozlik madaniyatidan dalolat beradi. Mil. avv. VI-IV asrlarda So‘g‘diyona hududlarida ko‘plab shahar va qishloqlar bo‘lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to‘lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid Uzunqir, Erqo‘rg‘on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Ko‘ktepa, Afrosiyob, Xo‘ja Bo‘ston kabi 50 dan ziyod ko‘hna shahar va manzilgohlar ochib o‘rganilgan. So‘g‘diyona hayotida dehqonchilik katta hamiyatga ega edi. SHunisi muhimki, dehqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, bu haqda yozma manbalar ham ma’lumotlar beradi. 2. Ilk o‘rta asrlarda Qashqadaryo vohasi shaharlari. V-VII asrlarda o`rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o`rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko`chmanchi chorvadorlarning beto`xtov shiddat bilan kirib kelishi va o`troqlashuvi shahar va qishloqlarning qiyofasi va aholisining turmush tarzi-yu ahvoliga jiddiy ta'sir ko`rsatadi. Ziroatkor yerlar kengayib, dehqonchilik vohalarining suv ta'minoti tubdan yaxshilandi. Tog`oldi maydonlariga suv chiqarilib, yangi yerlar o`zlashtirildi. Shaharlar gavjumlashdi. Qishloqlarda "ko`shk", "qasr", "qo`rg`ori" va "qo`rg`oncha" nomlari bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko`tardi. Ko`shk, qasr va qo`rg`onlar ko`proq yirik sug`orish shoxobchalari boshida, markaziy shaharlarning tevarak-atrofida hamda dehqonchilik vohalari chegaralari bo`ylab joylashgan edi. Suv chiqarilib obod etilgan vohalar bo`ylab katta-kichik qal`alar, mayda qo`rg`onchalar quriladi. Ko`shk va qasrli qo`rg`onlarda mulkdor dehqonlar, qo`rg`onchalarda esa ziroatchi mehnatkash aholi yashar edi. Istehkomli qasr, qo`rg`on va ko`shklar asosan tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar to`planadigan joy, ma'muriy markaz hamda oziqovqat va qurol-yarog` saqlanadigan ombor vazifasini o`tagan. О`rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bolgan. Ular "ark", "shahriston", "rabod" deb yuritilgan.Shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o`rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo`lgan. Shahar devorlari bo`ylab oqib o`tgan anhor xandaq vazifasini bajargan. Ark -shaharninh hokim qasri joylashgan qismi. Rabod -shaharning tashqi mavzesi. Ixshid - viloyat hokimi. Shahriston -shaharning ichki qismi. Najjorlik –duradgorlik. Bu davrda Sug`d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo`lib, sug`d va xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida maydonga kelgan ediToxar yozuvi baxtar yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog`och, sopolga va kamdankam hollarda qog`ozga bitilardi. Chunki qog`ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo`jalik kirim va chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo`lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug`d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Qal'ai Mug`da, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etilgan. Ularda Sug`dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e'tiqodlari xususida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Sug`dda o`g`il bolalar besh yoshga to`lgach, yozuv va hisobga o`rgatilar, so`ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o`rganish uchun o`zga mamlakatlarga jo`natilar edi. Sug`d xati asosida uyg`ur va turk yozuvlari shakllangan. Uyg`ur yozuvidan esa o`z navbatida keyinchalik mo`g`il va manjur xatlari paydo bo`lgan. Sug`diylarning kattagina guruhi doimo turk xoqonlarining qarorgohida yashagan. Ularning ayrimlari saroy a'yonlari va ma'murlari qatoridan o`rin egallab, maslahatchi, elchi, xat va savodga o`rgatuvchi ustoz vazifasini bajarganlar. Shuningdek, ko`k turk xati ham qo`llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat edi. U tosh va yog`ochlarga o`yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko`k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg`ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o`rganilgan. Ular qabr toshlari, sopol va metall buyumlar, yog`och hamda tanga pullarga bitilgan. Ilk o`rta asrlarda yurtimizda sug`d,xorazm,toxar va ko`k turk yozuvlari mavjud bo`lgan XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma'murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. Iqto tartibi qoraxoniylar uchun bo`ysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan. Chunki iqto daromadlarning bir qismini muttasil olib turilishini ta'minlagan. Bu davrda iqto tartibi shunchalik kengaydi-ki, faqat ayrim qishloqlargina emas, balki butun bir viloyat va yirik shaharlardan olinadigan daromadlar ham iqto tarzida in'om qilib beriladigan bo`ladi. Iqto tartibi keng qo`llanishi bilan u vaqtinchalik in'omdan umrbod foydalanishga, bora-bora esa hatto avloddan-avlodga o`tadigan merosiy mulkka aylana boshlagan. Shunday qilib, XI-XII asrlarda Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi. Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo`lgan e'tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta'sirining tobora ortib borishi" bilan vaqf yerlari ham ancha ko`paydi. Garchi bu davrda barzikorlar ilk o`rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod hisoblansalar-da, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidarrturli soliq va har xil majburiyatlar yuklangan edi. Sug`orish tarmoqlari, to`g`onlar, yo'l va qaFalar qurish va ularni ta'mir etishda ularning ishtiroki shart edi. XI-XII asrlarda ayniqsa shaharlar kengayadi, aholisining soni ko`payib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, o`zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tasnqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shaharlar markazida shohona saroylar, raasjid, madrasa, minora va hamrriom kabi ko`plab mahobatli imorallar qad ko`taradi. Shahar ichi va uning atrofida savdo va hjHfarmandchilik mahallalari, karvonsaroylar va bozorlar barpo etiladi. Bu davrda shaharlarda ayniqsa, kulolchifik, shishasozlik, miskarlik va chilangarlik rivoj topadi. XI-XII asrning sirli koshinkor va qabartma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor mis idishlari o`zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi hamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar tomonidan kumush va misdan ko`plab chaqa va tangalar zarb qilinadi. o`sha vaqtlarda Bolasog`un, Taroz, o`zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo`lgan. 3. Amir Temur va Temuriylar davrida Qashqadaryo vohasi shaharsozligi. Ma’lumki, o‘lkamiz hududlarida shahar madaniyatining paydo bo‘lishi bronza davriga borib taqaladi va bu jarayon turli davrlarda bosqichma-bosqich rivojlanib boradi. Ayniqsa, XV asrda, ya’ni, Amir Temur va Temuriylar davrida shahar madaniyati o‘rta asrlar davri o‘z rivojining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi. O‘z davrida Amir Temur o‘z saltanati hududlarini g‘arbda O‘rta Er dengizigacha, shimolda Rossiya hududlari, janubda Hindistongacha bo‘lgan erlarni o‘z ichiga olgan holda kengaytirishga erishgan edi. U hokimiyat tepasiga kelgach mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bilan birga shaharlar taraqqiyotiga ham alohida e’tibor qaratdi. U tug‘ilib o‘sgan yurti SHahrisabz (Kesh) da mahobatli Oqsaroy va ko‘rkam machitlar, poytaxti Smarqandda ulug‘vor va hashamatli binolar, Turkistonda, Damashqda, Tabrizda masjidu – madrasalar barpo etishda bosh-qosh bo‘ldi. Amir Temur va temuriylar davridagi katta va kichik shaharlarda tinchlik hamda osoyishtalik o‘rnatilib, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va o‘zaro iqtisodiy – savdo aloqalari rivojlandi. Bu davrda Samarqand va Hirotdan tashqari Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Balx, Mashhad, SHeroz kabi ko‘plab madaniy markazlar mavjud edi. Ma’lumki, Amir Temur va Temuriylar davri Movarounnahrda ro‘y bergan tarixiy-madaniy jarayonlardan SHahrisabz ham chetga qolmagan. Amir Temur o‘z vatani sifatida, temuriy shahzodalar esa bobolarining yurti sifatida SHahrisabzga nihoyatda katta e’tibor qaratib, bu erda ko‘pgina obodonchilik ishlari, madaniyme’moriy inshootlar bunyod etganliklari bois Kesh-SHahrisabz o‘rta asrlarda “Qubbatul ilm val adab” degan muqaddas nomga sazovor bo‘lgan edi. SHarofiddin Ali YAzdiy ma’lumotlariga ko‘ra, SHahrisabzda o‘z davrining mashhur islom namoyondalari yashagan bo‘lib, ulardan biri Abu Muhammad Obdon Keshiy edi. XIV-XV asrlarda Abdulloh Samarqandiy, Abu Abdulloh Muhammad Buxoriy va Abdul Husayn Muslim Nishopuriylar ham SHahrisabzda yashab islom tariqatini rivojlantirganlar. Amir Temur va temuriylar davrida ham, hozirgi kunda ham KeshSHahrisabzga keluvchilarning diqqat e’tiborini tortib turgan yirik me’morchilik inshooti bu – Oqsaroy binosi hisoblanadi. XIV asr oxiri –XV asr boshlarida bunyod etilgan bu yodgorlikning umumiy balandligi o‘z davrida 70 metrga yaqin bo‘lib, hozirgi kunda 38 metri saqlanib qolgan. YOdgorlik haqida SHarofiddin Ali YAzdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Ibn Arabshoh, Zahiriddin Muhammad Bobur, ispan elchisi de Klaviholar ma’lumotlar beradilar. Oqsaroyning saqlanib qolgan ikkita ulkan ustuni sirlangan mozaika va betakror o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Bu erdagi geometrik va tabiiy naqshlar etti xil rangda tanlangan bo‘lib, xalq orasida “haft rangi” deb nomlanadi. Oqsaroyning g‘arbiy ustuni old tomonida, “Agar bizning kuch qudratimizga shubha qilsang, biz qurdirgan imoratlarga boq!” degan mashhur xitobnoma bitilgan. Bu xitobnoma va binoning salobati Amir Temur salatanatining kuch-qudratidan dalolat beradi. Darhaqiqt, hozirgi kunda Oqsaroy binosining saqlanib qolgan me’moriy qoldiqlari, u hajm jihatdan ulkan bo‘lib, o‘rta asrlada shakl va me’moriy bezatilishi jihatdan tengi yo‘q ekanligini ko‘rsatadi. SHahrisabzdagi o‘rta asrar O‘rta Osiyo shaharlari me’morchiligining yana bir nodir namunalaridan biri shaharning janubi-sharqida joylashgan bitta me’morchilik majmuiga birlashgan ikkita inshoot guruhi – Dorussiodat va Doruttilovat majmualari hisoblanadi. Bu majmualarda Amir Temurning piri va ustozi SHayx SHamsiddin Kulol, otasi Amir Tarag‘ay, o‘g‘illari Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzolar dafn etilgan. YOzma manbalar Dorussiodat va Doruttilovatning serhasham g‘ishtin binolari o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turganligi haqida ma’lumotlar beradi. Amir Temur va temuriylar o‘z saltanatlarining markazi sifatida Samarqandining obodonligi va gullab-yashnashiga alohida e’tibor qaratganlar. 1370 yilda Samarqand davlatning poytaxti qilib olingach bu shaharga turli yillarda Isfaxon, SHeroz, Xorazm, Halab, Buxoro, Tabriz, Keshdan me’morlar va binokorlar, turli kasbdagi ustalar keltirilib saroylar, machitu-madrasalar, bog‘- rog‘lar, hashamatli binolar bunyod etilgan. Ta’kidlash joizki, mug‘ullar hukmronligi davrida butunlay vayron etilib, xarobaga aylangan Samarqand shahri Amir Temur davrida yangitdan qad rostlaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu davrda shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, SHayxzoda, CHorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Fero‘za kabi nomlar bilan ataluvchi oltita darvoza o‘rnatiladi. Bu davrda Samarqandda SHodimulk og‘a, Amir Husayn, SHirinbeka og‘a kabi maqbaralar, Bibixonim masjidi, Go‘rimir dahmasi, Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi kabi ko‘plab me’moriy inshootlar bunyod etiladi. Ulug‘bek davrida SHohizinda ansambli to‘la qurib bitkaziladi va Samarqandning Registon maydoni, san’at, madaniy hayot, hunarmandchilik va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi. XIV asr oxiri –XV asr boshlarida Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrda sug‘orish tartibini qayta ko‘rish va yangidan tashkil etish, yangi dehqonchilik vohalarini o‘zlashtirish keng qo‘lamda olib borildi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topib, tovar-pul muomalasi o‘z rivojlaninishining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Bularning barchasi nafaqat poytaxt Samarqandda, balki mamlakatning barcha hududlarida ulkan shaharsozlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini bergan edi. Misol uchun Xo‘jad, O‘ratepa, Qandi Bodom, Isfara, Panjikent,Andijon, Sayram, Turkiston kabi shaharlarda ko‘plab davlat va jamoat madaniy binolari qad ko‘taradi. Bu shaharlarda hunarmandchilikning etakchi tarmoqlari – to‘qimachilik, metalga ishlov berish, kiyim tikish, qog‘oz tayyorlash kabi o‘nlab turlari taraqqiy etishi natijasida ular Amir Temur va temuriylar davlatining iqtisodiy, siyosiy va madiny hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar. Alohida ta’kidlan joizki, Temur va temuriylar davri shaharlarida ilm-fanning turli sohalari, madaniyat gullab yashnadi hamda davrga va hududga xos bo‘lgan boy ma’naviy qadriyatlar yaratildi. Amir Temur markazlashgan mustaqil davlat barpo etganidan so‘ng uni mustahkamlash uchun qattiq harakat olib bordi. Misol uchun, manbalarning guvohlik berishicha, Temur mamlakat iqtisodiyotining yaxshilanishi va taraqqiy etishiga, shaharlarining har tomonlama rivojlanishiga, karvon yo‘llarini tiklash asosida savdo-sotiqning kengayishiga, hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligining rivojiga alohida ahamiyat berdi. Buning natijasi o‘laroq, mamlakatning katta va kichik shaharlarida madaniy hayot rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. SHuningdek, Temur va Temuriylar davri shaharlarida madaniy hayotning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga Eron, Afg‘oniston, Arab mamlakatlari, ayrim Evropa davlatlari, Hindiston, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo-sotiq, diplomatik va madaniy aloqalar tiklanadi va yo‘lga qo‘yiladi. Bunday siyosat yurgizilishi Temur va temuriylarning markazi hisoblangan Movarounnahr va Hurosondagi emas balki, ularning tasarrufida bo‘lgan ko‘pgina hududlardigi shaharlarining ham madaniy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xullas, Amir Temur va temuriylar davrida olib borilgan siyosiy-davlat boshqaruvini mukammal tashkil etish, shaharlar taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratish, shahar va qishloqlarda ilm-fan va madaniyatning, san’atdagi xilma-xil turlarining rivojlanishi, jamiyat ma’naviy hayotining yanada yaxshilanishiga qaratilgan edi. Amir Temur va temuriylarning ilm-fan va madaniyatni qadrlaydigan, shaharlarning har tomonlama rivojlanishi uchun alohida e’tibor qaratadigan hukmdor bo‘lganligini nafaqat yozma manbalar ma’lumotlari, balki ko‘pgina shaharlarimizdagi bizga qadar etib kelgan hamda hozirgi kunda ham o‘zining go‘zalligi va ulug‘vorligini namoyish etib turgan mahobatli inshootlar yana bir bora tasdiqlaydi. Xulosa Tarixga fikran nazar tashlaydigan bo‘lsak, xalqlar, jamiyat va kishilik sivilizatsiyalari taqdirlarini olib qarasak, barcha madaniyatlar, jamiyatlar va xalqlar o‘z mavjudlik taqdirida shakllanish va paydo bo‘lish, rivojlanish hamda inqiroz jarayonlarini boshdan kechirganini kuzatishimiz mumkin. Ushbu mavjudlik davri davomida ular o‘rtasida turli aloqalar, o‘zaro ta’sir va o‘zaro bog‘liqlik tartibi mavjud edi. O‘lkamiz hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayonlarini ham ko‘p hollarda aynan mana shu aloqalar va bog‘liqlik tartibi belgilab beradi. Darslikni yaratish jarayonidagi qiyosiy tahlillar natijalariga ko‘ra, zamonaviy tarix fanining dolzarb muammolaridan biri – o‘zbek davlatchiligi tarixi va ilk shaharsozlik madaniyatini xolisona o‘rganish va tadqiq etish muhim masala bo‘lib, shaharlar taraqqiyotidagi tarixiy-madaniy jarayonlarning taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishdagi manbashunoslik va tarixshunoslik asosini moddiy va dastlabki yozma manbalar tashkil etadi. Mazkur darslikda ular urbanizatsiya jarayonlarini o‘rganishda tahlil etildi va umumlashtirildi. Urbanizatsiya jarayoni ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning ma’lum qonuniyatlariga asoslangan sivilizatsiyaning bosqichidir. SHaharsozlikning rivojlanish jarayonlari tabiat va jamiyat taraqqiyotining oddiydan murakkabgacha bo‘lgan umumiy qonuniyatlariga buysunadi. O‘rta Osiyoda urbanizatsiya jarayonlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish masalalari hali ko‘plab tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Hozirgi kunga kelib to‘plangan ma’lumotlarning tahlili natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: -shahar-insoniyatning qadimgi va shu bilan birga eng zamonaviy hududiy joylashuv shaklidir. SHuningdek, shahar – inson tomonidan tabiiy bunyod etilgan hayotiy zarurat bo‘lib, odamlarning har tomonlama faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘ta muhimdir. SHahar – me’morchilik va qurilish faoliyatining nisbatan yuqori va murakkab ko‘rinishi bo‘lib unda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy an’analar, ixtisoslashgan hunarmandchilik, diniy va dunyoviy inshootlar hamda savdo-sotiq markazlashgan bo‘ladi. SHaharlarning taraqqiy etishi ko‘plab omillar, avvalo, aholining o‘sishi va uning mehnat faoliyati hamda turmush tarzi bilan bevosita bog‘liqdir; -bronza davridagi mehnatning ikkinchi yirik taqsimoti ilk shaharlar shakllanib boshlanishi uchun muhim imkoniyat yaratibgina qolmay, bu jarayonning asosiy iqtisodiy omili ham bo‘ldi. Ilk shaharlarning paydo bo‘lishida ko‘plab ijtimoiymadaniy omillar sabab bo‘lishiga qaramay, turli sharoitlarda u yoki bu guruh sabablar ustunlik qiladi. Aniq tarixiy-madaniy sharoitlarda shahar madaniyatining shakllanishi ijtimoiy-iqtisodiy (hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi), harbiy-siyosiy (mudofaa inshootlariga bo‘lgan ehtiyoj) va boshqaruv (boshqaruv tizimining ajralishi) tartiblarining mavjudligi bilan uzviy bog‘liqdir; -jamiyat hayotida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, o‘troq dehqonchilikning taraqqiy etishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik hamda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning rivojlanishi kabi omillar jahon tarixidagi ilk shaharlar paydo bo‘lishi uchun ham xosdir. Qadimgi SHarq shaharsozlik madaniyati o‘ziga xos yo‘nalish bo‘yicha rivojlangan bo‘lsada, ko‘p hollarda bir-biri bilan o‘xshashlik topadi. Bu o‘xshashlikni qiyosiy tahlil asosida O‘rta Osiyo shahar madaniyati taraqqiyotida ham kuzatish mumkin. -O‘rta Osiyodagi dastlabki shahar va shahar ko‘rinishidagi markazlar hamda manzilgohlarning rivojlanishini quyidagi davrlarga ajratish mumkin: I davr – mil. avv. III-II ming yillik birinchi yarmi – Janubiy Turkmaniston (Oltintepa, Namozgoh), YUqori Zarafshon (Sarazm), Janubiy O‘zbekiston (Sopollitepa); II davr – mil. avv. II ming yillikning o‘rtalari – Janubiy Turkmaniston (Gonur), Janubiy O‘zbekiston (Jarqo‘ton); III davr – mil. avv. II ming yillikning oxiri – I ming yillikning o‘rtalari – Surxondaryo, (Qiziltepa), Qashqadaryo (Erqo‘rg‘on, Uzunqir), Xorazm (Ko‘zaliqir), Farg‘ona, Dalvarzin va Zarafshon vohasi (Afrosiyob,Ko‘ktepa),. -mil. avv. III-II ming yilliklarga kelib aholi xo‘jalik yuritishning ma’lum ko‘rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko‘llar va soylar bo‘ylarida dehqonchilikka, dasht va tog‘ oldi hududlarida chorvachilikka o‘tib oldi. Aynan mana shu davrda murakkab istehkomlar va rivojlangan hunarmandchilikka ega bo‘lgan ko‘p sonli o‘troq manzilgohlar paydo bo‘ladiki, ular ushbu hududlarda ilk shaharlarning shakllanib taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etdi. -bronza davri O‘rta Osiyo hududlarida taraqqiyot darajasi nuqtai nazaridan turli tarixiy-madaniy regionlar mavjud bo‘lib ular o‘rtasidagi turli munosabatlarning kuchliligi hamda qarama-qarshiligi madaniy hayotning yangi halqasida ikkita etnik madaniy tizimning (o‘troq va ko‘chmanchi) bir xil darajada bo‘lmagan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi tufayli yanada murakkablashadi. Ushbu ikki etno-madaniy tizimda geosiyosiy aloqalar madaniy-ijtimoiy munosabatlarga ko‘ndalang turadi. Natijada O‘rta Osiyoning madaniy maydonida ayrimlari inqirozga uchragan, boshqa birlari shakllana boshlagan, ba’zilari qo‘shilib ketgan ijtimoiy qurilmalarning qayta guruhlashuv jarayoni yanada faollashadi. Bu murakkab tarixiy-madaniy jarayonlar dastavval, Namozgoh, Oltintepa, Sopollitepa, Gonur, Mergar, SHahri So‘xta kabi ilk urbanistik markazlarning rivojlanishi davomida bo‘lib o‘tganiligi kuzatiladi. Madaniy ekspansiya ko‘p hollarda kuchli etno-siyosiy to‘qnashuvlar bilan birga bo‘lib o‘tadi hamda bu jarayon ijtimoiy vaziyat va urbanistik taraqqiyot xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq holda kechadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘k, -T., «SHarq», 1998. 2. Karimov I. A. Amir Temur haqida so‘z. Toshkent. “O‘zbekiston”, 1996. 3. Asqarov A. Eng qadimgi shahar. - T. 2001. 4. O‘zbekiston tarixi. A. Sagdullaev, B.Eshov tahriri ostida.-T, Universitet, 1997. 5. Eshov B. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. - T, 2004. 6. Eshov B. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. T, 2008 7. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, “SHarq”, 2000. 8. Abduraimov M. Temur va To‘xtamish. Toshkent, G‘ofur G‘ulom, 2000. 9. Amir Temur va uning dunyo tarixidagi o‘rni // Xalqaro konferensiya materiallari, Samarqand, 1996. 10. Ahmedov B. Amir Temurni yod etib, Toshkent, O‘zbekiston, 1996. 11. Boboev H. B. Amir Temur va temuriylar saltanati. Toshkent. Kamalak, 1996.
Download 49,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish