60-yillar oxirida Lotin Amerikasi ijtimoiy-siyosiy harakatida yangi xususiyatlar yuzaga keldi. Bular: hokimiyatni egallashga yo’naltirilgan faoliyatga ega bo’lgan avvalgi siyosiy koalitsiyalardan farqlanuvchi iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar vazifalarini o’z oldiga qo’ygan keng koalitsiyalarni yaratishda namoyon bo’ldi. Bunday koalitsiyalar Chilida 1969-yilda, Urugvayda 1971- yilda va Kolumbiyada 1972- yilda tashkil etildi. Venesuelada ham 1970-yilda "Yangi kuch" nomli koalitsiya tashkil qilindi. Lotin Amerikasida kurashning yangi bosqichi boshlandi. Uning rivojlanishi uchun qulay xalqaro sharoitlar yuzaga keldi. AQSHda noroziliklar, shuningdek, amerika hindularining teng huquq uchun harakati bilan bog’liq siyosiy inqiroz boshlandi.
CHILI . NIKARAGUA. VENESUELA - 1970-yil 4 sentyabrida Chili prezldentligiga saylovlarda Xalq birligi koalitsiyasidan nomzod sosialistik partiyaning sobiq yo’lboshchisi Salvador Alyendeg’alaba qozondi. Uning hukumati amerika monopoliyalari va mahalliy oligarxiya hukmronligini tugatish, Chilining milliy suverentitetini mustahkamlash va mehnatkashlar ahvolini yaxshilashga yo’naltirilgan radikal ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni o’tkazdi. Xalq birligi koalitsiyasida sotsialistik va kommunistik partiyalar eng asosiy rol o’ynab, mamlakatning barcha tabiiy boyliklarini natsionalizatsiya qildi. Xorijiy banklar ustidan nazorat o’rnatdi. AQSH harbiy-havo kuchlarining bazasi nazorat ostiga olindi. Oylik ish haqi, nafaqalar oshirildi va qashshoq oilalarga nafaqa 100 foizga oshirildi. Ijtimoiy ta’minot, turar-joy qurilishi, sog’liqni saqlash va ta’limga davlat ajratmalari oshdi. Qit’ada inqilobiy jarayonning bundan keyingi rivojlanishini to’xtatish uchun AQSH Alyende hukumatini ag’darish bo’yicha operatsiya o’tkazdi. 1973-yil 11-sentyabrdagi harbiy to’ntarish general Pinochet va inqilobdan qo’rqib ketgan yirik monopoliya vakillari tomonidan amalga oshirildi. Prezidentlik saroyini zabt etish chog’ida S.Alyende o’ldirildi. To’ntarishdan so’ng mamlakatda fashistcha tipdagi tuzum o’rnatildi. Hokimiyatga kelgan harbiy qo’mita barcha fuqarolik erkinliklarini man etdi. Milliy kongressni tarqatib yubordi va partiyalarni qonundan tashqarida deb e’lon qildi. S.Alyende hukumatining barcha iqtisodiy yutuqlari yo’q qilindi va sotsial rivojlanishida o’nlab yil orqaga itqitib tashlandi. Alyende Salvador(1908-1973) – Chili prezidenti (1970-1973), Chili sotsialistik partiyasi tashkilotchilaridan biri.1973 yil to’ntarish payti o’ldirilgan.