Jahon tarixi kafedrasi


-mavzu: O`rta Osiyo shaharlarining paydo bo`lishi rivojlanishi



Download 3,91 Mb.
bet12/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

2-mavzu: O`rta Osiyo shaharlarining paydo bo`lishi rivojlanishi

Shaharsozlik qadimiy tarixga ega. Mil. avv. III ming yillik o‘rtalari – II ming yillik boshlarida qadimiy madaniyat davrida aholi kent – manzillarini qurishda muntazam rejalashtirish xususiyatlaridan foydalanilgan (Qadimgi Xitoy, Misr, Eron va boshqalar). Yunonistonda shaharlar siyosiy va diniy markazlarni ajratgan holda rejalashtirilgan bo‘lsa (akropol va boshqalar), qadimiy Rimda shaharlarni to‘g‘ri burchakli dahalarga bo‘lish uslubi qo‘llanilgan (Pompey, Ostiya va boshqalar), shaharsozlik nazariyasi paydo bo‘lgan (Vitruviy risolasi, mil. avv. I asr). O‘rta asrlar Yevropasiga shaharlarni stixiyali, qal’a devorlari atrofida chiziqli va aylana halqali rejalashtirish xos bo‘lgan (Nyordligen Germaniyada, Krakov Polshada, Praga CHexiyada va boshqalar). Rossiyada shaharlar tepaliklarda, daryolar quyiladigan joylarda bunyod etilgan (Kiev, CHernigov, Novgorod, Pskov va boshqalar), hamma ko‘cha(yo‘l)lar shahar darvozasiga yoki shahar savdo maydonlariga olib borgan. Aylana halqali rejalash shaharsozlikning mumtoz namunasi o‘rta asrlardagi Moskvadir.

Uyg‘onish davri G‘arbiy Yevropa shaharsozligi uchun markazlarni muntazam rejalashtirish va maydon ansambllaruti yaratish xos bo‘lgan (Rimdagi Kapitoliy maydoni, 1546 y, me’mor Mikelanjelo); shahar — qal’a loyihalari ishlab chiqildi (F. Martini, J. Vazari, V. Skamotssi), shaharsozlik nazariyasi rivojlandi (L. Alberti), shaharlarning turli qulayliklari bo‘lgan loyihalari yaratildi (lekin bu loyihalar amalga oshmadi). Barokko davrida kuch-qudrat va ulug‘vorlik ramzini ifodalagan ansambllar yaratildi; XVIII asr o‘rtalari — XIX asr boshlarida to‘g‘ri burchakli ko‘chalar turiga asoslangan ochiq maydon tizimi yuzaga keldi. Sankt-Peterburg (Peterburg) 3 yo‘nalishli rejalash loyihasi asosida qurildi (1703 y).

XIX asrda shaharlar tartibsiz qurilishiga qarshi bo‘lgan shahar — bog‘ g‘oyasi bilan bog‘liq dezurbanizm rivojlandi. Sanoatdagi tub o‘zgarishlar shaharlarning jadal o‘sishiga olib keldi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropada arzon ishchilar shaharchalari va turar joylar majmualari qurildi, bu qurilishlar ta’sirida shaharsozlikda majmualarni yaxlit holda vazifalariga ko‘ra rejalashtirish loyihasi, binoning joylanishi, dam olish uchun ko‘kalamzorlashtirilgan joylar va bolalar maydonchalari, ba’zi jamoat binolari, maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurishni o‘z ichiga olgan ijobiy usullar ishlab chiqildi. XX asrda hududiy(mintaqaviy) rejalashtirish yuzaga keldi (Buyuk Britaniyadagi Donka-steri, 1921-1922 yy, me’mori L. Aberkrombi va T. Jonson).

1950-yillarda shaharlarni jadal rivojlanishi avtotransportning rivoji, aholi punktlarining ko‘payishi, shahar muhitining ifloslanishi shaharsozlikni tumanlarga bo‘lib loyihalash kabi yangi nazariyalarni keltirib chiqardi. Aholi punktlarini yo‘l yoqalab qurish, yuldosh shaharlar yaratish rivojlandi; shuningdek an’anaviy binolar qurishdan voz kechib, eski shaharlar tarkibida osmono‘par binolar qurish g‘oyasi ilgari surildi.

Zamonaviy shaharsozlikning asosiy vazifalari — individual qiyofaga ega bo‘lgan shahar va shaharchalar qurish, shahar ekologik masalalarini hal etish, eski shahar markazlarini saqlab qolish va ilmiy asosda ta’mirlash, madaniy yodgorliklarni avaylab asrash va ta’mirlash, ularning zamonaviy binolar bilan uyg‘unligiga erishish.

O‘zbekiston hududida dastlabki shaharlar (Sopollitepa, Jarqo‘ton) mil. avv. XVII-XIV asrlarda Surxondaryo vohasida jez davrida paydo bo‘lgan. Yozma manbalarda esa shahar haqidagi ma’lumotlar Avestoda uchraydi. Hozir ba’zi shaharlar (Qarshi – Erqo‘rg‘on; Hazorasp – Xumbustepa kabilar)ning shakllanishini tadqiqotchilar mil. avv. X-VIII asrlar bilan bog‘laydilar. Farg‘onadagi eng qadimiy shaharlar (Ashqoltepa, Dalvarzintepa kabilar) ilk temir davriga oid Chust madaniyati (mil. avv. XI-VI asrlar) ga mansubdir. Ahamoniylar davrida shahar qurish jadallashgan (Xorazmdagi Qal’aliqir, Ko‘zaliqir va boshqalar). Kushonlar davrida shaharsozlik nihoyatda ravnaq topgan (Xorazmshohlar poytaxtida muntazam tarhli Tuproqqal’a, Zarafshon vodiysida Buxoro, Farg‘ona vodiysida Mingtepa, doira tarhli Bilovur, Chirchiq vodiysida Shoshtepa).

O‘rta asrlarda shaharlar tuzilishi murakkab bo‘lgan, ularning tarkibiga ark, bir yoki bir necha shahriston, rabod (shahriston atroflari) kirgan. Ularning har biri alohida qal’a devori bilan o‘ralgan. Afrosiyob (Samarqand), Buxoro, Binkat (Toshkent) Movarounnahrning yirik shaharlaridan bo‘lgan. Bunday shaharlarni va ular atrofidagi kichik shahar va qishloqlarni uzun devorlar muhofaza qilgan (Buxoro, Toshkent tevaragidagi “Kanpir devor”lar, Samarqand tevaragidagi “Devori qiyomat” va boshqalar).

Temuriylar davrida mo‘g‘ullar vayronagarchiliklarini bartaraf etish, mamlakat obodonligini ta’minlashda katta shaharsozlik ishlari olib borilgan: Amir Temurning Samarqand va uning atrofi, Shahrisabzla, Banokat(SHohruxiya), SHohruxning Mashhad, Marv va Hirotda amalga oshirgan ishlari. Ulug‘bek tomonidan Samarqand registonida 3 imorat qurilishi bilan bu maydon mujassamoti tugallikka erishgan (qarang. Registon ansambli). Shayboniylar davrida katta hajmlardagi (savdo-sotiq bilan bog‘liq) qurilishlar shaharlar, ayniqsa, poytaxt Buxoroning tizimini mukammallashtirgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Abdullaxon II ham ming rabot qurdirgan. Ko‘p majmualarning shakllanishi aynan shu davrga to‘g‘ri keladi (Buxorodagi Labihovuz ansambli, Poyi kalon, Qo‘sh madrasa, CHor Bakr me’moriy majmuasi, Bahouddin majmuasi, Qarshidagi registon maydoni v.b).

XIX asrda Qo‘qon xonlari tomonidan Sirdaryo bo‘ylab bir nechta shahar-qal’alar qurilib, kuchli.mudofaa tizimi yaratildi, yangi ariqlar qazildi, Pishpak (Qirgiziston), Shahrixon shaharlari paydo bo‘ldi. XIX asrning 2-yarmida qadimiy shaharlar (Toshkent, Samarqand) yonida yoki unga yaqin masofada (Marg‘ilonda Yangi Marg‘ilon, hozirgi Farg‘ona shahri; Buxoroda Kogon kabi) “yangi shahar”lar qurildi.

2-jahon urushi yillari O‘zbekistonga shimoliy hududlardan zavod, fabrika va boshqalar korxonalarning ko‘chirilishi shaharlar sanoat mintaqalarining keskin kengayishiga olib keldi. Urushdan keyin, ayniqsa, 50-70-yillarda yangi shaharlar qurildi (Navoiy, Zarafshon va h.k.). Yirik tarixiy shaharlarni qayta qurish rejalari ishlab chiqildi.

Fan-texnika rivoji va urbanizatsiya sharoitida shaharsozlikning roli oshdi, shaharlar bunyod etish va mavjud shaharlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berildi.

Yangi shaharlar zamonaviy muhandislik qurilmalari bilan ta’minlangan holda bunyod etildi. Yangi shaharlar bilan bir qatorda Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi qadimiy shaharlarni me’moriy yodgorliklarini saqlab qolgan holda qayta qurishga alohida e’tibor berilmoqda, madaniy yodgorliklar zamonaviy binolar bilan uyg‘unlashtirilmoqda.

Mustaqillik davrida O‘zbekistonda shaharsozlik har jihatdan rivoj topdi, shaharlarning qiyofasi chiroy ochdi. Tarixiy xotira bilan bog‘liq bir qancha yodgorlik majmualar yaratildi; Toshkentdagi O‘zbekiston milliy bog‘i, Xotira va qadrlash maydoni, SHahidlar xotirasi majmualari; Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Quvadagi al-Farg‘oniy majmui; Buxorodagi CHor Bakr, Bahouddin Naqshband ziyoratgohlarida qayta qurish ishlari olib borildi. Eski shaharlarning qadimiy ko‘chalarini kengaytirish ishlari amalga oshirildi, ko‘plab yangi yo‘llar, ko‘priklar bunyod etildi. Jumladan, Toshkentda hosil qilingan Kichik halqa yo‘li shaharda avtomobil harakatini ancha yaxshiladi1.



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish