Gabr qal’a, gavrqal’a – O`rta Osiyodagi qad. qal’alar xarobasi. Islom dini tarqalgunga qadar(XII a.) O‘rta Osiyo aholisi otashparastlik(zardushtiylik) diniga e’tiqod qilgan bo‘lib, ularni «gabr» yoki«mug‘» deb ataganlar. Gabrlar xo‘jalik va harbiy mudofaa uchun ko‘plab qal’a va qo‘rg‘onlar barpo etganlar. Ot-ashparastlarning qal’a va qo‘rg‘onlari vayronaga aylanib asl nomi yo‘qolib ket-gach, aholi o‘rtasida ular«gabr qal’a» yoki «gabrlar qal’asi» deb ataladigan bo‘lgan.
Hoz. arxeologik qazishlar natijasi-da O‘rta Osiyo xududida shunday kal’-alarning o‘nlab qoldiqpari topib o‘rganilgan:
1) Marv(Turkmanistonda-gi hoz. Mari yaqinida) sh.ning eng qad. qismi xarobasi, parfiyaliklar yashagan Murg‘ob vohasining markazi. Mayd. 3,5 km2. Shim. qismida qal’a qo‘rg‘oni joylashgan. Arxeologik qazishlar paytida metall buyumlar ishlanadigan ustaxonalar, ibodatxona, ko‘shk qoldiqlari va tegirmonchilar guzari ochilgan. VII-IX a. larga keltanda Marv sh.ning markazi Sulton qal’aga ko‘chib, Gabr qala arki xaro-baga aylanadi. Shunga qaramay, kulolchilar mahallasida hayot yana ancha yillar davom etgan. Gabr qaladaVIII-IX a.larga mansub masjid xarobasi ham topilgan;
2) Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Sulton Uvays tog‘ining etagi (Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani) da joylashgan qal’a xarobasi. Qad. Xorazm madaniyatiga aloqador bo‘lib, IV a.da qurilgan. Mayd. 200x450 m2 atrofi-da. Kushonlar davlatining shim. tomondagi tayanch istehkomi bo‘lib, Amudaryo-da kemalar qatnovini nazorat qilib turgan. Qal’a paxsa va xom g‘ishtdan tiklangan bo‘lib, qalin devor b-n o‘rab olingan; ikki qavatli shinakxonalar-ga ega bir necha minorasi bor. Qazish paytida uy-joy qoldiqlari, devorlari nakshlangan zal, tosh poydevorli ustun-lar qoldig‘i va haykallar topilgan;
3) Chirmanyob kanalining quyi qismi(Tur-kmanistonning Toshhovuz viloyati)da joylashgan qad. Xorazm madaniyatiga oid qal’a xarobasi. Mil. av. I asrda qurilgan. Mayd. 450x125 m2. Bu er qadimda obod voha bo‘lib, dovon o‘zanida suv qurigandan keyin xarobaga aylangan. V-VI a.lar-da Xorazm hukmdorlari G.q.ning bir qismini yangidan tiklab, undan harbiy istexkom sifatida foydalanganlar.
Aholi quduqlardan ham foydalangan. Gabr qala tepaligining ustida III-IV a.larga mansub ark qoldig‘i hozirgacha saqlangan2.
Sultonqal’a - Bayramali sh.dan (hozirgi Mari sh., Turkmaniston) 8 km uzoqlikda joylashgan Marv shahar harobasini tashkil etgan qal’alardan biri. S.da VIII a.dan boshlab aholi gavjum yashagan. Abu Muslim xukmronligi davri (VIII a.ning o‘rtalari)da Majan kanali bo‘yiga ark, jome masjidi va asosiy bozorlar ko‘chirilishi oqibatida S. Marvning ma’muriy markazi sifatida shakllangan va IX-X a.larda shaharga aylangan. Malikshoh xukmronligi davri (Pa.)da qurilgan yarim aylana minorali va 4 darvozali qal’a devorlari hozirgacha saqlanib qolgan. Qal’a 2 qator devor bilan o‘rab olingan bo‘lib, devor ichining ma’muriy va jamoat binolari joylashgan joyida ark qurilgan. Shaharning markazida jome masjidi va saljuqiylar saroyi bo‘lgan. Kosiblar rabodsa, S.ning g‘arbida kulollar yashagan. Sanjar xukmronligi davrining oxirida ko‘chmanchi o‘g‘uzlar poytaxtni 2 marta talontaroj qilgan (1153)dan keyin S. 1marta inqirozga yuz tutgan. S. 1193 yilda Xorazmshohlar davlati tarkibida bo‘lgan, 1221 yilda esa, mo‘g‘ullar tomonidan zabt etilgan. Mo‘g‘ullar Sultonband to‘g‘onini buzib tashlagan, natijada Marvning qayta tiklanishi ancha kechikkan. S. harobasida XIII-XIV a.larda yana aholi yashay boshlagan va hayot Sdan jan.ga siljib, temuriylar hukmronligi davri XIV-XV asrning yangi shahri - Abdullaxonqal’aga ko‘chirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |