Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet83/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Dzaybatsu (yaponcha moliyaviy guruh) – Yaponiyadagi sanoat va moliyaviy monopoliyalarni anglatish uchun ishlatiladigan atama.
Albatta, mamlakat iqtisodining bunchalik tez o’sishi­da asosiy sababchi - yapon xalqi. Yaponlarning mehnatsevarligi, sabr-qanoatli ekanligi, chidamliligi, tartibligi "yapon mo’jizasi"ning asosini tashkil qildi. ­Yaponiyada Millat korporatsiyasi" shakllandi. U "Japan Inkorporeyshn”deb atalib Yaponiyaning dunyo miqyo­sidagi obro’si va ishlab chiqarish darajasini ko’tarish maqsadida butun yaponlarni, ishchi va tadbirkorlarni yagona xo’jalik hamda madaniy oilaga birlashtirib turadi. Mazkur tizimga ko’ra, xizmatchi va kompaniya o’zaro kontrakt tuzadi va shu bo’yicha firma xizmatchi­ni ishga layoqatsiz bo’lgunga qadar doimiy ravishda ish bilan ta’minlaydi. Xizmatchi esa bunga javoban tartibli, itoatli va barcha qiyinchiliklarni ko’tarish majburiyatini oladi. Aynan shu narsa jarniyat qurilishi uyg’unligi va barqarorligining yaponcha modeli sanaladi. Ammo bu model daromadilarni taqsimlashda adolat­siz. 1975-yildan 1985-yilgacha ishchi va xizmatchilar­ning ishlab chiqarish samaradorligi 65 foizga oshdi, ularning ish haqi esa 11 foizga oshirildi, xolos. Yapon usulida, agarda mayda o’rta korxonalar asosiy rol o’ynamasa, ishlab chiqarish muhimroq sanaladi. Kichik korxonalar past mehnat samaradorligiga ega. Ishchilar soni ko’p bo’lishiga qaramay, (7,5 million kishi) ular mamlakat yalpi milliy mahsuloti (YaMM)­ning 51 foizini ishlab chiqaradi. Mazkur ishchilarning ish haqi past. Odatda ular yirik korxonalar ishchilari oladigan haqning yarmini oladi. Yaponiyada hayot taqozosiga ko’ra yollangan va o’zlari yaratayotgan ulkan boylikning arzimas ulushini oluvchi ishchilar va xizmatchilar soni 42 million kishini tashkil qiladi. Ayni paytda Mitsubisi, Mitsui, Toyota, Nissanmotor, Xitachi, Kavasaki, Matsesiga kabi gigant korporatsiyalar milliardlab foyda ko’rmoqda. O’ttiz yildan buyon har yili bahorda yapon ishchilari Yaponiya kasaba uyushmalari bosh kengashi (SOXE) rahbarligida turmush tarzini ko’tarish, ish va yashash sharoitini yaxshilash uchun "bahorgi hujum" o’tkazadilar. Yapon monopoliyalari esa yon berib, har yili ish haqini Yevropa va Amerikadagiga yaqin miqdorda oshirishga majbur bo’ladi. 1990-yildan boshlab mamlakat iqtisodida turg’unlik alomatlari paydo bo’la boshladi. 1990-yildan sanoat ish­lab chiqarishning yillik o’sishi 5 foizdan 1 foizga tushdi. 1990-yildan Tokio birjalarida sarosima boshlandi, kom­paniyalar aksiyalari narxi tushib ketdi. Butun dunyoda yapon iqtisodiga ishonch susaydi. Bu voqealar keyingi 20 yilda jahon iqtisodida yuz bergan holatlarning aks-sadosi bo’ldi. Uzoq vaqt davo­mida yapon iqtisodi dinamizmi eksportning importdan doimiy oshib borishi hisobiga ro’y berdi. 1980-yilgacha Yaponiya tashqi savdoda passiv ba­lansga ega bo’ldi, ya’ni tovar ko’proq chiqarilmagan, aksincha olib kelingan. 1981- yildagina u faol balansga erishdi. 1985-yilga kelib esa faol balans juda tez o’sib, yapon monopoliyasini boyitishning asosiy manbaiga aylandi. 1983-yildan 1994-yilgacha 100 ming­dan ortiq firma, ya’ni sanoat korxonalarining 1/4 qismi bankrotga uchradi. 1999-yilda bank tizimi tanazzul chegarasiga kelib qoldi. Moliya tizimini saqlab qolish uchun bir qator banklar birlashishga va gigant korpora­tiv guruhlar tuzishga majbur bo’ldi. Bu ikki marta katta­lashtirilgan dzaybatsuni eslatar edi. Ular endilikda keyretsu (korporativ guruh) deb nom oldi. Ularning bi­rinchisi Mitsubisi guruhi bo’lib qoldi. Iqtisodiy tanglik siyosiy tanglikni keltirib chiqardi. 1955-yildan Yaponiya liberal-demokratik partiyasi (YaLDP) siyosiy hayotda yetakchilik qila boshladi. Butun hukumat tarkibi tom ma’noda ushbu partiya a’zolaridan iborat bo’lar yoki 1993-1994-yillardagi kabi uning yetakchilari koalitsiya hukumatini boshqarar edi. Bunday yakka hokimiyat natijasida partiya nazoratni yo’qotdi va o’zlarini hamma narsaga haqli deb hisoblay boshladi. Bular tufayli partiya rahbarlari o’rtasida kor­rupsiya va poraxo’rlik, davlat mulkini talon-toroj qilish hamda tovlamachilik oddiy holga aylanib qoldi. Bu boradagi ilk katta shov-shuv 1989-yilda YaLDP yetakchi­larining yirik kompaniyalar tomonidan sotib olinishi bo’ldi. Bu xildagi janjallar butun mamlakatni 90-yillar davomida larzaga solib turdi. 2000-yil 25-iyunda mam­lakatda yangi saylovlar o’tkazildi. YaLDP parlamentda ko’pchilik ovozni yo’qotdi, ammo boshqa ikki partiya bilan koalitsiyada hukumat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Partiya yetakchisi Mori bosh vazir etib saylandi. Biroq tez orada Morining o’zi ham korrupsiya bilan bog’liq janjalga aralashib qoldi. Shu bois u partiya yetakchiligidan iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. Mamlakatda yangi parlament saylovlari bo’lib o’tdi. YaLDP biroz o’z mavqeini tiklab oldi va populistik islo­hotchi Junichiro Koizumi Yaponiyaning navbatdagi bosh vaziri etib saylandi. Bu Yaponiyada so’nggi 13-yilda bosh vazirning 11-marta almashtirilishi edi. Hukumatning bunday tez-tez o’zgarishiga siyosiy barqarorlik va iqtisodiy pasayishda aks etdi. Y.Koizumi va’da qilgan iqtisodiy islohotlar barbod bo’ldi. Iqtisodiy o’sish-yiliga 1% ni - ­dunyoda eng past ko’rsatkichni tashkil etdi. 2004­ yil yanvarda konstitutsiyaga xilof holda Yaponiya Iroqqa koalitsiya kuchlariga yordam uchun o’z harbiy kontin­gentini jo’natdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish